ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
29
LOGISTIK YONDASHUVLAR ASOSIDA TASHILAYOTGAN YUKLARNI
TASHISH ISHINI SAMARALI TASHKIL ETISH
Sharipov Umrzoq Otabek o‘g‘li
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti
“Transport vositalari muhandisligi” fakulteti talabasi
Umrzoqsharipov892@gmail.com +998900706444
https://doi.org/10.5281/zenodo.14643026
Annotatsiya
. Ushbu ishda logistik yondashuvlar asosida yuk tashishni
samarali tashkil etish masalalari ko‘rib chiqiladi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki,
zamonaviy logistika tizimlaridan foydalanish yuk tashish jarayonining har bir
bosqichini optimallashtirishga imkon beradi. Ishda yuklarni tashish jarayonini
rejalashtirish, transport vositalaridan samarali foydalanish va xarajatlarni
kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Аннотация
. В данной работе рассматриваются вопросы эффективной
организации грузоперевозок на основе логистических подходов. Анализ
показывает, что использование современных логистических систем
позволяет оптимизировать каждый этап процесса грузоперевозок. В
работе были разработаны рекомендации по планированию процесса
грузоперевозок, эффективному использованию транспортных средств и
снижению затрат.
Annotation
. In this work, the issues of effective organization of cargo
transportation based on logistic approaches are considered. Analyzes show that
the use of modern logistics systems allows to optimize each stage of the cargo
transportation process. In the work, recommendations were developed for
planning the cargo transportation process, efficient use of vehicles and cost
reduction.
Kalit so‘zlar
: logistika, yuk tashish, samarali tashkiliy ishlar, transport
tizimi, xarajatlarni kamaytirish, logistik rejalashtirish, integratsiyalashgan
logistika.
Ключевые
слова:
логистика,
грузоперевозки,
эффективная
организационная работа, транспортная система, снижение затрат,
планирование логистики, интегрированная логистика
Keywords:
logistics, cargo transportation, efficient organizational work,
transportation system, cost reduction, logistics planning, integrated logistics
Logistika korxona faoliyatini barcha sohalar bilan mustahkam birlashtiradi:
rejalashtirish, sotish, xarajatlarni nazorat qilish, tayyor mahsulot va
materiallarni saqlash va ko‘chirish jarayonlari hamda u bilan bog‘liq bo‘lgan
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
30
ishlab chiqarish joyidan iste'molchigacha tovarlarni yetkazib berish to‘g‘risidagi
axborotlarni qamrab oladi. Logistik boshqaruv korxona uchun favqulotda
muhim bo‘lib, aynan logistik boshqaruv barcha logistik zanjirlari bo‘yicha
moliyaviy va axborot oqimlari bilan aloqador materiallarni rejalashtirish va
muvofiqlashtirish yo‘li orqali ishlab chiqarish vazifalarini yechish bilan
shug‘ullandi. Fermer xo‘jaliklarida boshqaruvning logistik yondashuvidan
foydalanish uchun qishloq xo‘jaligida yangi yo‘nalish sifatida aynan zamon talab
etayotgan ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini tashkil etish bilan bir vaqtda
boshqarishga logistik yondoshish ham shakllantirilishi zarur. Shunda fermer
xo‘jaliklarida logistik yondashishini hayotga tatbiq etish bir oz yengillashadi.
Fermer xo‘jaliklari asosan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bilan
shug‘ullanadi, qisman qayta ishlash va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab
chiqaradi. Bunday sharoitda vositachi-ishlab chiqaruvchiiste'molchi o‘rtasidagi
boshqaruv yondoshuvlarining zaxirasi sifatida logistik tizimlarni joriy qilish
yuzaga chiqadi.
«Taqsimot» so‘zi juda keng qo‘llaniladi, uning lug‘aviy ma'nosi – biror-bir
narsani kimlargadir (nimalargadir) bo‘lib berish, unda har biriga o‘ziga tegishli
qismi taqdim etilishi tushuniladi. Xizmatlar sohasi logistikasida taqsimot
deganda jo‘natmalarni tenglik asosida taqsimlash tushuniladi. Taqsimot
xizmatlar sohasida logistika fanida o‘rganiladigan asosiy predmet bo‘lib, mavjud
bo‘lgan tovar va maxsulotlarni zahirasining taqsimot jarayonini o‘z ichiga oladi.
Maxsulot tovarlar, qaysi yo‘nalish bo‘yicha jo‘natish kerak, omborlar tarmog‘i
kerakmi (kerak bo‘lsa, qanday?), – aynan shu masalalarni taqsimot logistikasi
yechishi lozim bo‘ladi. Xizmatlar sohasida taqsimot logistikasi jo‘natmalarni
to‘liq boshqaruvini o‘rganadi va amalga oshiradi, shuning uchun ham barcha
bosqichlarda taqsimot masalalarini yechish, ya'ni nimanidir jamiyat tarkibidagi
bo‘limlarga tenglik asosida bo‘lib berish zarur bo‘ladi.
Xizmatlar sohasida taqsimot logistikasining ta'rifi quyidagicha ifodalanadi:
taqsimot logistikasi – bu xar xil xaridorlar o‘rtasidagi, ya'ni jo‘natmalarni amalga
oshiriladigan, o‘zaro aloqador funktsiyalar majmuasidir. Chakana savdo
jarayoni, odatda, xizmatlar logistikada tadqiqot etilmaydi. Bu jarayon
samaradorligi, xizmatlar soxasida logistika doirasidan tashqaridagi omillarga
bog‘liq, masalan mijozlar psixologiyasini bilishga, muomila zali, aloqa
bo‘limlarini bezash mahoratiga, reklamani tashkil etishga va boshqalarga.
Xizmatlar soxasida taqsimot logistikasining o‘rganish ob'ekti – ishlab
chiqaruvchidan mijozlargacha bo‘lgan harakat bosqichidagi jarayon bo‘lib
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
31
xisoblanadi. Barcha hollarda tovar va maxsulotlarni, ishlab chiqarish yoki ishlab
chiqarish bo‘lmasligi mumkin.
Ishlab chiqarish iste'moli – bu jamiyat mahsulotini ishlab chiqarish
ehtiyojlarida, mehnat vositasi yoki predmeti (buyumi) sifatida joriy
ishlatilishidir. Noishlab chiqarish iste'moli – bu jamiyat mahsulotini noishlab
chiqarish sohalarining korxona va muassasalaridagi shaxsiy yoki aholi
iste'moliga joriy ishlatilishidir. Moddiy oqimning logistika chegaralarida
harakatlanishining barcha bosqichlarida uni ishlab chiqarish iste'moli sodir
bo‘ladi. Logistik zanjirni yakunlovchi so‘nggi bosqichdagina, moddiy oqim
noishlab chiqarish iste'moli sohasiga tushadi. Harakatlanishning barcha
bosqichlarida, moddiy oqim logistik jarayon ishtirokchilarining mehnat
predmeti sifatida xizmat qiladi. Ishlab chiqarish texnik maqsadlarda
ishlatiladigan mahsulot harakati bosqichida bu qayta ishlanmagan xom-ashyo
materiallari, yarim tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar va boshqalar bo‘lishi
mumkin. Tovar harakati bosqichida moddiy oqim tayyor istemol mollari
harakatidan iborat bo‘ladi. Umumiy holda, moddiy oqimlarning yetkazib
beruvchisi va iste'molchisi ikkita mikrologistik tizim sifatida nomoyon bo‘ladi,
ular logistik kanal, yoki boshqacha qilib aytganda taqsimot kanali bilan o‘zaro
bog‘langanlar.Logistik kanal – bu moddiy oqimni muayyan ishlab chiqarishdan
uning iste'molchisigacha yetkazishni amalga oshiruvchi, qisman tartibga
solingan har xil vositalar ko‘pligidir. Moddiy oqimni yetkazib beruvchidan
iste'molchigacha bo‘lgan harakati jarayonining muayyan ishtirokchilari
tanlanmaguncha bu ko‘plik qisman tartibga solingan bo‘lib qolaveradi. Bundan
keyin esa logistik kanal logistik zanjirga aylanadi. Masalan mahsulotni vositachi
firma orqali realizatsiya qilish xaqida qaror qabul qilinganligi, bu iste'molchi
bilan bevosita ishlashni rad etib, taqsimot kanalini tanlashdir. Muayyan
vositachi firmasini, muayyan tashuvchini, muayyan sug‘urta korxonasini tanlash
esa – bu logistik zanjirni tanlashdir.
Logistik zanjir – bu tashqi moddiy oqimni bir logistik tizimdan
ikkinchisigacha yetkazish bo‘yicha logistik operatsiyalarni amalga oshiruvchi,
logistik jarayon ishtirokchilarining chiziqli tartibga solingan ko‘pligidir. Makro
logistika darajasida, logistik kanallar va logistik zanjirlar bu makro logistik
tizimlar orasidagi aloqalardir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Musurmanova, Yayra, and Jasmina Toshpo‘lotova. "Iqtisodiyotni
raqamlashtirish sharoitida iqtisodiy jarayonlar va moliyaviy munosabatlarning
transformatsiyasi." Nashrlar (2024): 38-41.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
32
2.
Muhammadiyev, Alijon, and Shukurullo Aliqulov. "PROSPECTS OF USING
COMPUTER TECHNOLOGIES IN MODERN EDUCATION." Наука и технология в
современном мире 3.3 (2024): 90-92.
3.
Musirmonov, Shohboz, and Jasmina Toshpo'lotova. "Moliya bozorini
rivojlantirishda yashil iqtisodiyotga o'tishining muammolari va yechimlari."
Nashrlar (2024): 374-377.
4.
O’G’Li, Madadjon O’Ktam. "Kuzatuv quduqlarida yer osti suvlarini
gidrorejim parametrlarini masofaviy nazorat qilishning avtomatlashgan
tizimlari." Science and Education 2.12 (2021): 202-211.
5.
Madadjon, O‘Ktamov. "PEDAGOGIKA OLIY TA’LIM MUASSASALARI
TALABALARINING
INFORMATIKADAN
AXBOROT-TEXNOLOGIK
KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI." Academic research in
educational sciences 4.CSPU Conference 1 (2023): 275-281.
6.
Musurmanova, Yayra, and Jasmina Toshpo‘lotova. "SHAXSLARDA
TAVAKKALCHILIK BILAN BOG ‘LIQ VIRTUAL O ‘YINLARGA MOYILLIGINI
PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI." Universal xalqaro ilmiy jurnal 1.4 (2024): 776-
777.
7.
Musurmanova, Yayra, and Jasmina Toshpo‘lotova. "XXI ASR
YOSHLARINING
AXBOROT
PSIXOLOGIK
XAFSIZLIGINI
TA’MINLASH
MASALALARI." Universal xalqaro ilmiy jurnal 1.4 (2024): 445-447.
8.
Октамов, Мададжон, Жасмина Тошполотова, and Яйра Мусурманова.
"Aniq fanlarni o ‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo ‘llagan holda
dars jarayonlarini tashkil etish." Новый Узбекистан: наука, образование и
инновации 1.1 (2024): 432-434.
9.
Toshpo‘lotova, Jasmina, and Yayra Musurmanova. "CURRENT ISSUES OF
TEACHING UZBEK AND RUSSIAN LANGUAGES IN THE PROCESS OF
GLOBALIZATION." Models and methods in modern science 3.6 (2024): 187-191.
10.
Musurmanova, Yayra, and Jasmina Toshpo‘lotova. "TEXNIKA OLIY TA'LIM
MUASSASALARIDA XORIJIY TILLARNI O ‘QITISHNING DOLZARB MASALALARI."
Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения 3.3 (2024):
10-12.
11.
Abdirozzoqov, Fayzulla, and Jasmina Tashpo‘lotova. "METHODS OF USING
THE MYTEST PROGRAM IN THE ORGANIZATION OF FINAL CONTROL
PROCESSES FOR STUDENTS OF HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS." Молодые
ученые 2.8 (2024): 88-90.
12.
Toshpo‘lotova, Jasmina, and Yayra Musurmanova. "TA’LIM TIZIMIGA
INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISH VA INTEGRATSIYALASH
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
33
MASALALARI." Общественные науки в современном мире: теоретические и
практические исследования 3.3 (2024): 46-49.
13.
oglu Oktamov, Madadjon Oktam. "Kuzatuv quduqlarida yer osti suvlarini
gidrorejim parametrlarini masofaviy nazorat qilishning avtomatlashgan
tizimlari."