Авторы

  • Shohjahon Vaxobov
    “INTERNATIONAL SCHOOL OF FINANCE TECHNOLOGY AND SCIENCE” Instituti “Menejment” kafedrasi o’qituvchi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.63717

Аннотация

So‘ngi yillarda Yangi O‘zbekistonda aksiyadorlik jamiyatlari milliy iqtisodiyotning istiqbolini belgilashda ko‘proq rol o‘ynamoqda va ular ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirish, hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali muhim ijtimoiy-iqtisodiy funksiyalarni bajarmoqda. Shu bilan bir paytda, mamlakatimizdagi aksariyat aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy boshqaruv tizimining sust faoliyati korporativ boshqaruvni samarali tashkil etish, ichki va tashqi investitsiyalarni jalb etishni kengaytirish, istiqbolli korporativ strategiyani amalga oshirish va shu kabi boshqa ustuvor vazifalarni hal etishni kechiktirmoqda.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

12

AKSIYADORLIK JAMIYATLARIDA ZAMONAVIY BOSHQARUVNI

TASHKIL ETISHDA AKSIYADORLAR VA MЕNЕJЕR

MUNOSABATLARI

Vaxobov Shohjahon Valiyevich

“INTERNATIONAL SCHOOL OF FINANCE TECHNOLOGY AND SCIENCE” Instituti

“Menejment” kafedrasi o’qituvchi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14749100

So‘ngi yillarda Yangi O‘zbekistonda aksiyadorlik jamiyatlari milliy

iqtisodiyotning istiqbolini belgilashda ko‘proq rol o‘ynamoqda va ular ishlab
chiqarish ko‘lamini kengaytirish, hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali
muhim ijtimoiy-iqtisodiy funksiyalarni bajarmoqda. Shu bilan bir paytda,
mamlakatimizdagi aksariyat aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy boshqaruv
tizimining sust faoliyati korporativ boshqaruvni samarali tashkil etish, ichki va
tashqi investitsiyalarni jalb etishni kengaytirish, istiqbolli korporativ
strategiyani amalga oshirish va shu kabi boshqa ustuvor vazifalarni hal etishni
kechiktirmoqda.

Hozirda Yangi O‘zbekistonda nisbatan qisqa davr ichida mulkni davlat

tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, aksiyadorlik jamiyatlari va
aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish, qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi
hamda boshqa qonunlarning qabul qilinishi to‘liq ma’noda xususiy mulkchilik
huquqini himoya qilish, iqtisodiy o‘sish harakatlantiruvchi asosiy kuchga
aylanishi mumkin bo‘lgan raqobatbardosh milliy aksiyadorlik jamiyatlari
shaklidagi korporativ tadbirkorlikning rivojlanishiga muhim asoslar yaratildi.

Aksiyadorlik jamiyatining samarali faoliyati va investitsion jalbdorligining

asosi korporativ hamjamiyatning barcha ishtirokchilari o‘rtasidagi ijtimoiy
hamkorlik va o‘zaro ishonch muhitining vujudga kelishidir. O‘zaro ishonch
muhitining shakllanishi uchun korporativ hulq tamoyillariga rioya qilinishi
zarur bo‘lib, uning mazmuni aksiyadorlik jamiyatini boshqarish bilan bog‘liq
paydo bo‘ladigan munosabatlarda ishonchni hosil qilishga qaratilgandir.

Jahon iqtisodiyotining globallashuvi sharoitida, samarali korporativ

boshqaruvni qurishning asosiy tamoyillarini yaratilishiga kuchli zarurat yuzaga
keldi.

Korporatsiya dastlab tashkil etilganda, uning aksiyalari kichik guruhdan

iborat investorlar (kompaniya menejeri va uni qo‘llovchi ayrim shaxslar) qo‘lida
bo‘ladi. Bunday hollarda kompaniya aksiyalari ochiq holda keng ommaga
sotilmaydi va kompaniya yopiq hisoblanadi. Keyinchalik kompaniya kengayib,
qo‘shimcha kapitalni jalb etish uchun qo‘shimcha aksiyalar muomalaga


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

13

chiqariladi, uning aksiyalari keng miqyosda sotila boshlaydi. Bunday
kompaniyalar ochiq (pablik) kompaniyalar deyiladi.

Korporatsiyani tashkil etish bilan, biznes turlicha iqtisodiy imkoniyatga ega

bo‘lgan investorlarni jalb etishi mumkin. Ularning ayrimlari bir necha dollarga
teng bo‘lgan juda kichik miqdordagi aksiyalarga egalik qilishi, yagona ovozga ega
bo‘lishi va daromad hamda dividendning juda kichik miqdorini olishi mumkin.
Shuningdek, yirik pensiya jamg‘armalari va sug‘urta kompaniyalari kabi ayrim
katta aksionerlar millionlab dollarga teng qiymatli ko‘p sonli aksiyalarga egalik
qilish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. Ular o‘z navbatida hal qiluvchi ovoz berish
huquqi egalik qilishadi va daromad hamda dividendning katta qismini olishadi.

Korporatsiyalarga aksiyadorlar tomonidan egalik qilinsada, huquqiy

jihatdan aksiyadorlar korporatsiyadan ajratilgan. Ko‘plab huquqiy maqsadlar
uchun korporatsiyalar davlatning rezidenti sifatida qaraladi. Yuridik shaxs
sifatida u pulni qarzga olishi, berishi, sudda da’vogar va javobgar sifatida
ishtirok etishi mumkin (ammo korporatsiyalar saylovlarda ovoz bermaydilar).

Korporatsiyalar o‘z aksiyadorlaridan alohida bo‘lganligi uchun, ular

sherikchilik va yakka tadbirkorlar qila olmaydigan faoliyat bilan
shug‘ullanishlari mumkin. Masalan, ular kapital yig‘ish maqsadida yangi
aksiyalarni chiqarib investorlarga sotishi yoki aksincha aksiyalarni qaytarib
sotib olishi mumkin. Bir korporatsiya boshqa birini sotib olishga pul tikib, keyin
ikkala korporatsiya birlashishi mumkin.

Demak, xorij amaliyotida yetarlicha yuqori mavqeiga ega bo‘lgan korporativ

boshqaruv – bugun mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun ham yangi shakllanayotgan
boshqaruv tizimiga aylanmoqda. Korporativ boshqaruvning mexanizmini
tavsiflash uchun, fikrimizcha, quyidagi munosabatlarni ko‘rib chiqish zarur:
mulkdorlar guruhi ichida, menejerlar guruhi ichida, mulkdorlar va menejerlar
o‘rtasidagi munosabatlar, mulkdorlar va moliya bozori o‘rtasidagi munosabatlar,
mulkdorlar vakillari va mehnat bozori o‘rtasidagi munosabatlar, menejerlar va
mahsulot bozorlari o‘rtasidagi munosabatlar. Ushbu sanab o‘tilgan korporativ
munosabatlarni yanada chuqurroq ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, birinchi navbatda,
mulkdorlar guruhiga kimlar mansubligini bilish zarur. Raqamli iqtisodiyotga
o‘tayotgan mamlakatlarda fond bozorlarini shakllantirish jarayonlari bo‘yicha
jahon tajribasiga ko‘ra, mazkur bozorning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi ko‘p
jihatdan investitsion infratuzilmaning o‘z vaqtida shakllantirilishiga bog‘liq.

Korporatsiya mulkdorlarini individual va institutsional mulkdorlarga

bo‘lish qabul qilingan. Individual investorlarga jismoniy shaxslar, tashkilotlar va
boshqa korporatsiyalar kirsa, institutsional investorlarga esa, pensiya fondlari,


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

14

sug‘urta kompaniyalari, investitsion fondlar, banklar kiradi. Korporatsiya singari
murakkab tizimni yagona shaxs tomonidan boshqarish mumkin bo‘lmaydi,
shuning uchun ham korporatsiyani menejerlar guruhi boshqaradi. Menejerlar
guruhi ma’lum vakolatlarga ega bo‘lgan boshqarish organini tashkil etadi.
Korporativ boshqaruv jarayonida sub'yektlar harakatini ta’minlovchi asosiy
vosita bu iqtisodiy munosabatlarni vujudga keltiruvchi mexanizmlardir.
Korporativ boshqaruv harakatini ta’minlovchi mexanizmlarning mohiyati
ko‘plab adabiyotlarda tahlil etilgan va iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy, motivatsion,
siyosiy va tashkiliy mexanizmlardan iborat.

Mulkdorlarning guruh ichidagi o‘zaro munosabati sifatida, ayrim

mulkdorlarning boshqa mulkdor aksiyasi hisobidan ovoz berish uchun
ishonchnoma olishini ko‘rsatish mumkin (bu operatsiyalar ham odatda uchinchi
shaxs orqali amalga oshiriladi). Menejerlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar
izlanishning boshqa turiga mansubligi uchun (tashkil etish nazariyasi, korxona
axloqi, menejment psixologiyasi va hokazo), odatda, ushbu munosabatlar
korporativ munosabatlar tizimida o‘rganilmaydi. Mulkdorlar va moliya bozori
o‘rtasidagi munosabatlar, mulkdorlar vakillari va mehnat bozori o‘rtasidagi
munosabatlar, menejerlar va mahsulot bozorlari o‘rtasidagi munosabatlar
korporatsiya ichidagi munosabatlar doirasidan chetga chiqadi va ushbu
munosabatlarning

korporatsiya

bilan

vositachilik

ko‘rinishidagi

munosabatlarigina o‘rganiladi. Shunday qilib, faqatgina mulkdorlar bilan
menejerlar o‘rtasidagi munosabatlar, uning mohiyatini ochib beruvchi
mexanizmlar korporativ boshqaruvning tadqiqot ob'yekti sifatida o‘rganiladi.
Menejerlarning samarasiz ishlashidan mulkdorlarni himoya qilish bunday o‘zaro
munosabatlarning asosini tashkil etadi. Korporatsiyani samarali boshqarishning
diqqatga sazovor tomoni shundaki, bu nafaqat yollanma menejerning
professionalligidan, balki menejer motivatsiyasining mulkdorlar manfaatlariga
mos kelishiga ham bog‘liq bo‘ladi.

Korxonalarning klassik nazariyasiga ko‘ra, menejerlar mulkdorlar

manfaatlarini ko‘zlab faoliyat yuritadilar. Ammo, amaliyotda umuman
boshqacha holatlarni ham guvohi bo‘lish mumkin. Gap shundaki, menejerlar
ham inson va ko‘pchilik holatlarda ularning shaxsiy manfaatlari boshqaruv
qarorlarini qabul qilishda asosiy rol o‘ynadi. Buni korporatsiya menejerining
imiji masalasida (boshqaruv binolari, boshqaruv uchun yirik xarajatlar), riskka
bo‘lgan munosabatda (menejerlar qaror qabul qilib, uni amaliyotga qo‘llaydilar,
ammo har doim ham ushbu qarorlar bo‘yicha javobgarlikni o‘zlariga
olavermaydilar), xuddi shunday investitsion, ishlab chiqarish va strategik


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

15

siyosat masalalarida (masalan, menejerlar iqtisodiy natijaga erishish emas, balki
o‘z ta’sir doirasini kengaytirish) kuzatish mumkin.

Yuqorida keltirilgan ta’riflarga ko‘ra, korporativ boshqaruv bo‘yicha tadqiq

etilgan ilmiy yondashuvlar korporativ boshqaruvning tanlangan mavzu va
tadqiq etilgan mulk shakllarining hamda iqtisodiy va huquqiy munosabatlarning
ma’lum bir jihatlarini ochib berishga qaratilgan.

Zamonaviy bozor iqtisodiyoti va menejmentning umumiy qoidalarini o‘zida

aks ettirish, xo‘jalik yuritishning turli mulkchilik shakllari paydo bo‘lishi va
ayniqsa, jahonda dolzarbligini namoyon etayotgan moliyaviy bozorlarning yangi
qirralarini korporativ boshqaruvni tadqiq etishda hisobga olinishi maqsadga
muvofiq. Aksiyadorlik jamiyatlarining asosiy faoliyati ma’lum tovarlar ishlab
chiqarish yoki xizmat ko‘rsatishga qaratilgan bo‘lsada uning aktivlarini
moliyaviy bozorlarda, aynan, aksiyalar va boshqa qimmatbaho qog‘ozlarda aks
etishi hamda uning asosiy faoliyatiga ta’sir etishi hozirgi korporativ
boshqaruvdagi eng dolzarb muammolardan hisoblanadi.

Jahon moliviy-iqtisodiy inqirozining asosiy sabablaridan biri sifatida ham

aynan shu korporativ qimmatli qog‘ozlarning spekulyativ bozori
rag‘batlantirilishi ta’kidlanmoqda. Bu esa korporativ boshqaruv va qimmatli
qog‘ozlar egalarining o‘z mulklari ustida yangi tartib qoida va mexanizmlarni
shakllantirishni talab etmoqda.

Shu o‘rinda aytish kerakki, aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ

boshqaruv orqali egalik qilish va boshqaruv funksiyalarining ajratilishini
kuzatish mumkin. Unga ko‘ra: o‘z mulkining joriy boshqaruvida shaxsan
qatnashishdan o‘z hohishi bilan voz kechgan mulkdorlar (aksiyadorlar); jamiyat
mulkiga egalik qilmaydigan va begona mulkni boshqaradigan yollanma
menejerlar; mulkdorlar (aksiyadorlar) jamiyat mulkining emas, balki o‘z
hissasining (aksiya, ulush) egasi hisoblanadi; jamiyat mulkining egasi - huquqiy
shaxs bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatining o‘zi hisoblanadi.

Aksiyadorlik jamiyatlarining ushbu jihatlarini tadqiq etish bilan birga,

aytish kerakki, boshqaruv jarayonida davlat, manfaatdor tomonlar va ishchi
xodimlarning manfaatlari ham hisobga olinishi korporativ boshqaruvning
yanada murakkab tomonlarini tadqiq etishni talab etadi. Klassik nazariyaga
muvofiq, mulkdorlarning asosiy manfaati o‘z kapitalini oshirishdan iborat bo‘lib,
bu – aksiya qiymatining kursini oshishi hisobidan amalga oshiriladi.
Menejerlarga bonus sifatida aksiyalar sotib olish uchun opsionlarning taqdim
etilishi, yaqin vaqtlargacha, mulkdorlar bilan menejerlarni manfaatini
bog‘laydigan dastak sifatida qaralar edi. Shunday kelib chiqqan holda, xuddi


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

16

korporatsiya mulkdorlari kabi, menejerlarni pulli mukofotlarini korporatsiya
aksiyalarining kurs qiymati oshishi orqali shakllantirish agentlik muammosini
yumshatadi, degan fikrga kelish mumkin. Korporatsiya aksiyalari qiymatining
o‘sishi, korporatsiya boshqaruvining sifati bilan emas, balki, fond bozorining
umumiy o‘sishi natijasi bo‘lish ham mumkin. Bunday holatda, opsionlar bo‘yicha
olinadigan mukofotlar korporatsiyani samarali boshqarishning natijasi
bo‘lmaydi, boshqa tomondan fond bozorining umumiy pasayishi menejerlar
daromadlarini pasayishiga ob'yektiv bo‘lmagan tarzda ta’sir etadi. Korporativ
boshqaruvning barcha ishtirokchilarining (taraflarning) umumiy maqsadi –
qonun asosida foyda olish bo‘lib, unga har bir taraf o‘ziga hos, lekin bir-birdan
farqli bo‘lgan, vazifa va funksiyalarni, huquq va majburiyatlarni bajarish orqali
erishadi.

Korporativ manfaatlar o‘zaro raqobatga asoslangan sabab-oqibatiy

bog‘liqlikda bo‘lgani sababli, ular tizimlilik va tartibiylikka bo‘ysunadi.
Raqobatni mulk egalari o‘rtasida, personal ichida, kompaniyaning boshqa
sheriklari va h.k. manfaatdor taraflar o‘rtasida ko‘rish mumkin. Bunda barcha
taraflarga korporativ boshqaruv muhiti uchun teng imkoniyatlar beradi.
Tizimlilik va tartibiylik korporativ boshqaruv bir butun iqtisodiy-huquqiy tizim
va uni o‘rnatilgan korporativ huquq va madaniyat me'yorlari asosida tartibli va
shaffof faoliyat ko‘rsatishi bilan belgilanadi.

Odatda, aksiya sotib olishga opsionlarni, aksiyadorlar bilan menejerlarni

bog‘laydigan samarali dastak hisoblansada, korporativ amaliyotda quyidagilar
bajarilishi lozim bo‘lgan muhim yo‘nalish hisoblanadi: birinchidan,
menejerlarning aksiyalarni sotib olishga opsion ko‘rinishidagi bonuslariga turli
darajadagi chegaralar o‘rnatilishi lozim; ikkinchidan,

korporatsiya

menejerlarining faoliyati ustidan nazoratning mavjudligi va shunday nazorat
sifatida, korporativ boshqaruv tizimiga korporatsiyaning direktorlar kengashi
yuzaga chiqishi. Korporatsiya menejmentining faoliyatini ichki nazorat
qilishning tan olingan mexanizmi sifatida, aksionerlar tomonidan ularning
manfaatlarini himoya qilish uchun, ma’lum nazorat vakolatlariga ega bo‘lgan
agentlarning jalb etilishi amalga oshiriladi. Ular korporatsiya xodimlari
bo‘lishmaydilar, shuning uchun ham ularni “tashqi direktorlar” yoki “mustaqil
direktorlar”, yoki “outsayderlar” deb ataydilar. Direktorlar kengashi a’zolari
operativ boshqaruvga bevosita bog‘liq bo‘lmaydilar va shu orqali mulkdorlar
manfaatlarini himoya qiladilar, deb qabul qilinadi. Xulosa qilib shuni alohida
ta’kidlash lozimki, korporativ boshqaruv tizimi murakkab tizim bo‘lib, uning


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

17

samarali ishlashini ta’minlash, korporativ boshqaruv oldida yechimini
kutayotgan muhim masalalaridan biridir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF 60-

sonli farmoni “2022-2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning
taraqqiyot strategiyasi”
2.

Aksiyadorlik

jamiyati.

https://uz.wikipedia.org/wiki/Aksiyadorlar_jamiyati
3.

Aksiyadorlik jamiyatining mazmuni, turlari, ta’rifi va tashkil etish

jarayonlari. https://enc.for.uz/wiki/Aksiyadorlik_jamiyati
4.

Suyunov D. Korporativ boshqaruv mexanizmi: muammo va yechimlar.

Monografiya. – T.: Аkademiya, 2007. – 319b.
5.

“O’zbekistonga islom moliyasini kengaytirish bo’yicha ko’mak ko’rsatishda

davom

etamiz”

-

ITFC

direktor.

https://m.kun.uz/news/2024/03/07/ozbekistonga-islom-moliyasini-
kengaytirish-boyicha-komak-

korsatishda-davom-etamiz-itfc-direktori

https://youtu.be/6rkusShRzDU
6.

O’zbekistonda korporativ boshqaruv tizimini tatbiq etish va rivojlantirish

Akramova Nazokat Israilovna

Библиографические ссылки

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF 60-sonli farmoni “2022-2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”

Aksiyadorlik jamiyatining mazmuni, turlari, ta’rifi va tashkil etish jarayonlari. https://enc.for.uz/wiki/Aksiyadorlik_jamiyati

Suyunov D. Korporativ boshqaruv mexanizmi: muammo va yechimlar. Monografiya. – T.: Аkademiya, 2007. – 319b.

“O’zbekistonga islom moliyasini kengaytirish bo’yicha ko’mak ko’rsatishda davom etamiz” - ITFC direktor. https://m.kun.uz/news/2024/03/07/ozbekistonga-islom-moliyasini-kengaytirish-boyicha-komak- korsatishda-davom-etamiz-itfc-direktori https://youtu.be/6rkusShRzDU

O’zbekistonda korporativ boshqaruv tizimini tatbiq etish va rivojlantirish Akramova Nazokat Israilovna