ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
174
KIBER HUQUQINING FUNDAMENTAL TAMOYILLARI
Bibioliya Axmadjonovna Saidboboyeva
https://doi.org/10.5281/zenodo.14749047
Bugungi kunda insonlarni barcha sohalarda o‘zining faol ishtiroki bilan
qamrab olgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tomonidan kelib
chiquvchi kibertahdidlardan himoya qilish muhim ahamiyat kasb etadi va bu o‘z
navbatida kiber huquq sohasining paydo bo‘lishiga zamin yaratdi.
Aholi orasida virtual huquqiy munosabatlarning kelib chiqishi, axborot-
kommunikatsion texnologiyalarning rivojlanib borishi, axborot xavfsizligini
ta’minlash zarurati, raqamli iqtisodiyotga bo‘lgan ehtiyoj hamda intellektual
mulk huquqini himoya qilishning zaruriyati, umuman olganda yangi
munosabatlarni paydo bo‘lishi -axborotlashtirish, axborot resurslari va axborot
tizimlaridan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga hamda
himoya qilishga qaratilgan huquq sohasining vujudga kelishiga sabab bo‘ldi.
Kiber huquqi tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, u 1990-yillarda
kiberfazodagi huquqiy muammolarni hal qilish zaminida yuzaga kelib, kiber
huquq onlayn maxfiylik, raqamli shartnomalar, kiberjinoyatchilikva kontent
tartibga solish kabi masalalarni qamrab oladi. Ushbu sohaning rivojlanishida
1996-yildagi G.Smitning “Internet qonuni va tartibga solish” hamda AQSH
Telekommunikatsiyalar to‘g‘risidagi qonunlari muhim ta’sir ko‘rsatgan. 2000-
yillar boshlariga kelib, raqamli masalalarni qamrab olgan milliy kiberhuquq
qonunlari keng tarqaldi, elektron tijorat o‘sishi natijasida raqamli tranzaksiyalar
uchun ixtisoslashtirilgan content platformalari yaratildi.
Kiber huquqi mazkur sohadagi munosabatlarning huquqiy tartibga
solishni va uning himoyasini ta’minlash, shuningdek, sohadagi jismoniy va
yuridik shaxslarning huquqlari va manfaatlarini ta’minlashni nazarda tutadi.
Kiber huquq munosabatlarini tartibga solishda qator xalqaro hujjatlar
bo‘lib, ular o‘z navbatida Birlashgan Millatlar Tashkiloti hujjatlari ( keying
o‘rinlarda - BMT hujjatlari), xalqaro tashkilotlarning hujjatlari, xalqaro
darajadagi konferensiya va uchrashuvlar natijasi bo‘yicha tuzilgan hujjatlar
hamda har bir davlatning milliy darajadagi hujjatlariga bo‘linadi.
BMT qator rezolyutsiyalari natijasida axborot xavfsizligini umumiy
baholash va ishlab chiqish, axborot jamiyatini shakllantirish hamda global
axboprot va telekommunikatsiya tizimlari xavfsizligini mustahkamlashda
xalqaro huquqning ustuvorligini ta’minlash, shu bilan birga yuqoridagilar
xalqaro huquqiy hamkorlikning asosiy e’tiborli nuqtalari ekanligini ko‘rsatadi.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
175
Xalqaro mintaqaviy hamkorlik sohasidagi Shanxay Hamkorlik Tashkiloti
(SHHT) hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) tomonidan qabul
qilinganqator hujjatlar ham bugungi kunda mazkur soha rivojiga salmoqli
ravishda ta’sri ko’rsatib kelmoqda. Jumladan, SHHTning “Xalqaro axborot
xavfsizligini ta’minlash sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvi” axborot-
kommunikatsiyalar sohasini tartibga solishda samarali mexanizm sifatida e’tirof
etiladi.
Mazkur kelishuv o‘zida xalqaro xalqaro axborot xavfsizligini ta’minlash
sohasidagi asosiy tahdidlar, hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari, hamkorlikning
umumiy prinsiplari, hamkorlikning asosiy shakllari va mexanizmlari,
axborotning himoyasi, moliyaviy manbalar, boshqa xalqaro shartnomalarga
munosabat va nizolarni o‘zaro hal qilish masalalariga chuqur to‘xtalgan.
Shu bilan birga, Yevropa Kengashining “Kiberjinoyatchilik to‘g‘risidagi
Konvensiyasi” (Budapesht konvensiyasi) ham kompyuter axboroti sohasida
milliy darajada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlarga, kiberjinoyat
turlari va ular uchun javobgarlik hamda jazo turlari, qidiruv harakatlarining
ayrim protsessual xususiyatlariga to‘xtalib o‘tadi.
Hozirgi kunda, Budapesht konvensiyasiga ko‘ra, kompyuter ma’lumotlari va
tizimlarining maxfiyligi, yaxlitligi va mavjudligiga qarshi jinoyatlar, kompyuter
bilan bog‘liq huquqbuzarliklar, ma’lumotlar tarkibidagi huquqbuzarliklar,
mualliflik huquqi va turdosh huquqlarning buzilishi bilan bog‘liq
huquqbuzarliklar kabi jinoyat turlari ajratilmoqda va Konvensiya
ishtirokchilarining har biri ushbu hujjat qoidalarida keltirilgan vakolatlar va
tartiblarni belgilovchi milliy qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish zaruriyati
belgilangan.
Ayni vaqtda O‘zbekistonda ham mazkur soha himoyasida qator ishlar
amalga oshirilib kelinmoqda, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,
O‘zbekiston
Respublikasining
2022-yil
15-apreldagi
O‘RQ-764-son
“Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi qonuni, shuningdek, amaldagi O‘zbekiston
Respublikasining jinoyat va ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchiliklari
mazkur sohada yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan huquqiy muammolarning
yechimi va himoyasini nazarda tutadi.
Shu bilan birga, mamlakatimizda so‘nngi yillarda kiber huquqiga oid aholi
bilimini oshirish ishlari, shuningdek, mazkur sohadagi yetuk kadrlarni
tayyorlashga alohida e’tibor berib kelinmoqda.
Xususan, 2025-yilning sentabr oyidan Raqamli texnologiyalar vazirligi va
Davlat xavfsizlik xizmatining Cyber University davlat universitetini tashkil qilish
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
176
taklifini davlat rahbari tomonidan ma’qullandi. Universitet axborotni himoya
qilish, axborot va kiberxavfsizlik, raqamli texnologiyalar, raqamli iqtisodiyot,
sun’iy intellect va robototexnika sohalarida kadr tayyorlashi belgilangan.
Foydalanilgan adbiyotlar ro‘yxati:
1.
G.Gulyamov, I.Rustambekov. “Kiber- huquq” – yangi kompleks huquq
sohasi sifatida /O‘zbekiston qonunchiligi tahlili, (4), 2020. – Б.28-33/
https://inlibrary.uz/index.php/uzbek_law_review/article/view/1876
2.
R. Shakurov , M.Vohidov “Kiber huquq-huquq sohasi sifatida”/
Risola/2022
3.
Salayev N.S., Ro‘ziyev R.N.Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashishga oid
milliy va xalqaro standartlar. Monografiya // TDYU, 2018. – 139
б/https://drive.google.com/file/d/1s9aE12c9uM1whNXXvjYFhUaNBEzBro0q/
v