Авторы

  • Muqaddas Barotova
    Buxoro Davlat Universiteti biologiya yo’nalishi 2-bosqich magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.64037

Ключевые слова:

Kanopchilik ishlab chiqarish gigroskopiklik chidamli o`simlik texnika rivojlanish.

Аннотация

Bugungi kunda boshqa sanoat yo`nalishlari kabi, kanop o`simligidan ishlab chiqarish sohasida foydalanish ham kundan-kunga rivojlanib bormoqda. Yurtimizda qabul qilingan qonunlar, qarorlar, tadbirkorlar uchun ochib berilgan eshiklar natijasida bir qancha yo`nalishlarni qamrab olgan ishlar samarali olib borilmoqda.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

87

KANOP O`SIMLIGIDAN ISHLAB CHIQARISH, TEXNIKA, YENGIL

SANOAT VA ELEKTR ENERGIYASI SOHASIDA FOYDALANISH

Barotova Muqaddas Orifovna

Buxoro Davlat Universiteti biologiya

yo’nalishi 2-bosqich magistranti

e-mail: barotovamukaddas21@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14768937

Annotatsiya:

Bugungi kunda boshqa sanoat yo`nalishlari kabi, kanop

o`simligidan ishlab chiqarish sohasida foydalanish ham kundan-kunga rivojlanib
bormoqda. Yurtimizda qabul qilingan qonunlar, qarorlar, tadbirkorlar uchun
ochib berilgan eshiklar natijasida bir qancha yo`nalishlarni qamrab olgan ishlar
samarali olib borilmoqda.

Kalit so`zlar:

Kanopchilik, ishlab chiqarish, gigroskopiklik, chidamli

o`simlik, texnika, rivojlanish.

Abstract:

Today, like other industries, hemp production is developing day

by day. As a result of the laws, decisions and doors opened for entrepreneurs in
our country, the work covering a number of areas is being carried out
effectively.

Keywords:

The hemp industry, production, hygroscopicity, resistant plant,

technology, development.

Аннотация:

Сегодня, как и другие отрасли, производство конопли

развивается с каждым днем. Благодаря законам, решениям и дверям,
открытым для предпринимателей в нашей стране, работа по ряду
направлений ведется эффективно.

Ключевые слова:

Конопляная промышленность, производство,

гигроскопичность, устойчивый растение, завод, технология, развитие.

Mamlakatimizda yengil sanoat va boshqa ishlab chiqarish sektorlari keng

rivojlanib bormoqda. Jumladan kanop, paxtachilik, don mahsulotlaari sanoatida
import hajmi keskin kamayib, eksport ulushi o’sib bormoqda.

2009-yil 6-mayda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy

muhofaza qilish vazirining buyrug‘iga asosan “Kanop-jut ishlab chiqarish
korxonalari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash
haqida buyruq ishlab chiqilgan. Unga ko`ra Kanop-jun ishlab chiqarish
korxonalari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga
muvofiq tasdiqlandi. Shu kundan boshlab kanopchilikka bo`lgan e`tibor tubdan
o`zgardi desak mubolag`a bo`lmaydi.

MAVZUNING DOLZARBLIGI


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

88

Yuqori sifatli tola olish uchun xo’jalikda g’o’za va kanopning tezpisharligi,

hosildorligi, kasalliklarga, joyning tuproq-iqlimi va boshqa noqulay sharoitlarga
chidamliligi-bularning hammasi g’o’zaning eng maqbul seleksion navlarini
tanlash va ulardan oqilona joylashtirishga bog’liq.

Boshqa tolalar kabi, kanop tolasi ham xalq xo’jaligining ko’pgina

tarmoqlarida ishlatiladi. Qop-qonorbop material to’qish, arqon va kanop iplar
eshish, texnika materiallari (brezent va boshqalar), mebelbop materiallar va
gazlamalar to’qishda kanop tolasi asosiy mahsulot hisoblanadi.

Kanop tolasining ajoyib xususiyati – uning gigroskopikligidadir.: u havodagi

namning ma’lum qismini o’ziga olib, ortiqcha namni o’zi orqali o’tkazmay ushlab
qoladi. Bundan tashqari, kanop tolasida mayda tukchalar bo’lmaydi. Shuning
uchun bunday toladan ishlangan qoplarga solingan qand, shakar, un va sement
kabi mahsulotlar namgarchilikda ham quruq turaveradi hamda ifloslanmaydi.
Kanop poyasidan ajratib olinadigan tola miqdorini oshirish va sifatini yanada
yaxshilash,

mashinalarning

ish

unumdorligini

oshirish

va

ularni

takomillashtirish kabi ishlarni muvaffaqiyatli bajarish uchun kanop zavodlarida
ko’pgina tadbirlarni amalga oshirish kerak bo’ladi. Bu tadbirlar ichida eng
muhimi kanop zavodlari uchun malakali injener-texnik kadrlar, uni sifatli qayta
ishlash uchun tarmoqni yaxshi biladigan mutaxassislar hamda kanop zavodi
ishchilarining texnik va nazariy saviyasini talab darajasida oshirish muhim
ahamiyatga ega. Bundan tashqari kanop poyalarni pishganligini belgilashda,
kanop poyadan po'stloqni ajratish, uni quritish va navlarga ajratish ishlarida
xo'jaliklarga yaqindan yordam beradilar. Zavodga poya va po'stloq odatda,
avgust, sentyabr, oktyabr, qisman iqlim sharoitiga qarab noyabr oylarida
keltiriladi va ular bir necha oy, qayta ishlashga yuborilguncha maxsus
tayyorlangan joylarda saqlanadi.

MUAMMO MUHOKAMASI VA METODLAR

Kanop poyani dastlabki ishlash zavodlari xom ashyoni kanop yetishtiruvchi

xo’jaliklardan oladi. Tayyorlangan mahsulotni esa to’qimachilik sanoati
korxonalariga yuboriladi. Bunda har ikkala tomon xam standartga asoslanadi.
Tayyor tolali xomashyoni baholashdan asosiy maqsad uning texnik qiymatini,
qancha va qanday sifatda mahsulot olish mumkinligini aniqlash hisoblanadi.

Kanoppoya va ko’k po’stloqni baholashda, asosan, undan olinadigan uzun

tolaning sifati hamda miqdori e’tiborga olinadi. Bu esa ko’p faktorlarga bog’liq.
Ekish va parvarish vaqtida hamma maydondagi kanop o’simligiga sharoitlarini
bir xilda yaratib bo’lmaydi. Shuning uchun kanoppoya har xil morfologik
belgilarga ega bo’ladi. Ulardan texnologik ahamiyatga ega bo’lgan asosiylari


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

89

poyaning uzunligi, yo’g’onligi va rangidir. Uzun kanoppoyada tola tutamlari eng
zich, pishiq va elementar tolalari uzun bo’ladi. Undan ko’p miqdorda, pishiqligi
yuqori bo’lgan sifatli uzun tola olish mumkin. Shuning uchun, odatda, uzun poya
yuqori baholanadi. Tola miqdori va sifatiga qarab poyaning yo’g’onligi
uzunligiga teskari proporsional bog’lanishda bo’ladi. Juda yo’g’on poyalardan
kam miqdorda, sifatsiz tola olinadi. Buning sababi shundaki, juda yo’g’on poyalar
asosan yog’ochlik hisobiga yo’g’onlashgan bo’lib, unda tola dastalari siyrak
joylashadi, poyada tola dag’al bo’ladi. Kanopning o’sishi davrida sog’lom
kanoppoyalari orasida birmuncha tolasi pishib yetilmagan, uzun bo’lishiga
qaramay 3-4 mm yo’g’onlikka ega bo’lgan zaif poyalar (podgonlar) ham
uchraydi. Normal o’sgan poyalar bilan zaif poyalar (podgonlar) ning texnologik
va fizika-mexanikaviy xususiyatlarini tekshirish shu narsani ko’rsatadiki, normal
o’sgan poyada zaif poyalar (podgon) ga qaraganda tola miqdori ko’p, pishiqligini
yuqori, ikkilamchi tolalarning qavatlari 4-5 marotaba ko’p, texnikaviy tutam tola
yirik bo’ladi, elementar tolalar podgonnikiga qaraganda ikki baravar ko’p.
Shunday qilib, podgon poyasining tolalari soni va sifatiga qarab podgon poyalar
sifatsiz poya ekanligi aniqlanadi.

Kanop sanoatida kanop tolasidan qop-qanorlar, arqon, gilam va

poyondozlar, kabel ipi, linolium ishlab chiqarishda foydalaniladi. Bunda kanop
poyasining namlikni o’ziga shimib olmaslik xususiyati namoyon bo’ladi.

Kanopchilik - Respublikada 1936 yildan boshlangan. 1972 yildan kanop

maydonlari qisqarib bordi.

Yurtimizda kanop yetishtirishga jiddiy e’tibor qaratilayotganining boisi

nimada? Sanoatimiz rivojida ushbu texnik ekin qanday rol o‘ynaydi?

Kanop haqida yetarlicha ma’lumotga ega bo‘lmaganlarda shu kabi savollar

tug‘ilayotgani bejiz emas. Vaholonki, O‘zbekiston lub tolali mazkur o‘simlikni
yetishtirish, undan tola olish va tayyor mahsulot ishlab chiqarish borasida boy
tajriba, yetarli salohiyatga ega davlatdir.

Kanop-g‘o‘zadoshlar oilasiga mansub, namga, harorat hamda yorug‘likka

talabchan o‘simlik. Shu bois uni respublikamizning deyarli barcha viloyatida
yetishtirish mumkin. O‘sish davri 124-145 kun bo‘lib, gektaridan o‘rtacha 100-
120 sentner ko‘k poya, 4-5 sentner urug‘ beradi. Yurtimiz tuproq-iqlim
sharoitida 150-180 sentner ko‘k poya, 8-9 sentner urug‘ olish mumkin. Ilg‘or
agrotexnologiyalar qo‘llanilsa, ushbu ko‘rsatkichlar yanada yaxshilanishi,
shubhasiz.

Ma’lumotlarga qaraganda, kanop o‘simligi Toshkent viloyatida 1939 yildan

sanoat miqyosida yetishtirila boshlangan. Masalan, o‘tgan asrning 80-yillarida


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

90

22 ming gektar yer maydonida parvarishlanib, 350 ming tonnadan ziyod kanop
xom ashyosi tayyorlangan. O‘z navbatida, xom ashyo qayta ishlanib, 37 ming
tonna tola olingan. Shundan 75-80 foizi Rossiya, Boltiqbo‘yi, Ukraina,
Qirg‘iziston, Qozog‘iston Respublikalariga xom ashyo sifatida jo‘natilgan. Bundan
tashqari, Kuba, Buyuk Britaniya, Belgiya, Bolgariya, Polsha kabi davlatlarga
eksport qilingan. Qolgan qismigina o‘zimizda chuqur qayta ishlanib, tayyor
mahsulotlar olingan.

Darvoqe, kanop nafaqat qimmatbaho tola olish, balki urug‘i uchun ham

yetishtiriladi. Chunki o‘simlik urug‘i tarkibida 20 foizgacha texnik moy bo‘lib, u
lok-bo‘yoq sanoati, sovun ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi.

Kanopchilikni qayta tiklashda dehqonlarni qiynagan asosiy muammolardan

biri urug‘lik masalasi bo‘ldi. To‘g‘ri, uni chet mamlakatdan keltirish u qadar
murakkab ish emas. Lekin xorij navini respublikamiz iqlim sharoitiga
moslashtirish uchun kamida 2-3 yil vaqt talab etiladi. Ana shunday murakkab bir
vaziyatda O‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari ko‘makka kelishdi.
Ilmiy dargohning Yuqori Chirchiq tumanidagi moyli, dukkakli va tolali
o‘simliklarni o‘rganuvchi bo‘limida ilmiy tadqiqot ishlari olib borish maqsadida
2009 yilda so‘nggi marta ikki gektar maydonda kanop parvarishlangan edi.
O‘sha yili hosil cho‘g‘i barakali bo‘ldi, 520 kilogramm urug‘ olinib, to‘liq saqlab
qo‘yildi.

To‘qqiz yil bu-urug‘likning yaroqsiz bo‘lib qolishi uchun yetarli muddat.

Biroq urug‘ning mo‘’tadil iqlim sharoitida belgilangan barcha talabga rioya
qilgan holda saqlanganligi uning sifat ko‘rsatkichlari yo‘qolmasligida qo‘l keldi.
Laboratoriyalarda zudlik bilan o‘tkazilgan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha,
unuvchanlik darajasi 98 foiz ekan.

Kanop, asosan, o‘tloq maydonlarga ekilgan. Dehqonlar begona o‘tni yerning

o‘z farzandiga, ekilgan ekinni esa o‘gayiga qiyos qiladilar. Kanopni esa ona-
zaminning o‘z farzandidan ham afzalroq, deb hisoblashadi. Sababi, mazkur
texnik ekin chin ma’noda begona o‘tlarga kun bermaydi. Chunki bo‘yi 3
metrgacha o‘sadigan kanop ildizi chuqur ketganligi bois suv hamda o‘g‘itni oson
o‘zlashtirish bilan birga, bo‘ydorligi tufayli quyosh nurlaridan ham samarali
foydalanadi. Begona o‘tlarga soya soladi. Shuning uchun Chirchiq daryosining
yuqori, o‘rta va quyi sohillarida joylashgan o‘tloq tumanlarda kanop ekilgan.
Ushbu an’ana bu yil ham davom ettirildi.

“Tolali ekin”, deganda, xalqimiz ko‘z o‘ngida g‘o‘za gavdalanadi. Biroq kanop

tolasi ham paxtanikidan qolishmaydi. Shu bois Hamdo‘stlik davlatlari, xorijiy
mamlakatlarda unga talab g‘oyat katta. U mayinligi, pishiqligi, sanoatbopligi,


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

91

ya’ni yaxshi to‘qilishi bilan ajralib turadi. Kanop tolasidan ishlangan mahsulotlar
namlikni o‘ziga tortishi hamda tez o‘tkazuvchanligi (gigroskopik) tufayli boshqa
texnik o‘simliklardan olinadigan mahsulotlardan ustun turadi.

Hozirgi paytda kanop iplari elektrotexnika sanoatida kabel mahsulotlari

ishlab chiqarishda, to‘qimachilik sanoatida har xil gazlamalar, mebel matolari va
gilam to‘qishda, xalq xo‘jaligida brezent, arqon, o‘t o‘chirish uchun ishlatiladigan
egiluvchan shlanglar tayyorlashda asosiy xom ashyo hisoblanadi. Hatto, kanopni
birlamchi qayta ishlashda hosil bo‘ladigan chiqindisi ham koni foyda. Undan
qurilish plitalari, gidroliz sanoatida esa pektin, spirt, furfurola kabi kimyoviy
moddalar olishda foydalaniladi. Shularning o‘zi kanopning iqtisodiyotdagi
ahamiyati nechog‘li katta ekanligini ko‘rsatib turibdi.

Kanop sellyuloza olish uchun asosiy xom ashyolardan biri hisoblanadi.

Chunki mazkur o‘simlik tarkibida sellyuloza miqdori 50 - 60 foizni tashkil qiladi.
Bugungi kunda u AQSh, Avstraliya, Yaponiya, Ispaniya davlatlarida qog‘oz
sanoatini xom ashyo bilan kafolatli ta’minlash maqsadida katta maydonlarda
parvarishlanmoqda. Shu ma’noda, yurtimizda kanopchilikning qayta yo‘lga
qo‘yilishi o‘z qog‘oz sanoatimizga ega bo‘lishimiz uchun ham keng yo‘l ochadi.

XULOSA
Bir so’z bilan shuni ta’kidlash mumkinki, yurtimizda kanopchilikning

rivojlanishi sanoatimiz, texnik potensialimiz, energetika yo`nalishi va boshqa bir
qancha sohalar rivojiga bevosita ta`sir o`tkazadi va ushbu jarayonlar bilan birga
uni qayta ishlash va sanoatning turli sektorlarida xomashyo sifatida ishlatish
texnologiyasi ham ishlab chiqildi.

CONCLUSION
In short, the development of hemp in our country has a direct impact on

the development of our industry, technical potential, energy and many other
areas, and along with these processes it can be processed and used as a raw
material in various sectors of industry. operating technology has also been
developed.

Adabiyotlar:

1.

Bulok, Per (2019), "Sanoat kenevir iqtisodiyoti", Kanop: sanoat ishlab

chiqarish va ulardan foydalanish, CABI, 145–161 betlar, ISBN 978-1-84593-793-
5
2.

Bulok, Per, ed. (2019), Kanop: sanoat ishlab chiqarish va ulardan

foydalanish, CAB kitoblari, ISBN 9781845937935
3.

Karus, Maykl; Fogt, Dominik; Breuer, Tomas (2018), Naturfasern und

Naturfaser-Werkstoffen (Deutschland und EU) tomonidan ishlab chiqarilgan
Markt-und Konkurrenzsituation. [Tabiiy tolalar va tabiiy tolalar materiallari


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

92

bozorlarini o'rganish (Germaniya va Evropa Ittifoqi)] (PDF), Gulzower texnik
munozaralari, 26-guruh, Gulzow: Fachagentur Nachwachsende Rohstoffe
4.

Dyui, Lyster H.; Merril, Jeyson L. (2015 yil 14 oktyabr), G'unajin qog'oz

sifatida ishlatiladigan materialdir, AQSh qishloq xo'jaligi vazirligi, p.
5.

USDA Bulletin 404 - Internet-arxiv orqali

Библиографические ссылки

Bulok, Per (2019), "Sanoat kenevir iqtisodiyoti", Kanop: sanoat ishlab chiqarish va ulardan foydalanish, CABI, 145–161 betlar, ISBN 978-1-84593-793-5

Bulok, Per, ed. (2019), Kanop: sanoat ishlab chiqarish va ulardan foydalanish, CAB kitoblari, ISBN 9781845937935

Karus, Maykl; Fogt, Dominik; Breuer, Tomas (2018), Naturfasern und Naturfaser-Werkstoffen (Deutschland und EU) tomonidan ishlab chiqarilgan Markt-und Konkurrenzsituation. [Tabiiy tolalar va tabiiy tolalar materiallari bozorlarini o'rganish (Germaniya va Evropa Ittifoqi)] (PDF), Gulzower texnik munozaralari, 26-guruh, Gulzow: Fachagentur Nachwachsende Rohstoffe

Dyui, Lyster H.; Merril, Jeyson L. (2015 yil 14 oktyabr), G'unajin qog'oz sifatida ishlatiladigan materialdir, AQSh qishloq xo'jaligi vazirligi, p.

USDA Bulletin 404 - Internet-arxiv orqali