ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
81
MAQOLLARDA AYOLLARNING MILLIY-MADANIY ETАLON
SIFATIDA AKS ETISHI
Rohilabonu G‘o‘chchiyeva
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
lingvistika: ingliz tili mutaxassisligi 2-bosqich magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.14764510
Annotatsiya.
Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek frazeologik qatlamlari
gender tadqiqotlari nuqtai nazaridan o‘rganiladi. Mazkur madaniyatlarda ayollik
va erkaklik olami lisoniy tasvirining gender tahlili har xil til vakillarining
umumiy va farqli xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi. Ingliz va o‘zbek
frazeologik birliklari va paremiyalarining gender tahlili natijalariga koʼra har
ikki tilda ham ayolning salbiy ifodasi uning ijobiy ifodasidan ustun turishi
aniqlanadi. Bu jamiyat aʼzolarining salbiy xususiyatga nisbatan munosabatini
belgilaydigan alomatdir.
Kalit so‘zlar:
maqol, gender tilshunosligi, ayol obrazi, ijobiy obraz, salbiy
obraz, gender ko‘rsatgich, lingvomadaniyatshunoslik, mintalitet.
Ingliz frazeologik birliklarida gender ko‘rsatkich faqat leksik-semantik
jihatdan namoyon bo‘ladi, buni ingliz tilida rod grammatik kategoriyasining
yo‘qligi sababli aniq bo‘lgan rod farqlarining mavjud emasligi bilan izohlash
mumkin. Gender ko‘rsatkichlar sifatida ayol va erkak jinsini ifodalovchi
leksemalar yoki frazeologik birliklar semantikasida mavjud bo‘lgan ma'noli
komponentlar namoyon bo‘ladi.
Rod grammatik kategoriyasiga ega bo‘lmagan tillarda tabiiy jins til tizimida
grammatik ifodaga ega emas va asosan leksik semantika orqali ifodalanadi.
Bundan kelib chiqib, tadqiq etilayotgan til manbalarining ifoda va mazmun plani
gender ko‘rsatkichga ega bo‘lishi kerak [6].
Ingliz tilida grammatik rodning mavjud emasligini hisobga olganda,
frazeologik birliklarning ifoda jihatidagi gender ko‘rsatkich muhim hisoblanadi.
I.V. Zikova ifoda jihatining leksemalari majmuini quyidagi uch asosiy
guruhga ajratadi:
1) antropometrik leksemalar;
2) qarindoshlik munosabatlarini ifodalovchi leksemalar;
3) antroponimik leksemalar [7].
Antropometrik leksemalar A.V. Silinskiyning “Речевая вариативность”
(1995) monografiyasida tilga olinadi va uning ostida shaxslarning jinsi va
yoshiga qarab nomlovchi otlar nazarda tutiladi” [1]. I. Zikova fikriga ko‘ra, girl –
boy, lady – gentleman, Miss – Mrs – Mr va h.k. so‘zlar anropometrik leksemalar
guruhiga kirib, bu guruhga kiruvchi so‘zlarning asosiy qismini juft so‘zlar, ya'ni
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
82
maskulin rod so‘zlari va ulardan yasalgan feminin rod so‘zlari tashkil etadi,
masalan: prince – princess; duke – duchess va h.k. Supletiv shakllangan genderli
juft so‘zlar nisbatan kamchilikni tashkil etadi: boy – girl, gentleman – lady kabi.
Oila va qarindoshlik munosabatlirini ifodalovchi gender ko‘rsatkichli
leksemalarning barchasini suppletiv shakllangan oppozitsion juftliklar tashkil
qiladi: mother – father, daughter – son, aunt – uncle kabilar.
Genderli antroponimlarning vujudga kelishi quyidagicha izohlanadi:
1) Kommunikativ jarayonlar natijasida hosil bo‘lgan antroponimlar Tom,
Dick and Harry – har kim, hamma, birinchi uchragan, oddiy odam.
2) Ijtimoiy hayotning har xil sohasida mashhur shaxslarning tarixiy faoliyati
bilan bog‘liq bo‘lgan antroponimlar [2].
Tadqiqotimiz uchun asosiy manba bo‘lib A.V. Kuninning “Англо-русский
фразеологический словарь” (1984) va Oxford Soncise Dictionary of Proverbs
(2003) lug‘atlari xizmat qildi. Ushbu lug‘atlardan yaxlit tanlab olish metodiga
asosan mingga yaqin frazeologik birlik tanlab olindi. Tanlov mezoni sifatida
frazeologizmlarning formal-semantik jihati xizmat qildi, boshqacha qilib
aytganda, ifoda va mazmun planida gender ko‘rsatkichlarni qamrab olgan
frazeologizmlar tanlab olindi. Masalan:
The man is as old as he feels, the woman
as she looks – erkak kishining yoshi o‘zini qanday his etishiga qarab aniqlanadi,
ayolniki esa ko‘rinishiga qarab.
Maqolada ingliz va o‘zbek tillari frazeologizmlari va paremiyalari quyidagi
semantik jihatdan ajratilgan konseptual qatlamlarda tahlil etildi: erkak va
ayollarning ijtimoiy xususiyatlarini (ijtimoiy maqomi, ijtimoiy faoliyati)
ifodalovchi konseptual qatlam, ayol va erkaklarning psixologik xususiyatlarini
(fe'l-atvori, xulqi) ifodalovchi konseptual qatlam, ayol va erkaklarning fiziologik
xususiyatlarini (tashqi ko‘rinish) ifodalovchi konseptual qatlam.
Insonning ijtimoiy maqomi uning demografik belgilari bilan birgalikda
jamiyatda tutgan o‘rni bilan ham belgilanadi, ya'ni iyerarxik dunyoda shaxsning
ijtimoiy faoliyati, oilaviy va ijtimoiy maqomi kabi belgilarning o‘zaro
munosabatlari ko‘rib chiqildi.
Erkaklarning ijtimoiy faoliyatini tasvirlovchi frazeologik birliklarning tahlil
natijasi qiziqarli maʼlumot berdi:
brother in arms – “jangovor doʼst”; gentleman at
large – “zodagon”.
Erkak mard, jasur shaxs sifatida: a knight in shining armour –
“ritsar,
oliyhimmat inson, oliyjanob kishi”; a man’s man – “mard, qoʼlidan har ish
keladigan odam”.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
83
Rahbar shaxs sifatida:
old man – “xoʼjayin, shef”; man on horseback –
“hukmdor”; strong man – “yakka hokim, oʼz amrini oʼtkazuvchi”; lord of creation –
“yaratuvchi erkak”.
Huquqshunos, siyosatchi, madaniyat arbobi, shifokor va h.k. sifatida:
gentleman of the long robe – “mantiyalik jentlmen, yurist”; a butter and egg man –
“teatr sahnalarini mablagʼ bilan taʼminlovchi ishbilarmon odam”; advance agent –
“kontrakt tuzuvchi agent, vakil” medicine man – “tabib” [4, 1].
Erkaklar masʼuliyatli lavozimlarni egallash bilan birga, jinoyatchilik,
oʼgʼrilik, qalloblik v h.k. lar bilan shugʼullanishga moyil boʼlishgan va bularning
barchasi erkaklarga xos kasbi-kor hisoblangan, chunki buning uchun ham
maʼlum darajada aql kerak boʼlgan:
a confidence man – tovlamachi, firibgar; a
broken man – qonundan tashqari deb eʼlon qilingan oʼgʼri; knight of the pad –
bosqinchi; Mr. Big – jinoyatchilar doirasi korchaloni, “yuqori martabali amaldor”.
Shuningdek, erkaklar har xil turdagi kasb-hunar bilan shugʼullanishgan.
Ularning kasbi va xarakteridagi turli-tumanlikni tasvirlash uchun maqol va
matallar ham qoʼllanilgan. Masalan:
a bad workman finds fault with his tools –
yomon hunarmand qurolidan ayb topar; what is a workman without his tools? –
qurolsiz usta usta emas; the workman is known by his work – ustani qilgan ishidan
bil [4, 1].
Jamiyatning demokratlashtirilishi, feministik harakatning vujudga kelishi
tildagi mavjud frazeologik birliklarga ham oʼz taʼsirini oʼtkazdi. Buning natijasida
ayollarni erkaklar bilan bir xil kategoriyada tasvirlovchi frazeologik birliklar
paydo boʼla boshladi. Masalan
:
Mr. Right – boʼlajak qalliq/ Miss Right – boʼlajak
rafiqa; a man of the world – donishmand erkak/ a woman of the world – dono,
tajribali ayol; His Reverence – hazrati oliylari (ruhoniyga nisbatan) / Her
Reverence – katta hurmatga sazovor rafiqa; Master of situation – “vaziyat egasi”
(erkak kishi haqida) / Mistress of situation – “vaziyat egasi”, oʼzi mustaqil qaror
qila oladigan ayol [4, 1].
Oʼzbek tili frazeologizmlarida esa, erkaklarning ijtimoiy faoliyati
bogʼdorchilik, dehqonchilik, chorvachilik, zargarlik, ovchilik, kosibchilik,
qassoblik kabi kasb-hunarlarda tasvirlangan [8]. Bu kabi faoliyatlarni
ifodalovchi maqollarda esa erkaklar “bogʼbon, dehqon, choʼpon, zargar, kosib,
ovchi, qassob” kabi ot soʼz turkumiga oid soʼzlar bilan ifodalanganlar. Masalan:
Bogʼbon bogʼini tuzar, Dehqon dalasini suzar; Choʼponning tayogʼi – otlining
oyogʼi; Kosib tikkanini maqtar; Zar boʼlmasa, zargar xarob, Yer boʼlmasa, dehqon
xarob; Qassobga oq qoʼy ham bir, qora qoʼy ham bir [1].
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
84
Аyol va erkaklarning ijtimoiy maqomini aks ettiruvchi frazeologik
birliklarning baʼzilari tanlab olindi.
“Ijtimoiy maqom” deganda erkak va ayollarning oilaviy ahvoli nazarda
tutiladi, unda turmushga chiqqan va chiqmagan ayol, uylangan va uylanmagan
erkak, shuningdek, qarindoshlik munosabatlarini aks ettiruvchi frazeologizmlar
tahlil etiladi [9].
Har ikki til vakillari uchun turmush muhim voqea. Ingliz tilida:
Marriage
makes or mars the man – turmush inson hayotini yo yaxshi tomonga oʼzgartiradi,
yo yomon tomonga.
Oʼzbek tilida aynan turmush qurishning afzalligini, muhimligini tasvirlovchi
maqollar asosan “xotin” leksemasi orqali yoritilgan:
Uylangan – oʼgʼil-qizga
quvongan; Xotinsizlik mehnat; Xotin – umr yoʼldoshi; Xotin – uyning chirogʼi [4, 1].
Keltirilgan misollar turmushning afzalligini tasvirlasa, har ikki tilda buning
aksini ham kuzatish mumkin:
Umringdan uch kun qolsa eshak ol, bir kun qolsa
xotin ol; If you would be happy for a week take a wife; if you would be happy for a
month kill a pig; but if you would be happy all your life plant a garden – bir
haftalik baxt uchun xotin ol, bir oylik baxt uchun choʼchqa soʼy, bir umrlik baxt
uchun bogʼ yarat; first thrive and then wife – avval mablagʼ toʼpla, soʼng uylan;
Honest man merry soon but wise man never – aqlli odam hech qachon uylanmaydi;
Marry in haste and repent at leisure – shoshilib uylangan tez afsuslanadi (yaʼni,
shoshilgan qiz erga yolchimas); Be sure before you marry of house wherein to
tarry – turmush qurishdan oldin yashaydigan (boʼlajak) uying haqida qaygʼur [4,
1].
Yuqoridagi maqollarni quyidagi birgina misol bilan izohlash mumkin: Umr
savdosi – qiyin savdo. Maqollarda ayolning eriga bogʼliqligi, uning oldida
ojizligini tasvirlovchi frazeologik birliklar ham yoʼq emas [9]:
a clinging vine –
zaif, yordamga muhtoj ayol; the cobblers wife is the worst shod – “etikdoʼz
xotinining oyoq kiyimi hammanikidan eng yoomon”.
Oilaviy munosabatlarga qaytar ekanmiz, quyidagi leksemalarni tahlil etish
maqsadga muvofiq: ota – ona; oʼgʼil – qiz; aka –singil; togʼa-xola; qaynona –
qaynota; kuyov – kelin; quda; oʼynash va h.k.
“Oʼgʼil” va “qiz” leksemalari frazeologik birliklarda quyidagicha tasvirlanadi.
Oʼgʼil: the prodigal son – noqobil oʼgʼil, oqpadar; son of a bitch – ablah, yaramas.
Qiz: a daughter of the horse leech – (qonmas) toʼymas tovlamachi. Biroq qiz oʼgʼil
bilan qiyoslanganda qizning ijobiy baholanishi kuzatildi:
My son is my son till he
gets him a wife, but my daughter's my daughter all the days of her life – Oʼgʼil xotin
olguncha oʼgʼil, qiz esa bir umrga qiz.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
85
Oʼzbek tilida esa bu leksemalar qiyoslanganda ularning har ikkisi ijobiy
tasvirlanadi: Oʼgʼil uyning bulbuli, qiz – uyning guli; Oʼgʼilli uy – farishta, qizli uy
– sarishta.
Oʼzbek tilida qiz – ota-onaning joni, davlati, oʼgʼil esa – faxri, avlodini davom
ettiruvchisi va aynan shuning uchun ham u qizga nisbatan zoriqib kutiladi:
Qiyshiq boʼlsa ham yoʼl yaxshi, Yomon boʼlsa ham oʼgʼil [1].
Leksikografik manbalarni kuzatuv davomida farzand; bola; chaqaloq; child;
baby; infant komponentlari qatnashgan frazeologik birliklarga ham duch keldik.
Tahlil qilinayotgan tillarda bu otlar aynan bir aniq jinsga bogʼlanmagan, yaʼni
oʼgʼilga nisbatan ham qizga nisbatan ham qoʼllanilishi mumkin [3].
Odatda, xalqimizda singilni eʼzozlashni oʼgʼilga yoshligidan uqtirib kelinadi:
Onangni kaftingda tutsang, Onangni sirtda saqlasang, Singlingni boshingda tut.
Singlingni kaftda saqla [1].
Аyolning oilada tutgan ijtimoiy maqomlaridan biri “kelin”ga oʼzbek tilida
ijobiy va baʼzan juda salbiy baho beriladi.
Ingliz tilida ayolning ijtimoiy maqomi erkaklarnikiga nisbatan yorqin
ifodalanmagan. Balki erkaklar ayol kishini masʼuliyatli ishlar, ilm-fan bilan
shugʼullanishga qobiliyatli boʼlmagan inson sifatida tasavvur qilib, uni jiddiy
ishlar bilan shugʼullanishiga toʼsqinlik qilganlar. Shuning uchun, ularga nisbatan
muhim kasblarni ifodalovchi til birliklari qoʼllanilmagan. Oʼzbek tilida esa
ayolning ijtimoiy maqomi asosan “uy bekasi”, “ona”, “xotin”, “qiz”, “kelin”
timsollarida namoyon boʼladi. Аmmo “rahbar ayol”, “fan arbobi” kabi
maqomlarining mavjud emasligi, ayollarning qadr – qimmatini tushirmaydi,
chunki oʼzbek erkaklari ayollarni zaif jins sifatida asrab-avaylab, eʼzozlab
yurishni xohlaydilar. Ularga, avvalo, saranjom – sarishtali uy bekasi, maslahatchi
turmush oʼrtogʼi, mehribon ona kerak: “Xotining yaxshi boʼlsa, bu dunyoning
charogʼi”.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Mirzayev T. O’zbek xalq maqollari. – Toshkent: Sharq, 2012.
2.
Manser Martin H. The Facts on File Dictionary of Proverbs. – 2007. – 499
pp.
3.
Simpson J.A. The Concise Oxford Dictionary of Proverbs. – Oxford, 2003.
4.
Smith W.G. The Oxford dictionary of English proverbs. – Oxford, 2008.
5.
Tumanishvili K. The specific and the Universal in the Proverb Genre /
Rustaveli Institute of Georgian Literature. – Volume l, 2007.
6.
Носирова
М.
Лингвокультурологический
анализ
паремий,
вербализующих концепт «труд–безделье» в пословицах //Академические
исследования в современной науке. – 2023. – Т. 2. – №. 16. – С. 188-197.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
86
7.
Носирова М. О. Национальная специфика отражения социальных
ценностей в пословицах разносистемных языков //Konferensiyalar|
Conferences. – 2024. – Т. 1. – №. 10. – С. 594-598.
8.
Носирова М.О. Паремиология: лингвокультурологический и
лингвоаксиологический потенциал // Материалы международной
научной конференции «Вселенная Э. Тенишева: тюркология и жизнь в
науке». – Казахстан, 2024. – С.52-60.
9.
Носирова М.О. Пословичная языковая картина мира как объект
аксиологических исследований в языкознании //Янги Ўзбекистон:
инновация, фан ва таълим, 7-қисм. – С. 35.
10.
Сташкова М.А. Функционирование пословиц и антипословиц с
гендерным компонентом в современном английском языке: автореф.
дис. ... канд. филол. наук. – Москва, 2015. – 22 с.