Авторы

  • Shohrux Qushboqov
    O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi katta o‘qituvchisi, kapitan

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.64043

Аннотация

Yurtimizda qo‘llanilish doirasi juda keng jazo turlaridan hisoblangan ham asosiy ham qo‘imcha jazo hisoblanagan maxsus huquqdan mahrum etish jazosi - muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan (transport vositalarini boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan) mahrum qilish chorasi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudi tomonidan uch yilgacha muddatga qo‘llaniladi. Bunday huquqdan mahrum qilish muddati o‘n besh kundan kam bo‘lmasligi kerak


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

52

MAXSUS HUQUQDAN MAHRUM ETISH JAZOSINI IJRO ETISHDAGI

MUAMMOLAR VA ULARNI BARTARAF ETISHGA OID TAKLIFLAR

Qushboqov Shohrux Xasan o‘g‘li

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi katta o‘qituvchisi, kapitan

https://doi.org/10.5281/zenodo.14762320

Yurtimizda qo‘llanilish doirasi juda keng jazo turlaridan hisoblangan ham

asosiy ham qo‘imcha jazo hisoblanagan

maxsus huquqdan mahrum etish jazosi

-

muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan (transport vositalarini

boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan) mahrum qilish chorasi jinoyat ishlari
bo‘yicha tuman (shahar) sudi tomonidan uch yilgacha muddatga qo‘llaniladi.
Bunday huquqdan mahrum qilish muddati o‘n besh kundan kam bo‘lmasligi
kerak

1

.

Rossiya Federatsiyasi qonunchiligiga ko‘ra,

maxsus huquqdan mahrum

etish jazosi -

ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan jismoniy shaxsni ilgari unga

berilgan maxsus huquqdan mahrum qilish Rossiya Federatsiyasining ma’muriy
huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksining Maxsus qismi moddalarida nazarda
tutilgan hollarda ushbu huquqdan foydalanish tartibini qo‘pol ravishda yoki
muntazam ravishda buzganligi uchun belgilanadi. Jismoniy shaxsni ilgari berilgan
maxsus huquqdan mahrum qilish ushbu Rossiya Federatsiyasining ma’muriy
huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksining Maxsus qismi moddalarida nazarda
tutilgan hollarda ushbu huquqdan foydalanish tartibini buzganlik uchun
tayinlangan boshqa ma’muriy jazoni ijro etishdan bo‘yin tovlaganlik uchun,
maxsus huquqdan foydalanishga doir ijro ishi yuritish to‘g‘risidagi qonun
hujjatlariga muvofiq belgilangan vaqtinchalik cheklovni buzganlik uchun ham
belgilanadi. Maxsus huquqdan mahrum qilish sudya tomonidan tayinlanadi

2

.

Ukraina qonunchiligiga ko‘ra,

maxsus huquqdan mahrum etish jazosi -

(transport vositalarini boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan) mahrum
qilish ushbu huquqdan foydalanish tartibini qo‘pol ravishda yoki muntazam
ravishda buzganligi uchun uch yilgacha bo‘lgan muddatga qo‘llaniladi. Transport
vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilish ushbu vositalardan nogironligi
tufayli foydalanayotgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin emas, alkogolli

1

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi. [Elektron

manba: https://lex.uz/docs/-97664. Murojaat vaqti: 10.02.2024 y].

2

Кодекс Российской Федератсии об административных правонарушениях

[Elektron

manba:

https://www.consultant.ru/document/cons_doc_

LAW_34661/9cf294af23d28d29114e 0388f056dd9916959846/. Murojaat vaqti: 10.02.2024

y].


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

53

ichimlikdan, giyohvandlik ta’siridan yoki boshqa tarzda mast holda boshqarish
hollari bundan mustasno

3

.

Qozog‘iston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra,

maxsus huquqdan

mahrum qilish jazosi -

muayyan shaxsga berilgan maxsus huquqdan mahrum

qilish sudya tomonidan qo‘llaniladi. Maxsus huquqdan mahrum qilish muddati bir
oydan kam va ikki yildan ortiq bo‘lishi mumkin emas. Shuningdek, transport
vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilish muddati olti oydan kam va o‘n
yildan ortiq bo‘lishi mumkin emas

4

.

Ushbu davlatlar qonunchiligini o‘rganar ekanmiz, maxsus huquqdan

mahrum qilish jazosi muddatlarini o‘ziga jalb etdi. Hozirgi kunda
avtohalokatlarning asosiy sababi mast holatda transport vositasini boshqarish
bo‘lganligi sababli maxsus huquqdan mahrum qilish jazosi muddatini 3-yildan
10-yil muddatga uzaytirishni taklif etamiz.

Shuningdek, qonunchiligimizda

maxsus huquqdan mahrum qilish

jazosini

faqat 28-moddada ko‘rsatilgan xollarda emas balki

boshqa ma’muriy

jazoni ijro etishdan bo‘yin tovlaganlik uchun, ushbu Kodeksning Maxsus qismida
nazarda tutilgan hollarda, maxsus huquqdan foydalanishga doir ijro ishi yuritish
to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan vaqtinchalik cheklovni
buzganlik uchun ham

qo‘llash maqsadga muvofiqdir.

Bundan tashqari, mazkur moddaning 2-qismida ko‘rsatilgan “Nogironligi

sababli transport vositalaridan foydalanadigan shaxslarga nisbatan transport
vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilish chorasi qo‘llanilishi mumkin
emas, ushbu Kodeks 128

3

-moddasining beshinchi qismida, 128

4

-moddasining

uchinchi qismida, 131-moddasining birinchi qismida, 136-moddasining birinchi
qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilgan hollar bundan
mustasno” degan qismiga yurtimizda jazolarni liberallashtirish siyosatini
inobatga olib,

“tirikchilik manbai haydovchilik bo‘lgan shaxslarga”

degan

so‘zlarni qo‘shishni taklif etamiz.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik

to‘g‘risidagi kodeksining 28-moddasining 1 va 2-qismlari quyidagi tahrirda
bayon etish taklif etiladi:

“Muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan mahrum qilish chorasi

transport vositalarini boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan

shuningdek,

boshqa ma’muriy jazoni ijro etishdan bo‘yin tovlaganlik uchun, ushbu

3

Кодекс Украины Об административных правонарушениях [Elektron manba:

https://pravoved.in.ua/section-kodeks/34-kuoap.html Murojaat vaqti: 10.02.2024 y].

4

Кодекс Республики Казахстан Об административных правонарушениях [Elektron

manba: https://adilet.zan.kz/rus/docs/K1400000235. Murojaat vaqti: 10.02.2024 y].


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

54

Kodeksning Maxsus qismida nazarda tutilgan hollarda, maxsus huquqdan
foydalanishga doir ijro ishi yuritish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq
belgilangan vaqtinchalik cheklovni buzganlik uchun ham qo‘llaniladi. Ushbu
jazo

jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudi tomonidan

o‘n yilgacha

muddatga qo‘llaniladi. Bunday huquqdan mahrum qilish muddati o‘n besh kundan
kam bo‘lmasligi kerak

Nogironligi sababli transport vositalaridan foydalanadigan hamda

tirikchilik manbai haydovchilik bo‘lgan shaxslarga

nisbatan transport

vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilish chorasi qo‘llanilishi mumkin
emas, ushbu Kodeks 128

3

-moddasining beshinchi qismida, 128

4

-moddasining

uchinchi qismida, 131-moddasining birinchi qismida, 136-moddasining birinchi
qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilgan hollar bundan
mustasno”.

O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 28-moddasida belgilangan hollarda,

ya’ni transport vositalarini alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik vositasi ta’siridan
mast bo‘lgan holda yoki o‘zgacha tarzda mast bo‘lgan holda boshqarish hollari,
mastlik darajasini belgilangan tartibda aniqlashdan bo‘yin tovlash, shuningdek,
o‘zlari ishtirokchi bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari sodir etilgan joydan ketib
qolish holatlarida nogironlarga ham mazkur jazo chorasi qo‘llaniladi.

Ushbu jazo shaxslarga nisbatan qo‘llanilishi yillar kesimida

quyidagicha o‘z aksini topadi:

2020-yilda

22.870 ta

shaxsga;

2021-yilda

31.713 ta

shaxsga;

2022-yilda

27.611 ta

shaxsga;

2023-yilda

24.865 ta

shaxsga;

2024-yilning birinchi yarmida

11.139 ta

shaxsga

qo‘llanilgan.

Shundan qo‘shimcha jazo sifaida:

2020-yilda

21.741 ta

shaxsga;

2021-yilda

29.543 ta

shaxsga;

2022-yilda

26.144 ta

shaxsga;

2023-yilda

23.575 ta

shaxsga;

2024-yilning birinchi yarmida

10.477 ta

shaxsga

qo‘llanilgan.

Asosiy jazo sifatida:

2020-yilda

1.129 ta

shaxsga;

2021-yilda

2.170 ta

shaxsga;


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

55

2022-yilda

1.467 ta

shaxsga;

2023-yilda

1.290 ta

shaxsga;

2024-yilning birinchi yarmida

662 ta

shaxsga

qo‘llanilgan

5

.

Maxsus huquqdan mahrum etish ko‘pincha yo‘l harakati qoidalarini va

transportdan foydalanish qoidalarini qo‘pol ravishda buzganliklari uchun
transport vositalarining haydovchilariga nisbatan qo‘llaniladi.

Harakat xavfsizligini ta’minlashning ta’sirchan vositasi bo‘lgan transport

vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etish mazkur huquqlarni ma’lum
darajada cheklash bilan bog‘liq jazo chorasi hisoblanadi. Bunday ma’muriy jazo
chorasini qo‘llash asosiy kasbi haydovchilik bo‘lgan shaxslar uchun muayyan
muddatga mutaxassisligi bo‘yicha ishlash, havaskor haydovchilar, shaxsiy avto-
mototransport sohiblari uchun belgilangan muddat davomida o‘ziga tegishli
transport vositasini boshqarishni taqiqlashga sabab bo‘ladi.

Shu bilan birga,

mazkur jazo chorasining amal qilishi

avtomobil, traktor

va boshqa o‘ziyurar mashinalar, motosikllar va boshqa mexanik transport
vositalari, kichik hajmli kemalar haydovchilari sodir etgan qo‘pol
huquqbuzarliklar uchun ham tatbiq etiladi.

Ov qilish huquqidan mahrum etish asosan quyidagi huquqbuzarliklar

yani ov qilishga tegishli ruxsati bo‘lmagan holda yoki taqiqlangan joylarda
yoxud taqiqlangan muddatlarda, taqiqlangan qurollar yoki usullar bilan ov
qilish, shuningdek, ov qilish va baliq tutishning boshqa qoidalarini
muntazam ravishda buzganlik uchun nazarda tutilgan:

transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi

qaror

ichki ishlar organlarining mansabdor shaxslari

tomonidan;

kema haydovchilarini kichik hajmli kemalarni boshqarish huquqidan

mahrum etish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi

Favqulodda

vaziyatlar vazirligi Kichik hajmli kemalar inspeksiyasining mansabdor
shaxslari

tomonidan;

ov qilish huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi qaror ov qilish qoidalariga

rioya etilishi ustidan

davlat nazorati olib boruvchi organlarning mansabdor

shaxslari

tomonidan ijro etiladi.

Maxsus huquqdan mahrum qilish muddati o‘tgach, shuningdek bu muddat

MJtKning 343-moddasiga muvofiq qisqartirilgan taqdirda, ushbu jazo chorasiga

5

Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarning 2024 yil 1-yarmidagi faoliyat yakunlarining asosiy

ko‘rsatkichlari [Elektron manba: https://stat.sud.uz/. Murojaat vaqti: 10.02.2024 y].


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

56

tortilgan shaxsga undan olib qo‘yilgan hujjatlar belgilangan tartibda qaytarib
beriladi.
Transportni boshqarish huquqidan mahrum etilgan haydovchi haydovchilik
guvohnomasini topshirishdan bosh tortganda, bu huquqdan mahrum etish
muddati guvohnoma olib qo‘yilgan kundan boshlab, lekin qaror chiqargan organ
belgilagan mahrum etish muddati tugashidan kechiktirmasdan hisoblanadi.