ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
27
KALAMUSHLARDA JIGARDAN TASHQI O`T YO`LLARINING
GISTOLOGIK TUZILISHI
Mamataliyev Abdumalik Rasulovich
PhD. dotsent.
Samarqand Davlat tibbiyot universiteti,
Jurakulov Fazliddin Normanovich
assistent
Toshkent tibbiyot akademiyasi
Termiz filyali ichki kasaliklar kafedrasi
e-mail:abdumalik.mamataliyev72@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.14754092
Annotatsiya:
Maqolada Van Gison bo'yash usulida o'rganilgan tajriba
hayvonlaridan biri bo'lgan kalamush jigarining tashqi o't yo'llarining umumiy
gistologik tuzilishi va elastik tolalarni Veygert bo'yash usuli bo'yicha ilmiy
ma'lumotlar keltirilgan.
Tayanch so'zlar:
Kalamush, jigar, o't yo'llari, gistologik tuzilish, elastik
tolalar.
Abstract:
The article presents scientific data on the general histological
structure of the external bile ducts of the liver of rats - one of the experimental
animals studied by the Van Gieson staining method, and elastic fibers - by the
Weigert staining method.
Keywords:
Rat, liver, bile ducts, histological structure, elastic fibers.
Jigardan tashqari o't yo'llarining gistologik tuzilishiga bag`ishlangan
ko'plab ilmiy tadqiqotlar bajarilgan[1,2,3]. So'nggi yillardagi nashrlarda o't
yo'llari tizimi va uning u yoki bu bo'limlarining qiyosiy morfologiyasiga
bag'ishlangan ilmiy tadqiqotlar juda kam uchraydi [4,5]. Ayrim
sutemizuvchilarda o‘t pufagining borligi yoki yo‘qligi sababini aniqlash katta
nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Kalamushlarda jigardan tashqari o't
yo'llarining strukturaviy xususiyatlarini qiyosiy o'rganish nazariy va amaliy
tibbiyotning dolzarb ilmiy muammolaridan biridir. Bir qator mualliflar [6,7]
ovqat hazm qilish tizimidagi, o't yo'llari tizimi, oshqozon, o'n ikki barmoqli ichak
va oshqozon osti bezi o'rtasidagi funktsional bog`liqligini o'rganganlar. Ko'pgina
ishlar eksperimentda jigardan tashqari o't yo'llarining turli patologiyalarini
o'rganishga bag'ishlangan [8]. Ba'zi mualliflar [9] odamlar va kalamushlarda
umumiy o't yo'lining qiyosiy morfologiyasini tavsiflaydi. Mavjud adabiyotlarda
biz kalamushlarda jigardan tashqi o't yo'llarining gistologik tuzilishi bo'yicha
hech qanday tadqiqotlar topmadik. Eksperimentda kalamushlarda jigardan
tashqari o't yo'llarining tuzilishi haqida juda kam adabiyot ma'lumotlari mavjud
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
28
va shuning uchun ularni alohida tavsiflash mumkin emas edi, ammo biz bu
bo'shliqni tadqiqotimiz bilan to'ldirishga qaror qildik.
Tadqiqot maqsadi:
Sog'lom etuk yoshdagi kalamushlarda jigardan tashqi
o't yo'llarining gistologik tuzilishini o'rgandik.
Materiallar va tadqiqot usullari.
Bizning tadqiqotimiz uchun material 18
ta sog`lom voyaga etgan kalamushlarning jigar va o`t yo`llaridan tashqil topgan
organokomplekslari olindi. Kalamushlar mahaliy og`riqsizlantirish ta`sirida
qonsizlantirish (qorin aortasini kesish) yo'li bilan o'ldirildi. Olingan a`zolar
(jigar, jigardan tashqari o't yo'llari) neytral formalinning 12% eritmasida
qotirildi. To`qimalarni umumiy gistologik tekshirish uchun gematoksilin-eozin
usulida bo`yadik. Kollagen tolalarini o'rganish uchun preparatlar Van Gison usuli
bo'yicha pikrofuksin bilan bo'yaldi. Elastik tolalarni aniqlash uchun Veygert
bo'yicha fuksin bilan bo'yalgan.
Tadqiqot natijalari va muhokama
. Kalamushlarda jigardan tashqi
umumiy o't yo'li Jigarning o`ng va chap bo`laklaridan chiquvch xususi o`t
yo'llarining qo'shilishi natijasida hosil bo'ladi. Kalamushlarda o`t xaltasi
bo`lmaganligi sababli jigarning umumiy o`t yuli o`nikkibarmoqli ichakning
devorigach davom etadi. Jigardan tashqi umumiy o`t yo`llari devori gistalogik
jixatdan ichki shilliq, shilliq osti, mushak-biriktiruvchi to'qima va tashqi seroz
pardadan tashkil topgan. Shilliq parda ichkaridan bir qavatli silindrsimon
epiteliy bilan qoplangan. Shiliq osti plastinkasi siyrak shakillangan briktiruvchi
to`qima bilan ifodalanadi. Shiliq osti qavatida biriktiruvchi to'qimadan iborat
bo'lib, o`t yo`llarining yo`nalishiga parallel joylashgan turli diametrli ko'plab
epiteliy kanalchalarini o'z ichiga oladi(1-rasm). Epiteliy kanalchalari prizmatik
epiteliy bilan qoplangan. Ular kalamushlarning umumiy o't (jigar) yo'li bo'ylab
topiladi. Shiliq osti qavatida qon tomirlari va nerv tolalari ham joylashgan.
Kollagen tolalarining joylashishi asosan o`t yo`llari bo'ylab va aylana shaklida
joylashgan. Turli qatlamlardagi kollagen tolalarining zichligi har xil. Mushak
pardasi nisbatan yupqa, silliq mushak tolalari to'plamlari biriktiruvchi to'qima
tolalari bilan aralashgan. Silliq mushak to'qimalarining qatlamlari ham bo'ylama
yo'nalishda joylashgan. Jigarning o'ng va chap xususiy o`t yo`llar qo`shilgan
joyda devordagi bezlarning soni yuqori bo'ladi;
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
29
1-rasm. Kalamushda jigardan tashqi umumiy o't yo'lining ko'ndalang kesimi.
1.Epiteliy kanalchasi. 2.Mushak pardasi. Katalashtirilgan:20x10.
Barcha bezlar silindrsimon epiteliya bilan qoplangan va bez kanallarining
bo'shlig'iga keng yo`llar bilan ochilgan. Shuni ta'kidlash kerakki, kalamushlarda
umumiy o't yo'lining epiteliysi notekis bo'lib, yuqori epiteliy hujayralari pastlari
bilan almashinadi (3-rasm). Umumiy o't yo'li va qopqo venaning ko'ndalang
kesimi 2-rasmda ko'rsatilgan. Kalamushlarda jigardan tashqi umumiy o`t yo`llari
shiliq qavatini qoplaydigan epiteliy xujayralarning joylashi va bazal membrana
tuzilish 4-rasmdan aniq ko'rinadi.
2-rasm
. Jigarning o`ng va chap xususiy o`t yo`llarining qo`shilgan joyi: 1) o‘ng
jigar yo‘li 2) chap jigar yo‘li 3) bezlar 4) Epiteliy xujayralari. Van-Gison usulida
bo'yalgan. Katalashtirilgan. 20x10.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
30
3-rasm
. Kalamushda umumiy o‘t (jigar) yo‘lining ko‘ndalang kesimi: 1) umumiy
jigar yo‘li 2) darvoza venasi 3) epiteliy xujayralari 4) bezlarning sekretor
bo‘limlari. Van Gison usulida bo'yalgan. Katalashtirilgan. 20x10.
4- Rasm.
Kalamushning umumiy o't yo'li devorining qavatlari: 1) epiteliy
xujayrasi.
1) epiteliy egati. 3) bazal membrana. Gematoksilin-Eozin usulida bo'yalgan.
Katalashtirilgan. 40x10.
Xulosa.
Silindrsimon hujayralarning apikal bo'limlari bir-biridan ajralib,
egatchalar hosil qiladi. Ammo bu egatchalar bazal membranaga etib bormaydi,
chunki hujayralarning lateral yuzalarining pastki qismlari bir-biriga yaqin
joylashgan. Bezlarning sekretor bo'limlari shilliq qavatning bazal plastinkasida
ko'rinadi. Bu egatchalar tekislanib, jigardan tashqi o`t yo`llarining diametric
kengayishi ma`lum bir jixatdan o`t jig`ilish uchun o`t xalta vazifasini bajarish
mumkin.
Adabiyotlar ro`yxati:
1. Абдуллаева, Д. Р., Исмати, А. О., & Маматалиев, А. Р. (2023).
АНАТОМИЧЕСКОЕ СТРОЕНИЯ ВНЕПЕЧЕНОЧНЫХ ЖЕЛЧНЫХ ПРОТОКОВ У
КРЫС. GOLDEN BRAIN, 1(10), 493-499.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
31
2. МАМАТАЛИЕВ, А. Р., & ОРИПОВ, Ф. С. (2021). ҚУЁНЛАРДА ЖИГАРДАН
ТАШКИ ЎТ ЙУЛЛАРИНИНГ ОДАТДА ВА ЎТ ХАЛТАСИНИ ОЛИБ
ТАШЛАГАНДАН СЎНГИ ГИСТОЛОГИК ЎЗГАРИШ. Journal of biomedicine and
practice, 6(3), 117-125.
3. Маматалиев, А. Р. (2024). НЕРВНЫЙ АППАРАТ ВНЕПЕЧЕНОЧНЫХ
ЖЕЛЧНЫХ ПРОТОКОВ У КРОЛИКА ПОСЛЕ ЭКСПЕРИМЕНТАЛЬНОЙ
ХОЛЕЦИСТЭКТОМИИ. INTERNATIONAL JOURNAL OF RECENTLY SCIENTIFIC
RESEARCHER'S THEORY, 2(4), 161-165.
4. Маматалиев, А., & Орипов, Ф. (2021). Гистологическое строение
интрамурального нервного аппарата общего желчного протока и
желчного пузрья у кролика, в норме и после удаление желчного пузыря.
Журнал биомедицины и практики, 1(3/2), 117-125.
5. Satybaldiyeva, G., Minzhanova, G., Zubova, O., Toshbekov, B., Rasulovich, M. A.,
Sapaev, B., ... & Khudaynazarovna, T. I. (2024). Behavioral adaptations of Arctic
fox, Vulpes lagopus in response to climate change. Caspian Journal of
Environmental Sciences, 22(5), 1011-1019.
6. Маматалиев, А. Р., Тухтаназарова, Ш. И., Зохидова, С. Х., Омонов, А. Т., &
Рахмонов, Ш. Ш. (2024). АНАТОМО-ТОПОГРАФИЧЕСКОЕ СТРОЕНИЕ И
АКТИВНОЕ СОКРАЩЕНИЕ СТЕНОК ВОРОТНОЙ ВЕНЫ ЛАБОРАТОРНЫХ
ЖИВОТНЫХ. Академические исследования в современной науке, 3(30),
163-168.
7. Sanjar, U. (2022). MORPHOLOGICAL FEATURES OF THE LIVER IN
POLYPRAGMASIA. YANGI O'ZBEKISTONDA MILLIY TARAQQIYOT VA
INNOVASIYALAR, 127-129.
8. Sadinovich, U. S., Chhajer, M., & Murodilloyevna, K. L. (2024). COMPARISON OF
MORPHOLOGY AND MORPHOMETRIC INDICATORS OF LIVER TISSUE IN WHITE
NONBRED RATS UNDER THE INFLUENCE OF 3 DIFFERENT DRUGS OF ANTI-
INFLAMMATORY DRUGS IN NORMAL AND POLYPHARMACY. TADQIQOTLAR.
UZ, 38(7), 140-147.
9. Ismoilovich, I. O., Sadinovich, U. S., & Erkinovich, K. Z. (2024). COMPARISON
OF LIVER TISSUE MORPHOLOGY AND MORPHOMETRIC INDICATORS IN
NORMAL AND POLYPRAGMOUS ANTI-INFLAMMATORY DRUGS IN ALBUM RATS
UNDER THE EFFECT OF 4 DIFFERENT ANTI-INFLAMMATORY DRUGS.
Multidisciplinary Journal of Science and Technology, 4(5), 368-375.