Авторы

  • Doston Abatov
    Qarshi davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.64609

Аннотация

Atoqli otlarning lug‘aviy qatlamlarini tadqiq qilish borasida tilshunoslarimiz bir qator ilmiy ishlarni amalga oshirganlar. Bu borada professor E.Begmatov amalga oshirgan ishlar, ayniqsa, tahsinga sazovor. Olimning o‘zbek tili antroponimikasiga bag‘ishlangan monografiyasida bu xususda izchil ma’lumotlar berilgan. Olim quyidagilarni yozadi: “... lug‘aviy qatlam tushunchasi antroponimiya uchun ham xosdir. Chunki bir tildan ikkinchi tilga ismlar o‘zlashishi, unda ma’lum antroponimik guruhlarni yuzaga keltirishi ismlar uchun ham o‘rinlidir. Masalan, turkiy tillar genetik jihatdan, lug‘aviy asosiga ko‘ra turkiy bo‘lgan so‘zlar qadimdan mavjuddir.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

158

“NURALI VA SEMURG‘”, “KELINOY YOKI NORGULOY” VA “JORXUN

MASTON” DOSTONLARI MATNIDAGI TURKIY (O‘Z) QATLAMGA

MANSUB ANTOPONIMLAR TADQIQI

Abatov Doston Ro‘zimurod o‘g‘li

Qarshi davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi,

filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

e-mail: dostonabatov1997@gmail.com

Tel: (97) 283-05-17

https://doi.org/10.5281/zenodo.14777746

Atoqli

otlarning

lug‘aviy

qatlamlarini

tadqiq

qilish

borasida

tilshunoslarimiz bir qator ilmiy ishlarni amalga oshirganlar. Bu borada professor
E.Begmatov amalga oshirgan ishlar, ayniqsa, tahsinga sazovor. Olimning o‘zbek
tili antroponimikasiga bag‘ishlangan monografiyasida bu xususda izchil
ma’lumotlar berilgan. Olim quyidagilarni yozadi: “... lug‘aviy qatlam tushunchasi
antroponimiya uchun ham xosdir. Chunki bir tildan ikkinchi tilga ismlar
o‘zlashishi, unda ma’lum antroponimik guruhlarni yuzaga keltirishi ismlar
uchun ham o‘rinlidir. Masalan, turkiy tillar genetik jihatdan, lug‘aviy asosiga
ko‘ra turkiy bo‘lgan so‘zlar qadimdan mavjuddir. Keyinchalik turkiy tillarga
mo‘g‘ulcha, fors-tojikcha, arabcha ismlar o‘zlashgan...”

1

. Olimning bu e’tirofi

antroponimikaga bag‘ishlangan deyarli barcha ishlarda o‘z aksini topgan. Biz
ham olimlarimiz tadqiqotlariga tayangan holda “Oyparcha”, “Nurali va Semurg‘”,
“Kelinoy yoki Norguloy”, “Oychinor”, “Jorxun maston” dostonlaridagi
antroponimlarni shu asosda tahlilga tortishga harakat qilamiz.

Ushbu tahlilga jalb etilgan dostonlar tilida qo‘llangan onomastik birliklar

tadqiqotimiz oldida turgan asosiy masalalardan biri sanaladi.

Ma’lumki, xalq dostonlari tilida epik qahramonlar nomlari keng qo‘llangan

bo‘lib, ularni geneologik xususiyatiga ko‘ra ma’lum bir lug‘aviy guruhlarga
birlashtirib tahlil etish maqsadga muvofiq sanaladi. Bu sohada bajarilgan
ishlarda epik qahramon nomlari qaysi tilga mansubligiga qarab, o‘z qatlamga va
o‘zlashgan qatlamga oid antroponimlarga ajratib o‘rganish tavsiya etiladi.
Bundan tashqari, xalq dostonlari tilida afsonaviy qahramonlar ham ko‘p
uchraydi. Ularni voqelikka munosabatga ko‘ra alohida guruhga ajratib o‘rganish
yo‘lga qo‘yilgan. Tilshunoslar qo‘llagan mazkur tadqiqot usullarini tanlagan
holda Qashqadaryo xalq dostonlarida uchraydigan antroponimlar quyidagi ikki
asosiy guruhga ajratib, tahlilga tortildi:

1) epik qahramon nomlarining qaysi tilga oidligiga ko‘ra guruhlari;


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

159

2) epik qahramon nomlarining voqelikka munosabatiga ko‘ra guruhlari.
Epik qahramon nomlarini qaysi tilga mansubligiga ko‘ra turkiy (o‘zbek),

arab, fors va boshqa tillardan o‘zlashgan nomlar sifatida guruhlarga ajratib
o‘rganish mumkin.

Turkiy tilga oid nomlarga qadimdan turkiy xalqlar tilida iste’molda bo‘lgan

antroponimlar kiradi. Shuningdek, ushbu guruhga arab yoki fors-tojikcha asosga
so‘z (affiksoid) qo‘shish orqali yasalgan nomlar ham mansubdir. Demak, turkiy
tilga oid kishi nomlarini sof turkiy, arabcha asosga so‘z qo‘shish orqali yasalgan
turkiy nomlar, fors-tojikcha asosga so‘z qo‘shish orqali yasalgan turkiycha
nomlar singari kichik guruhlarga ajratish mumkin.

Biz tahlilga jalb etgan dostonlar tilida bir qator onomastik birliklar

qo‘llangan bo‘lib, ulardan o‘z qatlamga mansub nomlarni quyidagicha
guruhlarga ajratib tahlil qilish mumkin:

1. Antroponimlar guruhi.
2. Toponimlar guruhi.
3. Boshqa tur onomastik birliklar guruhi.
Qashqadaryo xalq dostonlari tilida qo‘llangan antroponimlar asarning

asosiy g‘oyasini ochishda muhim vosita hisoblanadi. Dostonlardagi tarixiy
shaxslar va ularning nomlari asarning badiiy qiymatini ta’minlaydigan ishonchli,
real antroponimik birliklar hisoblanadi, ammo dostonlar matnida real
antroponimik birliklar bilan bir qatorda noreal, ya’ni to‘qima nomlar ham faol
qo‘llangan bo‘lib, yurtimizning eng qadimiy taraqqiyot davrlaridan boshlab
hozirgi vaqtga qadar bo‘lgan voqelikni gavdalantirishda tarixiy shaxs nomlar
ham, noreal to‘qima shaxs nomlari ham muhim ahamiyat kasb etgan.

Qashqadaryo xalq dostonlari matnida turkiy tillarga mansub nomlar

dostonlar matnida salmoqli o‘rin egallaydi. Masalan, Ergash (KN), Jopsoq (NS),
Oypari (KN), Xonimoy (KN), Bibigul (KN), Go‘ro‘g‘li (NS // JM), Oysuluv // Suluv
(KN), Oy Barchin // Barchin (KN), Ermat (KN), Bo‘ritosh (KN), Alpomish (KN),
Oyparcha (O), Chambar (O), Malla (O), Bekmirzo (O), Kichkintoy (O), Qag‘ajon
(O), Avaz // Avazxon (NS // JM), Uzumko‘z (NS // JM), Qoraxon (NS), O‘tan (NS),
Jong‘il (NS), Ko‘nak (NS), Ko‘char (NS // O), Mengtosh (NS), Qubbonoy (NS),
Uldan (NS), Gali (NS), To‘qson (O), Yomon (O), To‘lak (JM) kabi nomlar shu
qatlamga kiradi.

Biz qashqadaryolik baxshilar kuylagan dostonlar tarkibida o‘zbek tilida

mavjud bo‘lgan antroponimlarning ayrimlari haqida so‘z yuritamiz.

ERGASH

[o‘z.] – ota-onasiga yoki aka-opalariga ergashib, esh bo‘lib yursin

yoxud kokilli bola. “Kelinoy yoki Norguloy” dostonida So‘ltoqqa sheriklik qilgan


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

160

sinchi cho‘pon nomi sifatida tilga olingan. Bu so‘zni So‘ltoqqa aytib, oqsoqollar
gapni ma’qullashib, “Mol o‘zingizniki bo‘lsa, mayli borayin”, – deb So‘ltoq ham
gapga ko‘nib, bugun dam olib, mehmonxonada yotib, erta tong otib, jo‘namoqqa
hozirlanib, yo‘lni biladi, mol taniydi deb, Ergashni qabatiga hamroh qilib, bahor
chiqayotgan vaqti, ikkalasi ikki otni minib, qo‘lga irg‘iydan tayoq olib,
oqsoqollardan duo olib, fotihani betga tortib, So‘ltoq bir so‘z deb turibdi (KN-
12).

OYPARCHA

[o‘z.-f.] – oyning bo‘lagi (parchasi)dek go‘zal qiz yoki oyparcha

(mato turi)dek chiroyli, muloyim qiz. Shu nomdagi xalq dostonining yetakchi
qahramoni. Shoniyoz podshoning sovchilari qarshisiga chiqib o‘zi uchun qalin
talab qilgan va va’dasiga vafo qilib, ko‘plab erkaklarni lol qoldirgan qiz. Bu nom
sadoqat va vafo timsoli sifatida yozma adabiyotga, jumladan, she’riyatga ham
ko‘chgan. Ot chopilar daladan, Daryo toshar jaladan, Ipakni tengsimaydi,
Ro‘molning guli loladan, Chiqaverdi Oyparcha, Kungurali qal’adan (O-215).

UZUMKO‘Z

[o‘z.] – ko‘zlari uzumdek chiroyli qiz. “Nurali va Semurg‘”,

“Jorxun maston” dostonlaridagi asosiy qahramonlardan birining nomi. Har
ikkala dostonda Go‘ro‘g‘lining kelini, ya’ni Avazxonning rafiqasi, Nurali va
Gulnorning onasi sifatida tasvirlangan. Bu nom “Go‘ro‘g‘li” turkumidagi
dostonlarning Xorazm variantida deyarli uchramagan. Avazxon Qoraxonning
qizi Uzumko‘zni olib, undan ikki farzandli bo‘ldi (NS-5).

TO‘QSON

[o‘z.] – qishning uchta oyi (yanvar, fevral, dekabr)dan birida

tug‘ilgan bola yoki otasi to‘qsonga kirganda tug‘ilgan bola yoxud sog‘ ulg‘ayib
to‘qsonga kirsin. “Oyparcha” dostonida Oyparchaning farzandlarini qutqarib
qolgan chol. Umuman olganda, doston voqealari rivojidagi yetakchi obrazlardan
biri. To‘qson boboga kampirning zardasi o‘tgan edi, shu kechasi bilan Zangardan
chiqib ketgan ekan (O-234).

ULDAN

[o‘z.] – o‘g‘ildan, ushbu oydek suluv qizdan keyingisi o‘g‘il bo‘lsin.

“Nurali va Semurg‘” dostonida chopar vazifasini bajargan obrazlardan biri. Uldan
bilan Guldan cho‘rini tutdi, Nuraliga bir xat bitdi. Ikki cho‘ri peshindan o‘tganda
Zarchamanga o‘tdi (NS-6).

BO‘RITOSH

[o‘z.]

bo‘ri jag‘i (terisi)dan o‘tkazilgan va toshdek mustahkam

bola. Bu nom

Qodir baxshining “Kelinoy yoki Norguloy” dostoni matnida

uchraydi. “Onamning oti Bibigul, otamning oti Bo‘ritosh ekan, lekin urug‘imni
bilmayman”, – dedi So‘ltoq (KN-55).

KO‘CHAR

[o‘z.] – ko‘chib yuruvchi, ko‘chmanchi. Ushbu antroponim Umir

shoir Safarovning “Oyparcha” dostonida uchraydi. Ikki mergan podshodan


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

161

buyruq olib yo‘lga ravona bo‘ldi. Kechga Ko‘char oqsoqolning qishlog‘iga yetdi
(O-249).

OYDIN

[o‘z.] – oydin kechada tug‘ilgan bola yoki hayoti oydin, ravshan, nurli

bo‘lsin. Shunda shu ovuldagi Xudoyberdi boyning kampiri Oydin momo oldinga
chiqib: “Bolam Norguljon, oyog‘ingga ko‘gan qo‘ydim, qo‘zing ko‘ganga
sig‘masin; baxmal to‘shatdim, uying mehmondan arimasin; belingga qo‘ldov
bog‘ladim, farzandlaring serob bo‘lsin; bo‘sag‘angga butun non qo‘ydim, rizqing
mo‘l bo‘lsin, o‘ng kistangga oyna soldim, qalbing oynaday beg‘ubor bo‘lsin”, –
deb boshladi (KN-96).