Авторы

  • Dilnoza Xabibullaeva
    Qoraqalpog’iston Respublikasi Qo’ng’irot tumani Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi katta o’qituvchisi.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.64612

Ключевые слова:

vitamin gelmintoz stress gipervitaminoz avitaminoz antioksidant.

Аннотация

Ushbu ilmiy ma'lumotlarda siz vitamin va uning ahamiyati.Vitamin yetishmasligi va bu holatda bo'ladigan insondagi o'zgarishlar.Vitaminlarning turlari va sog'liq uchun uning qay darajada ahamiyatli ekanligini ko'rishingiz mumkin.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

146

GIPOVITAMINOZ VA UNING INSON SALOMATLIGIDAGI

AHAMIYATI.

Xabibullaeva Dilnoza Askarovna

Qoraqalpog’iston Respublikasi Qo’ng’irot tumani

Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi

texnikumi katta o’qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14777311

Annotatsiya:

Ushbu ilmiy ma'lumotlarda siz vitamin va uning

ahamiyati.Vitamin yetishmasligi va bu holatda bo'ladigan insondagi
o'zgarishlar.Vitaminlarning turlari va sog'liq uchun uning qay darajada
ahamiyatli ekanligini ko'rishingiz mumkin.

Kalit

so'zlar:

vitamin,gelmintoz,stress,gipervitaminoz,

avitaminoz,

antioksidant.

Vitaminlar organizmning normal ishlashini ta'minlashda muhim

ahamiyatga ega. Ular turli fiziologik jarayonlarda, masalan, metabolizm,
immunitet tizimi, teri sog'ligi, ko'zlar, asab tizimi va boshqa bir qancha
funksiyalarni qo'llab-quvvatlaydi. Vitaminlarning ayrimlari organizmda ishlab
chiqarilmaydi, shuning uchun ularni oziq-ovqat yoki qo'shimcha sifatida olish
zarur. Masalan: vitamin A bu ko'zlarni saqlash va immunitetni kuchaytirish
uchun zarur, vitamin C immun tizimini qo'llab-quvvatlash, yaralarning tezroq
tuzalishi va antioksidant sifatida ishlaydi.Vitaminlar yetarlicha miqdorda
olinmasa, turli sog'liq muammolari yuzaga kelishi mumkin, masalan, avitaminoz.

Vitaminlar inson ovqat ratsionining eng muhim tarkibiy qismi. Buyuk

mutafakir olim tibbiyot asoscisi Gippokrat asarlarida shunday yozilgan.Oziq
moddalar tarkibida qandaydir moddalar yetishmasligi natijasida odamlar kasal
boʻlishi qayt etilgan.Vitaminning kashf etilishi rus olimi N.I. Lunin nomi bilan
bog'liq. U oziq-ovqat mahsulotlarida hayot uchun zarur bo'lgan qandaydir
boshqa moddalar borligini 1880-yili tajribada isbotlab berdi. «Vitamin»
atamasini polyak olimi K. Futk 1912-yili taklif etgan.Vitaminlarning organizmda
boʻlishi turli organlar va sistemalarning to'la qimmatli hayot faoliyati uchun
mutlaqo zarur. Odam vitaminlarni oʻsimliklardan tayyorlangan ovqat yoki
hayvonot mahsulotlaridan oladi, vitaminlar hayvon organizmiga o'simliklardan
tushib, hayvonning hayot faoliyati jarayonida to'planib boradi. Ba'zi
vitaminlarning fiziologik talabdan ortiqroq ishlatilishi yomon oqibatlariga olib
kelishi gipervitaminozga sabab bo'lishi mumkin. Dastlab vitamin shartli
ravishda lotin alifbosining bosh harflari: A, B, C, D, E va hokazo bilan belgilangan.
Keyinchalik, vitaminlarning kimyoviy tuzilishiga binoan, xalqaro yagona nomi


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

147

qabul qilindi. Vitamin suvda, yog'da eriydigan va vitaminsimon birikmalarga
ajratiladi.

Vitamin yetishmovchiligi odam iste'mol qiladigan ovqat tarkibi

vitaminlarning yetarlicha bo'lmasligi, ularni o'zlashtirishning buzilishi yoki
ichak mikroorganizmlari tomonidan vitaminlar doimo bir xil ovqat yeyish
(ayniqsa, tozalangan, quritilgan ovqat, konserva mahsulotlarini muntazam
iste'mol qilish) oqibatida, ovqatda yangi sabzavot va mevalar bo'lmasligi,
shuningdek, mahsulotlarni noto'g'ri saqlash va ovqat pishirganda vitaminlarning
par-chalanib ketishi vitamin yetishmovchiligiga sabab bo'ladi. Masalan, tarkibida
nikotin kislota kam g'alla mahsulotlari iste'mol qilish bug'doy uridan
tayyorlangan mahsulotlar bilan ovqatlanganda “beri-beri” kasalligi paydo boʻladi
va hokazo. Me'da-ichak kasalliklari: gelmintozlarda, lyambliozda hamda dori
moddalar uzoq va ko'pincha, shifokor ko'rsatmasisiz qo'llanilganda organizmda
vitaminlarning parchalanishi kuchayadi, sintezi pasayadi.

Bundan ko'rinadiki, vitamin yetishmovchiligi inson hayotida bir

nechta sabablarga ko'ra yuzaga kelishi mumkin. Bunga quyidagi omillar sabab
bo'lishi mumkin:

1. Notog'ri ovqatlanish: Vitaminlar organizmga asosan oziq-ovqat orqali

kiradi. Agar insonning ovqatlanish rejimi turli xil vitaminlarga boy bo'lmasa, bu
vitamin yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin.

2. Salomatlik muammolari: Ba'zi kasalliklar, masalan, oshqozon-ichak

tizimining muammolari, malabsorbsiya (ovqatdagi oziq moddalarni yomon
so'rib olish), yoki jigar kasalliklari organizmning vitaminlarni samarali so'rishiga
to'sqinlik qilishi mumkin.

3. Vaziyatga qarab, ozuqa moddalarining yo'qligi: Ba'zi hollarda, odamlar

o'z dietalarida faqat bir nechta oziq-ovqat mahsulotlariga tayanib, vitaminlar
yetishmovchiligiga duch kelishlari mumkin.

4. Hayot tarzi va stress: Kuchli stress, uzoq vaqt davomida juda mehnat

qilish yoki yomon uyqu, organizmning vitaminlarga bo'lgan ehtiyojini oshirishi
mumkin.

5. Oziq-ovqatni qayta ishlash va saqlash usullari: Ba'zi vitaminlar oziq-

ovqatni tayyorlash yoki saqlash jarayonida yo'qoladi, masalan, C vitamini issiqlik
yoki nur ta'sirida yo'qolishi mumkin.Vitamin yetishmovchiligini bartaraf etish
uchun xilma-xil va muvozanatli ovqatlanish, shuningdek, zarur vitaminlar va
minerallarni qo'shimcha sifatida olish mumkin.

Vitaminlar hayotimizning ajralmas qismi hisoblanadi, chunki ular

organizmimizning sog‘lom ishlashini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan moddalar.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

148

Ular metabolizmni qo‘llab-quvvatlaydi, immunitet tizimini mustahkamlaydi va
organlarimizning normal faoliyatini saqlaydi. Har bir vitaminning o‘ziga xos
vazifalari mavjud va ularning etishmasligi turli xil sog‘liq muammolariga olib
kelishi mumkin. Shuning uchun, vitaminlarga boy balansli oziqlanish
hayotimizni yaxshilashda va uzoq umr ko‘rishda muhim rol o‘ynaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.ZIYAYEVA M.F. Terapiya (Ichki kasalliklar). Tibbiyot kollejlari uchun darslik.
Qayta ishlangan va to'ldirilgan 6-nashri. T.: «ILM ZIYO», 2017. 448b.
2."TIBBIYOTDA

VITAMINLARNING

AHAMYATI"

Nazarova

Firuza

Ilhomovna.ilmiy maqola.
3. Шавкатов, Х., Негмаджанов, Б., Фаттаева, Ш., & Арзиева, Г. (2016).
Повторный пролапс половых органов у женщин. Журнал вестник врача,
1(1), 60-64.
4. Shavkatovich, S. H., & Negmadjanov, B. B. (2020). Optimization Of Pelvic
Prolaps Surgical Correction Using Its Own Tissues. The American Journal of
Medical Sciences and Pharmaceutical Research, 2(12), 15-19.
5. Boltaevich, N. B., Asliddinovna, Z. N., & Shavkatovich, S. K. (2023). Incidence
Rates of Genital Prolapse in Women of Reproductive Age. American Journal of
Pediatric Medicine and Health Sciences (2993-2149), 1(8), 184-187.

Библиографические ссылки

ZIYAYEVA M.F. Terapiya (Ichki kasalliklar). Tibbiyot kollejlari uchun darslik. Qayta ishlangan va to'ldirilgan 6-nashri. T.: «ILM ZIYO», 2017. 448b.

"TIBBIYOTDA VITAMINLARNING AHAMYATI" Nazarova Firuza Ilhomovna.ilmiy maqola.

Шавкатов, Х., Негмаджанов, Б., Фаттаева, Ш., & Арзиева, Г. (2016). Повторный пролапс половых органов у женщин. Журнал вестник врача, 1(1), 60-64.

Shavkatovich, S. H., & Negmadjanov, B. B. (2020). Optimization Of Pelvic Prolaps Surgical Correction Using Its Own Tissues. The American Journal of Medical Sciences and Pharmaceutical Research, 2(12), 15-19.

Boltaevich, N. B., Asliddinovna, Z. N., & Shavkatovich, S. K. (2023). Incidence Rates of Genital Prolapse in Women of Reproductive Age. American Journal of Pediatric Medicine and Health Sciences (2993-2149), 1(8), 184-187.