ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
133
OLIY TA’LIM MUASSASALARI BITIRUVCHILARINING
RAQOBATBARDOSHLIGI: ZAMONAVIY MEHNAT BOZORI
TALABLARINING SOTSIOLOGIK TAHLILI
Annaqulov Kamol Xasanovich
Toshkent iqtisodiyot va sanoat texnikumi direktori
Iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (Phd)
https://doi.org/10.5281/zenodo.14777229
Annotatsiya
. Ushbu maqolada OTM bitiruvchilarining mehnat bozorida
raqobatbardoshligini baholash masalasi tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari
asosida bitiruvchilarning ishga joylashish imkoniyatlari, ish izlash strategiyalari,
mehnat bozoridagi xabardorlik darajasi va raqobatbardoshlikni oshirish omillari
aniqlanadi. Sotsiologik so‘rov natijalariga asoslanib, bitiruvchilarning kasbiy
tayyorgarligi, ish tajribasi va ishga joylashishdagi asosiy muammolar tahlil
qilinadi. Shuningdek, oliy ta’lim muassasalari, ish beruvchilar va davlat
idoralarining o‘zaro hamkorligi raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda muhim
omil sifatida baholanadi.
Kalit so‘zlar:
mehnat bozori, raqobatbardoshlik, oliy ta’lim muassasalari,
ishga joylashish, sotsiologik so‘rov, bitiruvchilar bandligi, kasbiy tayyorgarlik,
ish izlash strategiyalari.
Аннотация.
В
статье
анализируется
проблема
оценки
конкурентоспособности выпускников вузов на рынке труда. На основании
результатов исследования будут выявлены факторы, повышающие
возможности трудоустройства выпускников, стратегии поиска работы,
осведомленность о рынке труда и конкурентоспособность. На основе
результатов
социологического
опроса
будут
проанализированы
профессиональная подготовка, опыт работы и основные проблемы
трудоустройства выпускников. Также важным фактором подготовки
конкурентоспособных кадров считается сотрудничество высших учебных
заведений, работодателей и государственных органов.
Ключевые слова:
рынок труда, конкурентоспособность, высшие
учебные
заведения,
занятость,
социологическое
исследование,
трудоустройство выпускников, профессиональное обучение, стратегии
поиска работы.
Annotation
. The article analyzes the problem of assessing the
competitiveness of university graduates in the labor market. Based on the
results of the study, factors that increase the employability of graduates, job
search strategies, awareness of the labor market and competitiveness will be
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
134
identified. Based on the results of a sociological survey, professional training,
work experience and the main problems of graduate employment will be
analyzed. Cooperation between higher education institutions, employers and
government agencies is also considered an important factor in the preparation
of competitive personnel.
Keywords
: labor market, competitiveness, higher education institutions,
employment, sociological research, graduate employment, vocational training,
job search strategies.
Kirish
. Zamonaviy mehnat bozori talablariga javob bera oladigan malakali
mutaxassislarni tayyorlash oliy ta’lim muassasalarining asosiy vazifalaridan
biridir. Biroq, mehnat bozoridagi talab va oliy ta’lim bitiruvchilarining
tayyorgarligi o‘rtasidagi nomuvofiqlik bitiruvchilarning ishga joylashish
jarayonini murakkablashtirmoqda. Ayniqsa, yosh mutaxassislarning ishga
joylashishdagi qiyinchiliklari va mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshirish
masalasi dolzarb muammolar qatoridan o‘rin olgan.
OTM bitiruvchilarining mehnat bozorida muvaffaqiyatli integratsiyalashuvi
nafaqat ularning shaxsiy xususiyatlariga, balki davlatning yoshlar bandligini
qo‘llab-quvvatlash siyosatiga ham bog‘liqdir. Shu bois, ushbu tadqiqotda
bitiruvchilarning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini sotsiologik so‘rov
asosida baholashga e’tibor qaratilgan.
Tadqiqotda 2021-2022 yillarda OTM talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan
sotsiologik so‘rov natijalari tahlil qilinib, bitiruvchilarning ishga joylashishdagi
asosiy muammolari, mehnat bozoridan xabardorlik darajasi va ishga joylashish
bo‘yicha strategiyalari o‘rganildi. So‘rov natijalariga asoslanib, oliy ta’lim tizimi
va mehnat bozori o‘rtasidagi integratsiyalashgan hamkorlikning ahamiyati
ta’kidlandi.
Asosiy qism.
Zamonaviy sharoitda mehnat bozori va oliy ta’lim
munosabatlarining nomuvofiqligi OTM bitiruvchilarining ishga joylashishiga
salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bizning fikrimizcha, OTM bitiruvchilari
raqobatbardoshligini ta’minlash uchun mehnat bozori va oliy ta’lim
muassasalarining uyg‘unlikda faoliyat ko‘rsatishi talab qilinadi. Bu
integratsiyalashgan hamkorlik davlat, ish beruvchilar va OTMlar manfaatlarini
belgilash va muvofiqlashtirishda o‘zining oqilona aksini topishi zarur. Ya’ni,
bitiruvchilarning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish nafaqat
ularning shaxsiy xususiyatlari, balki mamlakatning yoshlar bandligi bo‘yicha
siyosati bilan belgilanadi. Chunki bozor sharoitida OTM bitiruvchilari
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
135
raqobatbardoshligi muammolarini bir tomonlama hal qilishi ancha qiyin masala.
Shu nuqtai nazardan biz tomonimizdan OTM bitiruvchilari raqobatbardoshligini
ilmiy-amaliy jihatdan o‘rganishga e’tibor qaratildi.
2021-2022 yillarda OTMlari talabalari o‘rtasida ijtimoiy so‘rov o‘tkazildi.
Biz ijtimoiy so‘rov natijalari respublikaning barcha bitiruvchilariga xos deb
da’vo
qilish
fikridan
yiroqmiz,
lekin,
nazarimizda,
bitiruvchilar
raqobatbardoshligining ishga joylashishni murakkablashtirayotgan xususiyatlari
muammosini barcha talabalarda ham uchratish mumkin.
So‘rovda turli yo‘nalishdagi OTM bitiruvchilari ishtirok etdi. OTM
bitiruvchilarining ta’lim yo‘nalishi deyarli turdosh – iqtisodiy mutaxassisliklar.
Respondentlarni tanlashda quyidagi ko‘rsatkichlarga ahamiyat qaratildi: ijtimoiy
tarkibi – bitiruv kurslari talabalari
.
OTM bitiruvchilarining mehnat bozorida raqobatga xos xatti-harakatlar
qilishga tayyorligi darajasini aniqlash uchun asos qilib ishlab chiqarish (o‘qish
joyi bo‘yicha) namuna qilib olindi.
So‘rovnomaning asosiy maqsadi bitiruvchilarning mehnat bozorida
raqobatlashishga tayyorligi va ularning ishga joylashishini qiyinlashtiradigan
muammolar to‘g‘risida ma’lumot olishdir.
Tadqiqotning asosiy farazi quyidagilardan kelib chiqdi: bitiruvchining ishga
joylashish jarayoni muvaffaqiyati uning mehnat bozorida raqobatga xos xatti-
harakatlar qilishga tayyorligiga bog‘liq.
Boshlang‘ich fikr to‘rtta xulosaviy oqibat farazlarigacha kengaytirildi va ular
empirik tadqiqotlar yordamida tekshirildi:
1.
Bitiruvchilarning mehnat bozoridagi vaziyatdan xabardorligi ularning o‘z
raqobatbardoshligini orttirgan mutaxassisligi bo‘yicha turli ish o‘rinlari
segmentida, ish beruvchilarning asosiy guruhi ehtiyojlarini qondirgan holda
namoyon qilish imkoniyatini oshiradi.
2.
Bitiruvchilarning ishga joylashish bo‘yicha muammolarni mustaqil hal
qilishga tayyorligi ish o‘rniga ega bo‘lish imkoniyatni kengaytiradi.
3.
Mutaxassisligi bo‘yicha amaliy tayyorgarlik va ko‘nikmalarning
mavjudligi bitiruvchilarning ishga muvaffaqiyatli joylashishiga yordam beradi.
4.
Ish o‘rnini tanlashda asosiy maqsad bitiruvchilarning moddiy, shaxsiy
muammolarini hal qilishga qaratilgan.
Oqibat farazlarini shakllantirish so‘rovnoma maqsadlarini belgilab berdi va
ular bitiruvchilarning mehnat bozorida raqobatlashishga tayyorligi darajasini
baholashga imkon yaratdi (1-jadval).
1-jadval
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
136
So‘rovnoma vazifalari
So‘rovnoma vazifalari.
Fikrlarni
baholash
tanlovi
So‘rovnoma
dagi
savollar
1. Bitiruvchilarning mehnat bozoridagi
vaziyatdan xabardorligi: mutaxassislik
bo‘yicha qaerda va kim sifatida
ishlashlari mumkin?
ishtirokchilar
sonidan _____%
1,2,3,4
2.
Ishga
joylashish
muammosini
mustaqil hal qilishga tayyorligi: karyera,
ish izlash rejasining borligi
ishtirokchilar
sonidan _____%
5,6,7
3. Mutaxassisligi bo‘yicha ish tajribasi
va amaliy ko‘nikmalarini baholash
ishtirokchilar
sonidan _____%
8,9
4. Ish o‘rnini tanlashda motivatsiya
beruvchi omillarni o‘rganish
daraja,
ball
10
Bitiruvchilarga ularning mehnat bozoridagi vaziyatdan xabardorligi, ishga
joylashishda tug‘iladigan muammolarni mustaqil hal qilishga tayyorligi,
mutaxassisligi bo‘yicha amaliy malaka va ish tajribasiga egaligi, ish o‘rnini
tanlashdan maqsadiga aniqlik kiritadigan qator savollar berildi.
Bitiruvchilarning raqobatbardoshligi muayyan ish o‘rni yoki boshqa faoliyat
turlarini egallash maqsadida amalga oshiradigan raqobatchiga xos xatti-
harakatlari jarayonida namoyon bo‘ladi degan farazlar mavjud.
Ma’lumot to‘plash uchun savolli so‘rovnomalardan foydalanildi.
1.
OTM bitiruvchilarining mehnat bozoridagi vaziyatdan xabardorligi.
Kasbiy faoliyat sohasini tanlash to‘g‘risidagi savolga har uchinchi bitiruvchi
(33%) kelajakdagi ishi tadbirkorlik bilan bog‘liq bo‘lishini istashini bildirdi, bu
esa talabalarda ishbilarmonlikka ishtiyoqning keng tarqalganini bildiradi.
Boshqa qismi (23%) xizmat ko‘rsatish sohasida, 26% - ishlab chiqarishda, 11% -
davlat xizmatida, 4% - ta’lim va fan sohasida ishlashni rejalashtirganini
ta’kidladi, 3% o‘quvchining qaerda va kim bo‘lib mehnat qilishi masalasida
qarorga kelmagani ma’lum bo‘ldi.
Bitiruvchilarning katta qismi (57%) agar ishga oson joylashish masalasida
muammo bo‘lmasa o‘z ixtisosligi bo‘yicha mehnat qilish niyati mavjudligini va
o‘z mutaxassisligini raqobatbardosh, martabaga erishish va yuqori maosh
olishga imkon beradigan kasb ekanini e’tirofi qildi. Bu esa ularning tanlangan
kasbidan qoniqish hosil qilayotganini bildiradi. Bitiruvchilarning uchinchi qismi
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
137
(29%) mutaxassisligi bo‘yicha ishlashni rejalashtirmayapti, ular mehnat
faoliyatining ehtimoliy ko‘rinishlari, masalan, yaxshi daromadli ish bilan ijtimoiy
ahamiyati katta, lekin nisbatan kam daromadli ishdan birini tanlash jarayonini
boshidan kechirmoqda, deb taxmin qilish mumkin. Qolganlari – 14% - javob
berishda qiynaldi, ya’ni ular sharoitga qarab harakat qilishadi.
Aksariyat bitiruvchilar (85%) mehnat bozorida mutaxassisligi bo‘yicha
talab mavjud deb hisoblaydi, 7% - o‘z mutaxassisligini talabgir emas deb biladi,
8% - javob berishda qiynaldi.
Xulosa qilish mumkinki, bitiruvchilarning mehnat bozoridagi vaziyat
to‘g‘risidagi tasavvuri sayoz va ular o‘zlarining mutaxassisligi bo‘yicha ish topish
imkoniyatlariga ortiqcha baho berishmoqda. Bizning fikrimizcha, agar ish
beruvchilar bilan davra suhbatlari, sobiq bitiruvchilar bilan uchrashuvlar, davlat
hokimiyati va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish idoralari, bandlik xizmati vakillari
ishtirokida seminarlar va konferensiyalar o‘tkazilsa, mehnat bozoridagi ishchi
kuchiga bo‘lgan haqiqiy talab va taklif bo‘yicha xabardorlik oshadi.
Ish qidirish yo‘llari to‘g‘risidagi savollarga javob berarkan, bitiruvchilar
birinchi navbatda qarindoshlar, do‘stlar va tanishlarining yordamiga
tayanishlarini bildirishdi (33%). Ish izlashning boshqa usullari, ularning
nazarida, kam samaralidir. OAVdagi e’lonlar orqali ish qidirish masalasini 19 foiz
bitiruvchi yoqladi, kadrlar agentligi yordamiga umid qilayotganlar 21 foiz,
internetdan foydalanib ishga kirmoqchi bo‘lganlar 11 foiz, OTMning ishga
joylashtirishda ko‘maklashuvchi markazi xizmatidan foydalanmoqchilar 12 foiz
respondentni tashkil qildi, qolganlar (4%) ish izlash usullarini bilmasligini
ta’kidlagan.
OTMni tugatganidan so‘ng 32 foiz respondent bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida
ma’lumot olish uchun faqatgina bir manbadan, 39% - 2, 6% - 3, 11% - 4
manbadan foydalanishini bildirdi. Faqatgina 9 foiz respondent bo‘sh ish o‘rinlari
haqida ma’lumot olish uchun mavjud usullarning hammasini qo‘llashini aytdi.
Ta’kidlaymizki, so‘nggi usul ma’lumotga boy yo‘ldir.
Shunday qilib, aksariyat respondentlar bo‘sh ish o‘rinlarining yashirin
(OAVda chop qilinmaydigan) bozoridan foydalanadi. Bu ma’lumotlar ijtimoiy
aloqalar ishga joylashishning eng dolzarb mexanizmi ekanini ko‘rsatdi.
Ma’lumki, bo‘sh ish o‘rinlarining yashirin bozori taxminan 60%ni tashkil qiladi.
Shuni ham e’tirof qilish joizki, bitiruvchilarning ijtimoiy aloqalardan
foydalanishga moyilligi ularga mehnat bozoridagi raqobat darajasini xolis
baholashga halal beryapti.
29 foiz bitiruvchi o‘qishni davom ettirish niyati mavjudligini bildirdi,
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
138
ularning fikricha, bu ish tanlovi imkoniyatlarini kengaytiradi, raqobatda
ustuvorlik beradi, martaba pog‘onalaridan ko‘tarilib borishni еngillashtiradi.
Qolgan bitiruvchilar (70%) kasbiy tayyorgarligini ro‘yobga chiqarish,
mutaxassisligi bo‘yicha martabaga erishish imkoniyatlarini ijobiy baholadi.
Oldinda turgan raqobat va ishga joylashish muammolari dolzarbligini
oshirish maqsadida “Karyera kuni” tadbirini o‘tkazish maqsadga muvofiq. Uni
tashkil qilish doirasida keys namunalarini ichiga olgan portfolio ishlab chiqiladi
va u quyidagilardan tarkib topadi: OTMni bitirgandan keyingi harakat rejasi,
tarjimai hol, ijtimoiy foydali faoliyati, stajirovka, amaliyot, ish tajribasi, rezyume,
amaliy ish ko‘nikmalari, fanlar bo‘yicha erishilgan muvaffaqiyatlar, qatnashgan
ilmiy-tadqiqot ishlari, bo‘lajak kasbiy faoliyat va umuman shaxsiy hayot tahlili.
OTM amalga oshirgan bu ishning eng muhim natijasi shundaki, bitiruvchilar ish
beruvchi oldida o‘zining boshqa raqobatchilaridan ustun jihatlarini yaqqol
ko‘rsatib berishni uddalashi kerak.
Ish beruvchining bitiruvchiga oldindan buyurtma berishi ishga
joylashtirishning samarali vositasidir. OTMlar qoshidagi markazlarning o‘rta
kurslardan boshlab talabalarga kasbda o‘zligini topish, ijtimoiy-psixologik va
kasbiy moslashuvida ko‘maklashishdagi roliga alohida ahamiyat berish kerak.
Ish qidirish rejasining mavjudligi bitiruvchining o‘z kasbiy tayyorgarligini
turli toifadagi ish o‘rinlari va faoliyati sohalarida namoyon qilishga tayyorligi
dalolatidir. So‘rovnoma natijalarining ko‘rsatishicha, kelajakda ish qidirish
rejasiga ko‘ra, respondentlarning yarmi (50%) o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ish
topishga harakat qilishiga ishonadi; 40 foiz bitiruvchilar esa ish joyini tanlashda
boshqa me’yorlarga (maosh, obro‘, martaba va h.k.) suyanadi; 9 foiz bitiruvchi
esa oldinda turgan ish qidirish muammosi to‘g‘risida o‘ylamagan yoki nima
qilishni bilmaydi va bandlik xizmatlari ko‘magiga umid bog‘laydi.
Shundan kelib chiqib, bitiruvchilarning mehnat bozoridagi vaziyat, u yoki
bu mutaxassislik bo‘yicha talab va taklifning o‘ziga xosligidan xabardorligini
oshirish maqsadida o‘quv rejasiga mehnat bozorining holati mavzusida
seminarlar kiritish, ish beruvchilar bilan uchrashuvlar uyushtirish, bo‘sh ish
o‘rinlari yarmarkalari, ishga joylashish texnologiyalari bo‘yicha o‘quv treninglari
va hokazolar tashkil qilish lozim.
2.
Mutaxassisligi bo‘yicha amaliy tayyorgarlik va ish ko‘nikmasining
mavjudligi
.
Bitiruvchi kurs talabalarining kattagina qismi (37%) o‘zining ixtisosligi
bo‘yicha ish tajribasiga ega, deb hisoblaydi. Bu ijobiy holat hisoblanib, bu ularga
raqobatda ustunlik beradi; 30 foizi o‘qishdan bo‘sh paytida qo‘shimcha bandlik
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
139
sohasida ishlab tajriba orttirgan. Har uchinchi bitiruvchi (33%) mehnat bozoriga
chiqishni o‘qishni tugatgandan keyingi davrga qoldirgan. Amaliy tayyorgarlik
ko‘nikmasi, ish tajribasiga ega bo‘lmagan bitiruvchilar yo ishga joylashishning
qoniqarli shartlariga rozi bo‘lishadi yoki ijtimoiy kapitaldan (do‘stlar,
qarindoshlar) yordam kutishadi.
Har beshinchi bitiruvchi (21%) ta’limning so‘nggi bosqichida
mutaxassisligi bo‘yicha o‘qish va ishlashni birga olib boradi, taxminan shunchasi
(19%) o‘qishdan tashqari ixtisosligiga daxli bo‘lmagan sohada mehnat qiladi.
Ham o‘qish, ham ishlash ta’lim sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, balki
shuning uchun bitiruvchi bosqich talabalarining aksariyati (60%) umuman
ishlamaydi (yakuniy malaka ishini topshirishga tayyorlanish bilan
shug‘ullanadi).
Bizning fikrimizcha, mehnat faoliyatini boshlashning eng maqbul yo‘li
ishlab chiqarish va o‘quv amaliyotini o‘tash davri, o‘qishdan bo‘sh vaqtlardagi
qo‘shimcha bandlik va keyinchalik, ya’ni ta’limning so‘nggi bosqichida ish
o‘rnida mustahkamlanib olishdir. O‘quv va ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash
jarayonida imkon qadar ko‘proq amaliy ko‘nikma, tajriba orttirish maqsadga
muvofiq, chunki bu raqobat afzalliklarini oshirib, kasbga kirib borishning yagona
yo‘lidir. OTMlar qoshidagi markazlarning o‘rta bosqichlardan boshlab
talabalarning o‘qishdan bo‘sh vaqtida ishlashiga ko‘maklashadigan, qo‘shimcha
bandlikni shakllantiradigan faoliyati roliga ahamiyat berish kerak.
3.
Ish joyini tanlashdagi asosiy maqsadlar
. Mehnat faoliyatining
ehtimoliy turlaridan birini tanlashda qo‘yiladigan maqsadlar tahlili oylik maosh
me’yori va “karyera qilish” imkoniyati birinchi o‘rinda turishi ma’lum qildi, bu
sifatlarning moddiy turmush farovonligini qisqa muddatda ta’minlashga qodir
ekani e’tirof qilindi. Kasbga moyillik, mehnat sharoitlari, korxona obro‘si kamroq
ahamiyatga egaligi aniqlandi. Amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, aksariyat ish
beruvchilarning maqsadi qisqa muddatda iqtisodiy manfaat topishga qaratilgan,
shu bilan birga ular tomonidan bitiruvchilarga taklif qilinayotgan ish
o‘rinlaridagi oylik maosh hozirgi kunda 3,0-3,5 mln. so‘mni tashkil qiladi. Ish
beruvchilar tomonidan belgilanadigan tanlov shartlari, sinov muddatlari keng
tarqalgan hodisaga aylanib qoldi. Boshqa tomondan, sharaf va martaba da’vosi,
muvaffaqiyat va karyeraga intilishning mavjudligi bitiruvchilarning ishga
joylashishida nomaqbul shart-sharoitlar yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda.
Bitiruvchi ish o‘rnini tanlashda o‘z ehtiyojlari va manfaatlari bilan ish beruvchi
talablari o‘rtasida muvozanat hosil qilishga intilishi kerak. Oliy ma’lumot
to‘g‘risida diplomning mavjudligi “har tomonlama maqbul” mehnat sharoitini
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
140
kafolatlaydi degani emas. Nazarimizda, buning sabablarini ish beruvchi va
bitiruvchi orasidagi mehnat munosabatlarini me’yoriy-huquqiy jihatdan tartibga
soladigan maqsadli qonunchilik hujjatlarining “taqchilligi”dan izlash kerak.
Hozirgi davrdagi iqtisodiy va ijtimoiy sharoit bitiruvchilardan o‘z
imkoniyatlari, shaxsiy sifatlari, qobiliyatlarini to‘g‘ri va xolis baholashni, shu
bilan birga, ishga joylashish jarayonida tug‘iladigan muammoli vaziyatlarni hal
qilishda turli strategiya va taktikadan oqilona foydalanishni talab qiladi. Shu
o‘rinda, OTMlarning ijtimoiy ishlab chiqarish sohalari va mehnat bozoridagi
vaziyatning o‘ziga xosligidan kelib chiqib, ishga joylashish va bandlik
masalalarini mustaqil hal qilishga qodir raqobatbardosh bitiruvchilarni
tayyorlashdagi roli katta ekanini e’tirof qilish maqsadga muvofiq.
Xulosa
. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, OTM bitiruvchilari mehnat
bozorida raqobatlashishga tayyorlik darajasi bo‘yicha turlicha fikrga ega.
Ulardan aksariyati o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ish topish imkoniyatlariga
ortiqcha baho bermoqda. Shuningdek, bitiruvchilarning katta qismi ish
qidirishda qarindoshlar va tanishlar yordamiga tayanishini ta’kidlagan bo‘lsa,
faqat oz qismi zamonaviy ish qidirish usullaridan foydalanayotganini bildirgan.
OTM bitiruvchilari mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshirish uchun
quyidagi takliflar ilgari suriladi:
OTM va ish beruvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash – bandlik
markazlari orqali bitiruvchilarga ish joylari bo‘yicha tavsiyalar berish.
Ishga joylashish texnologiyalari bo‘yicha treninglar o‘tkazish – ish qidirish
rejasini ishlab chiqish, rezyume yozish, suhbatga tayyorgarlik ko‘rish.
Ish beruvchilar bilan uchrashuvlar va “Karyera kuni” tadbirlarini o‘tkazish
– bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalari orqali talabalar va ish beruvchilarni bog‘lash.
Ishlab chiqarish amaliyotini kengaytirish – bitiruvchilarga mutaxassislik
bo‘yicha amaliy tajriba orttirish imkonini berish.
Davlat tomonidan yoshlar bandligini qo‘llab-quvvatlovchi dasturlarni
rivojlantirish – yangi ish o‘rinlari yaratish, subsidiya va grantlar taqdim etish.
Tadqiqot natijalariga asoslanib, mehnat bozoridagi talab va taklif muvozanatini
ta’minlash, OTM bitiruvchilarining ishga joylashish jarayonini osonlashtirish va
ularning raqobatbardoshligini oshirish uchun oliy ta’lim muassasalari, davlat
idoralari va ish beruvchilar o‘rtasida tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish lozimligi
xulosa qilindi.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
141
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Abdurakhmanov K. Zokirova N. Labour Economics and Sociology: Edited
by: Prof. Dr. E.S. Margianti, S.E.M.M., Tutorial. – Jakarta.: Gunadarma Publisher,
2013, 430-pages
2.
Abdurakhmanov K. Uzbekistan: Past, Present and Future. Tutirial.- Seoul-
Sunest-2016, 252 – pages.
3.
Odegov Y.G., Zokirova N.K., Rudenko G.G., Abdurakhmanov G.K, The
economics of personnel management. Textbook, - T. Publishing house
“IQTISODIYOT”, 2015. – 260 p.
4.
Боревская Н.Йе. Опыт развития профессионалного образования в
Китае:
сентр
–
регионы
//
Развитие
регионалных
систем
профессионалного образования – реалии, подходы, возможности (проект
«В мир профессий через образование»). – М., 2010.
5.
Василев В.Н., Гуртов В.А., Питухин Е.А. и др. Рынок труда и рынок
образователных услуг в субъектах РФ.- М.: Техносфера, 2007.- 680 с.
6.
Veblen T. Teoriya prazdnogo klassa. – M.: Progress, 1984.- 367 s.
7.
Всемирная история экономической мысли: В 6 томах / Гл. ред. В. Н.
Черковес. — М.: Мысл, 1987. - 606 с.
8.
Ijtimoiy soha iqtisodiyoti. Darslik / i.f.d., professor Q.X.Abdurahmonov
tahriri ostida. – T.: Iqtisodiyot, 2013. - 418 b.
9.
Каримбеков С.А.. Интегратсионные протсессы в образовании. -
Монография. – Т.: Фан, 2008. - 137 с.
10.
Iqtisodiy ta’lim rivojlanishining muammolari va istiqbollari / Respublika
ilmiy-amaliy anjumani ma’ruza tezislari to‘plami (2015 yil 25 dekabr). –T.: TDIU,
2015. - 490 b.