Авторы

  • Fotima Turaeva
    “Hi-Tech Laboratories” Diagnostik Markazi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.64616

Ключевые слова:

diqqat tanqisligi va giperaktivlik sindromi noofen Conners Parent Rating Scale (CPRS) shkalasi

Аннотация

Diqqat tanqisligi va giperaktivlik sindromi (DTGS) – bolalar va kattalar o‘rtasida keng tarqalgan, jamiyat va shaxsiy hayotga jiddiy ta’sir ko‘rsatuvchi nevrologik holatdir. DTGS jahon miqyosida bolalarning taxminan 5-7% ni va kattalarning 2-5% ni qamrab oladi (Polanczyk et al., 2015). DTGS bolalarda o‘quv jarayoniga (Barkley, 2015), va jamiyatga moslashishga salbiy ta’sir qiladi. Bunday bolalar xulq-atvor muammolariga duch kelish va maktabda muvaffaqiyatsizlikka uchrash ehtimoliga ega (Hinshaw, 2018). DTGS bilan og‘rigan bolalar va kattalarda depressiya, xavotirlik buzulishlari, autistik spektr buzulishi va xulq-atvor buzilishi kabi komorbid holatlar tez-tez uchraydi (Caye et al., 2016).


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

127

DIQQAT TANQISLIGI VA GIPERAKTIVLIK SINDROMI (DTGS)

MAVJUD BO'LGANLAR BOLALARDA NOOFEN PREPARATINING

SAMARALIDORLIGI

Turaeva Fotima Shaydullaevna

“Hi-Tech Laboratories” Diagnostik Markazi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14777070

Mavzuning dolzarbligi.

Diqqat tanqisligi va giperaktivlik sindromi (DTGS)

– bolalar va kattalar o‘rtasida keng tarqalgan, jamiyat va shaxsiy hayotga jiddiy
ta’sir ko‘rsatuvchi nevrologik holatdir. DTGS jahon miqyosida bolalarning
taxminan 5-7% ni va kattalarning 2-5% ni qamrab oladi (Polanczyk et al., 2015).
DTGS bolalarda o‘quv jarayoniga (Barkley, 2015), va jamiyatga moslashishga
salbiy ta’sir qiladi. Bunday bolalar xulq-atvor muammolariga duch kelish va
maktabda muvaffaqiyatsizlikka uchrash ehtimoliga ega (Hinshaw, 2018). DTGS
bilan og‘rigan bolalar va kattalarda depressiya, xavotirlik buzulishlari, autistik
spektr buzulishi va xulq-atvor buzilishi kabi komorbid holatlar tez-tez uchraydi
(Caye et al., 2016). DTGSga ega shaxslar ko‘pincha yuqori moddiy xarajatlar,
samarasiz mehnat faoliyati va sog‘liqni saqlash tizimiga og‘ir yuk keltirishi
mumkin. AQShda har yili DTGS bilan bog‘liq iqtisodiy yo‘qotishlar $140-260
milliard orasida baholanadi (Doshi et al., 2012). DTGS bilan og‘rigan bolalarda
tashvish va xavotirlik yuksak darajada bo‘lishi mumkin (Cortese, 2020). Noofen
anksiolitik xususiyatga ega bo‘lib, bolalarda va kattalarda ruhiy holatni
yaxshilashga yordam beradi. DTGS bilan og‘riganlar ko‘pincha uyqu
buzilishlariga duch kelishadi (Coogan & McGowan, 2017). Noofen uyquni
chuqurlashtirish va tez uyqu bosqichini normallashtirish orqali samarali bo‘lishi
mumkin. DTGS bilan bog‘liq giperaktivlik va impulsivlikni kamaytirishda noofen
muvaffaqiyatli qo‘llanishi mumkin (Barkley, 2015). U asab tizimida tormozlanish
jarayonlarini kuchaytirib, bolalarda xulq-atvor muammolarini yumshatadi.
GAMK-B retseptorlarini faollashtirish orqali kognitiv funksiyalarni yaxshilash
ehtimoli mavjud. Lekin bu boradagi tadqiqotlar cheklangan.

Kalit so‘zlar:

diqqat tanqisligi va giperaktivlik sindromi, noofen, Conners

Parent Rating Scale (CPRS) shkalasi

Tadqiqot maqsadi.

Diqqat tanqisligi va giperaktivlik sindromi (DTGS)

mavjud bo‘lgan bolalarda noofen preparatning samaradorligini baholash.

Tekshirish usullari.

Tadqiqot ochiq va prospektiv tarzda o‘tkazildi.

Tadqiqotda 6-12 yoshdagi 60 kishi DTGS qo‘yilgan bolalar qatnashdi. Bolalar 2
guruhga ajratildi: asosiy guruhdagi bolalar (n=30) noofen (2 marta 250 mg
dozada) preparati qabul qilishdi. Nazorat guruhidagi bolalarga (n=30) standart


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

128

nofarmakologik davolash (kognitiv-xulq-atvor terapiya) o‘tkazildi. Giperaktivlik
va impulsivlikni baholash uchun Conners Parent Rating Scale (CPRS)
shkalasidan foydalanildi. Tadqiqot oldidan va 4 haftadan keyin natijalar
solishtirildi.

Tadqiqot natijalari.

Asosiy va nazorat guruhlari o‘rtasida yosh va jins

bo‘yicha statistik ahamiyatli farq kuzatilmadi (p>0.05). Asosiy guruhdagi
bolalarning o‘rtacha yoshi 8.2±1.3 yosh, nazorat guruhidagi bolalarniki 8.5±1.5
yoshni tashkil etdi.

Conners shkalasi bo‘yicha natijalar asosiy guruhda

giperaktivlik ballari 4 haftadan so‘ng 45.6% ga pasaydi (p<0.001). Nazorat
guruhida giperaktivlik ballari 22.3% ga pasaydi (p<0.05). Impulsivlik asosiy
guruhda 48.3% ga pasayish kuzatildi, nazorat guruhida esa 20.5% ga. Tadqiqot
natijalari ko‘rsatdiki, Noofen preparati DTGS simptomlarini yumshatishda
samarali ta’sir ko‘rsatadi. Asosiy guruhda giperaktivlik va impulsivlik
ko‘rsatkichlari nazorat guruhiga nisbatan sezilarli darajada kamaydi.
Noofenning sedativ hamda gamma-aminoyog‘ kislota (GAMK) modulyatsiyasiga
ta’siri bolalarda giperaktivlik va impulsivlikni pasaytirishda muhim rol o‘ynashi
mumkin.

Tadqiqot shuningdek, noofenning nofarmakologik usullar (masalan,

kognitiv-xulq-atvor

terapiya)

bilan

birgalikda

qo‘llanilishi

yuqori

samaradorlikka ega ekanligini ko‘rsatdi.

Xulosa

1.

Noofen preparati bolalarda DTGS simptomlarini yumshatishda

samarali bo‘lib, giperaktivlik va impulsivlikni pasaytirishda muhim ta’sir
ko‘rsatadi.

2.

Preparatning nofarmakologik usullar bilan moslab qo‘llanilishi

davolash natijalarini yaxshilaydi.
Preparatning nojo‘ya ta’sirlari yengil va vaqtinchalik bo‘lgani sababli, uni xavfsiz
qo‘llash mumkin.

Adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Barkli, RA (2015). Diqqat etishmasligi giperaktivlik buzilishi: diagnostika

va davolash uchun qo'llanma.
2.

Woolley, ML, va boshqalar. (2017). Gamma-aminobutirik kislota va uning

DEHBdagi roli. Bolalar nevrologiyasi jurnali, 32 (3), 345-350.
3.

Lapin, I. P. (2016). Fenibut: farmakologiya va klinicheskaya effektivnost.

Jurnal nevrologiii i psixiatrii, 11 (2), 45-52.
4.

Sonuga-Barke, EJS (2020). DEHB uchun farmakologik bo'lmagan

aralashuvlar: tizimli tahlil. Amerika Psixiatriya jurnali, 177 (3), 275-289.

Библиографические ссылки

Barkli, RA (2015). Diqqat etishmasligi giperaktivlik buzilishi: diagnostika va davolash uchun qo'llanma.

Woolley, ML, va boshqalar. (2017). Gamma-aminobutirik kislota va uning DEHBdagi roli. Bolalar nevrologiyasi jurnali, 32 (3), 345-350.

Lapin, I. P. (2016). Fenibut: farmakologiya va klinicheskaya effektivnost. Jurnal nevrologiii i psixiatrii, 11 (2), 45-52.

Sonuga-Barke, EJS (2020). DEHB uchun farmakologik bo'lmagan aralashuvlar: tizimli tahlil. Amerika Psixiatriya jurnali, 177 (3), 275-289.