ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
118
BOLALARNING SOGʻLOM TURMUSH TARZINI
SHAKLLANTIRISHDA GIGIENIK TARBIYANING AHAMIYATI
N.A.Tursunova
“University of Business and Science”
Toshkent filiali “Aniq va tabiiy fanlar”
kafedrasi katta o’qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14776488
Annotatsiya.
Mazkur maqolada тa'lim muassasalarida bolalarni gigiyenik oʻqitish va
tarbiyalash, oʻqitish va tarbiyalashning oʻyinli va musobaqali shakillari,
shaxsiy gigiyena, bolalar va oʻsmirlardan iborat aholining sogʻligi, uning
shakllanish shart – shariotlari, har bir bolaning va jamoaning salomatlik
koʻrsatkichlari, jismoniy tarbiya gigiyenasi, kun tartibi va oʻquv – tarbiya
jarayoni gigiyenasi, mehnat ta'limi gigiyenasi, bolalar va oʻsmirlar
ovqatlanishi gigiyenasi bayon etilganligi o’z aksini topgan.
Kalit so’zlar
: bolalarni gigiyenik oʻqitish va tarbiyalash, shaxsiy gigiena,
bolalar va oʻsmirlar ovqatlanishi gigiyenasi, kun tartibi va oʻquv – tarbiya
jarayoni gigiyenasi.
Аннотация
В данной статье отражается гигиеническое обучение и воспитание
детей в образовательных учреждениях, игровая и соревновательная
формы обучения и воспитания, личная гигиена, здоровье населения,
состоящего из детей и подростков, условия его формирования, показатели
здоровья каждого ребенка и коллектива, гигиена физического воспитания,
повестка дня и гигиена образовательного процесса, гигиена трудового
воспитания, гигиена детей и подростков.
Ключевые слова:
гигиеническое обучение и воспитание детей,
личная гигиена, гигиена питания детей и подростков, режим и гигиена
образовательного процесса.
Abstract
This article reflects the hygienic education and upbringing of children in
educational institutions, game and competitive forms of education and
upbringing, personal hygiene, health of the population consisting of children and
adolescents, conditions of its formation, health indicators of each child and the
team, hygiene of physical education, agenda and hygiene of the educational
process, hygiene of labor education, hygiene of children and adolescents.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
119
Keywords:
hygienic education and upbringing of children, personal
hygiene, hygiene of nutrition of children and adolescents, regime and hygiene of
the educational process.
Aholi sogʻlom turmush tarzining muhim tashkil etuvchi qismlaridan biri
- yuqori sanitariya madaniyatini tarbiyalash davlat ahamiyatiga mollik
ishdir. Sanitariya madaniyatini shakillantirishda etakchi oʻrinni gigienik
tarbiyalash va oʻqitish boʻyicha chora – tadbirlar majmuasi egallaydi.
Fuqarolarni gigienik tarbiyalash va oʻqitish quyidagi jarayonlarda
amalga oshirilishi lozim:
- maktabgacha va boshqa ta'lim muassalarda tarbiyalash va oʻqitish;
- ish faoliyati oziq – ovqat mahsulotlari va ichimlik suvini ishlab
chiqarish, tashish va tarqatish bilan bogʻli boʻlgan tashkilotlarning rahbarlari va
xodimlarini gigienik tayorlov va attestasiya oʻtkazish, bolalarni tarbiyalash va
oʻqitish;
- oʻqitish dasturiga gigienik bilimlar xaqidagi boʻlimlarni kiritish yoʻli bilan
xodimlarni tayorlash, qayta tayorlash va malakasini oshirish.
Ta'lim muassasalarida bolalarni gigienik oʻqitish va tarbiyalash sinifda,
sinifdan tashqari va maktabdan tashqari bajariladigan ishlardan iborat
boʻlib, barcha fanlar muallimlari, muassasaning tibbiy xodimlari qizil xoch
va qizil yarim oy jamiyatining a'zolari, toʻgaraklar, kuliblar uyushmalar
rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi. Sinf ishi ta'lim standartlari, oʻquv
dasturlari, uslubiy qoʻllanmalar asosida amalga oshiriladi.
Gigiyena masalalari, asosan, tabiatshunoslik, xayot faoliyati xafsizligi
asoslari, mehnat, jismoniy tarbiya, atrof olam, biologiya (ta'lim
muassasalarida) shuningdek, mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi (kasbiy
oʻqitiluvchi ta'lim muassasalarida) darslarida yoritiladi. Darslar mavzusi
oʻquv dasturiga binoan belgilanadi. Sinfdan tashqari va maktabdan tashqari
ishlar sanitariya postlari va brigadalari, darsdan tashqari qoʻshimcha oʻqish
va “Yosh tibbiyotchi ” toʻgaraklardagi mashgʻulotlar, tibbiy xodimlar bilan
suxbatlar, ma'ruzalar oʻtkazish, kino va videofil'mlarni tomosha qilishni oʻz
ichiga qamrab oladi. Ammo oʻqitish va tarbiyalashning oʻyinli (ayniqsa,
kichik sinflarda) va musobaqali shakillari: viktorinalar, olimpiadalar,
teatrlashtirilgan tomoshalar, shoular, kichik sinflar uchun dasturlarda yuqori
sinf oʻquvchilari qatnashishi shart boʻlgan tanlovlar, sanitariya
axborotnomalari, varaqalar chiqarish anchagina samaraliroq boʻladi. Yuqori
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
120
sinflar uchun oʻqitish va tarbiyalashning eng yaxshi usuli – anjumanlar, baxs
va munozaralar, davra stollari tashkil etishdir. Oʻquvchilarning gigiena va
ekologiya mavzusidagi, aytaylik, “Antivazn” (tana vazni ortiqcha boʻlganlar
uchun), “Yashillar xarakati” va boshqa shu kabi jamoatchilik
birlashmalarida, klublarda ishtirok etishlari gigienik tarbilashning qudratli
vositasidir.
Gigiyenik oʻqitish va tarbilashning samarasini tekshirish uchun
gigiyena boblarini qamrab olgan fanlar boʻyicha oʻzlashtirishlar, yozma
ishlar, test sinovlari va soʻrovnomalar natijalari ma'lumotlaridan foydalanish
mumkin, ammo gigienik koʻnikma va malaka shakllanishini kuzatish
(ayniqsa, quyi sinflarda ) ni ham e'tibordan chetda qoldirib boʻlmaydi.
Gigienik tarbiyalashning eng muhim tarkibiy qismi – shaxsiy gigienadir.
Shaxsiy gigiyena – insonning oʻz sogʻligiga nisbatan faol munosabatda
boʻlishining muhim vositasidir.
Oʻsmir nafaqat shaxsiy gigienaning oddiy qoidalariga rioya qilibgina
qolmay, yana psixogigiena sohasida ham zarur koʻnikmaga ega boʻlishi va
taraqqiylashgan jamiyatda qabul qilingan va ohir- oqibatda sogʻlom turmush
tarzi uchun “xizmat qiluvchi ” belgilangan ahloq me'yorlari, ish usuli,
muomala shaklini egallagan boʻlishi lozim. Bu borada M.V. Lomonosov juda
qiziq fikrni bayon etgan: “ tozalikka dasturxon yonida, kitoblarni saqlashda,
oʻrin – koʻrpalarni tutishda, kiyim – kechak kiyishda ham rioya qilinishi
kerak. kimningki tashqi koʻrinishi irkit boʻlsa, u nafaqat oʻtaketgan
dangasalikni, balki qabih fe'l – atvorini ham namoyish etayotgan boʻladi”.
Bolalar va oʻsmirlarni gigienik tarbiyalash – majmuaviy va koʻp qirrali
faoliyatdir. Unda ommaviy fikr almashinishining turli – tuman kanallaridan
foydalanishni faollashtirish judayam muhim. Sogʻlom turmush tarzi
targʻibotining turli shakllari orasida televidenie va badiiy filmlar birinchi
oʻrinda turadi. Ma'ruzalar va suhbatlar eng soʻnngi oʻrinlarni egalllaydi.
Bolalar auditoriyasining tasnifini hisobga olgan holda televidenieda
(shu jumladan, kabelli televidenieda) tayyorlangan oʻzatishning turli-tuman
shakllari, yangi qiziqarli janrlar, rukilar ushbu axborot kanalining
ahamiyatini oshirishi mumkin. Vaholanki, “Salomatlik ” telekoʻrsatuvi
koʻpchilik yoshlarning sevimli koʻrsatuvi boʻlib qolishiga ishonish qiyin. Shu
tufayli ham bolalar va oʻsmirlarni oʻqitishning barcha bosqichlarida
zamonaviy audiovizual vositalarni qoʻllagan holda yoshlar sogʻlom turmush
tarzining har hil jabhalari boʻyicha maxsus turkumlar oʻtkazishni nazarda
tutish lozim.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
121
Sogʻlom turmush tarzini shakillantirishda bolalar eng istiqbolli yosh toifasi
hisoblanishadi. Aynan bolalaikda asosiy axborot xajmini oʻzlashtirish,
shakillangan xayot tarzlarini ishlab chiqarishga toʻgʻri keladi. Ahamiyatli
joyda shundaki, bolalar va oʻsmirlarda oʻquv faoliyati tabiiy hisoblanadi,
shuning uchun ham sogʻlom turmush tarzini shakillantirish masalalari oʻquv
– tarbiya jarayoniga bevosita kirgizilishi mumkin. Shuningdek, bolalar va
oʻsmirlar sogʻlom turmush tarzinini shakillantirishning barcha bosqichlari
(oila, maktab, oʻrta maxsus va oliy oʻquv muassasalari, mehnat jamoalari,
norasmiy uyushmalar)da izchillik boʻlishi shart.
Ota - onalarni gigienik tarbiyalash asosan ota- onalar yigʻilishlaridagi
ma'ruzalar va suhbatlar, yakkama-yakka suhbatlar va maslahatlar tarzida
oʻtkaziladi. Shuningdek, tibbiyot xonasida ilmiy – ommabop adabiyotlar,
estalik nomalari, ota-onalar uchun tavsiyanomalar boʻlishi kerak.
Ota – onalar bilan ishlashda eng dolzarb mavzu – “Birinchi sinf
oʻquvchisining maktabga koʻnikishini engillashtirsh”, “Oʻquvchining kun
tartibi”. “Kasb tanlash va salomatlik”, “Jismoniy tarbiya gigienasi ”, “Zararli
odatlarning oldini olish”, Oʻquvchilarning asabiy – ruhiy sogʻligini
muhofazalash, “Jismoniy tarbiya va salomatlik“ kabilardir.
Xodimlarni gigienik oʻqitish bir necha yoʻnalish boʻyicha olib boriladi.
Oʻqituvchilar uchun ma'ruzalar, suhbatlar, yakkama – yakka maslahtalar
tashkil etiladi. Tibbiy xodimlarning darsga borishlari va keyin uni gigienik
baholab, oʻqituvchilar bilan birga muhokama qilishlari, shuningdek
pedagogik kengashlardagi chiqishlari majburiy koʻrinish hisoblanadi.
Oʻqituvchilar va tarbiyachilar uchun mos adabiyotlarni tanlash ham zarur.
Texnik xodimlar uchun eng oqilona yoʻl-izchillikka amal qilgan holda
bosqichma – bosqich oʻqitishdir.
Xodimlar bilan mashgʻulotlarda asosiy mavzu- “Binolar va er
maydonlarini qurish va saqlash boʻyicha sanitariya qonun- qoidalari”, “
Bolalarning oʻz – oʻziga xizmat koʻrsatishini tashkillashtirish ishlariga
sanitariya – gigiena talablari”, “Xodimlarning shaxsiy gigienasi“, “Yuqumli
kasalliklarning oldini olishning muhim chora- tadbirlari”, “Pedagogik
jarayonni tashkil etishga gigienik talablar“, “Salomatligida nuqsoni boʻlgan
bolalarni sogʻlomlashtirish chora – tadbirlarni tashkil etish“, “Oʻquvchilarning
shahsiy gigienasi “ (oʻqituvchilar uchun).
Ta'lim muassasalarning xodimlari gigiyenik tayyorgarlikdan oʻtishlari
va sinov imtihoni topshirishlari (belgilangan dastur asosida har 2 yilda bir
marta) shart. Bolalar va oʻsmirlar gigienasi boʻyicha sanitariya shifokori
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
122
ishidagi sanitariya qoidalarini bilmaydigan va bajarmaydigan shaxslarni
belgilangan dastur asosidagi sinov imtihonini topshirguniga qadar
“Aholining sanitariya – epidemiologik farovonligi haqida”gi Qonun asosida
ishdan boʻshatishga haqlidir.
Maktab xodimlarini kunduzgi – sirtqi gigienik oʻqitish dasturi quyidagi
asosiy boʻlimlarni qamrab oladi:
- bolalar va oʻsmirlardan iborat aholining sogʻligi, uning shakllanish
shart – shariotlari, har bir bolaning va jamoaning salomatlik koʻrsatkichlari;
- jismoniy tarbiya gigiyenasi;
- kun tartibi va oʻquv – tarbiya jarayoni gigiyenasi;
- mehnat ta'lim gigiyenasi;
- bolalar va oʻsmirlar ovqatlanishi gigiyenasi;
- maktablar, gimnaziyalar, liseylar qurilishi, qayta ta'mirlanishi,
obodonlashtirishi, saqlanishi va jihozlanishiga gigiyenik talablar;
- gigiyenik ta'lim va tarbiya. Bolalar va oʻsmirlar sogʻlom turmush tarzi
shakllanishining asoslari;
- bolalar va oʻsmirlarni tibbiy va sanitariya – epidemiologik ta'minlash;
- sanitariya me'yor va qoidalari talablarini bajarishda umumta'lim
muassasalari ma'muriyatining mas'uliyati.
Epidemiologik koʻrsatkichlarga koʻra gigiyenik baholash koʻproq oʻtkazilishi
ham mumkin. Bu borada xududning bosh davlat sanitariya shifokori kerakli
qaror qabul qiladiki, uni bajarish barcha uchun majburiydir.
References:
1.
Shayxova G. I. Bolalar va oʻsmirlar gigiyenasi. - Toshkent, 2004.
2.
Shayxova G. I. Ovqatlanish gigiyenasi. - T., 2011.
3.
Xisamov E. N., Musalimova R. S. Nekotorie aspekti obraza jizni i
sostoyaniya zdorovya studentov // Gigiena i sanitariya. - M., 2004.
4.
Lizunov Yu., Gigiyena // Sankt-Peterburg, Speslit, 2017.