Авторы

  • Charos Xurramova
    Fan va texnologiyalari universiteti O‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchisi.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.65822

Ключевые слова:

xorijiy til ikkinchi til til o‘qitish bixevioroistik yondashuv kommunikativ yondashuv.

Аннотация

Mazkur maqolada o‘zbek tilini xorijiy til va ikkinchi til sifatida o‘qitish bo‘yicha ayrim mulohazalar keltirilgan. Xorijiy til va ikkinchi til tushunchalari  farqlangan.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

132

O‘ZBEK TILINI XORIJIY TIL VA IKKINCHI TIL SIFATIDA O‘QITISH

XUSUSIDA

Xurramova Charos

Fan va texnologiyalari universiteti

O‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14844244

Annotatsiya:

Mazkur maqolada o‘zbek tilini xorijiy til va ikkinchi til

sifatida o‘qitish bo‘yicha ayrim mulohazalar keltirilgan. Xorijiy til va ikkinchi til
tushunchalari farqlangan.

Kalit so‘zlar:

xorijiy til, ikkinchi til, til o‘qitish, bixevioroistik yondashuv,

kommunikativ yondashuv.

Hozirgi kunda O‘zbek tilini xorijiy til va chet tili yoki ikkinchi til sifatida

o‘rganish hozirgi kunda unga qizuquvchilar va uni o‘rganuvchilarning safi
kundan-kunga ko‘payib borayotganini ta’lim, biznes, ilm- fan va boshqa
jabhalarda guvohi bo‘lyapmiz.

Dastlab xorijiy til va ikkinchi til tushunchalarini izohlaymiz. Xorijiy til ona

tilidan uzoq va ona tili bilan bir guruhga kirmaydigan til, masalan o‘zbeklar
uchun ingliz, fransuz, arab, nemis xitoy, yapon tillari xorijiy til hisoblanadi.
Ikkinchi til esa ona tilidan tashqari mamlakatda ikkinchi deb tan olingan yoki
ona tilining guruhiga mansub til. Ya’ni ikkinchi tildan ish yuritish yoki ta’lim
olish maqsadida foydalanish mumkin. Masalan O‘zbekiston hududida yashovchi
o‘zga millat vakillari uchun o‘zbek tili ham davlat tili ham ikkinchi tildir.
O‘zbeklar uchun rus tili, turk tili qozoq tili ikkinchi til bo‘lishi mumkin.
Ta’lim jarayonida bilimlar, ko‘nikma va malakalami kimga berish, ya’ni kimlar
ta’lim subyekti ekanligi nihoyatda muhim bo’lib, shundan kelib chiqqan holda til
ta’limida tilni ona tili sifatida o‘qitish va chet tili (yoki ikkinchi til) sifatida
o‘qitish farqlanadi. Til o‘qitishda bu juda muhim bo‘lib, ta’lim mazmuniga ham,
ta’lim metodlariga ham ta’sir qilmay qolmaydi. Tilni ona tili sifatida o‘qitishda til
o‘z egalariga, shu tilda so‘zlashuvchilarga o‘qitiladi, ya’ni ta’lim subektlari shu
tilda nutqqa ega bo‘lgan insonlar hisoblanadi. Psixolog olim L.S.Vigotskiy ona tili
va ikkinchi til ta’limining pedagogik-psixologik usullarini bir-biriga qarama-
qarshi ekanligi haqida quyidagi fikrlarni bildirgan edi: “Ona tilini o‘rganish
pastdan yuqoriga, xorijiy tilni egallash esa yuqoridan pastga yo‘nalishida amalga
oshiriladi”. Bunda pastdan yuqoriga yo‘nalishda so‘zlovchida mavjud amaliy
nutq ko‘nikmalarini taxrir qilish, yuqoridan pastga yo‘nalishda esa tilga oid nutq
ko‘nikmalarini shakllantirish tushuniladi. Shu bois ma’lumotlar, qoidalaming
mazmuni, berilish shakli va o‘rni tilning qaysi jihatdan o‘rganilayotganiga ko‘ra


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

133

tanlanishi va shunga mos tartibda taqsimlanishi kerak bo‘ladi. Til chet tili yoki
ikkinchi til sifatida o‘qitilganda bilimlarni lingvistik aspektdagi kabi chuqur va
keng emas, balki kommunikativ tarzda, ya’ni muayyan muloqotni ta’minlaydigan
leksik va grammatik minimumlar doirasida berib borilishi taqozo etiladi. Til ona
tili sifatida o‘rganilayotganda tilning grammatik tuzilishi haqidagi ma’lumotlami
tizimli ravishda, izchillikda o‘rgatish maqsadga muvofiq bo‘lsa, chet tili sifatida
o‘rganilayotganda grammatik bilimlarni sof amaliy, ya’ni nutqiy faoliyatni
rivojlantirish maqsadiga yo‘naltirilgan holda berilishi kerak bo‘ladi.
Bixevioristik nazariya asosida ikkinchi tilni o‘zlashtirish masalasida qiyosiy
tahlil gipotezasi yuzaga keldi. Unga ko‘ra, egallangan birinchi til ikkinchi tilning
oson yoki qiyin o‘zlashtirilishiga ta’sir qiladi. Biroq bu nazariya ikkinchi tilni
o‘zlashtirishning bir qismi, ya’ni yanglish tahlilning o‘zi bilangina cheklandi, til
o‘zlashtirish jarayonidagi o‘sishni tushuntirib bera olmadi . N.Xomskiy ijtimoiy
muhit ahamiyatini e’tirof etgani holda til o‘zlashtirishni biologik asoslarga
bog‘ladi. Uning fikricha, tilni o‘zlashtirish uchun “tug‘ma” maxsus mexanizm
(universal grammatika) mavjud. U tillarning invariant va variant xususiyatlarini
kodlaydigan prinsiplar va parametrlarni o‘z ichiga oladi. Prinsiplar barcha tillar
uchun birdek tegishli bo‘lsa, parametrlar turli tillarda turlicha o‘rnatiladi.
Ikkinchi tilni o‘zlashtirishda “tug‘ma” mexanizmlarning mavjudligi bahsli masala
va hozirda ham bu muhokamalar davom etmoqda. Kognitiv nazariya tug‘ma
mexanizmni semantika bilan bog‘laydi. Bolalar atrofdagi “manzara”ni idrok
qilish orqali til “xarita”sini tuzadilar. J.Piaje quyidagi misolni keltiradi: bola
mushukni – uning shakli, harakatlari, ovqatlanishi va tovushi asosida yaxlitlaydi,
so‘ngra uni “mushuk” so‘zi bilan bog‘laydi. U atrofdagi narsa-hodisani uning
xususiyatlari orqali yaxlitlaydi, so‘ngra ushbu tushunchani ifodalash uchun so‘z
yoki so‘z birikmasiga ega bo‘ladi. Bunda til muhiti ta’sirining sezilarli ekani
ta’kidlanadi .
Xulosa qilib aytganda til o’qitish jarayonida til o’rganuvchilarning tilni ikkinchi
yoki xorijiy til sifatida o‘rganishlariga qalab maxsus yondashuv va metodlardan
foydalanish o‘qituvchining samaradorligiga erishishini ta’minlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Potebnya A. A. Mыsl i yazыk. – Kiyev, 1993. – C.38.

2.

Gluxov V.P. Osnovы psixolingvistiki. – Moskva, 2008. – S. 14.

3.

Vыgotskiy L. S. Mыshleniye i rech. Izd. 5, ispr. – Moskva, 1999. – C. 52.

4.

Housen, A., Kuiken, F., Vedder, I. Complexity, accuracy and fluyency:

Definitions, measurement and research. – Amsterdam, 2012. – P. 17.
5.

Ellis, R. The study of second language acquisition. Oxford, England, 1994. –

P.116. 13


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

134

6.

Ergasheva G. Pedagogical and age features ofteaching uzbek language as a

foreign language. INTERNATIONAL CONFERENCYe: "Creative potential of a
multilingual person: about the influyencye of the multilingual factor on the
procyess of learning a foreign language" 2021. P 48-54.
7.

Ergasheva G. Chet elliklarga oʻzbek tilini integrativ yondashuv asosida

o‘qitish metodikasini takomillashtirish. Journal of academic reseach in
educational sciyencye. Turkey. 3(2), 988–994. https://doi.org/10.24412/2181-
1385-2022-2-988- 2022.Volume 3, Issuye 2, February 2022. ISNN 2181-1385.
SJI

Factor5,7.

10.24412/2181-1385-2022-2-974-978.

https://cyberleninka.ru/article/n/chet-elliklarga-o-zbek-tilini-integrativ-
yondashuv-asosida-oqitish-metodikasini-takomillashtirish
8.

Ergasheva G. Issuyes of creating online platform for teaching Uzbek as a

foreign language. Academica. An International Multidisciplinary Research
journal. India. 2020. p- 800-806. ISSN: 2249-7137 Vol. 10, Issuye 4, April 2020
Impact

Factor:

SJIF

2020.=7.13.

10.5958/2249-7137.2020.00168.8

https://saarj.com/wp-content/uploads/ACADEMICIA-APRIL-2020-FULL-
JOURNAL.pdf

Библиографические ссылки

Potebnya A. A. Mыsl i yazыk. – Kiyev, 1993. – C.38.

Gluxov V.P. Osnovы psixolingvistiki. – Moskva, 2008. – S. 14.

Vыgotskiy L. S. Mыshleniye i rech. Izd. 5, ispr. – Moskva, 1999. – C. 52.

Housen, A., Kuiken, F., Vedder, I. Complexity, accuracy and fluyency: Definitions, measurement and research. – Amsterdam, 2012. – P. 17.

Ellis, R. The study of second language acquisition. Oxford, England, 1994. – P.116. 13

Ergasheva G. Pedagogical and age features ofteaching uzbek language as a foreign language. INTERNATIONAL CONFERENCYe: "Creative potential of a multilingual person: about the influyencye of the multilingual factor on the procyess of learning a foreign language" 2021. P 48-54.

Ergasheva G. Chet elliklarga oʻzbek tilini integrativ yondashuv asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirish. Journal of academic reseach in educational sciyencye. Turkey. 3(2), 988–994. https://doi.org/10.24412/2181-1385-2022-2-988- 2022.Volume 3, Issuye 2, February 2022. ISNN 2181-1385. SJI Factor5,7. 10.24412/2181-1385-2022-2-974-978. https://cyberleninka.ru/article/n/chet-elliklarga-o-zbek-tilini-integrativ-yondashuv-asosida-oqitish-metodikasini-takomillashtirish

Ergasheva G. Issuyes of creating online platform for teaching Uzbek as a foreign language. Academica. An International Multidisciplinary Research journal. India. 2020. p- 800-806. ISSN: 2249-7137 Vol. 10, Issuye 4, April 2020 Impact Factor: SJIF 2020.=7.13. 10.5958/2249-7137.2020.00168.8 https://saarj.com/wp-content/uploads/ACADEMICIA-APRIL-2020-FULL-JOURNAL.pdf