ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
125
ABDURAUF FITRAT O'ZBEK TARIXCHISI VA SHOIR, ZAMONAVIY
O'ZBEK TILI VA ADABIYOTI ASOSCHILARIDAN.
To'xtamishova Gulnora Mels qizi
Buxoro davlat universiteti, 1-bosqich Magistranti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14842218
Annotatsiya:
Abdurauf Fitrat haqida ma'lumotlar aytilgan.
Kalit so'zlar:
Jadidchilik, Turkiston, Kavkaz, Qrim, Tatariston, Abdurauf
Fitrat,
dramaturg,
filolog,
tarjimon,
professori,
milliy,
adabiyoti,
ma'rifatparvarlik.
Jadidchilik XIX asrning 80-yillarida Qrimda vujudga keldi. XIX asrning 90-
yillaridan O'rta Osiyoda tarqaldi.
Abdurauf Fitrat o'zbek tarixchisi, filolog, tarjimon, yozuvchi, dramaturg va
shoir, zamonaviy o'zbek tili va adabiyoti asoschilaridan biri, O'rta Osiyo
jadidchiligining taniqli vakili, birinchi o'zbek professori. Jadidchilik milliy
ma'rifatparvarlik harakatining tarafdori. Turkiyada ta'lim olgan. Turkiyadagi "
Yosh turklar" harakatidan ilhomlanib, Buxorodagi " Yosh buxoroliklar"
partiyasini tuzgan, uning ma'naviy rahnamosiga aylangan. Abdurauf Fitrat
adabiyotimiz tarixida shoir va olim, nosir va dramaturg, o'qituvchi va
ma'rifatparvar sifatida muhim o'rin egallaydi. U 1886 yilda Buxoroda ziyoli
oilasida tug'ilgan bo'lib, Buxoro, Isthambul madrasalari va dorilfununlarida
o'qiydi. U arab, fors, turk tillarini mukammal bilganligi tufayli Sharqning buyuk
allomalari ijodini yaxshi o'zlashtiradi. Adibning otasi savdogarchilik bilan
shug'ullangan bo'lib, 1918- yilgacha Qashqarda turib qoladi. U asosan onasi
Mustafo bibi (Bibijon) tarbiyasida bo'lib, undan Navoiy, Uvaysiy, Zebunniso,
Bedil, Fuzuliy kabi ulkan shoirlar g'azallari birinchi tinglagan. Fitrat 1909- yilda
Turkiyaga o'qishga borib, 1913 -qilgacha Isthambul dorilfununida tahsil ko'rgan.
Turkiyada tashkil bo'lgan «Buxoro ta'limi maorifi» uyushmasida faollik
ko'rsatgan. Abdurauf Fitrat adabiyotimiz tarixida shoir va olim, nosir va
dramaturg, o'qituvchi va ma'rifatparvar sifatida muhim o'rin egallaydi. U 1886
yilda Buxoroda ziyoli oilasida tug'ilgan bo'lib, Buxoro, Isthambul madrasalari va
dorilfununlarida o'qiydi. U arab, fors, turk tillarini mukammal bilganligi tufayli
Sharqning buyuk allomalari ijodini yaxshi o'zlashtiradi. Adibning otasi
savdogarchilik bilan shug'ullangan bo'lib, 1918- yilgacha Qashqarda turib qoladi.
U asosan onasi Mustafo bibi (Bibijon) tarbiyasida bo'lib, undan Navoiy, Uvaysiy,
Zebunniso, Bedil, Fuzuliy kabi ulkan shoirlar g'azallariii birinchi tinglagan. Fitrat
1909 yilda Turkiyaga o'qishga borib, 1913- qilgacha Isthambul dorilfununida
tahsil ko'rgan. Turkiyada tashkil bo'lgan «Buxoro ta'limi maorifi» uyushmasida
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
126
faollik ko'rsatgan. Behbudiy asos solgan jadid usulidagi maktablar takomiliga
xizmat etgan. Uning ilk to'plami 1911- yilda «Sayha» («Chorlov») nomi bilan
chop etiladi. «Sayyohi hindi», «Munozara» kabi asarlari ham shu yillarda nashr
etilgan. 1909-1913 yillarda Turkiya dorilfununida o'qiyotganda uning zukko,
bilimdonligi professor-o'qituvchlarni hayratga soladi. Unga Fitrat - Donishmand
taxallusini beradilar. Fitrat ijodi Turkistonda inqilobiy harakatlar kuchaygan,
«Sharq uyg'ongan» davrlarga to'gri keladi. U ham o'z salaflari kabi avvalo
ma'rifatparvarlik g'oyalarini ilgari suradi. Uning1913 yilda tojik tilida yaratilgan
«Munozara» nomli asarida o'z xalqini zulm botqog'idan qutqarib, «najot yo'li»ni
izlaganligi seziladi. Bu davrda rus tili va rus madaniyatini targ'ib qilish ham
Fitrat ma'rifatparvarligi yo'nalishining muhim tarmogi bo'lgan.Bunday qarashlar
uning o'zi tashkil etgan va muharrirlik qilgan «Hurriyat» ro'znomasida keng
targ'ib etiladi. Xuddi shu yillar «Hayot yo'lida birinchi masala - maktab
masalasidir» («Hurriyat», 1917 yil, 1-son) degan shior bilan chiqadi.
Uning«Hurriyat» (1917, 31-son) ro'znomasida bosilgan «Yurt qayg'usi...» nomli
lavhasida Turkiston uchun, uning ayollari ozodligi uchun kurashga bel
boglaganligini aytadi. «Men sen uchun tug'ildim, sen uchun yasharman, sening
uchun o'larman, ey turning muqaddas o'chog'i!» degan da'vat eshitiladi. «Ulug'
Turkiston» (1917, 2-son) ro'znomasida «Yashasin turklik, yashasin Islom» shiori
bilan chiqadi. Uning «Hind ixtilolchilari», «Temur sag'anasi», «O'g'izxon», «Abo
Muslim», «Turk tili» kabi asarlarida ham hurfikrlar, qarashlar, ko'zga tashlanadi.
Shular qatorida «Qon», «Begijon», «Chin sevish», «To'lqin», «Vose' qo'zg'oloni»,
«Ro'zalar» kabi dramalari yaratildi. Fitratning 1922 yilda nashr etilgan «O'zbek
shoirlari» to'plamiga kirgan «Kecha», «Behbudiy mozorini izlab», «Sharq» kabi
she'rlarida izlanish jarayoni uchraydi. «Shoir» she'rida «o'zim uchun ko'p
umidlar to'qidim» degan xulosaga keladi.
Adabiyotlar ro’yxati:
1.Internet manbaalaridan.
2.Gazeta va jurnallardan