Авторы

  • Jabbor Usarov
    ChDPU professori
  • Raxila Yusupova
    1-kurs magistri

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.65825

Ключевые слова:

qobiliyat kreativ qobiliyat matematik qobiliyat badiiy tip fikrlovchi tip oʼrta tip faoliyatining individual uslubi

Аннотация

Insondagi genetik va orttirilgan qobiliyatlarning ijtimoiy zarurati, xususan taʼlim olish jarayonidagi roli, qobiliyat turlari, taʼlim oluvchilarning individual faoliyat uslubi hamda qiziqishlari bilan bogʼliq holda shakllanishi jamiyat taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, maqolada talabalarning kreativ qobiliyatini shakllantirishning pedagogik jihatlariga ham qisman toʼxtalib oʼtilgan.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

120

TАLАBАLАRDА KREАTIV KOʼNIKMАNI RIVOJLАNTIRIShNING

PSIXOLOGIK OMILLАRI

Usarov Jabbor Eshbekovich

ChDPU professori,

Yusupova Raxila Neьmatullaevna

1-kurs magistri

https://doi.org/10.5281/zenodo.14842190

Аnnotatsiya:

Insondagi genetik va orttirilgan qobiliyatlarning ijtimoiy

zarurati, xususan taʼlim olish jarayonidagi roli, qobiliyat turlari, taʼlim
oluvchilarning individual faoliyat uslubi hamda qiziqishlari bilan bogʼliq holda
shakllanishi jamiyat taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek,
maqolada talabalarning kreativ qobiliyatini shakllantirishning pedagogik
jihatlariga ham qisman toʼxtalib oʼtilgan.

Kalit soʼzlar:

qobiliyat, kreativ qobiliyat, matematik qobiliyat, badiiy tip,

fikrlovchi tip, oʼrta tip, faoliyatining individual uslubi

Аннотация:

Социальная

необходимость

генетических

и

приобретенных способностей у человека, в частности, их роль в
образовательном процессе, виды способностей, формирование в связи с
индивидуальным стилем деятельности и интересами обучающихся, имеет
большое значение в развитии общества. Также в статье частично
затронуты

педагогические

аспекты

формирования

творческих

способностей учащихся.

Ключевые

слова:

способности,

творческие

способности,

математические способности, художественный тип, тип мышления,
средний тип, индивидуальный стиль деятельности.

Abstract:

The social need for genetic and acquired abilities in humans, in

particular, their role in the educational process, types of abilities, formation in
connection with the individual style of activity and interests of students, is of
great importance in the development of society. . The article also partially
touches on the pedagogical aspects of the formation of students’ creative
abilities.

Key words:

abilities, creative abilities, mathematical abilities, artistic type,

thinking type, average type, individual style of activity.

Bugungi kunda boʼlajak kadrlarni kasbiy faoliyatga erta tayyorlash, ularning

taʼlim olish traektoriyasini belgilashlarida taʼlim muhitini va ijodiy
yondashishning innovatsion psixologik tushunchalarini yoshlar ongiga
singdirish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Noyob insoniy fazilatlarni


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

121

namoyon etish alloh tomonidan berilgan insonning genetik moyilligiga yoki
uning ijtimoiylashuvi doirasida yana bir muhim jihat hisoblangan taʼlim-tarbiya
jarayonida orttirilgan qobiliyatlar hisoblanadi. Tadqiqotlar olib borilishi nuqtay
nazaridan qaralsa, zamon talabidagi munosabatlar xorijlik hamda mahalliy
tadqiqotchilartomonidan oʼrganilganligini koʼrish mumkin. Umuman qobiliyat
haqida bir qancha O.Musurmonova, M.Urazova, N.Egamberdieva, E.Yuzlikaeva,
Sh.Sharipov, Sh.Shodmonova kabi olimlarning ilmiy izlanishlarga tayangan holda
bir qator yondashuvlari borligini kuzatish mumkin. Taʼlim oluvchilarda kreativ
koʼnikmalarini rivojlantirishning boʼlajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga
tayyorgarligini shakllantirishdagi oʼziga xos jihatlari, kreativlik sifatlarini
rivojlantirishga taʼsir etuvchi ijtimoiy omillar, shaxsning faolligi, shuningdek,
taʼlim oluvchilarda tanqidiy, kreativ tafakkurni shakllantirish usullari mavjud
boʼlib, pedagogik va psixologik shart-sharoitlari, didaktik taʼminoti, shuningdek
pedagogik va psixologik mazmuni yoritib berilgan. Innovatsion taʼlim va
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida taʼlim oluvchilarda oʼz-oʼzini
ijodiy faolashtirish, kreativ koʼnikmalarni yaratishga xizmat qiluvchi shaxsga
yoʼnaltirilgan.

Erkin taʼlim muhitini tashkil etish А.Аbduqodirov, N.Аzizxodjaeva,

U.Begimqulov,

J.Yoʼldoshev,

Yu.Kruglova,

I.Ridanova,

V.Slastenin,

S.Toshtemirovalarning

ilmiy

tadqiqotlarida

asoslangan

Oliy

taʼlim

muassasalarida zamonaviy psixologiya tizimining muhim vazifalaridan biri
talabalarning nafaqat kasbiy salohiyatini, balki uning shaxsini har tomonlama
rivojlantirishdan iboratdir. Kreativlik shaxsning yangi tushunchalarni yaratish
va yangi koʼnikmalarni shakllantirish xususiyatlarini aks ettiruvchi qobiliyatiga,
yaʼni ijodiy qobiliyatga asoslanadi. Bunda asosiy eʼtibor talabalarning mantiqiy
tahllilariga qaratiladi. Bu kontseptsiya intellektdan ajralmas tarzda oʼrganiladi
va shaxsning ijodiy yutuqlari bilan bogʼliq boʼladi (Feist, 2010; Wells & Dickens,
2020). Ijodkorlikning asosiy motivatsiyasi, ongli va koʼrsatilgan qiziqish, faol va
mustaqil pozitsiya, sogʼlom raqobat, mehnatevarlik va qatʼiyat asosida
taʼminlanadi. Talabalarning ijodiy potentsial yaʼni, kreativlik qoʼnikmalarini
shakllantirish jarayoni insonning umumiy ehtiyojlarini qondirish uchun
obʼektlarni yaratish bilan bogʼliq.

Talabaning ijodiy amaliy koʼnikmalari, inson kreativligi deganda, uning

ijodiy faoliyatining ichki asosi sifatida yuzaga keladigan shaxsning ajralmas
mulki tushuniladi. Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida mamlakat
ijtimoiy hayotida roʼy berayotgan jadal oʼzgarishlar munosabati bilan yuqori
malakali va masalaga kreativ yondashadigan mutaxassislarga ehtiyoj


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

122

sezilmoqda. Kelajakdagi kasbiy faoliyatida hamda kundalik hayoti davomida
duch keladigan muammolariga eʼtibor qaratish va kelajakda ularni samarali hal
qilishni taʼminlashi kerak.

Talabalarning taʼlim faoliyatini tashkil etish orqali zamonaviy taʼlim va

uning yetakchi maqsadi oʼz ijodiy salohiyatini roʼyobga chiqarish uchun jamiyat
manfaatlaridan maksimal darajada foydalana oladigan, yuqori malakali va
raqobatbardosh mutaxassisni shakllantirish imkoniyati tugʼuladi. Kasbiy
rivojlanish jarayonida talaba nafaqat maxsus fanlar boʼyicha bilim olishi nazarda
tutadi, bunda innovatsion rivojlantirishga taʼsir etuvchi omillarini taʼlim
muassalarida faoliyat yuritayotgan kadrlar salohiyati va muhim bosqichlarni
amalga oshiradigan kelajak vorislarga davr talabi nuqtay nazaridan yetkazish
oʼrinli boʼlishini taʼkidlab oʼtish joiz. Demak qobiliyatlar shaxsning faoliyatini
muvaffaqiyatli amalga oshirish sharti hisoblangan va bilim, koʼnikma, malaka va
kompetentsiyalarni egallash dinamikasida yuzaga chiqadigan farqlarda
namayon boʼladigan individual - psixologik xususiyatdir. Аgar shaxsning maʼlum
sifatlari yigʼindisi odamning pedagogik va psixologik jihatdan asoslab berilgan
vaqt oraligʼida egallagan faoliyati talablariga javob bersa, bu narsa bizga unda
mazkur faoliyatga nisbatan qobiliyati bor deb xulosa chiqarishga asos boʼladi.
Аgarda boshqa bir odat boʼlgan shunday holatlarda faoliyat talablariga javob
bera olmasa, unday paytda bu unga tegishli psixologik sifatlar boshqacha
aytganda qobiliyatlar yoʼq deb faraz qilishga asos boʼladi. Bunday odam kerakli
koʼnikma va bilimlarni umuman egallay olmaydi, degan xulosani bermaydi. Bu
jarayon chuzilib ketadi, pedagog va psixologdan koʼp kuch va vaqt sarflashni
talab qiladi. Qobiliyatlar egallangan bilimdan tashqari ularni egallash
dinamikasida ham namoyon boʼladi, yaʼni boshqacha aytganda mazkur faoliyat
uchun muhim boʼlgan oʼzlashtirish jarayoni turli sharoitlarda qanchalik tez va
chuqur, yengil va mustahkam amalga oshirishingizda namoyon boʼladi.

Oʼquv jarayonida xalqaro taʼlim standartlariga asoslangan ilgʼor pedagogik

texnologiyalar, oʼquv dasturlari va uning didaktik taʼminoti, taʼlim oluvchilar,
ilmiy-pedagog kadrlarni zamonaviy kasbiy bilimlari va kreativlik qobiliyatlarini
rivojlantirish, yoshlar auditoriyasi bilan ish olib borishda interfaol usullardan
samarali foydalanishni taqoza etadi. Taʼlim oluvchilarda kreativlik
koʼnikmalarini rivojlantirishning pedagogik va psixologik mexanizmlarini
takomillashtirishda tadqiqotchi G.Ibragimovaning interfaol oʼqitish jarayonida
taʼlim oluvchilarda kreativlikni rivojlantirish bosqichlari borasidagi fikriga
qoʼshilish mumkin:


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

123

1. Reproduktiv-tavakkalchilik bosqichi. Bu bosqich taʼlim oluvchilarda

kreativ faoliyat, kreativ faollik va ijodkorlikka boʼlgan moyillikni qaror toptirish,
taʼlimdagi innovatsion texnologiyalarning mohiyatini anglash va yangi
gʼoyalarning tugʼilishi, shakllanishi bilan tavsiflanadi.

2. Ijodiy-izlanish tadqiqotchilik bosqichi. Taʼlim oluvchilardagi tadqiqot-

chilik, ijodiy faollik, nostandart tafakkur, bilish mustaqilligi, improvizatsiya,
yangilik yaratish koʼnikmalarining shakllanishi bilan belgilanadi.

3. Kreativlik, novatorlik bosqichi. Yangilikni amalda qoʼllash, baholash, tahlil

qilish, ommalashtirish va uni keng tatbiq etish hamda istiqbolga yoʼnaltirilgan
strategik rejalarni tuzish bilan bogʼliq jarayonlarni oʼz ichiga oladi. Taʼlim
oluvchilardagi kreativlik koʼnikmani rivojlantirish jarayonida interfaol taʼlim
jarayoni ahamiyatli sanaladi. Bunda bilish faoliyati ehtiyojlari oʼquv jarayonini
oʼzaro hamkorlik asosida tashkil etilgan “subʼekt-subʼekt” munosabatlariga
asoslangan oʼqitish metodlari tizimidir. Shu oʼrinda isteʼdod mahoratning
dastlabki sharti boʼlib, lekin mahoratning oʼzidan ancha uzoqdir. Isteʼdod
mehnatdan ozod qilmaydi, balki katta, ijodiy va zoʼr mehnatni taqozo qiladi.
Isteʼdodli kishilar shubhasiz mehnat orqali olamga mashhur boʼlgan mahorat
darajasiga erishganlar. Haqiqiy mahorat inson isteʼdodining faoliyatida namayon
boʼlishidir. Umuman olganda qobiliyat shaxs xususiyatlarining shunday
yigʼindisidirki, u odamning biror faoliyatga oʼrgatish va uni takomillashtirishning
muvaffaqiyatli boʼlishini taʼminlaydi. «Ishchi kuchi yoki har qanday mehnatga
qobiliyat mavjud boʼlishi kera deb yozadi K.K.Platonov, – organizmda odamning
jonli shaxsi egalik quluvchi hamda u tomondan doimo biror isteʼmol qiymatini
yaratishda ishga tushiriladigan jismoniy va maʼnaviy qobiliyatlar yigʼindisini
tushunamiz».

Qobiliyat xuddi xarakter singari shaxsning boshqa tuzilishlari bilan bir

qatorda qoʼyilgan mustaqil boʼlmay, balki uning turli xususiyatlarining maʼlum
yigʼindisidir. Ifodalangan darajasi turlicha boʼlsa-da, barcha odamlarga xos
boʼlgan sodda, umumiy qobiliyatlar bu psixik koʼrinishning asosiy meʼyorlari:
sezish, idrok qilish, fikr yuritish, kechinma, qarorga kelish va uni amalga oshirish
hamda esda qoldirish qobiliyatlaridir Barcha odamlarga xos boʼlmagan
elementar xususiy qobiliyatlar shaxsning ancha murakkabroq xususiy
qobiliyatlari, masalan, koʼz bilan chamalash, musiqaviy qobiliyat, tafakkurning
tanqidiyligi, saxiy qalblik, sabotlilik, qatʼiylik va shu kabilardir. Murakkab va
umumiy qobiliyatlar u yoki bu darajada barcha odamlarga xosdir. Bular
umuminsoniy faoliyat turlari: mehnat, oʼyin, oʼqish, bir-biri bilan munosabatda
boʼlish, maʼnaviy, axloqiy faoliyatlarga tegishli qobiliyatlardir. Qobiliyatlar


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

124

sifatida roʼyobga chiqadigan psixik hislatlar majmuasining tuzilishi yaqqol va
alohida faoliyat talabi bilan bevosita bogʼliq boʼlishi ham mumkunligini
taʼkidlasak maqsadga muvofiq sanaladi. Har qanday qobiliyat turi shaxsga
tegishli murakkab psixologik tushunchadan tashkil topgan boʼlib, u faoliyatning
talablariga mutanosib xususiyatlar tizimini oʼz ichiga oladi. Shuning uchun
qobiliyat deganda birorta xususiyatning oʼzini emas, balki shaxs faoliyatining
talablariga javob bera oladigan va shu faoliyatda yuqori koʼrsatkichlarga
erishishni taʼminlashga imkoniyat beradigan xususiyatlar sintezini tushunmoq
lozim. Xotima oʼrnida shuni aytib oʼtish mumkinki qobiliyatlar koʼp boʼlishi
mumkin lekin, bu qobiliyatlarni yuzaga chiqaradigan muhit ham boʼlsa oʼrinli
hisoblanadi. Qobiliyatning yuqori darajasi isteʼdod va daholik koʼrinishida
namoyon boʼladi. Qobilyatlar, aslida, tugʼma boʼladi. Qobiliyat tugʼma boʼlsada
uning rivojlanishi ijtimoiy muhitga ham bogʼliq boʼladi deyish oʼrinli sanalsa
kerak

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Ананьев Б.Г. Проблемы способности. – Москва: 1992. – 218 с.
2. Айзенк.Г.Ю. Проверьте свои способности.- М.: 1992. – 177 с.
3. Baratov SH.R. Talimda psixologik xizmat asoslari. - Toshkent: BuxDU, 1999. -
B. 77-85.
4. Гамезо М.Р., Домашенко И.А. Атлас по психологии. -М.: 2002. С. 58-63.
5. Голубева Э.А. Способности и индивидуальность. - М.: Прометей, 1993.
5. Логвинов И.Н., Сарычев C.B., Силаков A.C. Педагогическая психология в
схемах и комментариях: Учебное пособие. C-Пб.: Питер, 2005.
6. Столяренко Л.Д. Педагогическая психология. - Ростов.: 2000.

Библиографические ссылки

Ананьев Б.Г. Проблемы способности. – Москва: 1992. – 218 с.

Айзенк.Г.Ю. Проверьте свои способности.- М.: 1992. – 177 с.

Baratov SH.R. Talimda psixologik xizmat asoslari. - Toshkent: BuxDU, 1999. - B. 77-85.

Гамезо М.Р., Домашенко И.А. Атлас по психологии. -М.: 2002. С. 58-63.

Голубева Э.А. Способности и индивидуальность. - М.: Прометей, 1993.

Логвинов И.Н., Сарычев C.B., Силаков A.C. Педагогическая психология в схемах и комментариях: Учебное пособие. C-Пб.: Питер, 2005.

Столяренко Л.Д. Педагогическая психология. - Ростов.: 2000.