ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
88
2-SINFDA TOVUSH VA HARF MAVZUSINI O‘QITISHDA
O‘QUVCHILARNING VATANPARVARLIK TUYG‘USINI
SHAKILLANTIRISH.
Urazboyeva Sabohat Ortiqboyevna
Urganch innovatsion university oʻqituvchi-stajyori
Telefon: +998(99)1517997
https://doi.org/10.5281/zenodo.14835483
Annotatsiya:
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf 2-sinfda tovush va
harflarni o‘rgatish orqali o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash,
vatanni sevish,uni ardoqlash,unga bòlgan mehr-muhabbat,sadoqat kabi
tuyg‘ular va bularni qanday qilib shakllantirishimiz to‘g‘risida fikr yuritilgan.
Kalit so'zlar:
vatanparvarlik, tarbiya shakli, axloqiy-psixologik xarakter,
pedagogik va kasbiy mahorat,tovush, harf,metod.
Аннотация:
В этой статье, обучая звукам и буквам во 2 классе
начальной школы, мы будем воспитывать у учащихся дух патриотизма,
любить страну, чтить ее, любить и преданность ей, а также формировать
эти чувства. обсуждалось.
Ключевые слова:
патриотизм, форма воспитания, морально-
психологический облик, педагогическое и профессиональное мастерство,
звук, буква, метод.
Annotation:
In this article, by teaching sounds and letters in the 2nd
grade of elementary school, we will educate students in the spirit of patriotism,
love the country, honor it, love and loyalty to it, and how to form these feelings.
is discussed.
Key words:
patriotism, form of education, moral and psychological
character, pedagogical and professional skills, sound, letter, method.
Vatan insonning ruhiyati, turmush tarzi, ongi va tafakkuri, o‘tmishi, buguni va
kelajagi mujassam bo‘lgan tushunchadir. Vatan ostonadan, o‘zi tug‘ilib o‘sgan
go‘shadan boshlanadi.Shuning uchun bola o‘zi yashab, nafas olib turgan
xonadonida ulg‘ayib voyaga yetishishida muhtasham va qudratli makon bo‘lgan
ona zaminiga mehr-muhabbat va sadoqati abadiy bo‘lmog‘i zarur. Har bir
insonning vataniga bo‘lgan muhabbati ona suti, ona allasi va ota-ona mehri
bilanuning vujudiga singib boradi, ota-onasini avlod-ajdodlari, ularning
an’analari, urf-odatlari, kasb-korlarini sevuvchi farzand o‘zgalarni ham sevadi.
Millati, xalqi, adabiyoti, san’ati, dini va madaniyatidan g‘ururlanib, o‘zi o‘sgan
yurt tabiatidan ilhomlanib, uning muqaddas tuprog‘i qadrini anglaydi. Insondagi
eng oliy tuyg‘u — Vatan tuyg‘usidir. O‘zi tug‘ilib-o‘sgan ona yurtini jon qadar
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
89
sevadigan, o‘zga yurt tabiatidan o‘z yurti tabiatichalik zavq olaolmaydigan,
diyoridagi katta-kichik yutuqlardan faxrlanadigan, hatto mitti chumoli
harakatidan zavqlanadigan butun aql-zakovati, qalb qo‘ri, kuch va imkoniyatini
shu jamiyat va tabiat go‘zalligi, rivojiga bahshida etaolgan insondagina bu tuyg`u
namoyon bo`ladi. Yurtboshimizning vatanparvarligi, millatparvarligi evaziga
1991 yilning 31avgustidaO‘zbekistonning davlat mustaqilligi e’lon qilingach,
o‘zbek millatining qaddi tiklandi, Vatanqadri ortdi, zo‘rovonlik yo‘li bilan yo‘q
qilingan milliy qadriyatlarimiz, dinimiz («Navro`z»bayrami, Ramazon va Qurbon
hayitlari va hokozo) xalqqa yana qaytarildi.
Vatan, xalq bor joyda vatanparvarlik tuyg‘usi paydo bo‘ladi. Bu tuyg‘u insonni
jasoratga,ezgulikka halol mehnatga da’vat etadi. Millatni millat bo‘lib
shakllanishida turli hayot to‘fonlaridan omon saqlab qoladigan ham
vatanparvarlik tuyg‘usidir. Vatanparvarlik - kishining o‘zi tug‘ilib o‘sgan, kamol
topgan joy, zamin, o‘lkaga bo‘lganmehr-muhabbatini, munosabatlarini ifoda
etadigan ijtimoiy va ma’naviy ahloqiy xislatlari,fazilatlaridir. Vatanparvarlik —
inson ma’naviy yetukligining yuksak mezonlaridan istiqlol mafkurasining
negizini tashkil etuvchi qadriyatli va his-tuyg‘ularidan biridir.
O‘zbek millatini dunyoga tanitgan bobomiz Amir Temurdir. U nafaqat millatni
dunyogamashhur qildi, vatanning sarhadlarini kengaytirib, markazlashgan,
cheksiz hududga ega bo‘lganmamlakat barpo etib, ilmu ma’rifatni rivojlantirdi,
ajoyib va go‘zal bog‘u rog‘lar, tog‘lardekyuksak minora, obidalar barpo etdi. O‘z
millati qadriyatlarini ulug‘ladi, ularning qadriga etdi.Millat taqdiri bilan yashash,
vatanga e’tiqod, adolat, insoniylik uning butun hayotiy faoliyatini tashkil etdi.
Shu bois Amir Temur «Kuch adolatdadir» degan hukmni chiqardi. Bu hikmat
asrlar davomida xalqimiz uchun asosiy yo‘riqnoma bo‘lib kelmoqda. Amir
Temur o‘z vasiyatini hammillat va vatan qadr-qimmatini o‘ylab bayon qilgan,
farzandlari, nabiralariga millat va vatan ravnaqi haqida qayg‘urish, kambag‘al,
yo‘qsillarning boshini silashni vasiyat qildi, so‘nggi daqiqalarida ham o‘z xalqi va
vatanining taqdirini o‘yladi.
2-sinfda tovush va harflar mavzusini o‘qitishda o‘quvchilarning vatanparvarlik
tuyg‘ularini shakllantirish uchun bir nechta metodlarni qo‘llash mumkin. Ushbu
mavzu orqali bolalarga vatan sevgisi, milliy qadriyatlar va madaniyatni o‘rgatish
muhimdir. Quyidagi usullarni ko‘rib chiqish mumkin:
1.
Vatan haqidagi qo
‘
shiqlar va she'rlar:
Tovush va harflar o‘qitish
jarayonida vatanparvarlik ruhini qo‘shiqlar va she'rlar orqali ulash mumkin.
Masalan, "Vatan" yoki "O‘zbekiston" haqidagi qo‘shiqlarga e'tibor qaratib,
ulardan ma'naviy o‘gitlar olish mumkin. O‘quvchilarni she'rlarni o‘qishga yoki
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
90
qo‘shiq kuylashga undash, ularga vataniga bo‘lgan muhabbatni his qilish
imkonini beradi.
2.
Vatan haqidagi hikoyalar:
Tovush va harflarni o‘rganishda o‘quvchilarga
O‘zbekistonning tarixiy va madaniy merosi haqidagi qisqa hikoyalar aytish. Bu
hikoyalar orqali ularni vatanga bo‘lgan hurmat va mehr bilan bog‘lash mumkin.
3.
Harflar bilan vatan haqidagi so'zlar shakllantirish:
Har bir tovushni
o‘rgatishda, unga aloqador bo‘lgan vatanparvarlik ma’nosidagi so‘zlar kiritish.
Masalan, "V" harfi uchun "Vatan", "O" harfi uchun "O‘zbekiston", "T" harfi uchun
"Tarix" kabi so‘zlar o‘qitilishi mumkin. Bu o‘quvchilarni o‘z vatanini sevishga
undaydi.
4.
Interfaol darslar:
O‘quvchilarni guruhlarga bo‘lib, ularni turli mavzular
asosida tanqidiy fikrlashga rag‘batlantirish. Masalan, "Nima uchun biz o‘z
vatanimizni sevishimiz kerak?" degan savolni berib, bolalarni o‘z fikrlarini
bildirishga undash.
5.
Matnlarni tahlil qilish:
Tovushlar va harflar mavzusida o‘qilgan
matnlarda vatanparvarlikka oid elementlarga e’tibor qaratish. Misol uchun,
o‘quvchilarga "O‘zbekiston" haqida qisqa hikoya yoki maqola berib, ularni
matnni tahlil qilishga va vatan haqidagi fikrlarini bayon etishga chaqirish.
Bu usullar yordamida o‘quvchilarni nafaqat tovushlar va harflarni o‘rganishga,
balki o‘z vataniga bo‘lgan mehr-muhabbat, hurmat va g‘ururni ham
shakllantirishga erishish mumkin.
2-sinf darsligida Tovushlar va harflar mavzusida o‘quvchilar nazariy
bilimlar asosida amaliy bilmlarni ham teng o‘rganib boradi.Bunda o‘quvchilar
tovush tushunchasi va harf tushunchasi haqida bilmlarga ega bo‘lib tovush va
harfni bir-biridan farqli jihatlarni o‘rganadilar.
Tovush- odamlar atrofdagi turli xil ovosh shovqinlarni quloq orqali
eshitishi bo‘lsa, o‘sha eshitgan tovushlarini yozuvda harf bilan ifodalanadi.
Darslikda Tovushlar va harflar mavzusida 6-mashqni ko‘rib chiqamiz.Mashqda
shaharlar nomini yozing.Yozgan so‘zlaringizdan tovushlar va harflar sonini
sanang topshirig‘i berilgan.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
91
Bunda o‘quvchilar shahar nomini topish va vatanimizning tarixiy shaharlarini
o‘rganish va har qanday tarixiy obidalarimizga hurmatda bo‘lib ularni asrash va
O‘zbekistonning har bir obidalarini o‘rganishga undashimiz kerak bo‘ladi.
Topshirishni asosiy sharti tovush va harfga ajratish bo‘lsa tarbiyaviy jihati
o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash xislatlari nomoyon bo‘lgan.
O‘zbekiston – mustaqil davlat mavzusi asosida tovush va harflarni o‘rganish
ko‘nikmasi bo‘yicha matn berilgan bunda:
Bobojon, davlat o’zi nima?
Bolam, qara, dunyo xaritasiga e’tibor qil. Unda davlatimiz O‘zbekiston
boshqa yuzlab davlatlar ichida ajralib turibdi. Davlat, eng avvalo, o‘z maydoniga
ega bo‘lishi kerak. Davlatning o‘z aholisi, hamma birdek amal qiladigan
qonunlari bo‘ladi. Eng muhimi, davlat mustaqil bo‘ladi.
Davlat ham bizning oilaga o‘xshar ekan. Faqat u oilamizdan million marta
kattaroq!
1. Davlatning yana qanday belgilarini bilasiz?
2. Davlatning o‘z tili va alifbosi ham bo‘lishi kerakmi?
3. O‘zbek tilida nechta tovush va harf bor?
Bu matn asosida o‘quvchilarda oila va vatan tushunchalari bir-biriga bog‘liqligi,
oila inson uchun qay darajada muhim va muqaddas go‘shaligi asosida vatanga
qiyoslab vatanni ham shu daraja sevib vatanparvarlik jihatlarini
shakillantiramiz. Berilgan savollar asosida esa davlat haqida yangi bilmlar va
har bir davlatning o‘z tili va alifbosi bo’lishi va o‘z tiliga sevishga o‘rgatishimiz
ham darkor. Shu matn asosida tovush va harflar tizimi ham o‘rganiladi.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
92
Ushbu topshiriqda rasmlar orasidan Samarqand shahridagi tarixiy binolarni
topib,nomini yozish.Undosh harflar tagiga chizing topshirig‘i berilgan.Topshiriq
asosida o‘quvchilar bino nomini topib yozishi va shahar nomidagi undosh
harflar tagiga chiziladi.Topshiriq shartini bajarish bilan birga O‘zbekistonning
tarixiy shaharlari va tarixiy obidalari bilan tanishtirib vatanimizning so’lin
go‘shalari va go‘zal obidalari bilan tanishtirib O‘zbekiston shunday go‘zal va
betakror yurt ekanligini va har bir qarich joyini ko‘z qorachig‘imizdek
asrashimiz zarurligini metodik ishlar bilan tushuntirib beramiz.
Xulosa.
Vatanparvarlik tuyg‘usi odatda bir necha omillarning ta’sirida
paydo bo‘ladi. Bunga tarixiy, madaniy, siyosiy va ijtimoiy faktlar sabab bo‘lishi
mumkin. Vatanparvarlik tuyg‘usi insonning o‘z vataniga bo‘lgan muhabbatini,
hurmatini va sadoqatini aks ettiradi. Vatanparvarlik tuyg‘usi, shuningdek,
insonlarning o‘z vatani uchun xizmat qilishga tayyor bo‘lishi va uni himoya
qilishga intilishlari bilan namoyon bo‘ladi. Bu tuyg‘u nafaqat davlatning iqtisodiy
yoki siyosiy holati, balki jamiyatning umumiy axloqiy va ma'naviy fazilatlari
bilan ham chambarchas bog‘liqdir.Pedagog sifatida yosh avlodga vatan
tushunchasini va vatanparvar inson fazilatlarini o‘rgatish va shu bilan birga
bolaga
vatan
tushunchasidan
oldin
oila
tushunchasi,hurmat
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
93
tushunchasi,do‘stona
munosabat
tushunchalarini
keskin
mukammal
o‘rgatsakgina kiyinchalik o‘rganilgan insoniy hislatlar ila vatanparvar va komil
insonni tarbiyalay olamiz.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1.
2-sinf ona tili darsligi S.D.Kuranov Navda Toshkent 2023.
2.
Boshlang‘ich ta’lim sifati va samaradorligini oshirish: muammolar va
yechimlar Respublika ilmiy- amaliy konfrensiya materiallari Toshkent -2014.
3.
Qosimova N. Ona tili ta’limi va yangi pedagogik texnologiyalar. Buxoro,
2009, 103
4.
Matchonov S. ”Boshlang‘ich sinflarda ona tili va uni o‘qitish metodikasi”
(Boshlang‘ich ta’lim talabalari uchun darslik).T:Ishonchli hamkor,2021-y
5.
Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini
birgalikda barpo etamiz. Toshkent-”O‘zbekiston” -2016. 56 B.
6.
Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan
birga quramiz. Toshkent-”O‘zbekiston” -2016.488 Β.
7.
A.Pirniyazova "Boshlang‘ich sinf ona tili o'qitish metodikasi ", Toshkent
2018