Авторы

  • Muslima Abdurashidxonova
    Nizomiy nomidagi TDPU “Tasviriy san’at” mutaxasisligi 1-kurs magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.65835

Ключевые слова:

grafik dasturlar innovatsion ta’lim kreativ kompetensiya kommunikatsiya interfeysi diagramma metodika dispersiya eksperiment.

Аннотация

Mazkur maqolada kasb-hunar maktabi o‘quvchilariga yog‘och o‘ymakorligi fanini zamonaviy axborot texnologiyalari, xususan, CorelDRAW dasturi yordamida o‘qitish metodikasi yoritilgan. An’anaviy ta’lim usullari bilan raqamli texnologiyalarni uyg‘unlashtirish orqali o‘quvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, ularning ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilgan.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

70

KASB-HUNAR MAKTABI O‘QUVCHILARIGA YOG‘OCH

O‘YMAKORLIGI FANINI CORELDRAW DASTURI ORQALI O‘QITISH

METODIKASI

Abdurashidxonova Muslima Baxodirxon qizi

Nizomiy nomidagi TDPU “Tasviriy san’at” mutaxasisligi

1-kurs magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14835465

Annotatsiya:

Mazkur maqolada kasb-hunar maktabi o‘quvchilariga yog‘och

o‘ymakorligi fanini zamonaviy axborot texnologiyalari, xususan, CorelDRAW
dasturi yordamida o‘qitish metodikasi yoritilgan. An’anaviy ta’lim usullari bilan
raqamli texnologiyalarni uyg‘unlashtirish orqali o‘quvchilarning kasbiy
kompetensiyalarini rivojlantirish, ularning ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish va
amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilgan.

Kalit so‘zlar:

grafik dasturlar, innovatsion ta’lim, kreativ, kompetensiya,

kommunikatsiya, interfeysi, diagramma, metodika, dispersiya, eksperiment.

Kasb-hunar ta’limi tizimi jamiyatning rivojlanishi va iqtisodiy taraqqiyotida

muhim o‘rin tutadi. O‘quvchilarga nafaqat nazariy bilim berish, balki ularni
amaliy ko‘nikmalar bilan boyitish ham dolzarb masalalardan biridir. Xususan,
milliy hunarmandchilikning eng qadimiy turlaridan biri bo‘lgan yog‘och
o‘ymakorligi san’ati bo‘yicha ta’lim jarayonini zamonaviy texnologiyalar bilan
uyg‘unlashtirish, an’anaviy uslublarni innovatsion yondashuvlar bilan boyitish
zarurati mavjud. Bu esa, o‘z navbatida, o‘quvchilarning kasbiy
kompetensiyalarini rivojlantirish va ularning ijodiy faoliyatini kengaytirish
imkoniyatini beradi.

Zamonaviy ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan

samarali foydalanish o‘quv jarayonini takomillashtirish va sifatini oshirishga
xizmat qiladi. Shundan kelib chiqib, grafika va dizayn sohasida keng
qo‘llaniladigan CorelDRAW dasturidan foydalanish yog‘och o‘ymakorligi
bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni samarali tashkil etishda katta ahamiyat kasb
etadi. Ushbu dastur turli naqsh va bezaklarni chizish, ularni raqamli formatda
yaratish, tahrirlash va amaliy qo‘llash imkoniyatini beradi. O‘quvchilarga
CorelDRAW dasturidan foydalanishni o‘rgatish orqali ularning nafaqat an’anaviy
yog‘och o‘ymakorligi bo‘yicha bilimlari kengayadi, balki zamonaviy dizayn va
texnologiyalarni o‘zlashtirish ko‘nikmalari ham shakllanadi. Kasb-hunar
maktablarida yog‘och o‘ymakorligi fanini CorelDRAW dasturi orqali o‘qitish
metodikasi tahlil qilinadi. O‘quvchilarga grafik dizayn va hunarmandchilik
sohasida zamonaviy texnologiyalarni o‘rgatishning afzalliklari, metodik
yondashuvlar va amaliy mashg‘ulotlarning samaradorligi ilmiy asosda yoritiladi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

71

Shu bilan birga, ushbu uslubning o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, ijodiy
yondashuvi va kasbiy mahoratini rivojlantirishdagi o‘rni ham ko‘rib chiqiladi.
Ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi – yog‘och o‘ymakorligi fanini interaktiv va
innovatsion yondashuv asosida o‘qitish imkoniyatlarini o‘rganish, CorelDRAW
dasturidan samarali foydalanish metodikasini ishlab chiqish hamda kasb-hunar
maktablari o‘quvchilarining amaliy va ijodiy salohiyatini rivojlantirishga xizmat
qilishdir. CorelDRAW dasturining imkoniyatlari va texnologiya ta’limida
qo‘llanilishi bo‘yicha adabiyotlar mavjud. Masalan, M.Mamarajabov, M.Ashurov,
U.Umarova larning “CorelDraw dasturi va uning imkoniyatlari” nomli metodik
qo‘llanma CorelDRAW dasturining funksiyalari va undan foydalanish usullari
haqida batafsil ma’lumot beradi. Ushbu qo‘llanma laboratoriya mashg‘ulotlari va
ularni tashkil etish metodikasini ham o‘z ichiga oladi. F.F.Meliev, U.J.Asqarov,
J.M.Maxmudov tomonidan ishlab chiqilgan “Kompyuter grafikasi.

CorelDRAW

dasturi” nomli o‘quv qo‘llanma informatika va axborot texnologiyalari sohasida
grafik dizayn asoslarini o‘rgatishga mo‘ljallangan. Shu kabi yondashuv yog‘och
o‘ymakorligi san’atini zamonaviy texnologiyalar yordamida o‘qitishda ham
qo‘llanilishi mumkin. CorelDRAW dasturining vositalari orqali yog‘och
o‘ymakorligi naqshlarini yaratish, ularni chizish va tahrirlash imkoniyatlari
mavjud. Shunday qilib, ushbu dastur yog‘och o‘ymakorligi bo‘yicha
o‘quvchilarning nazariy va amaliy bilimlarini rivojlantirishda samarali vosita
bo‘lib xizmat qiladi.

Kasb-hunar maktabi o‘quvchilariga yog‘och o‘ymakorligi fanini CorelDRAW

dasturi orqali o‘qitish metodikasini ishlab chiqish jarayonida turli pedagogik,
psixologik va texnologik tadqiqot metodlari qo‘llanildi. Mazkur metodlar o‘qitish
samaradorligini oshirish, o‘quvchilarning ijodiy va texnik kompetensiyalarini
rivojlantirish hamda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish
malakalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan. Nazariy tadqiqot usullari ilmiy-
pedagogik manbalarni o‘rganish, o‘quv dasturlarini tahlil qilish va zamonaviy
ta’lim texnologiyalarini o‘quv jarayoniga integratsiya qilish asosida amalga
oshirildi.

Ilmiy adabiyotlar tahlili

Kasb-hunar ta’limi va hunarmandchilik

sohasidagi ilg‘or tadqiqotlar o‘rganildi. CorelDRAW dasturining ta’limiy
imkoniyatlari bo‘yicha ilmiy maqolalar va qo‘llanmalar tahlil qilindi. Zamonaviy
AKT texnologiyalarini hunarmandchilik ta’limiga joriy etish bo‘yicha xorijiy
tajribalar ko‘rib chiqildi.

Dasturiy ta’minot tahlili

CorelDRAW dasturining yog‘och o‘ymakorligi

san’atiga mos keladigan funksiyalari, dizayn elementlari va naqsh yaratish


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

72

imkoniyatlari o‘rganildi. CorelDRAW bilan ishlashda o‘quvchilarning
qiyinchiliklarini aniqlash maqsadida dasturiy vositalarning interfeysi va
foydalanish qulayligi tahlil qilindi.

Normativ hujjatlar tahlili

Kasb-hunar ta’limiga oid davlat ta’lim

standartlari (DTS), o‘quv dasturlari va malaka talablari o‘rganildi. An’anaviy
yog‘och o‘ymakorligi darslarini axborot texnologiyalari bilan uyg‘unlashtirish
imkoniyatlari tahlil qilindi.

Empirik

tadqiqot

metodlari

Empirik

tadqiqot

metodlari

o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish jarayonini
kuzatish va baholashga qaratilgan.

Pedagogik kuzatish O‘quvchilarning CorelDRAW dasturida naqsh va

dizayn yaratish jarayonidagi faolligi kuzatildi. An’anaviy va raqamli
yondashuvlar asosida o‘quvchilarning ijodiy faoliyati o‘rganildi.

Suhbat va so‘rovnoma O‘quvchilar va o‘qituvchilar bilan intervyular

o‘tkazilib,

CorelDRAW

dasturining

o‘zlashtirilishi

va

qiyinchiliklari

aniqlashtirildi. Hunarmandchilik sohasidagi ustalar va mutaxassislarning fikrlari
o‘rganildi.

Diagnostik testlar O‘quvchilarning dizayn, chizma chizish va naqsh

yaratish bo‘yicha bilimlari dastlabki va yakuniy bosqichda baholandi. Raqamli
texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha ularning bilim darajasi statistik tahlil qilindi.

Eksperimental tadqiqot metodlari Eksperimental tadqiqotda CorelDRAW

dasturidan foydalanishning samaradorligi an’anaviy usul bilan solishtirilib
baholandi.

Tajriba va nazorat guruhlari Eksperiment ikki guruh o‘rtasida o‘tkazildi:
Nazorat guruhi – an’anaviy usulda, ya’ni qog‘ozda naqsh chizish va

yog‘och o‘ymakorligi texnologiyalari bo‘yicha ta’lim olgan.

Tajriba guruhi – CorelDRAW dasturi yordamida naqsh yaratish va uni

yog‘och o‘ymakorligida qo‘llashni o‘rgangan.

Qiyosiy tahlil Ikkala guruh natijalari taqqoslanib, o‘quvchilarning ijodiy

fikrlash darajasi, naqsh yaratish tezligi, naqsh sifatining aniqligi va umumiy
qobiliyatlari baholandi. CorelDRAW dasturining an’anaviy usullarga nisbatan
ustunligi yoki kamchiliklari aniqlashtirildi.

Statistik tahlil metodlari Statistik tahlil metodlari yordamida

eksperiment natijalari matematik qayta ishlanib, o‘quvchilarning rivojlanish
darajasi aniqlandi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

73

Matematik-statistik tahlil O‘quvchilarning eksperiment oldi va keyingi

natijalari matematik jihatdan tahlil qilindi. O‘rtacha ballar, dispersiya,
taqqoslama jadval va grafiklar orqali metodikaning samaradorligi isbotlandi.

Natijalarni vizualizatsiya qilish Diagrammalar va grafiklar yordamida

o‘quvchilarning an’anaviy va raqamli yondashuvlar asosida o‘zlashtirish
natijalari taqqoslandi.

Metodlar bo‘limida CorelDRAW dasturi yordamida yog‘och o‘ymakorligi

fanini o‘qitish metodikasi ishlab chiqishda foydalanilgan nazariy, empirik,
eksperimental va statistik tadqiqot usullari bayon qilindi. Ularning har biri
o‘quvchilarning ijodiy, texnik va raqamli texnologiyalardan foydalanish
kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan. Tadqiqot natijalariga asoslanib,
CorelDRAW dasturidan

foydalanish

o‘quvchilarning

naqsh

yaratish

ko‘nikmalarini an’anaviy usullarga nisbatan sezilarli darajada oshirishini
isbotladi.

Kasb-hunar ta’limini yangilash va zamonaviy texnologiyalarni ta'lim

jarayoniga kiritish borasidagi muhim qadamdir. Ushbu yondashuv, an’anaviy
o‘ymakorlik san’ati bilan zamonaviy grafik dizaynni uyg‘unlashtirishni maqsad
qiladi. CorelDRAW dasturi yordamida o‘quvchilar nafaqat an’anaviy yog‘och
o‘ymakorligining nazariy asoslarini o‘rganadilar, balki raqamli vositalar orqali
o‘z g‘oyalarini yaratish, tasvirlash va amalga oshirishni ham o‘rganadilar.
CorelDRAW dasturining kuchli imkoniyatlari o‘quvchilarga o‘zlarining
dizaynlarini yaratishda aniqlik, sifat va tezlikni ta’minlashga yordam beradi. Bu,
o‘quvchilarning

ijodiy

fikrlashini

rivojlantiradi

va

ularga

yangi

texnologiyalardan foydalanish orqali an’anaviy san’atni yanada takomillashtirish
imkoniyatini beradi. O‘quvchilar raqamli tasvirlarni yaratib, keyinchalik ular
asosida yog‘ochga o‘ymakorlik ishlarini amalga oshiradilar, bu esa ularning
amaliy va nazariy bilimlarini birlashtirishga imkon yaratadi. O‘quvchilar,
CorelDRAW dasturi yordamida ishlash jarayonida, nafaqat texnik ko‘nikmalarni
egallashadi, balki ularning kreativ va ijodiy imkoniyatlari kengayadi. Dastur
yordamida yaratgan tasvirlar, o‘quvchilarga o‘z ishlanmalarini yanada
mukammal va professional darajada ko‘rsatishga yordam beradi. Bu jarayon,
ayniqsa, dizayn, chizma va kompyuter grafikasi bo‘yicha yangi malakalarga ega
bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlashda katta ahamiyatga ega.

Yog‘och o‘ymakorligi san’ati, qadimiy va ijodiy faoliyat bo‘lib, uning

zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘unlashuvi nafaqat san'atni rivojlantiradi,
balki kasb-hunar ta'limida yangi yo‘nalishlar yaratadi. CorelDRAW dasturi
o‘quvchilarga naqshlarni raqamli shaklda yaratish va ularni mukammal tarzda


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

74

joylashtirish, o‘lchamlarini sozlash imkonini beradi. Bu, o‘z navbatida,
o‘quvchilarning ijodiy ishlari va amaliy ko‘nikmalarini oshiradi. O‘qituvchilar
uchun esa, ushbu metodika o‘qitish jarayonini yanada samarali va qiziqarli qilish
imkonini beradi. Ular o‘quvchilarga nafaqat klassik uslublarni, balki zamonaviy
texnologiyalarni o‘rgatib, o‘quvchilarning ta'lim jarayonini yanada qiziqarli va
samarali qilishlari mumkin. CorelDRAW dasturi yordamida o‘qituvchilar
o‘quvchilarning ishlanmalarini ko‘rib, tezda tahlil qilish va ularni
takomillashtirish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirish imkoniga ega bo‘ladilar.

Shuningdek, o‘qituvchilarga yangi baholash tizimlari va metodikalar

qo‘llash imkonini beradigan ushbu yondashuv, o‘quvchilarning ijodiy ishlari va
texnik ko‘nikmalarini har tomonlama baholashga yordam beradi. Natijada,
o‘quvchilar o‘zlarining ijodiy yondashuvlarini mukammallashtiradilar va
zamonaviy dizayn va yog‘och o‘ymakorligining yuqori sifatli mutaxassislariga
aylanishadi.

Xulosa qilib aytganda, CorelDRAW dasturining yog‘och o‘ymakorligi fanini

o‘rgatish jarayonida qo‘llanilishi, o‘quvchilarning ijodiy va texnik ko‘nikmalarini
rivojlantiradi, ta’limni yanada samarali va interaktiv qiladi. Bu yondashuv, kasb-
hunar ta’limining sifatini oshirish va o‘quvchilarning zamonaviy texnologiyalarni
o‘zlashtirgan holda, professional sohada muvaffaqiyatli faoliyat yuritishlari
uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni shakllantiradi. Shunday qilib, bu
metodika yog‘och o‘ymakorligining kelajakdagi rivojlanishiga hamda
o‘quvchilarning professional ta’lim olishlariga katta hissa qo‘shadi.

Adabiyotlar ro‘yxati:

1. M.Mamarajabov, M.Ashurov, U.Umarova. CorelDraw dasturi va uning
imkoniyatlari. T.: Nizomiy nomidagi TDPU Rizografida nashr qilindi. 2010.
2. F.F.Meliev, U.J.Asqarov, J.M.Maxmudov. Kompyuter grafikasi. CorelDRAW
dasturi. Samarqand. 2017. 130 b.
3. Khurshida Pirmakhmatovna Khayitboboeva, (2021). A Study Of The Problems
Of Tradition And Innovation In Modern Uzbek Folk Art. The American Journal of
Social

Science

and

Education

Innovations,

3(11),

14–20.

https://doi.org/10.37547/tajssei/Volume03Issue11-04
4. Xayitboboyeva, Xurshida Pirmaxmatovna, & Jo‘rayeva, Madina Ziyodovna
(2023). Toshkent yog‘och o‘ymakorligida ibragimovlar sulolasining o‘rni.
Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3 (2),
862-868. https://cyberleninka.ru/article/n/toshkent-yog-och-o-ymakorligida-
ibragimovlar-sulolasining-o-rni


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

75

5. Khurshida P. Khaitbobayeva, & Hayotjon R. Gaffarov. (2023). The role of
nurota embroidery in the applied art of uzbekistan. Art and Design: Social
Science, 3(03), 3– https://doi.org/10.37547/ssa-V3-I2-2
6. Култашева Нигорахон Данияровна. (2023). Кулолчилик ривожида
Нарзуллаев сулоласининг ўрни. Educational research in universal sciences,
2(3), 458–464. https://doi.org/10.5281/zenodo.7832102
7. Daniyarovna, K. N., & Abdumalikovna, S. S. Bauxauz–germaniya
madaniyatining fеnomeni sifatida.
https://www.oriens.uz/media/journalarticles/63_Kultasheva_Nigoraxon_Daniy
arovna_433-438.pdf
8. Nigorakhon Kultasheva. (2022). Bayat mukhtarov and his plastic innovations.
Art and Design: Social Science, 2(01), 6–8. https://doi.org/10.37547/ssa-V2-I1-
3
9. R.R.Jabbarov. Patterns in applied art of the uzbek folk // European Journal of
Arts, 2023, No1. – С. 11–14. DOI: https://doi.org/10.29013/EJA-23-1-11-14
10. Jabbarov Rustam Ravshanovich, (2024). The study of teaching applied
decorative arts in higher education institutions through software solutions: a
review of methodological literature. current research journal of pedagogics,
5(10), 106–111. https://doi.org/10.37547/pedagogics-crjp-05-10-18
11. Rasulov Murad Absamatovich (2024). Topical issues of studying the
creativity of miniature masters as a means of developing the creative abilities of
students of higher educational institutions. European Journal of Arts, (2), 143-
147. doi: 10.29013/EJA-24-2-143-147
12. Abdurashidxonova, M., & Rasulov, M. (2021). O‘zbek xalq amaliy san’ati
bo‘lmish Toshkent yo‘g‘och o‘ymakorligi maktabi va namoyandalari. Jamiyat va
Innovatsiyalar, 2(5/S), 130–137. https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-
iss5/S-pp130-137
13. Xolmatov R.A. CorelDraw dasturi va uning imkoniyatlari. elib.buxdupi.uz
14. Jabborov M.M. Kompyuter grafikasi va uning ta’limdagi roli.
majmua.tdpu.uz
15. Davronov D.S. Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar. uniwork.buxdu.uz
16. Sodiqov F.M. Hayot faoliyati xavfsizligi va texnologik ta’lim. namdu.uz
17. Gulomov M.R. Yangi O‘zbekistonda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligi.
staff.tiiame.uz

Библиографические ссылки

M.Mamarajabov, M.Ashurov, U.Umarova. CorelDraw dasturi va uning imkoniyatlari. T.: Nizomiy nomidagi TDPU Rizografida nashr qilindi. 2010.

F.F.Meliev, U.J.Asqarov, J.M.Maxmudov. Kompyuter grafikasi. CorelDRAW dasturi. Samarqand. 2017. 130 b.

Khurshida Pirmakhmatovna Khayitboboeva, (2021). A Study Of The Problems Of Tradition And Innovation In Modern Uzbek Folk Art. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(11), 14–20. https://doi.org/10.37547/tajssei/Volume03Issue11-04

Xayitboboyeva, Xurshida Pirmaxmatovna, & Jo‘rayeva, Madina Ziyodovna (2023). Toshkent yog‘och o‘ymakorligida ibragimovlar sulolasining o‘rni. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3 (2), 862-868. https://cyberleninka.ru/article/n/toshkent-yog-och-o-ymakorligida-ibragimovlar-sulolasining-o-rni

Khurshida P. Khaitbobayeva, & Hayotjon R. Gaffarov. (2023). The role of nurota embroidery in the applied art of uzbekistan. Art and Design: Social Science, 3(03), 3– https://doi.org/10.37547/ssa-V3-I2-2

Култашева Нигорахон Данияровна. (2023). Кулолчилик ривожида Нарзуллаев сулоласининг ўрни. Educational research in universal sciences, 2(3), 458–464. https://doi.org/10.5281/zenodo.7832102

Daniyarovna, K. N., & Abdumalikovna, S. S. Bauxauz–germaniya madaniyatining fеnomeni sifatida.

Nigorakhon Kultasheva. (2022). Bayat mukhtarov and his plastic innovations. Art and Design: Social Science, 2(01), 6–8. https://doi.org/10.37547/ssa-V2-I1-3

R.R.Jabbarov. Patterns in applied art of the uzbek folk // European Journal of Arts, 2023, No1. – С. 11–14. DOI: https://doi.org/10.29013/EJA-23-1-11-14

Jabbarov Rustam Ravshanovich, (2024). The study of teaching applied decorative arts in higher education institutions through software solutions: a review of methodological literature. current research journal of pedagogics, 5(10), 106–111. https://doi.org/10.37547/pedagogics-crjp-05-10-18

Rasulov Murad Absamatovich (2024). Topical issues of studying the creativity of miniature masters as a means of developing the creative abilities of students of higher educational institutions. European Journal of Arts, (2), 143-147. doi: 10.29013/EJA-24-2-143-147

Abdurashidxonova, M., & Rasulov, M. (2021). O‘zbek xalq amaliy san’ati bo‘lmish Toshkent yo‘g‘och o‘ymakorligi maktabi va namoyandalari. Jamiyat va Innovatsiyalar, 2(5/S), 130–137. https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss5/S-pp130-137

Xolmatov R.A. CorelDraw dasturi va uning imkoniyatlari. elib.buxdupi.uz

Jabborov M.M. Kompyuter grafikasi va uning ta’limdagi roli. majmua.tdpu.uz

Davronov D.S. Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar. uniwork.buxdu.uz

Sodiqov F.M. Hayot faoliyati xavfsizligi va texnologik ta’lim. namdu.uz

Gulomov M.R. Yangi O‘zbekistonda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligi. staff.tiiame.uz