Авторы

  • Islom Hamdamov
    Samarqand davlat chet tillar instituti dotsenti falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.65855

Ключевые слова:

ijtimoiy ilmiy-ma’naviy meros “Zij” ilm-fan me’morchilik shaharsozlik obodonchilik adolat insonparvarlik ezgulik g‘oyalari. Samarqand madrasasi rasadxona falsafa astranomiya matematika tarix renessans.

Аннотация

Mirzo Ulug‘bek adolatli hukmdor, ilm-fan homiysi va ijtimoiy islohotchi sifatida tarixda muhim iz qoldirgan. Uning hukmronlik davrida olib borgan islohotlari, jamiyatning barcha jabhalariga, jumladan, ilm-fan, me’morchilik, shaharsozlik, obodonchilik ishlariga katta ta’sir ko‘rsatib, mamlakatda barqarorlik o‘rnatilib, aholining turmush tarzi yaxshilandi. Jamiyatda, adolat, insonparvarlik, ezgulik g‘oyalari rivojlanib, xalqning ma’naviy tafakkuri yuksaldi. Uning o‘zi ham serqirra olim sifatida astronomiya, matematika, handasa, adabiyot, musiqa, tarix kabi fan sohalarining rivojiga bevosita o‘z hissasini qo‘shgan o‘rta asrlarning atoqli olimi, mutafakkiri bo‘lgan. Mirzo Ulug‘bek shaxsi va uning ilmiy-ma’naviy merosi bugungi globallashuv davrida ham aktualligini saqlab qolgan.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

172

MIRZO ULUG‘BEKNING IJTIMOIY ISLOHOTLARI, ZAMONAVIY

JAMIYAT UCHUN AHAMIYATI (IJTIMOIY-FALSAFIY TAHLIL).

Hamdamov Islom Akramovich

Samarqand davlat chet tillar instituti dotsenti

falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

+998933566284 // hamdamovislom79@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14847903

Annotasiya.

Mirzo Ulug‘bek adolatli hukmdor, ilm-fan homiysi va ijtimoiy

islohotchi sifatida tarixda muhim iz qoldirgan. Uning hukmronlik davrida olib

borgan islohotlari, jamiyatning barcha jabhalariga, jumladan, ilm-fan,

me’morchilik, shaharsozlik, obodonchilik ishlariga katta ta’sir ko‘rsatib,

mamlakatda barqarorlik o‘rnatilib, aholining turmush tarzi yaxshilandi.
Jamiyatda, adolat, insonparvarlik, ezgulik g‘oyalari rivojlanib, xalqning ma’naviy

tafakkuri yuksaldi. Uning o‘zi ham serqirra olim sifatida astronomiya,

matematika, handasa, adabiyot, musiqa, tarix kabi fan sohalarining rivojiga

bevosita o‘z hissasini qo‘shgan o‘rta asrlarning atoqli olimi, mutafakkiri bo‘lgan.

Mirzo Ulug‘bek shaxsi va uning ilmiy-ma’naviy merosi bugungi globallashuv

davrida ham aktualligini saqlab qolgan.

Kalit so‘zlar:

ijtimoiy, ilmiy-ma’naviy meros, “Zij”, ilm-fan, me’morchilik,

shaharsozlik, obodonchilik, adolat, insonparvarlik, ezgulik g‘oyalari. Samarqand

madrasasi, rasadxona, falsafa, astranomiya, matematika, tarix, renessans.

Аннотация.

Мирзо Улугбек оставил значительный след в истории как

справедливый правитель, покровитель науки и социальный реформатор.
Реформы, проведенные им в годы правления, оказали значительное

влияние на все сферы жизни общества, включая науку, архитектуру,

градостроительство и благоустройство, установив стабильность в стране

и улучшив образ жизни населения. В обществе развивались идеи

справедливости, гуманности, добра, росло духовное мышление народа. Он

сам был выдающимся ученым и мыслителем Средневековья, который,

будучи разносторонним ученым, внес непосредственный вклад в развитие

таких научных направлений, как астрономия, математика, геометрия,

литература, музыка и история. Личность Мирзо Улугбека, его научное и

духовное наследие остаются актуальными и в современную эпоху

глобализации.

Ключевые слова:

социальное, научное и духовное наследие, «Зидж»,

наука, архитектура, градостроительство, озеленение, справедливость,

гуманизм, идеи добра. Самаркандское медресе, обсерватория, философия,

астрономия, математика, история, Возрождение.

Abstract.

Mirzo Ulugbek left a significant mark in history as a just ruler,

patron of science and social reformer. The reforms he carried out during his

reign had a great impact on all aspects of society, including science, architecture,

urban planning, and landscaping, establishing stability in the country and

improving the lifestyle of the population. The ideas of justice, humanity, and


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

173

goodness developed in society, and the spiritual thinking of the people rose. He
himself, as a versatile scientist, was an outstanding scientist and thinker of the

Middle Ages, who directly contributed to the development of such scientific

fields as astronomy, mathematics, geometry, literature, music, and history. The

personality of Mirzo Ulugbek and his scientific and spiritual heritage remain

relevant even in today's era of globalization.

Keywords:

social, scientific and spiritual heritage, "Zij", science,

architecture, urban planning, landscaping, ideas of justice, humanity, goodness.

Samarkand madrasa, observatory, philosophy, astronomy, mathematics, history,

Renaissance.

Ulkan saltanatning vorisi Mirzo Ulug‘bek qariyb qirq yil mobaynida

Movarounnahr adolatli, insonparvar, donishmand hukmdori sifatida xalqning
tinchligi, totuvligi, madaniyatni taraqqiy toptirish yo‘lida ulkan shijoatini
ko‘rsatdi. Mirzo Ulug‘bek asli ismi Muhammad Tarag‘ay, Amir Temurning besh
yillik yurishida tarixiy Eronning Sultoniya shahrida tug‘ilgan. Mirzo
Ulug‘bekning tug‘ilishi haqida quyidagi tarixiy manbalar keng ma’lumotlar
keltiriladi. Jumladan, SHarafuddin Ali YAzdiyning “Zafarnoma”[9], Hofizi
Abruning “Zubdat at-tavorix”[2-326]

asarlarida keng yoritilgan. Amir Temur

hozirgi Iroqning Mordin qal’asini zabt etishi vaqtida, bo‘lajak davlat arbobi va
buyuk mutafakkir dunyoga keldi va Sohibqiron ushbu shahar aholasiga omonlik
berib, adolatli qaror qabul qilib, o‘zining mashhur “Kuch adolatda” shioriga
sodiq qolgan edi edi. Mirzo Ulug‘bek Soqironning sevimli nabirasi bo‘lganligini,
Ibn Arabshohning “Ajoib al-maqdur fi tarixi Tamur”[7] asarida keltirilgan
ma’lumotlardan ham ko‘rishimiz mumkin. Jumladan, asarda ko‘proq siyosiy
masalalar yoritilgan bo‘lsada, oddiy xalq hayoti, ushbu davrdagi to‘ylar, bazmlar
haqida ham ma’lum darajada tasavvur hosil qilish imkonini beradi. Jumladan,
muallif Mirzo Ulug‘bekning nikoh to‘yiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tantanalarni o‘z
ko‘zi bilan ko‘rib, jonli guvohi bo‘lgan. Ibn Arabshohnnng hokimlar, katta er
egalarining dabdabali hayotini yaqqol yoritib o‘tadi. Anglashimiz mumkinki,
ushbu tadbirlar bir tomondan hukumron sinflar shon-shuxratinini ko‘rsatsada,
ikkinchi tomondan dabdabali tadbirlarda oddiy mehnatkash xalq ommasining
ishtirok etishi jamiyatdagi ijtimoiy adolatni ko‘rsatib beradi. Ibn Arabshoh to‘y
marosimini quyidagicha tasvirlaydi: Keyin u o‘g‘li SHohruxnnng farzandi,
o‘ziningng ziyrak nabirasi Ulug‘bekni uylantirishga kirishdi. Temur Samarqand
ahliga zebi- ziynatga o‘ralishini ular ustidan jabru sitamlarni ko‘tarib, soliq va
to‘lovlardan ozod qilishni, ularga omonlnk bisotini yozishni, aholidan katayu-
kichik, yuqori-quyi kishilarga fazlu ehson bilan muomala qilishni, o‘z erlarida
qilich yalang‘ochlamaslik, zulm va nohaqlik joriy qilmasliklari, hamda ularga o‘z
zebu-ziynatlari bilan Samarqand etagida joylashgan Konigil deb ataladigan joyga


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

174

chiqishlarini amr qildi. ....so‘ngra Temur podshohlar, sultonlar, toju taxtlar
egalari bo‘lgan ustunlarga boqqa chiqib, unda yoyilishlarini amr qildi[4]. Mirzo
Ulug‘bek Temuriylar sulolasidan etishib chiqqan, davlat arbobi va buyuk
dahodir. Mirzo Ulug‘bek ezgulik, insonparvarlik, adolat, sahiylik timsoli edi.
CHunki, aynan unga ushbu xususiyatlar Sohibqiron va ustozlarining ma’naviy
tarbiyasining mahsuli edi. Amir Temur ta’kidlashiga ko‘ra: ... saltanatga
da’vogarlik qilgan har bir kishi saltanat sha’ni-martabasiga loyiq ish tutishi va
unga muvofiq bo‘lishi zarur. Uzoqni ko‘rolmagan hukmdor yaqinlari balolariga
giriftor bo‘ladi. Ammo yaqinni ko‘rib ish tutgan hukmdor ham xato qiladi. Amir
Temur nabirasiga har doim toleingda bitilgan bo‘lsa hukmdor bo‘lursan, ammo
kim bo‘lmagin musulmon bo‘l, hech kimsaga haqsizlik qilma, sababsiz ranju ozor
etkazma, to‘g‘rilik to‘nini kiygin. Faqirlar va ojizlarga har qanday sharoitda
muruvvat ko‘rsat, - deb ta’lim-tarbiya bergan edi. Mirzo Ulug‘bek bobosining qo‘l
ostingdagilarning qalbiga faqat yaxshilik bilan joy top, aks holda quvvutsiz
qolursan va unutilarsan, degan yo‘l yo‘rig‘ini yoshlik chog‘idan botinan va ruhan
o‘zlashtirib, butun hayoti davomida ularga qat’iy amal qilgan. Demak, Mirzo
Ulug‘bekning ijtimoiy-siyosiy faoliyati va alloma bo‘lib shakllanishida ushbu
o‘gitlar muhim ahamiyat kasb etgan. Mirzo Ulug‘bek hokimlik qilgan davrda,
mamlakat tashqi va ichki mudofaasini mustahkamladi, oqilona siyosat
yurgizganligi sababli, mamlakatda qirq yil hukumronlik qildi. Mirzo
Ulug‘bekning hayoti va faoliyati davomida qilgan islohotlarini quyidagi mezonlar
bo‘yicha ko‘rib chiqamiz. Jumladan, jamiyat rivojlanishini hamma davrda ham
ta’lim-tarbiya belgilab bergan, demak hukumdor va alloma dastlab e’tiborni
ta’limga qaratgan. Mirzo Ulug‘bek yoshligidanoq temuriylar saroyning siyosiy
muhitida, olimlar, shoirlar ta’sirida ta’lim va tarbiyasida o‘sdi va ulg‘aydi.

Mirzo Ulug‘bek yoshligidan o‘z davrining yirik olimlari bo‘lgan Mavlono

Ahmad, Qozizoda Rumiylardan saboq oladi. Mirzo Ulug‘bek ustozlaridan,
ayniqsa astronomiya, matematika, geometriya, geografiyaga oid bilimlarni
chuqur egallaydi. Oqibatda, yigirma yoshlarida o‘z davrining yirik olimlaridan
biri bo‘lib etishadi. Mirzo Ulug‘bek hukumronligi davrida Samarqand, G‘ijduvon,
Buxoro shaharlarida turli ilm o‘choqlari, jumladan, ko‘plab madrasalar,
masjidlar bunyod etilib, ilm-fan rivojlanishiga katta e’tibor qaratildi. Mirzo
Ulug‘bek yirik madrasalar bilan bir qatorda, Samarqandda o‘z davrining
mashhur rasadxonasini [1-336] bunyod ettirib, o‘zining falakiyot akademiyasini
yaratdi. U o‘zining bu maktabiga o‘z zamonasining eng buyuk olimlarini jalb
qilib, ularga o‘zi boshchilik qilgan holda, ilmiy tadqiqotlar olib boradi.
Anglashimizga ko‘ra, Mirzo Ulug‘bek butun iqtidorini, salohiyatini siyosiy


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

175

faoliyatdan ko‘ra, ilmiy tadqiqotlarga ko‘proq qaratdi. Ushbu nazariy, amaliy
tadqiqotlarning natijasi sifatida, akademiya olimlari hamkorligida, o‘z davrining
mashhur asari “Ziji jadidi Ko‘rogoniy” asari yozib tugatildi. Demak,

Mirzo

Ulug‘bekning eng yirik ijtimoiy islohotlaridan biri ta’lim va ilm-fan rivojiga
qaratilgan siyosatidir. Zamonaviy ta’lim tizimi bilan qiyoslaganda, Mirzo
Ulug‘bek joriy etgan ta’lim usullar hozirgi akademik standartlarga yaqin bo‘lgan.
Masalan, uning madrasadagi ta’lim metodlari Evropadagi o‘rta asr universitetlari
bilan o‘xshashlikka ega edi. Bundan tashqari, uning rasadxonasidagi ilmiy
yutuqlar Kopernik va Tixo Brage kabi olimlar tomonidan ilmiy manba sifatida
ishlatilgan. Mirzo Ulug‘bekning ijtimoiy tenglik va manaviy-ma’rifiy
taraqqiyotiga oid islohotlari orasida jamiyatning barcha qatlamlarini ta’lim va
ilm-fanga jalb etishga qaratilgan choralar muhim o‘rin tutgan. U ilm olishda
insonlarning ijtimoiy maqomiga emas, qobiliyatlariga ko‘proq e’tibor bergan. Bu
esa ijtimoiy tenglik va ma’rifat taraqqiyotiga yo‘l ochgan. Hozirgi davrda jahonda
tenglik, inklyuziv ta’lim va ijtimoiy adolat tamoyillari demokratik jamiyatlar
uchun asosiy tamoyillardan biri bo‘lib qolmoqda. Mirzo Ulug‘bekning bu
boradagi yutuqlari hozirgi ijtimoiy islohotlar uchun ham namuna bo‘lishi
mumkin. Bizga ma’lumki, har qanday davlatning rivojlanishini belgilab beruvchi
omillardan biri mamlakatda o‘tkazilgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga bog‘liq.
Demak, biz temuriyzoda Mirzo Ulug‘bekning mamlakat ijtimoiy hayotini
yaxshilash uchun bir qator islohatlarini amalga oshirgan. Amir Temur va uning
vorislari davrida mamlakatda davlat, jamiyat va shaxs manfaatlari
uyg‘unlashtirildi. Buning natijasida jamiyat taraqqiyoti ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy
va ma’naviy barkamollikka erishildi. SHu jihatdan Amir Temur va temuriylar
barpo etgan ijtimoiy davlat nomi butun jahonda mashhurlikka erishdi. Demak,
Mirzo Ulug‘bekning jamiyatda adolatni qaror toptirishga qaratilgan g‘oyalari,
bugungi dunyodagi tenglik, inson huquqi, erkinligi kabi mezonlarga mos tushadi.
Mirzo Ulug‘bekning iqtisodiy islohotlari ham ijtimoiy taraqqiyotga ta’sir qilgan.
U xalq farovonligini o‘ylab, dehqonchilikka, savdo yo‘llarini tiklashga, bozorlarni
rivojlantirish va hunarmandchilikni qo‘llab-quvvatlashga e’tibor qaratgan. Bu
chora-tadbirlar xalq farovonligini oshirishga xizmat qilgan. Jumladan, Mirzo
Ulug‘bek “otliq qo‘shin o‘tish chog‘ida dehqonlarning erlarini toptash va
ekinlarini yakson bo‘lishidan va raiyatni talon-tarojdan saqlash uchun qator
choralar ko‘rdi[5-70]. Bundan ko‘rinadiki, Mirzo Ulug‘bek hukumronligi davrida
xalq manfaati har narsadan ustun turgan. Mamlakatda irrigatsiya ishlari ayniqsa
rivoj topib, dashtlarga suv chiqarilib, yangi erlar o‘zlashtirildi va bu ishlar doimo
hukumdor tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

176

Mirzo Ulug‘bek davrida dehqonlar bir-ikki yil davomida soliq va

to‘lovlardan ozod etildi. SHuningdek, Buxoro vohasidagi Somonjuq dashtiga suv
chiqarilib, yang erlar o‘zlashtiriladi[6-117]. Mirzo Ulug‘bek mamlakat rivoji
uchun Samarqand va Buxoroda, Xorazmda, Hirotda[3-270] kumush tangalar
zarb qilgan va tangalarida Amir Temur davlatining tamg‘asi aks etgan. Ta’kidlash
kerakki, tanga pullarda: “Hazrat Temur Ko‘ragon himmatidan Ulug‘bek Ko‘ragon
himmatidan Ulug‘bek Ko‘ragon so‘zim” – deya qayd etilgan. CHunonchi, Mirzo
Ulug‘bekdan boshqa bironta temuriylar Amir Temur va o‘z nomini qo‘shib tanga
zarb qilmagan. Anglashimizga ko‘ra, pul ilohoti mamlakatda savdoni tartibga
solgan bo‘lsa, masalaning boshqa tomonidan tobe hududlarni itoatda tutib,
markazga bo‘ysundirishning qulay vositasi ham bo‘lgan. SHuningdek, Mirzo
Ulug‘bek mamlakatda savdo-sotiq ishlarini rivojlantirish va tartibga solish mis
pullarni zarb qildirgan va tangalarni old tomonidagi besh burchak shaklida
tasvirlangan yulduzcha o‘rtasiga “zarb Samarqand adliya” - deb yozdirgan bo‘lsa,
orqa tomoniga esa bu pullarning zarb qilingan yili arabcha so‘zlar bilan
yozilgan[8-65]. CHunki ushbu pullar xalqaro savdoda ham keng ishlatilgan.
Mirzo Ulug‘bekning iqtisodiy siyosati, ya’ni dehqonlarni, tadbirkorlarni, ishlab
chiqaruvchilarni qo‘llab quvvatlashga qaratilagan islohotlari Temuriylar
davlatini rivojiga yordam bergan, bu yondashuvlar hozirgi davrda
o‘tkazilayotgan islohotlarga aynan mos tushadi. Xulosa shuni qayd etish
mumkinki, Mirzo Ulug‘bek nafaqat ilm-fan va madaniyat sohasini rivojlantirish
bilan bir qatorda ijtimoiy-iqtisodiy hayotni yaxshilashga ham alohida e’tibor
qaratdi. CHunki, adolatli hukmdor sifatida Mirzo Ulug‘bek, mamlakat qudrati
faqat harbiy yurishlar, g‘alabalardan iborat emasligini tushungan holda,
mamlakat aholisining ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi barqarorligi muhimligini juda
yaxshi anglardi va o‘z boshqaruvida ushbu strategiyani amalda qo‘llashga
harakat qildi. Anglashimizga ko‘ra, birgina Mirzo Ulug‘bekning soliq siyosati yoki
pul islohoti ichki va tashqi savdo munosabatlarini tartibga solib, mamlkatning
yanada rivojlanishiga, xalqning farovon yashashiga zamin yaratdi. Bu o‘z
navbatida ham iqtisodiy jihatdan ham ijtimoiy jihatdan mamlakat hayotini
barqarorlashtirdi.

Mirzo Ulug‘bekning ijtimoiy islohotlari nafaqat o‘z davrida, balki

zamonaviy jamiyat uchun ham dolzarb ahamiyat kasb etadi. Ijtimoiy hayot,
adolat, tenglik, iqtisod, ta’lim sohalaridagi islohotlari bugungi kundagi
muammolarni hal qilish uchun qimmatli saboqlar beradi. Bugungi kunda
mutafakkirning ma’naviy merosini chuqur o‘rganish va qadrlash muhim


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

177

ahamiyat kasb etadi, chunki uning ilmga asoslangan jamiyat qurish g‘oyasi
hozirgi kunda ham dolzarbligini yo‘qotmaganligi ayni haqiqat hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati (References):

1.

Абу Тоҳирхожа Самарқандий. Самария. - Тошкент: Камалак, 1991.-

336 Б
2.

Бартольд В.В. Хафиз-и Абру и его сочинения. // Бартольд В.В.

Сочинения. Т. VIII – М.: Наука, 1973. Ибн Арабшоҳ. Ажоиб ал-мақдур фи
тарихи Тамур (Темур тарихида тақдир ажойиботлари). Сўз боши, араб
тилидан таржима ва изоҳларни У. Уватов тайёрлаган. Тошкент: Меҳнат,
1992. 1-китоб, 326-бет.
3.

Давидович Е.А. История денежного обрашения средневековой

Средней Азии. – Москва, 1983 г. – С.270.
4.

Ибн Арабшоҳ. Ажоиб ал-мақдур фи тарихи Тамур (Темур тарихида

тақдир ажойиботлари). Сўз боши, араб тилидан таржима ва изоҳларни У.
Уватов тайёрлаган. Тошкент: Меҳнат, 1992. 1-китоб, 326-бет.
5.

Мавлонов Ў., Холиқулов А., Усаров У. Ўзбекистонда ер-сув

муносабатлари тарихидан. – Тошкент: ТУРОН ИҚБОЛ, 2018. – Б.70.
6.

Мухаммаджонов А. Қуйи Зарафшон водийсининг суғорилиш тарихи

(Қадимги даврдан то ХХ аср бошларигача). – Тошкент: Фан, 1972. – Б.117.
7.

Темур тарихида тақдир ажойиботлари // Араб тилидан тарж. ва

изоҳларни, сўзбошини У.Уватов тайёрлаган. Масъул муҳаррир А.Ўринбоев.
– Т.: Меҳнат, 1992. 562 б.
8.

Тўхтиев И. Амир Темур ва Темурийларнинг молия –пул сиёсати. –

Тошкент: Ўзбекистон, 2006. – Б. 65
9.

Шарафуддин Али Яздий. Зафарнома. Сўз боши, табдил, изоҳлар ва

кўрсаткичлар муаллифлари Ашраф Аҳмад, Ҳайдарбек Бобобеков. - Т., 1997.

Библиографические ссылки

Абу Тоҳирхожа Самарқандий. Самария. - Тошкент: Камалак, 1991.- 336 Б

Бартольд В.В. Хафиз-и Абру и его сочинения. // Бартольд В.В. Сочинения. Т. VIII – М.: Наука, 1973. Ибн Арабшоҳ. Ажоиб ал-мақдур фи тарихи Тамур (Темур тарихида тақдир ажойиботлари). Сўз боши, араб тилидан таржима ва изоҳларни У. Уватов тайёрлаган. Тошкент: Меҳнат, 1992. 1-китоб, 326-бет.

Давидович Е.А. История денежного обрашения средневековой Средней Азии. – Москва, 1983 г. – С.270.

Ибн Арабшоҳ. Ажоиб ал-мақдур фи тарихи Тамур (Темур тарихида тақдир ажойиботлари). Сўз боши, араб тилидан таржима ва изоҳларни У. Уватов тайёрлаган. Тошкент: Меҳнат, 1992. 1-китоб, 326-бет.

Мавлонов Ў., Холиқулов А., Усаров У. Ўзбекистонда ер-сув муносабатлари тарихидан. – Тошкент: ТУРОН ИҚБОЛ, 2018. – Б.70.

Мухаммаджонов А. Қуйи Зарафшон водийсининг суғорилиш тарихи (Қадимги даврдан то ХХ аср бошларигача). – Тошкент: Фан, 1972. – Б.117.

Темур тарихида тақдир ажойиботлари // Араб тилидан тарж. ва изоҳларни, сўзбошини У.Уватов тайёрлаган. Масъул муҳаррир А.Ўринбоев. – Т.: Меҳнат, 1992. 562 б.

Тўхтиев И. Амир Темур ва Темурийларнинг молия –пул сиёсати. – Тошкент: Ўзбекистон, 2006. – Б. 65

Шарафуддин Али Яздий. Зафарнома. Сўз боши, табдил, изоҳлар ва кўрсаткичлар муаллифлари Ашраф Аҳмад, Ҳайдарбек Бобобеков. - Т., 1997.