Авторы

  • O.SH. Hamrayev
    Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.65883

Аннотация

Yer shari xaritasiga nazar tashlab, unga ilmiy yondashadigan bo‘lsak, uzoq mulohazaga, chuqur o‘yga toldiruvchi bir holatga tushish mumkin. Bugungi kunda mis metalini ishlab chiqarayotgan yirik mamlakatlami xaritada bir-biri bilan tutashtirib chiqsangiz, ulardagi o‘xshashlik, qandaydir sirli mutanosiblik borligiga, ayniqsa, kimyoviy tarkibining o‘xshashligiga hayron qolasiz. “Misli belbog*” zonasini hosil qilgan bu mamlakatlar haqida chuqur mulohaza yuritiladi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

21

MIS KONLARNI TUZLISHI VA DUNYO DAVLATLARDAGI MIS

KONLARNI HOSIL BO’LISH TARIX

O.SH.Hamrayev

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14874428

Yer shari xaritasiga nazar tashlab, unga ilmiy yondashadigan bo‘lsak, uzoq

mulohazaga, chuqur o‘yga toldiruvchi bir holatga tushish mumkin. Bugungi
kunda mis metalini ishlab chiqarayotgan yirik mamlakatlami xaritada bir-biri
bilan tutashtirib chiqsangiz, ulardagi o‘xshashlik, qandaydir sirli mutanosiblik
borligiga, ayniqsa, kimyoviy tarkibining o‘xshashligiga hayron qolasiz. “Misli
belbog*” zonasini hosil qilgan bu mamlakatlar haqida chuqur mulohaza
yuritiladi. Biroq hozirgi paytda dunyoda eng rivojlanib kelayotgan, xomashyo
manbasidan mis ishlab chiqarish bo‘yicha oldingi o‘rinlami egallab turgan
mamlakatlar qatoriga Chili, AQSH, Yaponiya, Rossiya, Xitoy, Belgiya va “Misli
belbog1” nuqtalarida joylashgan Afrika qit’asi, Kanada va Qozog‘iston
Respublikasini qo‘shsak, hech ham mubolag‘a bo‘lmaydi. Bular orasida Yaponiya
va Belgiya mamlakatlarini hisobga olmaganda, boshqa barcha mamlakatlar o‘z
yurtlaridagi mis ashyosi manbaidan tashqari, chetdan xomashyo olib kelib, qayta
ishlash hisobiga o‘z korxonalari unumdorligini oshirmoqdalar. Rivojlangan
mamlakatlarda 60% gacha olingan mis aynan ikkilamchi misli ashyolar, ya’ni
chetdan keltirilgan ashyolar hisobiga to*g‘ri keladi. Shvetsiya va Finlandiyani
e’tiborga olmaganda, qolgan barcha G‘arbiy Yevropa zavodlari, asosan,
tashqaridan keltirilgan ashyolami qayta ishlashga mo‘ljallangan. Bu diyorlarda,
asosan, mis, oltingugurt birikmasi, ya’ni sulfidli mis ashyosi qayta ishlanayotgan
bo‘lsa~da, lekin awal ta’kidlab o‘tiIgan “Misli belbog*” nuqtalari atrofidagi
mamlakatlar va AQSHda oksidli mis ashyolarini gidrometallurgiya usuli bilan
qayta ishlash natijasida ham qo‘shimcha mis metali olinmoqda. Dunyoda sulfidli
rudalami deyarli bir xil usul bilan qayta ishlash yo‘lga qo‘yilgan, ya’ni

Ruda—>MaydaIash—>Boyitish—»Eritish—>Mis olish
Umumiy o'xshash texnologiya hisoblangan deyarli bir xilli pirometallurgiya

usuli unchalik qimmatga tushmasa-da, asosiy sarfxarajatlar rudani fabrikaga
keltirish, maydalash va uni keng qoMlanib kelinayotgan flotatsiya yo‘li bilan
boyitishga ketadi. Boyitish natijasida olingan mis boyitmasi tarkibida mis 10%
dan 50% gacha bo‘ladi, gohida polimetall shteyn yoki mis-nikelli
faynshteynlardan misni nikeldan ajratib olishga to‘g‘ri keladi, buning natijasida
olingan mahsulot tarkibidagi mis 60-70% gacha bo‘lishi mumkin. Dunyo
bo‘yicha yiliga umumiy 18 mln. t. (2008-yil hisobida) mis ishlab


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

22

chiqarilayotganligi e’tiborga olinsa, tekshirilib o‘rganilgan va hozircha zaxira
konlarimiz kamida yana 20-30 yil zavod va fabrikalarning beto‘xtov ishlashini
ta’minlashi mumkin. Texnogen va konditsion bo‘lmagan rudalar misli
ashyolarini ham zaxiralar hisobiga qo‘shsak, hali ko‘p o*rganilmagan, biroq
tarkibidagi rangli metallar miqdorining me’yordan yuqoriligi bilan farq qilib
turgan yuzlab konlar mavjudligi e’tiborga olinsa, XXI asrda davlatlar o‘z
korxonalarini ashyo bilan to‘liq ta’minlay oladilar. Dunyodagi mis konlari bor
mamlakatlaming geografik joylashishi va ulaming mutanosibligi masalasida hali
hech bir olim bosh qotirib ko‘rgani yoki bu haqda biror fikr bildirgani yo‘q.
Shuning uchun ham kitob muaUiflarining bu haqda o‘z qarashi va g‘oyalari
mavjud. Misli va mis-nikelli rudalar xaritada o‘zgacha yoy hosil qiladi. Birinchi
yoy Taymir yarim orolidan (Norilsk kombinati, Rossiya) tortib, Kolsk yarim oroli
orqali Skandinaviyaga, yoyning qolgan qismi esa Kanada orqali o‘tadi. Bu
konlarda yuqori sulfidlar kam miqdorda bo‘lib, temir asosan pirrotin, mis esa
bomit holida joylashgan. Ikkinchi yoy Yugoslaviya o‘lkasidan, ya’ni Bolqon yarim
orolidan o‘tib, Turkiya, Eron, Afg‘oniston, 0 ‘zbekiston va Qozog‘iston, so‘ng Ural
(Rossiya) tog'larida tugaydi. Bu yerlarda, asosan, mis xalkopirit holida, temir esa
pint holida uchraydi. Biroq Jezqozg‘on (Qozog‘iston) konlarida rudalaming
kimyoviy tarkibi biroz farqli bo‘Isa, ayrim Ural tog‘laridagi va Shimoliy
Qozog‘iston konlaridagi misli rudalar tarkibida doimo rux elementi uchrab
turadi. Aynan shu yoyga Kavkaz (Armaniston, Rossiya) adirlaridagi konlami
kiritish mumkin. Uchinchi yoy Amerika mintaqasida - shimoldan janubga Tinch
okeanining sharqiy qirg'oqlari bo‘ylab Kanada orqali AQSH, Meksika, Peru va
Chili orqali o‘tadi.

Respublikamizda va MDH, Yevroosiyo hamjamiyati mamlakatlarida ko‘proq

ochiq usul bilan tarkibidagi mis 0,35-0,5% dan kam boimagan rudalar sanoatda
ishlatilmoqda. Har qanday ruda, asosan, tog* jinslari hamda ma’danlardan
tashkil topgan. Minerallar o*z o‘mida rudali, ya’ni tarkibida ajratib olishga
moyilligi bor rangli metallar hamda nokerak tog* jinslaridan iborat bo‘ladi.
Nokerak tog* jinslari, asosan, tarkibida kam miqdorda rangli hamda nokerak
metallardan iborat boiib, ko‘proq silikatli, karbonatli, kvarsli va aluminosilikatli
ma’danlardan tashkil topgan boiib, ba’zan ushbu ma’danlar tarkibida temir
oksidi ham bo‘ladi. Rudalaming tarkibi, asosan, kimyoviy va fizikaviy usullarga
asoslangan tahlillar bilan aniqlanadi. Ko‘p hollarda, yuqorida qayd etilgan
tahlillar kutilgan natijani bermasligi mumkin, ya’ni rudaning kimyoviy tarkibini
bilsak-da, metalning qanday minerallar, birikmalar tarkibida mujassamligini
yoki ajratib olish kerak boigan metalning fazali tarkibini bilish alohida ahamiyat


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

23

kasb etadi. Xomashyo yoki ruda tarkibidagi minerallar hamda birikmalami va
fazaviy tarkibini aniq bilishimiz esa metallurgiya jarayonini to‘g‘ri tanlashimizga
va qaysi usul bilan uni qayta ishlab, eritib, iqtisodiy samara bera oladigan
texnologiyani qo‘llashimizga imkon yaratadi. Shuningdek, metallurgik hisob
uning ratsional tarkibini hisoblash, ashyolar tengligini keltirib chiqarishda,
rudaning fazali hamda mineralli tarkibini bilgan holdagina amalga oshiriladi.
Mineral tarkibining xilma-xilligiga qarab, rangli metalli rudalar to‘rt xil turga
bo‘linadi: 1. Sulfidli rudalar, ya’ni metall, asosan, oltingugurt bilan birikkan holda
bo‘ladi. 2. Oksidlangan rudalar, ya’ni unda tarkibidagi metallar kislorod bilan
birikkan holda, oksidli, gidrooksidli, karbonatli holda bo‘ladi. 3. Aralash holdagi
rudalar. Bunda metall ham oksid, ham sulfid holida uchrashi mumkin. 4. Tug‘ma
metall, ya’ni sof holdagi metalli rudalar. Bunda metall, asosan, erkin holatda
joylashgan bo'ladi. Yer qobig‘idagi birikmalarda metallar juda kam
joylashganligiga qaramay, hozirgi kunda ulami qazib olib, boyitib, qayta ishlab,
sanoatda iqtisodiy samara bera oladigan usullar bilan sof metall holida kerakli
miqdorda olinmoqda. Biz ko‘rib chiqayotgan mis metali ham yer qobig‘ida
0,01% nigina tashkil etadi, xolos. Joylashish xususiyati bo‘yicha yuqorida
ta’kidlab o‘tilgan to‘rtta turi ham tabiatda uchrab turadi. Shuningdek, mis
metalining ikki yuz ellikdan ortiq minerallari bo'lib, ulardan ba’zi birlari juda
kam uchraydi. Asosan, sanoatda misning oltingugurt va kislorod bilan birikkan
minerallari ko‘p uchraganligi tufayli mis ishlab chiqarishda har ikkala xili ham
keng ishlatiladi. Sulfidli va kislorodli minerallaming tabiatda keng ko‘lamda
uchrab turadiganlarining nomlari hamda misning ular tarkibidagi foiz
ko'rsatkichi 2 .1-jadvalda keltirilgan. MDH, Yevroosiyo hamjamiyati
mamlakatlarida hamda 0 ‘zbekistonda ko‘proq sulfidli rudalar sanoatda
ishlatilsa, chet ellarda oksidli hamda aralash rudalar ham qazib olinmoqda.
Respublikamizda, asosan, sulfidli rudalar qazib olinayotganligi uchun aynan shu
rudalar haqida batafsilroq ma’lumot beriladi. Sulfidli rudalar o‘z o‘mida, yalpi
(sploshniye) va tarqoq (vkraplenniye) turlarga bo‘linadi. Yalpi rudalar o‘z nomi
bilan ma’lumki, asosan, sulfidli birikmalardan iborat bo‘lib, nokerak tog* jinslari
va boshqa bo‘sh tog* jinslari bor-yo‘g‘i 14-20% nigina tashkil qiladi, xolos.

Yerosti suvining neft, gaz va boshqa kimyoviy moddalar harakati ular

molekulalarining doimiy yer shari (qattiq massa) qatlami bilan alohida bo‘lishi
ham yer yadrosi tomonga, hatto 100 km dan ortiq masofada silikat qatlami
(asosan Si0 2 )ni tashkil etsada, metallar tarkibi ortib boradi. Mis yer qobig‘ida
nihoyatda kam joylashgan, yaxlit 0,01 % ga teng. Biroq mis ayrim, hatto kamyob,
nodir metallarga nisbatan ham kam bo‘lishiga qaramay (masalan, stronsiy,


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

24

sirkoniy, berilliy va boshqa siyrak kamyob metallar), xalq xo*jaIigida ko‘p
ishlatiladi. Ayrim konlarda mis 3-5% gacha bo'ladi, biroq qazib olib uni qayta
ishlash, hatto mis tarkibi 0,35-0,4 % atrofida bo‘lsa ham, iqtisodiy samara beradi
va u qazib olinib, so‘ng albatta boyitiladi. X-XII asrlarda dunyoda yiliga 50-70 t
mis eritib olingan bo‘lsa, 1800-yilga kelib, bu ko‘rsatkich yiliga 12-15 ming
tonnani tashkil etdi. Oradan 100 yil o‘tgach (1900), dunyoda mis eritib olish 500
ming tonnaga yetgan bo‘lsa, 1981-yiIga kelib esa yiliga 7 mln. tonna toza mis
eritib olingan. XXI asr boshlarida bu ko‘rsatkich 17 mln. tonnani tashkil qilib
turibdi. 5 ta mamlakat dunyodagi jami misning 70% dan ortig‘ini jahon bozoriga
yetkazib bermoqda, bular: Chili, AQSH, Yaponiya, Rossiya va Xitoy. Bu
mamlakatlar ichida Chili oxirgi 40 yil mobaynida olamshumul yutuqlarga erishib
kelmoqda. 1960-yilda bor-yo‘g‘i 200 tn. mis eritib olgan Chili 1970-yiIda ikki
barobar (400 tn), 1980-yilga kelib 800 t dan ortiq, 1990-yilga kelib esa 1 mln.t.
dan ortiq mis eritib oldi. XXI asr boshlarida Chili mamlakati dunyoda nafaqat mis
zaxiralari bo‘yicha, balki mis eritib olish bo‘yicha birinchi o‘ringa chiqib oldi va
hozirgi kunga kelib 3 mln. t. ga yaqin mis olmoqda. Asosan, chet el olimlari va
investorlari hisobiga Chili metallurgiyasi rivojlanib kelmoqda. Konlarning ochiq
usulda qazib olinishi, gidrometallurgiya jarayonining keng qo‘llanilishi chililik
metallurglarga qo‘l kelmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Санакулов К.С., Дабижа С.И., Атаханов А.С., Хасанов А.С. Перспективы
развития ОАО «Алмалыкский ГМК» // Вестник ТашГТУ. Ташкент, 2005.
№1. С. 31-40.
2. Хасанов А.С. 107 кимёвий элемент. Изохди лугат. Тошкент: Фан, 2007.185
б. 28. 3.Санакулов К.С., Хасанов А.С. Переработка шлаков медного
производства. Ташкент: Фан, 2007. - 256 с.
4. Лоскутов Ф.М., Цейдлер А.А. Расчёты по металлургии тяжёлых цветных
металлов. М., 1963. 30. Кривандин В.А. Металлургическая теплотехника. М.:
Металлургия, 1986.-591 с. 5. Якубов М.М. Теоретические и технологические
основы производства черновой меди. Ташкент: Фан, 2005. -127 с. 32.
6.Sigedin V.N., Aranovich V.L., Dovchenko В.А., Khasanov A.S. Progress in copper
melting at Almalyk mining and metallurgical integrated works // Allerton Press.
USA, 2006. P. 14-15.

Библиографические ссылки

Санакулов К.С., Дабижа С.И., Атаханов А.С., Хасанов А.С. Перспективы развития ОАО «Алмалыкский ГМК» // Вестник ТашГТУ. Ташкент, 2005. №1. С. 31-40.

Хасанов А.С. 107 кимёвий элемент. Изохди лугат. Тошкент: Фан, 2007.185 б. 28. 3.Санакулов К.С., Хасанов А.С. Переработка шлаков медного производства. Ташкент: Фан, 2007. - 256 с.

Лоскутов Ф.М., Цейдлер А.А. Расчёты по металлургии тяжёлых цветных металлов. М., 1963. 30. Кривандин В.А. Металлургическая теплотехника. М.: Металлургия, 1986.-591 с. 5. Якубов М.М. Теоретические и технологические основы производства черновой меди. Ташкент: Фан, 2005. -127 с. 32.

Sigedin V.N., Aranovich V.L., Dovchenko В.А., Khasanov A.S. Progress in copper melting at Almalyk mining and metallurgical integrated works // Allerton Press. USA, 2006. P. 14-15.