ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
130
O'ZBEKISTON TO'QIMACHILIK SANOATINING EKSPORT
SALOHIYATINI OSHIRISH MASALALARI
Otaxanova Umida Olim qizi
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti mustaqil izlanuvchisi
Alfraganus universiteti nodavlat oliy ta’lim tashkiloti,
“Moliya” kafedrasi o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14900249
Annotatsiya:
To'qimachilik sanoati O'zbekiston iqtisodiyotining muhim
tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan
to'qimachilik mahsulotlari nafaqat ichki bozorda, balki xalqaro bozorda ham o'z
o'rniga ega. Biroq, eksport salohiyatini yanada oshirish uchun bir qator muhim
yo'nalishlarni rivojlantirish zarur
.
Ushbu tadqiqotda O'zbekiston to'qimachilik
sanoatining eksport salohiyatini oshirish masalalari kompleks o'rganilgan.
Kalit so‘zlar:
to'qimachilik sanoati, eksport salohiyati, raqobatbardoshlik,
innovatsion rivojlanish, marketing strategiyasi, sanoat modernizatsiyasi, xalqaro
standartlar, brend yaratish, logistika infratuzilmasi, klaster yondashuv.
Bugungi kunda to'qimachilik sanoati mamlakatning barcha hududlarida
keng tarqalgan va eng ko'p ish o'rinlariga ega bo'lgan sohalardan biridir.
Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan to'qimachilik mahsulotlari nafaqat ichki
bozorda, balki xalqaro bozorda ham o'z o'rniga ega. Biroq, eksport salohiyatini
yanada oshirish uchun bir qator muhim yo'nalishlarni rivojlantirish zarur.
O'zbekiston to'qimachilik sanoati so'nggi yillarda jadal sur'atlar bilan
rivojlanmoqda. Bu tarmoqda: 7000 dan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda, 150
mingdan ortiq ishchi-xodimlar band, yillik ishlab chiqarish hajmi 2 mlrd
dollardan oshdi. Eksport geografiyasi 50 dan ortiq mamlakatlarni qamrab olgan
Biroq, eksport tarkibini tahlil qilish ma'lum kamchiliklarni ko'rsatadi.
Masalan,
1-jadval
Oʻzbekiston toʻqimachilik sanoatidagi muammolari
Muammolar
Texnologik
muammolar:
Marketing
muammolari:
Logistika muammolari:
Ishlab
chiqarish
uskunalarining
45%
ma'nan eskirgan
Brend strategiyasi zaif Transport
xarajatlari
yuqori
Zamonaviy
texnologiyalarni joriy
Xalqaro
sertifikatlar
yetarli emas
Logistika
markazlari
yetarli emas
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
131
etish sur'ati past
Energiya sarfi yuqori
Reklama
faoliyati
samaradorligi past
Eksport
hujjatlashtirish
jarayoni murakkab
Jadvalda keltirilgan kamchiliklarni bartaraf etishda quyidaki quyidagi
yechimlarni shaklantirdik:
Texnalogik rivojlantirish: Ishlab chiqarish uskunalarining 45% ma'nan
eskirgan. Bu muammo mahsulotning sifatiga ta’sir etadi. Zamonaviy
texnologiyalarni joriy etish esa bu kerakli strategiya hisoblanadi, chunki hozirgi
globallashuv jarayonida barcha soha shiddatli ravishda oldinlab ketmoqda,
yangi texnologiyalar orqali biz milliy mahsulotimizni turini ko‘paytirishga
erishamiz shu bilan birga, vaqtni tejab ko‘proq sifatli mahsulot yaratishga
erishiladi.
Marketing muammolarini bartaraf etish: mahalliy brendlarni rivojlantirish
uchun davlat miqyosida marketing va reklama dasturlarini amalga oshirish,
eksport mahsulotlarini xalqaro ko‘rgazmalar va savdo yarmarkalarida faol
targ‘ib qilish, xalqaro sifat sertifikatlarini olishni qo‘llab-quvvatlash va
sertifikatlashtirish jarayonlarini soddalashtirish, mahsulotlarni xalqaro bozorda
sotish uchun kuchli brend yaratish.
Logistika hamda infratuzilma: eksport logistikasini soddalashtirish uchun
bojxona tizimini takomillashtirish, ichki va tashqi transport infratuzilmasini
rivojlantirish, temir yo‘l va avtomobil yo‘llarini kengaytirish, xalqaro savdo
yo‘laklaridan (masalan, Xitoy-Yevropa yo‘nalishi) faol foydalanish.
Global standartlarga moslashish: korxonalarni xalqaro sifat va ekologik
standartlarga (ISO, GOTS kabi) moslashtirish uchun maxsus davlat dasturlarini
tashkil etish, sertifikatlashtirish xizmatlarini arzonlashtirish va bu jarayonni
davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, mahsulotlarning xalqaro bozorda tan
olinishi uchun “Made in Uzbekistan” brendi ostida sifat kafolatlarini joriy etish.
Xulosa qiladigan bo’lsak sohada mavjud bo‘lgan bir qator muammolar uning
samarali ishlashiga to‘siq bo‘lib turibdi. Bu muammolar orasida texnologik
modernizatsiyaning yetishmasligi, malakali kadrlar yetishmovchiligi, xomashyo
qayta ishlash darajasining pastligi va logistika muammolari eng muhimlaridan
sanaladi.
To‘qimachilik sanoatini rivojlantirish uchun bir qator tizimli choralar
ko‘rish zarur. Birinchidan, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va ishlab
chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish orqali sanoatning samaradorligini
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
132
oshirish mumkin. Texnologik modernizatsiya nafaqat mahsulot sifatini
yaxshilaydi,
balki
energiya
sarfini
kamaytiradi
va
chiqindilarni
minimallashtiradi. Bunda, davlat tomonidan innovatsion texnologiyalarni joriy
etishni qo‘llab-quvvatlovchi subsidiyalar va investitsiyalarni jalb qilish muhim
rol o‘ynaydi.
Umuman olganda, O‘zbekistonning to‘qimachilik sanoatini barqaror va
raqobatbardosh rivojlantirish uchun kompleks yondashuv va tizimli chora-
tadbirlar zarur. Texnologik, kadrlar va logistika sohalaridagi muammolarni hal
etish va eksportni rivojlantirish orqali, mamlakatning to‘qimachilik sanoati
nafaqat ichki bozorni ta’minlaydi, balki global bozorda o‘z o‘rnini
mustahkamlaydi. Ushbu yo‘nalishlarda amalga oshirilgan sa’y-harakatlar
O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishiga katta hissa qo‘shadi va uzoq muddatli
barqaror rivojlanishga olib keladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
2024-yil
1-maydagi
“To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirishni yangi bosqichga olib
chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Farmoni.
2.
Sh. Isohov “To’qimachilik kimyosi” darslik
3.
dev-portal.miit.uz- Invest O‘zbekiston rasmiy sayti ma’lumotlari.