ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
126
FOTIH DUMAN ASARLARIDA TASAVVUFIY QARASHLAR
Axmedjonova Nigina Sherzod qizi
Urganch RANCH texnologiya universiteti
O’zbek va xorijiy tillar kafedrasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14900236
Annotatsiya:
Ushbu tezisda Fotih Dumanning asarlari tahlili va uning
hayoti ijodiga e’tibor qaratilgan.Tadqiqotda tasavvufiy mavzudagi asarlar
o‘zining chuqur falsafiy mazmuni va tasavvufiy qarashlari bilan kitobxonga ta’sir
qiladi.Tasavvuf insonning ma’naviy kamoloti va ilohiy haqiqatni anglash yo‘lida
o‘ziga xos falsafiy yondashuvni ifodalaydi.
Kalit so’zlar:
tasavvuf, ilohiy sevgi, ma’naviy yuksalish, tasavvuf g‘oyalari,
zamonaviy adabiyot, ruhiy kamolot, dunyoviy va diniy uyg’unlik.
Fotih Duman zamonaviy turk adabiyotining taniqli vakillaridan biri bo‘lib,
uning asarlari tasavvufiy qarashlar bilan boyitilgan. Tasavvuf insonning
ma’naviy kamoloti va ilohiy haqiqatni anglash yo‘lida o‘ziga xos falsafiy
yondashuvni ifodalaydi.
Fotih Duman 1987 – yili Sivas viloyatining Sharqishla tumanida dunyoga
kelgan. 2010 – yili Dokuz Eylul universitetining iloxiyot fakultetini tamomlagan.
Keyinchalik Iordaniya davlat universitetida ham tahsil olgan. Uning ko‘plab
maqolalari gazeta va jurnallarda chop etilgan. Turkiyada tashkil etilgan
konferensiyalarda qatnashib, ko‘plab intervyular bergan yozuvchining milliy
radio (Moral FM) va televideniya kanallarida (24 TV) madaniyat mavzusidagi
dasturlari e’lon qilingan. Hozirgi kunda ham radio va televideniyada dasturlari
namoyish etilmoqda. Haftada ikki marta “Dirilish Postatasi” nomli gazetada
yozuvchining maqolalari e’lon qilinadi.Hozirda u Nesil nashriyotida bosh
muharrir lavozimida faoliyat yuritadi.
1
Fotih Dumanning ko‘p asarlarida nafs bilan kurash markaziy mavzulardan
biri hisoblanadi. Masalan, “Men.Bas qil, ey nafs!” asarida insonning ichki dunyosi,
ma’naviy kamolot yo‘li batafsil yoritiladi. Bu jihat tasavvufning asosiy
g‘oyalaridan biri bo‘lib, insonning o‘zini yengishi orqali Allohga yaqinlashishini
anglatadi.
Fotih Duman asarlarida ishq faqat dunyoviy tuyg‘u emas, balki ilohiy
sevgining ifodasi sifatida tasvirlanadi. ‘‘Sir. Oshiqlar o‘lmas” asarida ishqning
abadiyligi va insonni ilohiy haqiqatga yetaklash jarayoni ko‘rsatiladi.Bu
tasavvufiy tafakkurning asosiy tamoyillaridan bo‘lib, ishq orqali insonning qalbi
poklanib, haqiqiy ma’naviy yuksalishiga erishadi.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
127
Duman asarlarida borliqning birligi – “vahdatul vujud” g‘oyasi ham ko‘zga
tashlanadi. “Lol” va “Pir” asarlarida insonning o‘zini anglash, Allohni qalban his
qilish va dunyoni yagona haqiqat sifatida qabul qilish motivlari ko’rinadi.
Tasavvufiy falsafaga ko‘ra, borliqning barcha jihatlari Allohning tajallisi bo’lib,
inson bu haqiqatni anglash orqali haqiqatga yaqinlashadi. “Lol” asari tasavvufiy
mavzularni o‘zida mujassam etgan. Asar o‘quvchini nafs tarbiyasi, ruhiy
poklanish va ilohiy muhabbat kabi mavzular bilan tanishtiradi.
Asarda nafs bilan kurashish, ruhiy poklanish va ilohiy muhabbat kabi
mavzular yoritilgan.Muallif insonning ichki dunyosini ochib berishga intiladi va
kitobxonni o‘zini anglashga, nafsini tarbiyalashga undaydi.Asar o‘zining chuqur
falsafiy mazmuni va tasavvufiy qarashlari bilan kitobxonga ta’sir qiladi.
Muallifning uslubi va tasvirlari o‘quvchini o‘zini anglash va ruhiy kamolot sari
yo‘naltiradi.
Tasavvuf an’analarida murshid (ustoz) va murid (shogird) o‘rtasidagi
munosabat muhum o‘rin tutadi.”Pir” asarida bu mavzu batafsil yoritilib, murshid
yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi, murid esa haqiqatni izlovchi sifatida tasvirlanadi.Ushbu
asar tasavvufning ruhiy tarbiya tamoyillarini o‘zida aks ettirgan.
Fotih Dumanning “Lol” asarida “ Xalqqa foydasi tegmaydigan ilm – ziyondir”
degan jumla bor.
Bu fikr juda teran bir ma’noga ega. Ilm insoniyatga foyda keltirishi, jamiyat
rivojiga xizmat qilishi kerak.Agar ilm faqat shaxsiy manfaat yoki zarar yetkazish
uchun ishlatilsa, u ziyondan boshqa narsa emas.
Fotih Dumanning “Sir. Oshiqlar o‘lmas” kitobida shunday satrlar keltirilgan:
Bo‘sh qo‘l bilan ketilmas borar manzilga,
Quruq kelmadim, Robbim, gunoh keltirdim.
Ko‘tarolmas tog‘lar ham bu og‘ir yukni
Ortmoqlab yelkalarda, eyvox keltirdim…
2
Bu misralar chuqur ma’no va ilohiy ma’naviyatga boy bo‘lib, insonning
Alloh huzuridagi holatini ifodalaydi.She’rda insonning o‘z gunohlarini tan olib,
Alloh huzurida ojizligini anglash motivi yetakchilik qiladi.Shuningdek, inson o‘z
hayotiga nazar tashlab, qandaydir yaxshi amallar bilan emas, aksincha, gunohlar
bilan Alloh huzuriga borayotganidan afsusdaligi aks etgan.She’rning asosiy
g‘oyasi – inson o‘z nafsini tanqid qilishi va tavbaga chorlov. Unda ojizlik,
nadomat va Allohdan mag‘firat so‘rash kayfiyati hukmron. Bu misralar ilohiy
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
128
tasavvufiy ruhda yozilgan bo‘lib, insonni o‘z gunohlarini tan olishga va Allohdan
kechirim so‘rashga undaydi.
O‘zbek adabiyotidagi turkiy xalqlarning buyuk shoiri Yassaviy, Xo‘ja Ahmad
Yassaviy – tasavvufning mashhur namoyandalaridan biri, turkiy xalqlarning
buyuk shoiri. Otasi Shayx Ibrohim javonmardlik tariqatiga mansub nufuzli
zotlardan bo‘lgan.Yassaviy chig‘atoy tilida ijod qilgan. Yassaviy forsiyda
yaratilgan tasavvufiy adabiyot bilan tanishadi.Alisher Navoiy Yassaviy to‘g‘risida
“Maqomoti oliy va mashhur, karomati matavoliy va nomahsur ermish.
Murid va ashob g‘oyatsiz va shoh-u gado aning irodat va ixlosi ostonasida
nihoyatsiz ermish”, - deydi. Bu fikr Yassaviyning Yassiga qaytib kelib, yangi bir
tariqatga asos slogan murshid sifatida shuhrat topgan davrlariga tegishlidir.
Yassaviy turkiy xalqlarni islomga yanada kengroq jalb qilish va tasavvuf
g‘oyalarini omma ko‘ngliga chuqur singdirish maqsadida she’riyatdan ham
foydalangan.Uning “Devoni hikmat” she’riy majmuasida shunday satrlar
keltirilgan:
Qiyomatni shiddatidin aqlim hayron
Ko‘nglum qo‘rqg‘an, jonim xurgon, xonavayron,
Sirot otlig‘ ko‘frugidin dilim larzon,
Aqlim ketib behush bo‘lib qoldim do‘stlar.
Qul Xoja Ahmad qirqqa kirding, nafsingni qirq,
Munda yig‘lab, oxiratda bo‘lgil ariq,
Po‘sti imon, shariatdur mag‘zi tariq,
Tariq kirgan Haqdin ulush oldi, do‘stlar.
3
Bu birinchi baytda qiyomat kuni haqidagi tasvir bilan to‘lgan bo‘lib, unda
shoirning qo‘rquv va hayrat hislari aks etadi.”Shiddat” so‘zi qattiq zarba va
vahimali holatni bildiradi.Bu dahshat oldida aql hayratda qolishi, anglab yetish
qiyinligi ta’kidlanadi.Ikkinchi baytida shoirning yuragi qo‘rqib ketgan, jon esa
titroq ichida (“xurgon”- larzaga tushgan).”Xonavayron” – ichki dunyo vayron,
osuda hayot barham topgan degan ma’noda kelgan. Bu misra insonning qiyomat
daxshati oldidagi ojizligini tasvirlaydi.Uchinchi misra qiyomat kunidagi “sirot
ko‘prigi” ni eslatadi. Sirot – Jannat va do‘zax orasidagi o‘ta ingichka va o‘tkir
ko‘prik bo‘lib, undan faqat solih insonlar o‘ta oladi. To‘rtinchi misrada shoir
qiyomat manzarasi oldida hushidan ketgudek, butkul dahshatga tushgan.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
129
“Do‘stlar” so‘zi bilan u o‘z hissiyotini tinglovchilar bilan baham ko‘rmoqchi, ya’ni
u yolg‘iz emas, barchaga taalluqli qo‘rquvni ifoda etmoqda.
Shoir dahshat va qo‘rquvni kuchli poetik vositalar bilan yetkazib, qiyomat
kunining haqiqatini yurak bilan his qilishga undaydi. Bu uslub tasavvufiy
she’riyatda keng qo‘llanilgan bo‘lib, odatda insonning o‘tkinchi hayoti va abadiy
hayot haqidagi mulohazalari bilan bog‘liq bo‘ladi.
Ahmad Yassaviy va Fotih Duman asarlari tasavvufga asoslangan. Ahmad
Yassaviyning asarlaridagi asosiy g‘oya Allohga muhabbat, zohidlik bo‘lgan bo‘lsa,
Fotih Duman asarlarida ham Allohga muhabbat va zamonaviy tafakkur, tanqidiy
yondashuv ilgari surilgan. Uslub Ahmad Yassaviyda hikmat va she’riyat bo‘lsa,
Fotih Duman asarlarida ilmiy-falsafiy yondashuvlar mavjud. Maqsad ikkalasida
ham ruhiy kamolot, dunyoviy va diniy uyg‘unlikni topishdan iboratdir.
Xulosa.
Fotih Duman asarlari zamonaviy adabiyotda tasavvufiy ruhni saqlab
qolgan holda, insonning ichki dunyosiga chuqur nazar tashlash imkonini beradi.
Asarlarida tasavvufiy qarashlar chuqur falsafiy tahlil va badiiy ifoda bilan
boyitilgan. U o‘z ijodida ilohiy ishq, ruhiy kamolot va ma’naviy yuksalish kabi
mavzularni badiiy mahorat bilan yoritgan. Natijada, uning asarlari kitobxonlarni
nafaqat estetik zavq bilan ta’minlaydi, balki ularni falsafiy mushohadaga ham
undaydi
.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Ahmad Yassaviyning “Devoni hikmat”.Toshkent: G’afur G’ulom nomidagi
Nashriyot – matbaa birlashmasi.1992
2.
Fotih Duman “Lol.Har shaharning o’z egasi bor”. Toshkent: Nasim kutub
nashriyoti.2023