Авторы

  • Nasiba Maxmudova
    Navoiy davlat Universiteti, Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.69519

Ключевые слова:

Maktabgacha yoshdagi bola tabiiy-tashlandiq materiallar metodika ta’limiy hamda didaktik o‘yinlar ekologiya tabiat.

Аннотация

Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tabiiy tashlandiq materiallardan foydalanish orqali bolalarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish va o‘quv jarayonlarini qiziqarli qilish usullari yoritilgan. Tadqiqot davomida ekologik toza va iqtisodiy samaradorlikni ta’minlovchi texnologiyalar asosida ta’limiy o‘yinlarni yaratish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan. Maqolada turli materiallardan foydalanish orqali ta’limiy hamda didaktik o‘yinlarni loyihalash bosqichlari, ularning pedagogik ahamiyati va amaliy natijalari ko‘rib chiqiladi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

22

BOLALARDA TA’LIMIY O‘YINLAR ORQALI

EKOLOGIK TARBIYANI SHAKLLANTIRISH METODIKASI

Maxmudova Nasiba Nurmuxammetovna

Navoiy davlat Universiteti, Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi

2-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14949965

Annotatsiya.

Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tabiiy

tashlandiq materiallardan foydalanish orqali bolalarning ijodiy fikrlash
qobiliyatlarini rivojlantirish va o‘quv jarayonlarini qiziqarli qilish usullari
yoritilgan. Tadqiqot davomida ekologik toza va iqtisodiy samaradorlikni
ta’minlovchi texnologiyalar asosida ta’limiy o‘yinlarni yaratish bo‘yicha metodik
tavsiyalar ishlab chiqilgan. Maqolada turli materiallardan foydalanish orqali
ta’limiy hamda didaktik o‘yinlarni loyihalash bosqichlari, ularning pedagogik
ahamiyati va amaliy natijalari ko‘rib chiqiladi.

Аннотация.

В данной статье описаны способы развития творческого

мышления детей и интереса к образовательному процессу с помощью
использования природных отходов в дошкольных образовательных
организациях. В ходе исследования были разработаны методические
рекомендации по созданию обучающих игр на основе экологически
чистых

и

экономически

эффективных

технологий.

В

статье

рассматриваются этапы проектирования учебно-дидактических игр с
использованием различных материалов, их педагогическое значение и
практические результаты.

Annotation.

This article discusses ways to develop children's creative

thinking skills and make learning processes interesting by using natural waste
materials in preschool educational organizations. During the research,
methodological recommendations were developed for creating educational
games based on environmentally friendly and cost-effective technologies. The
article considers the stages of designing educational and didactic games using
various materials, their pedagogical significance and practical results.

Kalit so‘zlar.

Maktabgacha yoshdagi bola, tabiiy-tashlandiq materiallar,

metodika, ta’limiy hamda didaktik o‘yinlar, ekologiya, tabiat.

Ключевые слова.

Дошкольник, природные отходы, методика,

развивающие и дидактические игры, экология, природа.

Keywords.

Preschool child, natural and waste materials, methodology,

educational and didactic games, ecology, nature.

Bugungi kunda ekologik barqarorlik va tabiiy resurslardan oqilona

foydalanish masalalari nafaqat iqtisodiyot, balki ta’lim sohasida ham dolzarb


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

23

masalalardan biri sifatida ko‘rilmoqda. Ayniqsa, maktabgacha ta’limda bolalarni
tabiatni asrashga o‘rgatish, ularda ekologik madaniyat va ijodiy qobiliyatlarni
rivojlantirishda tabiiy va tashlandiq materiallardan foydalanish muhim
ahamiyat kasb etadi. Ta'lim jarayonining samaradorligini oshirishda innovatsion
metod va vositalardan foydalanish, pedagogik usullarni yangilash alohida
ahamiyat kasb etmoqda. Bolalarning psixologik va fizologik rivojlanishi, ularning
intellektual, emotsional va jismoniy salohiyatining to‘liq namoyon bo‘lishi uchun
ta'lim jarayonida faol va amaliy faoliyatga asoslangan metodlar qo‘llanilishi
lozim.

Ayniqsa, tabiiy-tashlandiq materiallardan tayyorlangan ta'limiy o‘yinlar

maktabgacha yoshdagi bolalar uchun o‘yin, ta'lim va tarbiyaning ajralmas birligi
sifatida muhim ahamiyatga ega.
Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim jarayonida tabiiy va tashlandiq
materiallardan foydalanishning metodik asoslari, uning o‘quv-tarbiya
jarayonidagi o‘rni va ahamiyati hamda tabiiy va tashlandiq materiallardan
ta’limiy o‘yinlar tayyorlash jarayoni qisman yoritiladi.

Mavzuga oid adabiyotlar sharhi.

Maktabgacha ta’lim jarayonida tabiiy va

tashlandiq materiallardan foydalanish bolalarda atrof-muhitni asrab-avaylash,
qayta ishlash madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi.

Maria Montessori

nazariyasida tabiiy materiallar orqali bolalarning mustaqil o‘rganish va o‘zini
rivojlantirish qobiliyatlarini shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Unga ko‘ra,
tabiiy materiallardan tayyorlangan o‘yinlar bolalar atrof-muhitni o‘rganish
jarayonida ularning sezgi organlarini faollashtiradi. Montessori bolalarning
qiziqishini uyg‘otadigan, ammo murakkab bo‘lmagan didaktik materiallardan
foydalanishni tavsiya qilgan.
Shveytsariyalik psixolog

Jean Piaget

nazariyasiga ko‘ra, bolalar o‘yin orqali

dunyoni anglaydilar va o‘z bilimlarini mustahkamlashadi. Uning fikricha, tabiiy
materiallar bilan o‘ynash bolalarning kognitiv rivojlanishi, jumladan, tasavvur va
muammolarni hal qilish qobiliyatlarini rivojlantiradi.

John Dewey

ta’limni hayotning bir qismi sifatida ko‘radi va amaliy

mashg‘ulotlar orqali ta’lim olishga urg‘u beradi. Uning fikricha, tabiiy materiallar
bolalarning atrof-muhitni anglashda muhim vosita bo‘lib, ular ekologik ong va
ijodkorlikni shakllantiradi.

Loris Malaguzzi

esa bolalar o‘z tajribalaridan

o‘rganishlarini ta’kidlaydi. U tabiiy materiallarni "uchinchi o‘qituvchi" deb
atagan bo‘lib, ular bolalarning ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda muhim
ahamiyatga ega ekanligini qayd etadi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

24

Maktabgacha ta’lim jarayonida tabiiy va tashlandiq materiallardan foydalanish
bo‘yicha mahalliy olimlarimiz, jumladan, Pedagogika fanlari nomzodi

O. A.

Nurmatov

tabiiy tashlandiq materiallardan foydalanish orqali bolalarning

ekologik ongini rivojlantirishning metodologik asoslarini ishlab chiqqan. U
bunday yondashuvni maktabgacha yoshdagi bolalar uchun o‘ta muhim deb
hisoblagan.
Bundan tashqari Pedagog va metodist

D. S. Mirzayeva

tabiiy materiallardan

didaktik o‘yinlar yaratish bo‘yicha mahalliy metodik qo‘llanmalarni ishlab
chiqqan. Uning fikriga ko‘ra, tabiiy materiallar bilan ishlash nafaqat bolalarning
ijodiy fikrlash qobiliyatini, balki jamoada ishlash ko‘nikmalarini ham
rivojlantiradi deya ta’kidlagan. Men ham o‘z mutaxassisligimdan kelib chiqqan
holda maktabgacha ta’lim jarayonida tabiiy va tashlandiq materiallardan
foydalangan holda ta’limiy hamda didaktik o‘yinlar tayyorlash va ulardan ta’lim
jarayonida foydalanish har bir tarbiyachi uchun ham foydali ham zavqli deb
o‘ylayman. Chunki ta’limiy hamda didaktik o‘yinlar tayyorlash jarayonida
tarbiyachi o‘z ustida ishlaydi, izlanadi, shu bilan birga kreativligi oshadi. Buning
natijasida esa bolada ushbu o‘yinlarni o‘ynash orqali uning ijodkorligi, nutqi
hamda rivojlanishiga samarali ta’sir etadi.

Tadqiqot

metodologiyasi.

Maktabgacha

ta’limda

tabiiy-tashlandiq

materiallardan foydalanish metodikasi bo‘yicha tadqiqot jarayonida kuzatish,
eksperement, tahlil va diagnostok usullardan foydalanildi. Kuzatish usuli orqali
maktabgacha yoshdagi bolalar bilan o‘tkazilgan mashg‘ulotlarni kuzatish va
tabiiy materiallardan foydalanishning samaradorligi aniqlandi. Eksperement
usuli 3 bosqichda amalga oshirildi: tashabbus, amalga oshirish hamda natijalarni
baholash orqali. Diagnostik usulda esa pedagoglar. ota-onalar hamda bolalar
o‘rtasida so‘rovnomalar, suhbatlar, test sinovlari amalga oshirildi. Tadqiqot
davomida tabiiy tashlandiq materiallardan ta’limiy hamda didaktik o‘yinlar
yaratish jarayonini har tomonlama o‘rganishga va bolalar rivojlanishi uchun
innovatsion yondashuvlarni taklif etishga imkon berildi.

Tahlil va natijalar.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari, ota-onalar va

maktabgacha yoshdagi bolalar bilan o‘tkazilgan suhbatlarning asosiy natijalari
ko‘ra, pedagoglarning 80% tabiiy materiallardan (shox-shabba, toshlar, qobiq,
meva urug‘lari) didaktik o‘yinlar yaratishda foydalanayotganini qayd etdi, ayrim
pedagoglar tabiiy materiallardan foydalanish uchun yetarli metodik
ko‘rsatmalarning yo‘qligini ta’kidlashdi. Ayrimlari esa bu materiallarni yig‘ish va
tayyorlash vaqt talab qilishi mumkinligini qayd etdi. Pedagoglarning 90% tabiiy
materiallardan foydalanish bolalarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

25

rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini tasdiqladi. So‘rovda ishtirok etgan ota-
onalarning 70% bolalari bilan uyda tabiiy materiallardan foydalanib qo‘lda
ishlash tajribasiga ega ekanliklarini hamda tabiiy materiallardan foydalangan
holda o‘yinlar o‘tkazish bolalarda atrof-muhitni asrab-avaylash madaniyatini
shakllantirishda yordam berishini ta’kidlashdi. Bundan ko‘rinib turibdiki,

tabiiy

tashlandiq materiallardan tayyorlangan ta’limiy hamda didaktik o‘yinlar
maktabgacha yoshdagi bolalarning ijodiy va ekologik tarbiyasiga ijobiy ta’sir
ko‘rsatdi. Ushbu texnologiya iqtisodiy jihatdan samarali va ekologik mas’uliyatni
oshiruvchi vosita sifatida namoyon bo‘ldi. Tajriba guruhidagi bolalarda bilim
darajasi va qiziqish o‘rtacha 25-30% ga oshganligi qayd etildi.

Tadqiqot

natijalari maktabgacha ta’lim tashkilotlarining amaliyotida qo‘llashga mos bo‘lib,
bolalar rivojlanishiga samarali ta’sir ko‘rsatadi.

Maktabgacha ta’limda tabiiy tashlandiq materiallardan foydalanish – bolalarning
ijodiy fikrlash, ekologik ong va sensor-motor qobiliyatlarini rivojlantirishga
qaratilgan samarali pedagogik yondashuvdir. Ushbu texnologiya ta’lim
jarayonini qiziqarli va mazmunli tashkil qilish bilan birga, ekologik barqarorlikni
ham ta’minlaydi.Tabiiy tashlandiq materiallar – tabiatda mavjud bo‘lib, o‘zining
asosiy vazifasini tugatgan, lekin qayta foydalanishga yaroqli materiallardir.
Bularga quyidagilar kiradi:
O‘simlik qoldiqlari: daraxt shoxlari, barglar, gullar, po‘stloqlar.
Minerallar: turli xil toshlar, qum, tuproq.
Organik materiallar: urug‘lar, qobiqlar, yong‘oqlar, meva va sabzavot qoldiqlari.
Qayta ishlanadigan chiqindilar: qog‘oz, karton, mato qoldiqlari.

Maktabgacha ta’limda tabiiy-tashlandiq materiallardan foydalanish metodikasi

bolalarga oddiy materiallardan yangi narsalar yaratish imkoniyatini beradi.
Bolalar tabiat bilan yaqindan tanishadi va chiqindilarning qayta ishlanishiga
ahamiyat qaratishni o‘rganadi. Tabiiy materiallar bilan ishlash orqali bolalarning
taktil sezgi organlari faollashadi. Nozik qo‘l harakatlarini talab qiluvchi faoliyat
(masalan, toshlarni bo‘yash, barglarni yopishtirish) motorikani rivojlantiradi.
Oddiy materiallardan turli shakllar yaratish yoki yaratilgan o‘yinlar orqali
bolalarda ijodkorlik rivojlanadi. O‘yin jarayonida bolalar o‘z tasavvurlarini erkin
ifoda etadilar. Bolalar tabiat resurslarining cheklanganligini tushunib, ekologik
mas’uliyat hissini shakllantiradilar. Qayta foydalanish g‘oyasi bilan tanishadilar.
Guruhda ishlash orqali bolalarda muloqot ko‘nikmalari rivojlanadi. O‘yin
jarayonida bir-birlariga yordam berish va g‘oyalarni baham ko‘rish o‘rgatiladi.
Ushbu natijalar tabiiy materiallardan foydalanishning bolalar rivojlanishiga


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

26

ta’sirini yanada chuqurroq o‘rganish va uni amaliyotda keng tatbiq etishga
yordam beradi.

Ming bora eshitgandan ko‘ra, bir bora ko‘rgan afzal

” degan naqlga amal qilgan

holda, sizlarga tabiiy-tashlandiq materiallardan tayyorlangan ta’limiy
o‘yinlarimni tayyorlanish hamda o‘ynalish jarayonini ko‘rsatib o‘tmoqchiman.

“Savodga o‘rgatish” ta’limiy o‘yini.

Bu o‘yinda bola harflarga tegishli so‘zlarni topadi, so‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘ladi,
so‘zdagi birinchi tovushni biladi, tovushni farqlaydi, harflarga qiziqish bildiradi,
ayrim harflarning shaklini biladi va farqlaydi hamda nutqni tinglaydi va
anglaydi, so‘zlashadi va muloqot qiladi, bola kitob va o‘qishga qiziqish bildiradi.

Materiallar:

rangli qog‘oz, gugurt qutisi, harflar, harflarga oid rasmlar, yelimdan

foydalanamiz.


1-qadam.

Ishni gugurt qutilariga rangli qog‘oz yopishtirib olishdan

boshlaymiz.






2-qadam.

Keyin gugurt qutilarining ichki qismiga harflarga oid suratlarni

yopishtirib olamiz.




3-qadam.

Undan so‘ng gururt qutilarining tashqi tomoniga bosh harflarni

yopishtirib olamiz.




background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

27




4-qadam.

Oxirida gugurt qutilarining ichki va tashqi qismini bir biriga

joylab ko‘ramiz.

O‘yin tayyor!

Bu o‘yinda bolalar biinchi quti ichidagi suratlarning bosh

harflarni topib, ikkinchi bosh harf yopishtirilgan qutiga joylashi lozim. Bu
harflarni, so‘zlarni, va o‘qish ko‘nikmalarini o‘rgatishda yordam beruvchi o‘yin
bo‘lib, ularning yozma va og‘zaki nutqini rivojlantirishga qaratilgan. Bu turdagi
o‘yinlar bolalarga o‘qish va yozishni o‘rganish jarayonini qiziqarli va samarali
qiladi.







“Kvadratlarni yig‘amiz” ta’limiy o‘yini.


Bu o‘yinda

bolalar

qo‘l barmoqlari mayda motorikasi rivojlantiriladi, mozaika

yig‘adi,

rasmlarni

to‘g‘ri

joylashtiradi,

mayda

qismlardan

iborat

konstruksiyalarni yig‘adi.

Materiallar:

karton qog‘oz, rangli qog‘oz, qaychi kerak bo‘ladi.





1-qadam.

Ishni birinchi karton qog‘ozidan 2 dona bir xil o‘lchamdagi

masalan: 50x50 sm o‘lchamdagi kavadrat shaklini qirqib olishdan boshlaymiz.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

28





2-qadam.

Endi shu karton qog‘ozining bittasini chetidan 3sm qoldirib

kvadrat shaklini ichki qismini qirqib olamiz va shu kvadratdan chiqqan ichki
qismini teng 9 qismga bo‘lib olamiz.





3-qadam.

Endigi navbat tayyor kvadratimizni 3x50 sm o‘lchovli

kvadratimizni 50x50sm o‘lchovli kvadratimizga yopishtirib olamiz.






4-qadam.

Endi ana shu tayyor kvadratimiz ichiga oldinroq tayyorlab

olgan 9 ta kvadratimizni joylashtirib olamiz.








background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

29

5-qadam.

Ishimizni har xil rangli qog‘ozdan rang barang qilib, 25 dona

aylanachalar qirqib olish bilan davom ettiramiz.




6-qadam.

Ana shu tayyorlab olgan aylanachalarimizni kvadratimizga

yopishtirib chiqamiz va ulangan qismlarini bir biridan ajratib chiqamiz.

O'yin tayyor!

Bolalar bu o‘yinda berilgan geometrik shakllarni to‘g‘ri

ketma-ketlikda joylashtirishi lozim. "Kvadratlarni yig‘amiz" taʼlimiy o‘yini
bolalarning ijodkorlikni rivojlantirish, ranglar va shakllarni taniy olish
ko‘nikmalarini oshirish uchun juda foydali. Bu o‘yin orqali bolalar kichik
elementlardan katta tasvirlarni yig‘ishni o‘rganadilar va diqqatni jamlashni
rivojlantiradilar. Bola shablon bo‘yicha mos rang va shakldagi bo‘laklarni
tanlaydi va ulardan tasvir yig‘adi. Har bir shakl yoki rang o‘z joyiga to‘g‘ri kelishi
kerak.








Xulosa va takliflar.

Xulosa qilib aytganda, maktabgacha ta’limda tabiiy

tashlandiq materiallardan foydalanib ta’limiy o‘yinlar tashkil etish bolalarning
ijodiy, sensor va ekologik rivojlanishiga yordam beradi. Bu yondashuv nafaqat
iqtisodiy tejamkor, balki ekologik barqarorlikni ta’minlovchi muhim vosita
hisoblanadi. Shunday ekan, biz yoshlar faoliyatimiz davomida bir xillikdan
cheklanib, o‘z ustimizda ko‘proq ishlashimiz hamda ta’lim jarayonini
kengaytirishimiz, ekologik tarbiyaga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqib, ota-


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

30

onalarni ularga faol jalb qilishimiz lozim. Maktabgacha ta’lim tizimi rahbar-
xodimlari tomonidan pedagoglar uchun maxsus qo‘llanma va treninglarni
tashkil qilish, tashkilotlarda faoliyatlari davomida tabiiy tashlandiq
materiallardan doimiy tarzda foydalanib kelayotgan ijodkor pedagoglarni
rag‘batlantirish tizimini joriy qilish hamda ularni rag‘latlantirib borish yo‘llarini
ko‘rish lozimligini ta’kidlamoqchiman. Zero kelajagimiz ijodkor, kreativ
fikrlaydigan yoshlar va ular tarbiyalayotgan farzandlar qo‘lida ekanligini
unutmasligimiz joiz

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. Abdullayeva,N. Maktabgacha ta’limda innovatsion usullar va yondashuvlar /
N.Abdulayeva, Toshkent: "Fan va texnologiyalar nashriyoti". – 2019. 45–112-
бет.
2. Raximova, М. Maktabgacha yoshdagi bolalarni ijodiy fikrlashga o‘rgatish /
M.Raximova, Toshkent: "Ma’rifat". – 2020. 21–89.
3. Usmonov, A. Tabiatshunoslik asosida ekologik tarbiya / A.Usmonov, Toshkent:
"Sharq nashriyoti". – 2021. 38–75.
4. Jumayev, N. Bolalar uchun o‘yin texnologiyalari / N.Jumayev, Toshkent:
"O‘qituvchi". – 2020. 112–132.
5. Xodjayeva, G. O‘quv o‘yinlari va ijodkorlik / G.Xodjayeva, Samarqand: "Yangi
asr avlodi". – 2022. 56–96.
6. Montessori, M. O‘yin orqali tarbiya / M.Montessori, Toshkent: "Tafakkur
nashriyoti". – 2020. 15–58.
7. Sidiqova, R. Ekologik tarbiya va tabiatdan foydalnish usullari / R.Sidiqova,
Toshkent: "Zamon". – 2023. 102–144.
8. Komensky, J. A. Didaktika asoslari / J.A.Komenskiy, Toshkent: "Fan". – 2019.
61–98.
9. Abduqayumova, Sh. Maktabgacha ta’limda sensor tarbiya / Sh.Abduqayumova,
Toshkent: "O‘qituvchi".– 2019. 98–120.
10. Bo‘ronova, G. Ekologik bilimlar asosida o‘qitish metodikasi / G.Bo‘ronova,
Toshkent: "Sharq". – 2021. 54–82.

Библиографические ссылки

Abdullayeva,N. Maktabgacha ta’limda innovatsion usullar va yondashuvlar / N.Abdulayeva, Toshkent: "Fan va texnologiyalar nashriyoti". – 2019. 45–112-бет.

Raximova, М. Maktabgacha yoshdagi bolalarni ijodiy fikrlashga o‘rgatish / M.Raximova, Toshkent: "Ma’rifat". – 2020. 21–89.

Usmonov, A. Tabiatshunoslik asosida ekologik tarbiya / A.Usmonov, Toshkent: "Sharq nashriyoti". – 2021. 38–75.

Jumayev, N. Bolalar uchun o‘yin texnologiyalari / N.Jumayev, Toshkent: "O‘qituvchi". – 2020. 112–132.

Xodjayeva, G. O‘quv o‘yinlari va ijodkorlik / G.Xodjayeva, Samarqand: "Yangi asr avlodi". – 2022. 56–96.

Montessori, M. O‘yin orqali tarbiya / M.Montessori, Toshkent: "Tafakkur nashriyoti". – 2020. 15–58.

Sidiqova, R. Ekologik tarbiya va tabiatdan foydalnish usullari / R.Sidiqova, Toshkent: "Zamon". – 2023. 102–144.

Komensky, J. A. Didaktika asoslari / J.A.Komenskiy, Toshkent: "Fan". – 2019. 61–98.

Abduqayumova, Sh. Maktabgacha ta’limda sensor tarbiya / Sh.Abduqayumova, Toshkent: "O‘qituvchi".– 2019. 98–120.

Bo‘ronova, G. Ekologik bilimlar asosida o‘qitish metodikasi / G.Bo‘ronova, Toshkent: "Sharq". – 2021. 54–82.