Авторы

  • Dilnavoz Qodirova
    Navoiy viloyati Nurota 2-sonli Politexnikumi Ona tili va adabiyot o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.70148

Ключевые слова:

Yoshlar ta’lim va tarbiya metodologiya yoshlar bilan ishlash tizimi axloq konsepsiya antroposentrizm pradigma.

Аннотация

Ushbu maqolada yoshlar bilan ishlash tizimi, bu jarayonda ta’lim va tarbiyaning madaniy asoslari, ko‘plab olimlarning ta’lim va tarbiya xususidagi konsepsiyalari, bildirgan fikr va nazariyalar aks ettirilgan.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

5

YOSHLAR BILAN ISHLASH TIZIMIDA TA’LIM VA TARBIYANING

MADANIY ASOSLARI

Qodirova Dilnavoz Kozimovna

Navoiy viloyati Nurota 2-sonli Politexnikumi

Ona tili va adabiyot o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14986906

Annotatsiya

Ushbu maqolada yoshlar bilan ishlash tizimi, bu jarayonda ta’lim va

tarbiyaning madaniy asoslari, ko‘plab olimlarning ta’lim va tarbiya xususidagi
konsepsiyalari, bildirgan fikr va nazariyalar aks ettirilgan.

Kalit so‘zlar:

Yoshlar, ta’lim va tarbiya, metodologiya, yoshlar bilan ishlash

tizimi, axloq, konsepsiya, antroposentrizm, pradigma.

Bugun dunyo shiddat bilan rivojlanmoqda va o‘zgarmoqda. Bunday

ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-marifiy, iqtisodiy o‘zgarishlar davrida jamiyatning,
millatning dunyoqarashi, intellekti, fikrlash tarsi va aql salohiyatining barcha
xususiyatlarni o‘zida mujassam etgan, aniq bir konseptual ta’limot yaratishga
ehtiyoj tug‘ildi.

Tabiyki, mazkur muammolar eng avvalo, totalitar tuzum mafkurasi ta’siri

bo‘lib, falsafiy tafakkurda o‘zgarishlar sodir etdi. Faylasuf olim J.Tulenovning
fikricha, “Jamiyatning kelib chiqishi va rivojlanish qonuniyatlarini atroflicha
bilish, uning iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy sohalarida ro‘y berayotgan ziddiyatlarni
o‘z vaqtida anglab, bartaraf etish bilan bir qatorda taraqqiyot istiqbolini falsafiy
mushohada etish katta o‘rin egallaydi” .

Siyosiy munosabatga bo‘ysundirilgan totalitar mafkura tegishli sohalar

doirasida aniq bo‘lmagan muammolarni keltirib chiqardi va dialektik birlik
asosini o‘rganishga to‘siq bo‘ldi. Shuning uchun ham rivojlanishning tarixiy
shakllanish ko‘rinishlari, undagi asrlar davomida qolib ketgan asoratlarining
yoshlar bilan ishlash tizimidagi ta’lim va tarbiyaning faollashuviga to‘siq bo‘lib
kelayotgan sabablarni ochish uchun muhim va fundamental tahlil qilishga
ehtiyoj sezildi. Birinchi ehtiyoj, ong, tafakkur o‘zgarishi bilan bog‘liq edi.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov, “Hech kimga sir emas-
biz qurayotgan yangi jamiyat, hayotimizga tobora kirib kelayotgan yangilanish
jarayonlari, islohotlarning taqdiri va kelajagi avvalo xalqimizning bu
o‘zgarishlarni qo‘llab quvvatlashidandir. Bugun joylarda shu borada
odamlarimizning faolligi, ularning dunyoqarashi, ongu tafakkurining
yuksalishiga bog‘liq masaladir. Bu oddiy haqiqatni hech qachon unutmasligimiz
lozim” , deb ta’qidlaydi. Ikkinchi ehtiyoj mamlakatni demokratlashtirish,
liberallashtirish nuqtai nazaridan sobiq ittifoq mafkurasi, tafakkur qulligi va fikr


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

6

qaramligi oqibatlarini o‘rganish, ularga barham berish yo‘llarini imkon qadar
faollashtirishdir. Uchinchi ehtiyoj ta’lim va tarbiyai shakllanishida falsafiy
tafakkurning milliy xususiyatlarini ilmiy muammo sifatida tadqiq etish va
obyektiv sabab va sharoitlarini belgilashdir. Modomiki, shunday ekan, tarixiylik-
vorisiylikni bugungi kun va istiqbol bilan bog‘lab, ta’lim va tarbiyaining
rivojlanishi ehtiyojini hisobga olgan holda o‘rganish dolzarb hisoblanadigan
masaladir.

Dunyo tajribasidan shuni ko‘rishimiz mumkinki, har bir mamlakatda milliy

falsafaning rivojlanishi, o‘sha hududdagi xalqning o‘ziga xos davlatchilikining
rivojlanishi va shakllanishi bilan bog‘liq tarzda kechadi. Bu albatta kuchli
davlatchilikni va shu mamalakatda kuchli falsafiy tafakkurning ravnaq topishini
taqozo etadi.

Hozirgi kunda yangi ko‘rinishdagi milliy falsafasining umumiy jihatlari

shundaki, u borliq taraqqiyotidagi aloqadorlik va vorisiylikni dialektik inkor
qilish orqali namoyon qiladi. Chunki, mustaqillikka erishgan O‘zbekistonda tub
o‘zgarishlar va yangilanishlar asosida yangi ko‘rinishdagi jamiyatni barpo etish
g‘oyasi dolzarb hisoblangan bir vaqtda o‘tmish davrini butunlay inkor etish,
undan voz kechish, yangisini yaratmay turib, avvalgisini barbod etib tashlash
qaysi aqlga sig‘adi! Yangi uyni - imoratni qurmasdan, eski uyni, o‘zimiz istiqomat
qilayotgan uyni yiqitish, vayron qilish - bu aqldan emas, degan fikrni bildiradi
I.A.Karimov. Demak, bu fikrlar eski davr bilan yangi davr o‘rtasidagi tajriba va
aloqadorlik doimo mavjud bo‘lganligini ko‘rsatadi. Ana shu vorisiylik va
aloqadorlik jarayonida xalq asrlar davomida to‘plagan tajribalardan oqilona
foydalangan holda yangi davrni milliy falsafa mezonlarlari asosida rivojlantirib,
boyitib boradi. J.Tulenovning e’tirof etishicha, fanning muhim xususiyatidan biri
shundaki, u tadrijiy ravishda taraqqiy etib, o‘z mazmunida ilgari to‘plangan
ma’lumotlarni saqlab qolganligi, yangi bilimlarni qo‘shib borganligi, xuddi
shuningdek, ilgari avlodlar tomonidan to‘plangan g‘oyalarni uloqtirib
tashlamasdan, aksincha, uni saqlab qolib, doimo mazmunan boytib, eski va yangi
falsafiy g‘oyalar o‘rtasida vorisiylik vazifasini bajarganligidadir.

Shu ma’noda, yangi davr o‘tmishdagi butun taraqqiyotning davomi ekanligi

yaqqol ko‘rinadi. Yangi davr o‘tmishning hamma ilg‘or jihatlari va qimmatli
narsalarini saqlaydi, uni qayta baholaydi va oldingining inkori sifatida vujudga
keladi. Shuningdek, xato va vaqt sinovidan o‘tolmagan hamma narsalarni
bartaraf etib, sinovga bardosh bergan eng saralarini haqiqiy qiymat sifatini
berib, saqlab qoladi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

7

Bunda inson omili markazida progressiv jihatlarni mohiyatini anglovchi

tafakkur rivojlanishi katta ahamiyat kasb etib, antroposentiristik tafakkurga
ehtiyoj tug‘iladi. Q.Nazarov tahliliga ko‘ra, antroposentristik tafakkur, borliqda
mohiyatan anglangan, tabiatda o‘rganuvchi fanlarga birinchi darajali ahamiyat
oshgan va yuzaga kelgan sanoat inqilobi asosida taraqqiyot yangilanishi davrida
faollashuv, omilkorlik rivojlangan, individualizm mayliga asoslangan
antroposentristik tafakkur shakllanadi.

Antroposentrizm falsafiy dunyoqarash bo‘lib, inson olam markazi,

mavjudlik va bilimning boshlanish sifatida qaraladi. Insonning zamonaviy
falsafiy bilimlari turli xil materiallarni tizimlashtirish va konseptualizasiya qilish
zarurati bilan belgilanadi. Bu muammo bo‘yicha yangi epistemologik
ko‘rsatmalarni ishlab chiqish XX-XXI asrlarning ustuvor ilmiy yo‘nalishidir. Shu
bilan birga, u insoniyatning ijtimoiy-madaniy va kelajakdagi rivojlanish
tendensiyalari xususiyatlari to‘g‘risida ma’lumot beradi.

Antroposentrik tafakkurni ijtimoiy-falsafiy tafakkur yangilanishida

individualizm mayliga asoslanishi fuqarolarning konstitusiyaviy tuzum
doirasida shaxsiy mustaqilligini ta’minlaydi. Shu o‘rinda individuallik shaxsni
jamiyat yoki davlat tomonidan boshqarish g‘oyasi amaliyotiga zid keladi, ya’ni
bu o‘tgan tuzumdagi jamoaviylikning aksini ko‘rsatadigan ilg‘or intellektual
ko‘rsatkichdir.

Rossiyalik faylasuf olima T.G.Nikishinaning “G‘arb antroposentrizmining

pradigmasidagi inson muammosi” nomli nomzodlik dissertasiyasida
antroposentristik tafakkur uyg‘onish davri antropologiyasi tavsifida, mumtoz
paradigma doirasida taqdim etilgan, ya’ni klassik talqin doirasidan tashqarida
rivojlanganligi asoslangan. XX-XXI asr boshlarida esa antroposentrizmning yangi
“postklassik paradigmasi” shakllanib, ilmiy, falsafiy yo‘nalish chegarasida
insonning markaziy ong omili rivojlanishidagi muammolarni tahlil etib, tafakkur
xususiyatlari aniqlashtirgan. Muallif antroposentrizm paradigmasi insonning
mohiyati, uning tafakkuri orqali mavjud bo‘lib, bu aks etish madaniyat va tabiat
o‘rtasida dialektik birlik munosabatlar uyg‘unligini saqlashi unga bog‘liqligini
asoslab bergan .

Xalqimiz hayotidagi yangilanishlar milliy istiqlol g‘oyalari negizida

shakllandi. Endi inson manfaatlariga xizmat qiladigan milliy falsafa shaklida
paydo bo‘layotgan munosabatlar butun o‘tmishni yangicha nazar bilan baholash,
uni qaytadan ko‘rib chiqish, shu asosda tarixiy xotira va tafakkurni yangi milliy
g‘oyalar bilan rivojlantirish masalasini dolzarb qilib qo‘ymoqda. Ana shu
jihatdan olganda shaxs tarixiy voqyealarni to‘g‘ri, obyektiv baholab, o‘zi


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

8

yashayotgan muhit, mavjud muammolarni tahlili qilishi lozimdir. Bugungi kunda
O‘zbekistonda kechayotgan islohotlar tarixiylik, obyektivlikni, xuddi shuningdek,
kelajakka ishonchni ham taqozo etmoqda. Mustahkam tarixiy tafakkurga ega
bo‘lgan, voqyealarni obyektiv baholay oladigan kishilargina bugungi tub
o‘zgarishlar va kelajakka ishonch uyg‘otish qobiliyatiga ega bo‘ladi.

Mustaqillik davrida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hayotimiz,

fuqarolar ongi, mentaliteti va turmush tarzida ro‘y bergan o‘zgarishlar haqiqatan
ham buyuk ahamiyatga ega edi. Ularning barchasi eksport qilingan voqyelik
emas, balki xalqimizning tarixiy-madaniy tajribasiga asoslangan, millatimizning
asrlar davomidagi orzu–intilishlari tarixiy natijasi va samarasi bo‘lib, xalqimiz
ongida shakllanayotgan o‘zlikni anglab, ushbu tarixiy – qonuniy hodisaning
tarkibiy qismi sifatida qabul qilish kerak, bo‘lgan edi.

O‘zlikni anglash orqali yangi qarashlar negizida milliy falsafaning jamiyat

taraqqiyotidagi rolini kuzatish mumkin. Bu o‘zlikdan ajralmagan tarzdagi “milliy
taraqqiyot” deb e’tirof etiladi. Milliy taraqqiyotning o‘zagi milliy o‘zlikni
anglashdan iboratdir. Bu millatning ekzistensial borliqda o‘z o‘rnini idrok etishi,
ijtimoiy-tarixiy va ma’naviy-madaniy taraqqiyoti, yaratuvchanlik faoliyati,
evristik izlanishlari, intellektual salohiyati, hayot va faoliyati taraqqiyot talablari
nuqtai nazaridan oqilona boshqarilishiga bog‘liqligi masalasi yotadi.

Jamiyat va insonni taraqqiyotga boshlaydigan ezgu g‘oyalar mazmun-

mohiyatini aholi, ayniqsa, yosh avlod qalbi va ongiga singdirish, yangi
dunyoqarash va zamonaviy tafakkurni shakllantirish bilan bog‘liq nazariy va
amaliy faoliyat ham nihoyatda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu yo‘lda
fuqarolarimizning ijtimoiy falsafiy tafakkuri, falsafiy qarashlari erkinlik g‘oyasi
sari intildi. Bunday siljish fuqarolarga o‘z istaklarni ro‘yobga chiqarishga zamin
yaratdi.

Bugungi kun ijtimoiy ongi va falsafada zamonaviy O‘zbekistonning

demokratik rivojlanishidagi eng muhim muammolardan biri bu ta’lim va
tarbiyaini institusionalizasiya qilishdir. Nazariy jihatdan ta’lim va tarbiyai
fenomeni, uning ijtimoiy hayotning boshqa shakllari bilan o‘zaro bog‘liqligini
o‘rganishga qaratilgan. Bunday tadqiqotning umumiy natijasi o‘rganish
obyektining xususiyatini har tamonlama aniqlash, uning milliy o‘ziga xosligini
tushuntirish va O‘zbekistonda ta’lim va tarbiyaini qurish yo‘llari aniq maqsadini
aniqlashga qaratilgan. Ta’lim va tarbiyai fenomeni epistemologik vaziyatning
o‘zi tomonidan muammoga duch keladi. Ammo, nafaqat bu muammo, balki
mamlakatimizdagi ijtimoiy hayot mohiyatini tahlil etib, ijtimoiy mexanizmining


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

9

rivojlanish sublimasiya si-ijtimoiy tizimning past darajasidan yuqori
samaradorlik mexanizmi darajasiga o‘tadi.

Taraqqiyot sublimasiyasi ta’lim va tarbiyai qurish samaradorligini oshiradi,

jamiyat va shaxs tafakkurida o‘zgarish yasaydi, eng og‘iridan yengiligacha, eng
pastdan eng yuqorigacha, ya’ni ma’naviy yuksalish sari yo‘naltirilgan madaniy va
tarixiy jarayon mexanizmi vazifasini bajaradi. Sublimasiya konsepsiyasi bugungi
zamonaviy falsafada keng ishlatilmoqda. Bu orqali falsafiy tafakkurga
yangilangan g‘oyalar kiritiladi, inson amalga oshirishi bilan bog‘liq barcha ijobiy
va salbiy tomonlar ochiladi. Bu o‘z navbatida milliy falsafamizdagi ijobiy va
salbiy jihatlar mohiyati to‘liq tahlilini aniqlashga imkoniyat yaratadi. Shu asosda
esa ta’lim va tarbiyai qurish jarayonida milliy falsafaning taraqqiyotida
zamonaviy yaxlit konsepsiya yaratishga yo‘l ochiladi. Shuningdek,
Yu.Yu.Pershinning “Sublimasiya hodisasi: falsafiy va antropologik tadqiqotlar
tajribasi” nomli dissertasiyasida sublimasiya konsepsiyasining tiklanishi orqali
tafakkurning yuksalishi, bunda falsafiy dunyoqarashga yangilangan tafakkur
tarzidagi hududiy xususiyatlar bog‘liq barcha ijobiy xislatlarni salbiy
tomonlaridan ajratib, tafakkurni yuksaltiruvchi jihatlari bilan almashtirilishiga
yordam berishini ta’kidlaydi. Shu munosabat bilan ta’lim va tarbiyai
rivojlanishida insonning ijtimoiy falsafiy tafakkurda to‘liq tahlil o‘tkazishga
imkon yaratiladi. Uning fikricha, insonning zamonaviy yaxlit konsepsiyasini
yaratishga harakat qilinadi. .

Olima A.V.Abramova “B.P.Vыsheslavsevaning etika subilimasiyasi” nomli

dissertasiyasida XX asr oxiri – XXI asr boshlarida jamiyatda yoshlar axloqiy
tarbiyasiga e’tibor kuchaygan bir paytda mutafakkirlarning falsafiy merosiga
murojaat qilish uchun rus madaniyatiga favqulodda ehtiyoj paydo bo‘lganligini
ta’kidlaydi. Shuningdek, bu davrda ijtimoiy beqarorlik, axloqiy ko‘rsatmalarning
zaiflashuvi va parchalanishi bilan yuzaga kelgan vaziyat bo‘lib, bunday inqirozli
vaziyatdan chiqish uchun falsafiy-ma’naviy merosning etika sublimasiyasidan
jamiyat va madaniyatdagi qarama-qarshiliklarni bartaraf qilish uchun eng
samarali nazariy kontekst sifatida foydalanish mumkinligini qayd etadi. Muallif
tomonidan ilgari surilgan g‘oyalar ta’lim va tarbiyaini rivojlantirishda, ma’naviy
yuksalgan, axloqiy kamolotni anglagan tafakkur hozirgi zamoning axloqiy
beqaror vaziyatidan chiqish yo‘lini ko‘rsatish bilan belgilanishini asoslab beradi

Adabiyotlar:

1. Tulenov J. Hayot falsafasi. Т.: O‘zbekiston, 1993, B.309.
2.. Tulenov J., G‘afurov 3.Falsafa: Oliy o‘quv yurt. talabalari uchun. Т.:
“O‘qtituvchi”, 1997, B.12


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

10

3. Nazarov.Q. Falsafa asoslari. Т.: “O‘zbekiston faylasuflar jamiyati nashriyoti”.
2012, -386.
4. . Karimov I.A. Inson manfaatlarini taʼminlash, ijtimoiy himoya tizimini
takomillashtirish – ustuvor vazifamizdir. O‘zbekiston, Т.: 2007. 15 жилд. 98-bet
5.. Islom Karimov. O‘zbekiston Mustaqillikka erishish ostonasida. Т.:
“O‘zbekiston” . 2011,B. 210.
6. Qo‘chqorov V. Maʼnaviyat-milliy o‘zlikni anglash.T.: “Akademiya nashriyoti”,
2008, B.17.
7. Abu Nasr Farobiy. Fozil odamlar shahri. Arabchadan A. Irisov va M.
Mahmudov tarjimasi. Qo‘lyozma
8. Abu Nasr Farobiy Fozil odamlar shahri. 2 – nashr , Т.: “O‘zbekiston milliy
ensklopediyasi” davlat ilmiy нашриёти, 2012,B. 7-8.
9. Abu Nasr Farobiy Fozil odamlar shahri. –A.Qodiriy nomidagi xalq merosi
нашриёти, Т.: 1993,-171 b;
10. Abu Rayhon Beruniy. Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar. Tanlangan
asarlar.1-jild- Fan, Т.: 1968 – 386 b.;
11. Abu Ali Ibn Sino. Tib qonunlari. Uch jildlik. –Abdulla Qodiriy nomidagi xalq
merosi nashriyoti Т.: 1994,
12. Abu Ali Hasan ibn Ali Tusiy – Nizomulmulkdir. Siyosatnoma. Ikkinchi
to‘ldirilgan, qayta ishlangan nashri. Yangi asr avlodi, Т.: 2008, -239 b;
13 Jaloliddin Rumiy. Ichingdagi ichingdadir. Yozuvchi, Т.: 1997-290 b.;
14. Amir Temur. Temur tuzuklari. B.Ahmedov tahriri ostida. Yozuvchi, Т.: 1997.
15. Husayn Voiz Koshifiy. Futuvvatnomai sultoniy. “O‘zbekiston milliy
ensiklopediyasi” Davlat ilmiy нашриёти, Т.: 2011, -376 b;
16. Yuldashev F. Abu Nasr Farobiyning “Fi maʼoniy al-aql” asarida gnoseologik
masalalar: monografiya. Т.: Tamaddun, 2012, B.48.
17. Nizomulmulk. Siyosatnoma yoki Siyar ul – mulk. Т.: Yangi asr avlodi,
2008.B.92-93.

Библиографические ссылки

Tulenov J. Hayot falsafasi. Т.: O‘zbekiston, 1993, B.309.

. Tulenov J., G‘afurov 3.Falsafa: Oliy o‘quv yurt. talabalari uchun. Т.: “O‘qtituvchi”, 1997, B.12

Nazarov.Q. Falsafa asoslari. Т.: “O‘zbekiston faylasuflar jamiyati nashriyoti”. 2012, -386.

. Karimov I.A. Inson manfaatlarini taʼminlash, ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish – ustuvor vazifamizdir. O‘zbekiston, Т.: 2007. 15 жилд. 98-bet

. Islom Karimov. O‘zbekiston Mustaqillikka erishish ostonasida. Т.: “O‘zbekiston” . 2011,B. 210.

Qo‘chqorov V. Maʼnaviyat-milliy o‘zlikni anglash.T.: “Akademiya nashriyoti”, 2008, B.17.

Abu Nasr Farobiy. Fozil odamlar shahri. Arabchadan A. Irisov va M. Mahmudov tarjimasi. Qo‘lyozma

Abu Nasr Farobiy Fozil odamlar shahri. 2 – nashr , Т.: “O‘zbekiston milliy ensklopediyasi” davlat ilmiy нашриёти, 2012,B. 7-8.

Abu Nasr Farobiy Fozil odamlar shahri. –A.Qodiriy nomidagi xalq merosi нашриёти, Т.: 1993,-171 b;

Abu Rayhon Beruniy. Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar. Tanlangan asarlar.1-jild- Fan, Т.: 1968 – 386 b.;

Abu Ali Ibn Sino. Tib qonunlari. Uch jildlik. –Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti Т.: 1994,

Abu Ali Hasan ibn Ali Tusiy – Nizomulmulkdir. Siyosatnoma. Ikkinchi to‘ldirilgan, qayta ishlangan nashri. Yangi asr avlodi, Т.: 2008, -239 b;

Jaloliddin Rumiy. Ichingdagi ichingdadir. Yozuvchi, Т.: 1997-290 b.;

Amir Temur. Temur tuzuklari. B.Ahmedov tahriri ostida. Yozuvchi, Т.: 1997.

Husayn Voiz Koshifiy. Futuvvatnomai sultoniy. “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy нашриёти, Т.: 2011, -376 b;

Yuldashev F. Abu Nasr Farobiyning “Fi maʼoniy al-aql” asarida gnoseologik masalalar: monografiya. Т.: Tamaddun, 2012, B.48.

Nizomulmulk. Siyosatnoma yoki Siyar ul – mulk. Т.: Yangi asr avlodi, 2008.B.92-93.