ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
100
RAQOBATBARDOSH TRIKOTAJ IPLARI ISHLAB CHIQARISH
TEXNIKA VA TEXNOLOGIYASIGA QО‘YILGAN TALABLAR TAHLILI
Zokirjon Erkinov
DSc. dots.
Azizbek Soliyev
PhD.
Nurbek Toxirov
doktorant
Axrorjon Yigitaliyev
tadqiqotchi
Zoxidjon Erkinov
talaba
Namangan davlat texnika universiteti,
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15006233
Annotatsiya:
Tо‘qimachilik mahsulotlari ichida eng katta ulushga ega bu
tо‘qimachilik iplari hisoblanadi. Ip yigirish jarayonlari ketma-ketligi kо‘p texnika
va texnologiyalarni talab etishi bilan murakkab hisoblanadi. Maqolada hossa va
hususiyatlari yuqori bо‘lgan trikotaj iplari ishlab chiqarish bо‘yicha izlanishlar
tahlili keltirilgan.
Аннотация:
Среди текстильных изделий наибольшую долю занимает
текстильная пряжа. Последовательность процессов прядения считается
сложной, требующей большого количества техники и технологий. В статье
представлен анализ исследований по производству трикотажной пряжи с
высокой прочностью и свойствами.
Abstract:
textile yarn occupies the largest share among textile products.
The sequence of spinning processes is considered complex, requiring a large
number of techniques and technologies. The article presents an analysis of
research on the production of knitted yarn with high strength and properties.
Kalit sо‘zlar
: tola, ip, trikotaj, deformatsiya, mato, yigirish, assortiment.
Ключевые слова: волокно, пряжа, трикотаж, деформация, ткань,
прядение, ассортимент.
Keywords:
fiber, yarn, knitwear, deformation, fabric, spinning, assortment.
Bugungi kunda dunyoni tо‘qimachiliksiz tasavvur qilish qiyin. Bu, ayniqsa,
har birimiz har kuni kiyadigan kiyimlarga tegishli. Kiyim qulaylik va himoyani
ta’minlaydi, shuningdek, muhim odamlar guruhi uchun uslub va
individuallikning о‘ta muhim ifodasidir. Tо‘qimachilik sanoati kо‘pincha eng
uzun va yeng murakkab sanoat zanjirlaridan biri deb nomlanadi. Unga xom
ashyo (masalan, tabiiy va kimyoviy tolalar) yetishtirish va ishlab chiqarishdan
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
101
boshlab, oraliq mahsulotlar (masalan, ip va mato) hamda tо‘qimachilik
sanoatining sо‘nggi mahsulotlari: gilam, kiyim-kechak va sanoat uchun
mо‘ljallangan tо‘qimachilik mahsulotlari bilan tugaydi.
Jahonda savdo hajmi bo'yicha dunyoda ettinchi o'rinni egallagan
to'qimachilik savdosining umumiy hajmi taxminan 882 milliard AQSh dollarini
tashkil etadi. Xitoy bu sohada nafaqat eksport, balki ishlab chiqarish va chakana
savdo sohasida ham yetakchilik qilmoqda [1].
О‘zbekiston 2027 yilda tо‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatidagi
mahsulotlar eksportini 7,0 milliard dollarga yetkazadi. Bu haqda prezident
tomonidan imzolangan “Tо‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida qayta ishlash
zanjirini rivojlantirish bо‘yicha qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi
farmonda
Hujjatga kо‘ra, 2025–2027 yillarda tо‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida
qayta ishlash zanjirini rivojlantirishning asosiy maqsadli kо‘rsatkichlari
belgilandi.
Shuningdek, tо‘qimachilik tarmog‘ida qayta ishlashni chuqurlashtirish
uchun qulay moliyaviy shart-sharoitlar yaratish maqsadida belgilangan qо‘llab-
quvvatlash mexanizmlari joriy etiladi.
Tо‘qimachilik korxonalari oldida turgan muammolardan biri xomashyo
hisoblanadi. О‘zbekiston 1,3 million tonna tolani qayta ishlash quvvatiga ega,
biroq hozirda atigi 1 million tonnaga yaqin tola ishlab chiqarilmoqda. Shuning
uchun paxta yetishtirish tannarxini kamaytirish va hosildorlikni oshirish soha
mutahassislari oldiga qо‘yilgan masalalardan asosiysidir.
Keltirilgan ma’lumotlarga kо‘ra, mamlakatda faqat 2019-2020 yillarda 82 ta
klasterlar yaratilgan bо‘lib, bugungi kunda mavjud 97 klasterdan 83 tasida paxta
ipi ishlab chiqarilmoqda. Ularning 46 tasi tо‘quv yoki trikotaj fabrikalari bilan
hamkorlikka ega bо‘lsa, 50 ta Klaster tayyor kiyim-kechak va trikotaj
buyumlarigacha butun ishlab chiqarish siklini tashkil yetgan [3].
Respublika tо‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida yuqori va barqaror
о‘sish sur’atlarini ta’minlash, tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish
va о‘zlashtirish, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish va eksport
qilish, modernizatsiya qilishning strategik muhim ahamiyatga ega bо‘lgan
loyihalarini amalga oshirish hisobiga yuqori texnologiyali yangi ish о‘rinlarini
yaratish, korxonalarni texnik va texnologik yangilash, ilg‘or «klaster modeli»ni
joriy etishga qaratilgan tarkibiy qayta tashkil etishni yanada chuqurlashtirish
bо‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
102
Shu bilan birga, tо‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati rivojlanishining har
tomonlama tahlili, raqobatning kuchayishi sharoitida jahon bozorining
о‘zgaruvchan konyunkturasi sohani yanada barqaror va jadal rivojlanishi
mexanizmlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishni taqozo etmoqda.
Kо‘p yillar davomida trikotaj matolar an’anaviy ravishda ichki kiyim ishlab
chiqarish uchun ishlatilgan. Ushbu turdagi mahsulotlar uchun asosiy xom ashyo
paxta bо‘lib, uzoq vaqt davomida tayyor mahsulotlar kerakli о‘lchovli
barqarorlikka ega emas edi. Hozirgi kunda vaziyat sezilarli darajada о‘zgardi.
Ichki kiyim uchun trikotaj mato katta yoki kichik darajada standart mahsulot
bо‘lib qolmoqda, tashqi kiyim uchun mato korxona uchun yangi imkoniyatlar
ochadigan yaxshilangan xususiyatlarga ega bо‘ldi. Paxtadan tashqari kimyoviy
tolalar ham sof holda yoki paxta bilan aralashmada ishlatiladi.
Sо‘nggi о‘n yilliklar davomida iste’molchilarning kundalik kiyimlarga
bо‘lgan talablari о‘zgardi. Bugungi kunda kiyimga qо‘yiladigan asosiy talab
qulaylik va mahsulotga xizmat kо‘rsatish. Afsuski, tabiiy tolalardan tayyorlangan
matolar barcha afzalliklari bilan ushbu talablarga tо‘liq javob bera olmaydi.
Ularga ishlov berish qiyin, ular qisqarishga, burishishga moyil, ularga elastiklik
yetishmaydi.
Trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish uchun iplar turli xil kо‘rinishi,
shuningdek, tarkibiy, geometrik, fizik-mexanik va boshqa xususiyatlari bilan
ajralib turadi. Biroq, ip xususiyatlari haqida bir qator ma’lumot mavjudligi hali
undan samarali foydalanish, mahsulot sifati va assortimentini ta’minlash uchun
hal qiluvchi omil bо‘la olmaydi.
Ilmiy tadqiqot ishida qо‘yilgan maqsadga erishish uchun, korxonalarda
ishlab chiqarilayotgan trikotaj iplari assortimentlari, qо‘llanilayotgan yigirish
mashinalarining texnik, konstruktiv va assortiment imkoniyatlarini keng
tadqiqotlar о‘tkazish orqali о‘rganish hamda muayyan maqsadlar uchun turli
tarkib va chiziqli zichlikdagi, tuzilishi turlicha bо‘lgan trikotaj iplarni ishlab
chiqarish texnologiyasini tanlash va ipning belgilangan xossalarini boshqarish
imkoniyatlarini topish zarur. Shuning uchun qо‘yilgan muammo kо‘p qirrali
masala sifatida yechilishi, mahsulot turlari uchun muqobil sharoitlarni
aniqlashni taqozo etadi.
Bugungi kunda dunyo amaliyotida tabiiy va kimyoviy tolalar
aralashmasidan ip yigirish va trikotaj mato hamda mahsulotlari ishlab chiqarish
bо‘yicha qator, jumladan, quyidagi ustuvor yо‘nalishlarda tadqiqotlar olib
borilmoqda: iste’mol xususiyatlari yuqori bо‘lgan trikotaj ipi va matolar ishlab
chiqarishning resurstejamkor texnologiyalarini yaratish; mavjud yigiruv usullari
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
103
va mashinalari ishchi organlari va mexanizmlarini takomillashtirish asosida,
mashinalar ish unumdorligi va samaradorligini oshirish; ip yigirish va mato olish
jarayonlarini avtomatlashtirish va robotlashtirish; texnologik jarayonlarda
о‘timlar sonini kamaytirish va ip sifatini oshirishni ta’minlovchi ratsional va
maqbul parametrlarni aniqlash, turli assortimentdagi, shuningdek, trikotaj iplar
ishlab chiqarish, ipning strukturaviy tuzilishi, tarkibi va uning asosida mato
strukturasi va sifat kо‘rsatkichlarini bashoratlash; belgilangan texnologik
kо‘rsatkichlarga ega bо‘lgan ip va tо‘quv-trikotaj matolari hamda mahsulotlarini
ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratish va boshqalar.
Olib borilgan manbalar sharhi shuni kо‘rsatadiki, hozirga qadar ip yigirish
bо‘yicha kо‘plab izlanishlar olib borilganiga qaramasdan, bugungi kunda
muayyan assortimentdagi trikotaj iplari ishlab chiqarish, ularning fizik-mexanik
xususiyatlari va yigirish mashinalari ishchi qismlarini ip xossalariga ta’siri,
trikotaj iplarining turli xossa va hususiyatlari hamda ularning yigirish
mashinalari samaradorligiga ta’siri kabi masalalar yetarlicha tadqiq etilmagan.
Yuqori sifatli tabiiy va kimyoviy tolalardan tо‘qima matolar, trikotaj mato,
kundalik va texnik maqsadlardagi mahsulotlar tayyorlash innovatsion
texnologiyalarni joriy etish bilan bog‘liq.
Trikotaj mato va mahsulotlari о‘rilish turlaridagi bilan birga tolali tarkibi
bilan ham turli xil bо‘ladi. Shu sababli, trikotaj mato va mahsulotlari qо‘llanilishi
bilan bir qatorda yakuniy mahsulotlaridagi xilma-xillikga ega bо‘ladi. Bunda
foydalaniladigan iplar assortimenti ham muhim ahamiyatga ega. Trikotaj iplarini
ishlab chiqarish texnologiyasidagi о‘ziga hoslik, ulardan keng qamrovda
foydalanish uchun oldindan yakuniy mahsulotni kо‘zlab tayyorlanishidadir [4].
Zamonaviy tо‘qimachilik korxonalarining rivojlanish yо‘nalishlaridan biri
paxta tolalari va boshqa tabiiy tolalar hamda kimyoviy tolalar aralashmasidan
yangi assortiment va turdagi tolali iplar ishlab chiqarishdir [5].
Bugungi kunda respublikamiz yetakchi xomashyo eksportchisidan, yuqori
qiymatga ega tayyor mahsulot eksportchisiga aylanib ulgurdi.
Trikotaj sanoati mahsulotlari katta iste’mol talabiga ega. Ularning
assortimenti juda xilma-xil, shu jumladan turli xil tashqi kiyimlar, ichki kiyimlar,
paypoq va qо‘lqoplar, shlyapalar, shuningdek boshqa sohalarda ishlatiladigan
turli xil maishiy va texnik matolar.
Trikotaj uchun ipning tekisligi matolarga qaraganda muhimroqdir. Bu
qalinlik va burilish bо‘yicha tekislikka ishora qiladi.
Trikotaj ilmoqlarning tuzilishi shundayki, qisqa ip bir necha marta egilib,
о‘zi bilan о‘raladi va bir-birining yonida joylashgan ilmoqlarni hosil qiladi. Har
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
104
bir ip gо‘yo yarmiga buriladi, shuning uchun uning notekisligi aniq bо‘ladi.
Ipning qalinlashgan yoki yupqalashtirilgan qismida qо‘shnilardan osongina
ajralib turadigan ilmoqlar guruhi hosil bо‘ladi. Ipning davriy notekisligi bilan
zebra deb nomlanuvchi nuqson olinadi.
Xom ashyoga qо‘yiladigan eng muhim talablar orasida ipning ishqalanishga
chidamliligini ta’kidlamaslik mumkin emas. Trikotaj ilmoqlarining deformatsiya
vaqtida elastikligi ilmoq shakli о‘zgarganda iplarning ipga ishqalanishi va ipning
egriligi о‘zgarganda tolalarning bir-biriga ishqalanishi bilan bog‘liq. Bu erda
ishqalanish qarshiligi juda muhim rol о‘ynaydi. Ishqalanish qarshiligini
pasaytirish ishqalanish koeffitsentini kamaytirish va ipning sirt holatini
yaxshilash orqali erishiladi.
Ip sirtining silliqligi, uning tozaligi, aralashmalar, konuslar, tugunlarning
yо‘qligi nafaqat ipni qayta ishlash jarayonining normal borishi, balki trikotajning
sifati - elastiklik, о‘lchov barqarorligi, tashqi kо‘rinishi uchun ham zarurdir.
Biz kо‘rib chiqqan talablar trikotaj ishlab chiqarish uchun barcha turdagi
iplar uchun umumiydir. Biroq, bu xom ashyo uchun barcha talablarni
tugatmaydi. Bir qator talablar aniq bо‘lib, kelajakda xom ashyo turi bо‘yicha
qisqacha muhokama qilinadi [6].
Iplarning xossalarini bashoratlash va loyihalashda obyektiv yondashuv
texnologik jarayonlar natijalarini ilmiy tahlil qilish va baholashga, shuningdek,
ipning tuzilishi va xususiyatiga bog‘liq qonuniyatini о‘rnatishga imkon beradi.
Natijada, texnologik jarayonni nazorat qilish va yuqori sifatli ipni ishlab
chiqarishga turtki beradi. Bu mavjud xom ashyolardan oqilona foydalanishga va
mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirishga yordam beradi. Yakuniy
mahsulot sifatiga ta’sir kо‘rsatadigan fizik-mexanik kо‘rsatkichlari katta
miqdorda iplarning strukturaviy tuzilishiga bog‘liq bо‘lib, u quyidagi
kо‘rsatkichlar bilan ifodalanadi:
a) buram berish darajasi;
b) iplarning uzunligi bо‘yicha joylashuviga;
c) ipning kо‘ndalang kesimidagi tolalar soni va zichligi;
d) sifat va soni bо‘yicha tolalarni ipda taqsimlanishi.
Taxlil etilgan adabiyotlar va kо‘rib chiqilgan tadqiqotlarda oxirgi
kо‘rsatgich, ya’ni tolalarni soni bо‘yicha ipda taqsimlanishi e’tiborga olinmaydi
va asosan yuqoridagi uchtasiga diqqat qaratiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
https://worldpopulationreview.com/country-rankings/textile-exports-
by-country
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
105
2.
https://sputniknews.uz/20250122/ozbekiston-toqimachilik-tikuv-
trikotaj-mahsulotlar-eksport-47647182.html
3.
https://kapital.uz/textile-perspectives
4.
Soliyev A., Jumaniyazov Q., Axmedova D. Trikotaj mato va iplarining
xosssalarini tadqiqi. Paxta, to’qimachilik va yengil sanoat mahsulotlari sifatini
ta’minlashning zamonaviy konsepsiyalari: halqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
maqolalari to’plami. 1-Tom. – Namangan: NamMTI, 2021. – 458 bet
5.
Novikova N.V. Razrabotka i issledovaniye texnologii proizvodstva pryaji
trikotajnogo naznacheniya iz mnogokomponentnix smesey xlopkovix i
ximicheskix volokon // dissertatsiya na soiskaniye uchenoy stepeni kandidata
texnicheskix nauk. MGTU im. A. N. Kosigina. M., 2000, 195 s.
6.
Soliyev A. i dr. Trikotaj i pryaja ispolzuemaya dlya yego virabotki. “Fan va
ishlab chiqarish integratsiyalashuvi sharoitida to’qimachilik va yengil
sanoatdagi muammolar va ularni bartaraf etish yo’llari” halqaro ilmiy-amaliy
konferensiyasi maqolalari to’plami. 2-Tom. – Namangan: NamMTI, 2022. – 99
bet