Авторы

  • Orasta Jovliyeva
    Toshkent Davlat Pedagogika Unversiteti Professional ta’lim fakulteti Magistratura bo‘limi “Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi” yo‘nalishi 1-bosqich magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.71315

Ключевые слова:

ta’lim islohotlari integrativ yondashuv chizmachilik fanlararo bog‘liqlik ta’lim sifati.

Аннотация

Ushbu maqolada Oʻzbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, ularning mazmun-mohiyati va istiqbollari tahlil etiladi. Xususan, so'nggi yillarda rivojlanayotgan ta’lim tizimida fanlararo integratsiya jarayonining ahamiyati ochib beriladi. Chizmachilik fanini boshqa fanlar bilan integrativ yondashuv asosida oʻqitishning samaradorligi va integrativ yondashuvning oʻquvchilarning ijodiy fikrlashi, texnik bilim va koʻnikmalarini shakllantirishdagi oʻrni haqida yoritilgan. Maqolada integratsion oʻqitish metodlarining nazariy va amaliy jihatlari, ularning oʻquv jarayoniga tatbiq etilishi boʻyicha ilgʻor tajribalar hamda kelajakdagi rivojlanish istiqbollari yoritiladi. Olingan natijalar fan va ta’lim integratsiyasi orqali ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar bilan boyitiladi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

64

O‘ZBEKISTONDA TA’LIM SOHASIGA OLIB BORILAYOTGAN

ISLOHOTLAR VA UNING ISTIQBOLLARI. FAN VA TA’LIMNING

INTEGRATSION JARAYONLARI. (CHIZMACHILIK MISOLIDA)

Jovliyeva Orasta

Toshkent Davlat Pedagogika Unversiteti

Professional ta’lim fakulteti Magistratura bo‘limi

“Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi” yo‘nalishi

1-bosqich magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14999346

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Oʻzbekistonda ta’lim sohasida amalga

oshirilayotgan izchil islohotlar, ularning mazmun-mohiyati va istiqbollari tahlil
etiladi. Xususan, so'nggi yillarda rivojlanayotgan ta’lim tizimida fanlararo
integratsiya jarayonining ahamiyati ochib beriladi. Chizmachilik fanini boshqa
fanlar bilan integrativ yondashuv asosida oʻqitishning samaradorligi va
integrativ yondashuvning oʻquvchilarning ijodiy fikrlashi, texnik bilim va
koʻnikmalarini shakllantirishdagi oʻrni haqida yoritilgan. Maqolada integratsion
oʻqitish metodlarining nazariy va amaliy jihatlari, ularning oʻquv jarayoniga
tatbiq etilishi boʻyicha ilgʻor tajribalar hamda kelajakdagi rivojlanish istiqbollari
yoritiladi. Olingan natijalar fan va ta’lim integratsiyasi orqali ta’lim sifatini
oshirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar bilan boyitiladi.

Kalit so‘zlar

: ta’lim islohotlari, integrativ yondashuv, chizmachilik,

fanlararo bog‘liqlik, ta’lim sifati.

Annotation.

This article analyzes the ongoing educational reforms in

Uzbekistan, their essence, and future prospects. In particular, it highlights the
importance of interdisciplinary integration in the rapidly developing education
system of recent years. The effectiveness of teaching the subject of drafting
(technical drawing) based on an integrative approach and its role in fostering
students' creative thinking, technical knowledge, and skills are explored. The
article discusses the theoretical and practical aspects of integrative teaching
methods, their application in the educational process, and advanced experiences
in this field, along with future development prospects. The obtained results are
supplemented with practical recommendations aimed at improving the quality
of education through the integration of science and education.

Keywords:

educational reforms, integrative approach, drafting,

interdisciplinary connection, education quality.

Аннотация.

В данной статье анализируются проводимые в

Узбекистане последовательные реформы в сфере образования, их
сущность и перспективы. В частности, раскрывается значение


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

65

междисциплинарной интеграции в стремительно развивающейся системе
образования

последних

лет.

Рассматривается

эффективность

преподавания черчения на основе интегративного подхода, а также его
роль в развитии креативного мышления учащихся, их технических знаний
и навыков. В статье освещаются теоретические и практические аспекты
интегративных методов обучения, их внедрение в образовательный
процесс, передовой опыт в данной сфере, а также перспективы
дальнейшего

развития.

Полученные

результаты

дополняются

практическими рекомендациями, направленными на повышение качества
образования через интеграцию науки и обучения.

Ключевые слова:

образовательные реформы, интегративный подход,

черчение, междисциплинарная связь, качество образования.


Bugungi kunda yurtimiz jadal suratlarda rivojlanmoqda. Shu rivojlanish

bilan bir qatorda eng katta e’tibor ta’lim sohasiga berilmoqda. Shuningdek,
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o‘z maʼruzalaridan birida, davlat va jamiyat
ravnaqini belgilab beruvchi quyidagi fikrlari pedagog sifatida bizni ruhlantirdi:
“Atoqli maʼrifatparvar bobomiz Abdulla Avloniyning: “Tarbiya biz uchun yo
hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir”,
degan hikmatli so‘zlarini men qayta-qayta takrorlashdan charchamayman”.

So‘ngi yillarda masalaga mana shunday yondashuv ta’lim sohasidagi

faoliyat mezoniga aylandi. Chindan ham, “agar biz taʼlimni oʻzgartirsak, taʼlim
insonni oʻzgartiradi. Inson oʻzgarsa – butun jamiyatimiz oʻzgaradi”. Bugungi
kunda taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar Oʻzbekistonda Uchinchi
Renessansga poydevor boʻladi. Shuning uchun hozirgi kunda mamlakatimizda
uzluksiz taʼlimni takomillashtirish, yoshlarimizni har tomonlama barkamol
insonlar etib tarbiyalash, yuqori malakali pedagog kadrlar tayyorlashni tubdan
yaxshilashga va ular uchun shart-sharoit yaratishga alohida eʼtibor
qaratilmoqda. Yangi turdagi taʼlim maskanlari, xususan, Prezident maktablari,
ijod maktablari, ixtisoslashgan maktablar faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ta’lim sohasida keng ko‘lamli islohotlar

amalga oshirilib kelinmoqda, ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, ta’lim sifatini
oshirish va xalqaro standartlarga moslashtirishga qaratilgan qator chora-
tadbirlar amalga oshirildi. Bu islohotlarni o‘rta maxsus ta’lim tizimi misolida
oladigan bo‘lsak, 2022-2026 yillarda umumiy o‘rta ta'lim muassasalarini qurish,
rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash hisobiga 1,2 million o‘quvchi
o‘rni miqdoridagi yangi quvvatlar yaratish kabi qator vazifasi qo‘yildi. Bularning


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

66

barchasi shuni ko‘rsatadiki, taʼlim sifatini oshirish bizning maqsadimiz va
sharafli vazifamiz boʻlib qoladi. Prezidentimiz oʻzining tabrik nutqida “Markaziy
Osiyo ruhi” degan iboraga toʻxtalib oʻtdi. Xalqaro maydonda mintaqa nomidan
yangi tashabbuslar ilgari surila boshlanganligi, ular jahon hamjamiyati
tomonidan eʼtirof etilayotganligi buning sababidir. Bunda, albatta,
Oʻzbekistonning ham munosib oʻrni bor. Darhaqiqat, O‘zbekistonda ta’lim
sohasida olib borilayotgan xalqaro hamkorlik so‘nggi yillarda sezilarli darajada
rivojlanib, mamlakatda ta’lim tizimini modernizatsiya qilish va xalqaro
standartlarga moslashtirishga qaratilgan qator tashabbuslar amalga
oshirilmoqda. 2024-yil 2-fevralda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-
54-son qarori bilan "Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi" loyiha ofisi tashkil
etildi. Ushbu markaz ta’lim sohasini isloh qilish bo‘yicha chora-tadbirlar va
istiqbolli tashabbuslarni ishlab chiqish, xalqaro tajribalarni tahlil qilish va
samarali amalga oshirishni ta’minlash kabi vazifalarni bajaradi.

Mamlakat taraqqiyoti, rivojlanishi uchun muhim strategik ahamiyatga ega

bo‘lgan "O‘zbekiston – 2030" strategiyasi qabul qilindi. Ushbu strategiya
doirasida ta’lim tizimini isloh qilish, sifatli ta’lim-tarbiya berish va yetuk kadrlar
yetishtirish bo‘yicha sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ta’lim tizimida yangi yondashuvlar:
Yangi O'zbekiston sharoitida ta’lim tizimida yangicha yondashuvlar joriy

etilib, ta’lim jarayonini yangi sifat bosqichiga ko‘tarishga xizmat qilmoqda. Bu
jarayonda xotin-qizlar ta’limiga alohida e’tibor qaratilib, ularning ta’lim olish
imkoniyatlari kengaytirilmoqda.

Ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha rejalar:
Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limini rivojlantirish va sifatini

oshirishga oid rejalar taqdimoti bilan tanishdi. "O‘zbekiston – 2030"
strategiyasida ta’lim tizimi islohotlari eng birinchi vazifa etib belgilangan.
Shunga muvofiq, bu soha ham umumiy, ham ixtisoslashtirilgan tarzda
rivojlantirilmoqda.

O‘zbekistonda ta’lim tizimi sohasidagi islohotlar davom etib, ta’lim tizimini

yanada takomillashtirish va xalqaro maydonda raqobatbardosh kadrlar
tayyorlashga qaratilgan. Ushbu islohotlar mamlakatning kelgusi taraqqiyoti
uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, yosh avlodning zamonaviy bilim va
ko'nikmalarga ega bo'lishini ta'minlashga xizmat qilmoqda.

O'zbekistonda ta'lim tizimini rivojlantirish va yanada yaxshilash maqsadida

YUNESKO va BMT kabi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilib, ta'lim sifatini
oshirish va global ta’lim dasturlarini tatbiq etishga katta e’tibor qaratilmoqda.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

67

2025-yil 4-fevral kuni Kuala-Lumpurda bo‘lib o'tgan "Barqaror rivojlanish
maqsadlariga erishishda oliy ta’lim sohasidagi imkoniyatlar va tashabbuslar"
mavzusidagi birinchi O‘zbekiston-Malayziya ta’lim forumi ikki davlat o‘rtasidagi
hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tardi. Bundan tashqari, O‘zbekiston va
Ozarbayjon ta’lim vazirlari o‘qituvchilar malakasini oshirish, ta’lim dasturlari va
o‘quv materiallarini ishlab chiqish, STEAM festivallari tashkil etish kabi
sohalarda ham hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi"
imzoladilar.

Oliy ta’lim muassasalarida ham qator o‘zgarishlar qilinmoqda, shu bilan

birga O‘zbekiston oliy ta'lim muassasalari AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya,
Fransiya, Italiya, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Xitoy, Malayziya, Hindiston va
Rossiya kabi davlatlarning nufuzli universitetlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri
hamkorlik shartnomalari asosida faoliyat olib boryoganini misol qilishimiz
mumkin. Globallashuv jarayonida oliy ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik
strategik ahamiyat kasb etib, xorijiy tajriba va yangi bilimlar o‘zbek talabalari
uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda.

O‘zbekiston xalq ta’limi tizimidagi ta’lim sifatini baholash sohasidagi

xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish, xalqaro aloqalarni o‘rnatish va o‘quvchi-
yoshlarning ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini qo‘llab-quvvatlash
maqsadida chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekistondagi ta’lim tizimi
sohasidagi xalqaro hamkorlik mamlakatning ta‘lim tizimini modernizatsiya
qilish, ta’lim sifatini oshirish va xalqaro standartlarga moslashtirishda muhim
rol o‘ynamoqda. Ushbu hamkorliklar natijasida o‘zbek talabalari va
o‘qituvchilari uchun yangi imkoniyatlar yaratilmoqda, ilmiy salohiyat
oshirilmoqda va ta’lim tizimi global maydonda integratsiyalashmoqda.

Ta’limning integratsion jarayoni – bu turli fanlar, bilim sohalari va ta’lim

bosqichlari o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash, ularni yagona tizim
sifatida uyg‘unlashtirish jarayonidir. Ta’lim jarayonini integratsion yondashuv
muhim rol o‘ynashini Howard Gardnerning quydagi so‘zlaridan ham bilishimiz
mumkin: "Nazariya va amaliyot bir-biridan ajralgan ta’lim faqatgina quruq
ma’lumotlarni yodlashga olib keladi. Integratsiyalashgan ta’lim esa insonni
fikrlashga o‘rgatadi."

Ko‘plab olimlarning izlanishlari va fikrlariga ko‘ra, ta’lim integratsiyasi

bilimlarni yaxlit tizim sifatida o‘rganish, amaliyotda esa hayot bilan bog‘lash va
fanlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni chuqur anglash imkonini beradi. Rus
psixologi L. Vygotsky ta’lim jarayonida fanlar o‘rtasidagi integratsiya inson
ongining rivojlanishiga bevosita ta’sir qilishi haqida quyidagi fikrlarni ilgari


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

68

surgan: “O‘quvchilar yangi bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida oldingi bilimlari
bilan bog‘liqlik hosil qiladi. Muloqot va hamkorlikda o‘qitish orqali o‘quvchilar
bilimlarni tezroq o‘zlashtiradi turli fanlar integratsiyasi orqali o‘quvchilarda
kompleks fikrlash shakllanadi, bu esa ularning ilmiy-ijodiy rivojlanishiga
yordam beradi.”

Ta’limdagi integratsiyon yondashuvning ijobiy tomonini H. Gardner “Ko‘p

intellekt nazariyasi” orqali ko‘rishimiz mumkin. Amerikalik olim H. Gardner
ta’limning integratsion jarayonlari haqida quyidagi fikrlarni ilgari surgan:
“O‘quvchilarning qobiliyatlari turlicha bo‘lganligi uchun ta’lim bir yo‘nalishda
emas, balki ko‘p qirrali bo‘lishi kerak. Integrativ yondashuv o‘quvchilarga o‘z
qobiliyatlariga mos yo‘nalishda bilim olish imkoniyatini yaratadi. Musiqa, san’at,
texnologiya, fan va matematika bir-biriga bog‘liq holda o‘qitilsa, o‘quvchilarning
o‘zlashtirish darajasi ortadi.”

Shu o‘rinda, maktablarda chizmachilik fanini integratsion yondashuv

asosida o‘qitishni misol qilishimiz mumkin. Chizmachilik fanlarida integratsiya-
bu chizmalarni chizish jarayonini diversifikatsiya qilish, darslarga qiziqishni
uyg‘otish va bolalar ishini yaxshilashga imkon beradigan turli xil vizual faoliyat
turlarining o‘zaro bog‘liqligi. Albert Eynshteynning "Tasavvur bilimdan
muhimroqdir. Chizmalar orqali inson tafakkur chegaralarini kengaytiradi" degan
fikrini ham ortida katta ma’no yotadi. Bugungi kunda chizmachik fanini bir
qancha fanlar bilan birga bir biriga bog‘lab o‘qitilmoqda. Bu shakldagi ta’lim
tizimi o‘quvchi yoshlarni chizmachilik faniga bo‘lgan qiziqishlarini yanada
oshirish va chizmachilik fanini qulay, oson va zamonaviy texnalogiyalar bilan
o‘qitilishini ham ta’minlaydi. Chizmachilik fanlari algebra, geometriya,
texnologiya, chizma geometriya va bugungi kunda eng rivojlanib borayotgan
fanlardan biri kompyuter grafiasi 3D modellashtirish fanlari bilan chambarchas
bog‘liqdir.

Chizmachilik fanida integratsiyaviy yondashuvdan foydalanishdan asosiy

maqsad sub’ektiv yangi bilimlarni sintez qilishdan iborat bo‘lib, integratsiya
jarayonining bosh vazifasi-sub’ektiv yangi ilmiy bilimlarni sintez qilishga
qaratilgan pedagogik texnalogiyalarni ishlab chiqishdan iborat. Chizmachilik
fani integratsiyasi haqida pedagogika olimi Vladimir Talitsin "Chizmachilikni
matematika, fizika va texnologiya fanlari bilan bog‘lash o‘quvchilarda
muhandislik tafakkurini rivojlantirishning asosiy vositasidir", italyan dizayneri
va pedagogi Bruno Munari "Chizma – bu fikrni ifodalashning eng aniq tili. Unda
matematika, san’at va texnika birlashadi" va pedagogika bo‘yicha tadqiqotchi M.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

69

V. Krivenko "Chizmachilik ta’limi muhandislik, san’at va texnologiyaning o‘zaro
bog‘liq ekanini tushunishga yordam beradi" kabi fikrlarni aytishgan.

Integratsion yondashuv asosida tashkil etilgan ta’lim modeli

o‘quvchilarning tanqidiy fikrlashini o‘stiradi, ularning kelajakda mehnat
bozorida muvaffaqiyatli bo‘lishiga yordam beradi va innovatsion tafakkurni
rivojlantirishga xizmat qiladi. Ta’limda integratsion yondashuv o‘quvchilarning
ko‘p qirrali bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Bu yondashuv
kelajak avlodning intellektual salohiyatini rivojlantirish, ularni amaliy jihatdan
tayyorlash hamda innovatsion fikrlashni oshirishda muhim rol o‘ynaydi.
Integratsion tashkil etilgan ta’lim modeli dunyo ta’lim tizimlarida keng
qo‘llanilmoqda va O‘zbekiston ham bu yo‘nalishda muhim islohotlarni amalga
oshirmoqda. Integratsiya bugungi zamonaviy ta’limda muhim ahamiyat kasb
etib, o‘quvchilarga ko‘p tarmoqli bilim olish, kreativ fikrlash va zamonaviy
texnologiyalar bilan erkin va qulay ishlash imkoniyatini beradi. Ayniqsa,
chizmachilik fanining texnika, san’at, texnologiya va shu kabi sohalar bilan
bog‘lanishi muhandislik va ijodiy kasblarga yo‘naltirishda katta rol o‘ynaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi

"O‘zbekiston — 2030" strategiyasi to‘g‘risida"gi PF-158-son Farmoni.
https://lex.uz/uz/docs/-6600413
2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi PQ-54-sonli

qarori: "Ta’lim sohasidagi islohotlarni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida". https://lex.uz/docs/-6788002
3.

Xaitov A., Eshqulov M. "Ta’limda integratsion yondashuv: nazariya va

amaliyot". Toshkent: Innovatsiya-Ziyo, 2022.
4.

Xalimov M. Chizmachilik darslarida yangi innovatsion texnologiyalarni

qо‘llash. - Xalq ta`limi jurnali. 2006. 3-son.
5.

Xalimov M.K. Elements of student space imagination in the teaching of

graphic sciences and methods of using it. // current research journal of
pedagogics (ISSN –2767-3278) volume 03 ISSUE 02 Pages: 103-116 sjif impact
factor (2021: 5. 714) oclc – 1242041055 metadata if – 8.145., -B.105.
https://masterjournals.com/index.php/crjp/article/view/753
6.

Mavlonov U., Sodiqov Sh., Yuldashev N. "Pedagogik innovatsiyalar va

integrativ ta’lim" – Toshkent: Fan, 2021.
7.

Jovliyeva O. Medhodology of teaching drawing with other subjects based

on an integrative approach.-Web of teachers: Inderscience Research. 2025.
https://webofjournals.com/index.php/1/article/view/2997

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi "O‘zbekiston — 2030" strategiyasi to‘g‘risida"gi PF-158-son Farmoni. https://lex.uz/uz/docs/-6600413

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi PQ-54-sonli qarori: "Ta’lim sohasidagi islohotlarni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida". https://lex.uz/docs/-6788002

Xaitov A., Eshqulov M. "Ta’limda integratsion yondashuv: nazariya va amaliyot". Toshkent: Innovatsiya-Ziyo, 2022.

Xalimov M. Chizmachilik darslarida yangi innovatsion texnologiyalarni qо‘llash. - Xalq ta`limi jurnali. 2006. 3-son.

Xalimov M.K. Elements of student space imagination in the teaching of graphic sciences and methods of using it. // current research journal of pedagogics (ISSN –2767-3278) volume 03 ISSUE 02 Pages: 103-116 sjif impact factor (2021: 5. 714) oclc – 1242041055 metadata if – 8.145., -B.105. https://masterjournals.com/index.php/crjp/article/view/753

Mavlonov U., Sodiqov Sh., Yuldashev N. "Pedagogik innovatsiyalar va integrativ ta’lim" – Toshkent: Fan, 2021.

Jovliyeva O. Medhodology of teaching drawing with other subjects based on an integrative approach.-Web of teachers: Inderscience Research. 2025. https://webofjournals.com/index.php/1/article/view/2997