ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
161
BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI IJODIY
FAOLIYATNI TASHKIL ETISH YO‘LLARI
Shonazarova Muhayyo Umirzaqovna
Qamashi tumani 53-umumiy o’rta ta’lim maktabi
o‘qituvchisi (Qarshi shahri, O‘zbekistan)
https://doi.org/10.5281/zenodo.15023128
Annotatsiya:
Mazkur
maqolada
bo‘lajak
boshlang‘ich
sinf
o‘qituvchilarining ijodiy faoliyatni tashkil etishga tayyorlashda yuzaga keluvchi
mavjud qiyinchilik va muammolar hamda ularni hal etish yo‘llari bayon etilgan.
Shuningdek, pedagog shaxsining o‘ziga xosliklari bilan bog‘liqlikda duch
keladigan qiyinchiliklar, pedagogik jarayonda yuzaga keladigan qiyinchiliklarni
bartaraf etish yo‘llari haqida so‘z yuritilgan.
Kalit so‘zlar:
ta’lim-tarbiya tizimi, yoshlar tarbiyasi, pedagogik ijod,
ijodkorlik, ijodiy faoliyat, kasbiy faoliyat, kasbiy rivojlanish, kasbiy deformatsiya.
Аннотация:
В статье описываются современные трудности и
проблемы, возникающие при подготовке будущих учителей начальных
классов к организации творческой деятельности, а также пути их решения.
Также рассматриваются трудности, возникающие в связи с
индивидуальными особенностями педагога, и пути преодоления
трудностей, возникающих в педагогическом процессе.
Ключевые слова:
система образования, воспитание молодежи,
педагогическое творчество, креативность, творческая деятельность,
профессиональная
деятельность,
профессиональное
развитие,
профессиональная деформация.
Ma’lumki, yoshlar tarbiyasi murakkab jarayon bo‘lib har bir jamiyatda bu
masalaga har tomonlama katta e’tibor va imkoniyatlar yaratish yo‘lida muhim
vazifalar belgilab qo‘yilgan. Yosh avlodni ma’naviy-axloqiy va estetik
tarbiyalashda xalqning milliy tarbiya usullari, qadriyat va an’analari, buyuk
mutafakkirlarning jahon tamadduniga qo‘shgan munosib ulushlari, boy ma’naviy
merosidan unumli foydalanish, albatta, o‘zining ijobiy natijasini beradi.
Binobarin, tarbiya tushunchasi zamirida “tarbiyalanuvchining ongi (ijtimoiy
xarakterdagi amaliy faoliyatga ruhlantiruvchi hissiy va aqliy sohalariga) hamda
fe’l-atvoriga shaxsni rivojlantirishga zarur shart-sharoitlarni ta’minlovchi
muayyan yo‘l-yo‘riq, tushuncha, tamoyil, qadriyatli yo‘nalishni shakllantirish
maqsadida ta’sir ko‘rsatish” g‘oyasi yotadi [1] .
Shaxs kamolotida ta’lim-tarbiya muassasalari, oila va mahalla, ommaviy
axborot vositalari, internet tizimi hamda keng jamoatchilikning targ‘ibot-
tashviqot ishlari muhim o‘rin tutadi. Aynan bu borada бo‘lajak boshlang‘ich sinf
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
162
o‘qituvchilarining jamoaviy ijodiy faoliyatini tashkil etishda milliy va
umuminsoniy qadriyatlar, insonparvarlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik,
yuksak e’tiqod ruhida tarbiyalashning muhim omili sifatida falsafa, psixologiya,
pedagogika, tarix, til va adabiyot fanlari uyg‘unligiga tayaniladi.
Milliy
tarbiyashunoslikdagi
ilg‘or
tajribalar
boshlang‘ich
sinf
o‘qituvchilarini ijtimoiy jamiyatning faol ishtirokchilariga aylantirishga keng
imkoniyatlar yaratadi. Bunda “odamzodga xos eng yuksak ma’naviy va jismoniy
barkamollikni mujassam etgan”, “yangilanayotgan jamiyatimizda sog‘lom
avlodni tarbiyalash”, “erkin fuqaro ma’naviyatini shakllantirish”, “ma’naviy-
ma’rifiy ishlarni yuksak darajaga ko‘tarish orqali barkamol insonlarni voyaga
yetkazish” maqsadiga erishish tarbiya metodikasining tub mohiyatini tashkil
etadi [2].
Ma’naviy yetuk va barkamol yoshlar tarbiyasiga qaratilgan davlat siyosati
ma’naviy-axloqiy tarbiya usullariga chambarchas bog‘liq bo‘lib, bu jarayon
uzluksiz ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlarida, xususan, oliy ta’lim tizimida
talabalarning mustaqil tafakkuri, ijodkorligi va intellektual salohiyatini
oshirishga uzviylikda amalga oshiriladi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilarining ijodiy faoliyatini tashkil etish haqida so‘z ketganda,
ijodkorlikning o‘zi nima ekanligini aniqlash, so‘ng ijodiy faoliyatni
tashkillashtirish mezonini tanlash maqsadga muvofiq.
“Ijodkorlik” tushunchasi ko‘pgina fanlarning tahliliy asosi sanaladi. Uning
ma’nolarini aniqlashda ushbu qobiliyatning serqirra ekanligi muhim o‘rin tutadi.
Tushuncha o‘zida “ijodiy munosabat”, “ijodiy faoliyat”, “ijodiy mehnat”, “ijodkor
shaxs”, “ijodiy o‘ziga xoslik” kabi ma’nolarni mujassam etadi.
XIX asr oxirida ko‘pgina faylasuflar tomonidan ijodkorlik tushunchasiga oid
qarashlar ilgari surilgan bo‘lib, har birida o‘ziga xos individuallik va
tafakkurning turfaligi sezilib turadi. Binobarin, ijodkorlik “ijtimoiy ahamiyatga
ega yangi moddiy va ma’naviy qadriyatlarni yaratuvchi inson faoliyatidir”
“Ijodkorlik – bu qarama-qarshiliklarni bartaraf qilishga yo‘naltirilgan inson
faoliyati ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, uning uchun ob’ektiv (ijtimoiy, axloqiy) va
sub’ektiv shaxsiy shart-sharoit (bilim, ko‘nikma, ijodiy qobiliyat) kabilar zarur,
uning natijasi yangilik va taraqqiyparvarlik kasb etadi [3]. Ijodkorlik – bu
faoliyat bo‘lib, yangi moddiy va ma’naviy qadriyatlarning yuzaga kelishi uning
natijasi hisoblanadi.
Insoniyat ijodiyotning sub’ekti sifatida o‘zini anglashi ijodkorlik muammosi
va tushunchalarini ko‘rib chiqishning yangi yo‘nalishlarini belgiladi. Faylasuflar
inson ijodiy faoliyatining mohiyatini, gnoseologik va umummetodologik
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
163
xususiyatlari muammolarini o‘rganadilar. Shunga ko‘ra, XX asr mahalliy
falsafasida “IJODKOR ODAM” muammosini hal qilishga urinish maqsadi
yetakchilik qilgan.
Ijodiy pedagogik faoliyatning keyingi mohiyatli tavsifi uchun “kreativlik” –
ijodkorlik tushunchasiga murojaat qilish zarur, bu esa ko‘rib chiqilayotgan
kategoriyaning markaziy havolasi sanaladi.
Kreativlik nazariyasini ishlab chiquvchilardan biri Ye.P.Torrens bo‘lib, u
kreativlikni muammolarga, bilimning yetishmasligi, ularning hamohang
emasligi, nomuvofiqligiga nisbatan ta’sirchanlikning paydo bo‘lish jarayoni
sifatida belgilaydi;
Dj.Gilford o‘zining modeli asosida kreativlikning to‘rt omilini ajratib
ko‘rsatadi: o‘ziga xoslik, semantik moslashuvchanlik, obrazli moslashuvchanlik
va semantik o‘z-o‘zidan yuzaga keladigan moslashuvchanlik bo‘lajak
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijodiy faoliyatini tashkil etishga doir metodik
ta’minotning yetarli emasligi;
– ta’lim jarayonida talabalarni ijodiy faoliyatga yo‘naltirish bilan bir qatorda
kommunikativ kompetentliligini rivojlantirish hamda sohaga oid yangiliklarni
o‘zlashtirishga qaratilgan seminar-trening va master klasslarni o‘tkazishga
ahamiyat berilmayotganligi;
– ijodkorlikka oid topshiriq va mashqlarni bajarishda axborot
texnologiyalaridan samarali foydalanish, elektron ta’lim resurslarini yaratish
bo‘yicha
bilim,
ko‘nikma
va
malakalarni
shakllantirishga
e’tibor
qaratilmayotganligi va h.k.
V.I.Zagvyazinskiyning “O‘qituvchining pedagogik ijodkorligi” kitobida ijodiy
faoliyatga “yangi pedagogika tizimini yaratish, noma’lum qonuniyatlarni ochish,
yangi g‘oyalar, usul, vositalar; yangilik yaratish, insonning ichki mohiyati
asosidagi kuchlarini uyg‘otish orqali ijod qilish” ta’rifi beriladi. Olim tomondan
pedagog ijodiyotining quyidagi farqli jihatlari ajratib ko‘rsatiladi:
1. Vaqt jihatidan qat’iy belgilangan va chegaralangan. Agar darsda
kutilmagan holat ro‘y bersa, o‘qituvchi qisqa muddat ichida yangi qaror qabul
qilishi shart.
2. Pedagogik ijodiyot o‘quv-tarbiyaviy jarayon bilan yaxlit tutash bo‘lganligi
sababli u har doim ijobiy natijalarga olib kelishi lozim. Salbiylari esa faqat
xayoliy sinov va taxminlardagina bo‘lishi mumkin.
3. Pedagogik ijodkorlik doimo hamkorlikdagi ijodiy ishdir.
4. Ijodiyotning sezilarli qismi odamlar oldida ommaviy tarzda (o‘zining
ruhiy holatini boshqara olish ko‘nikmasi) amalga oshiriladi.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
164
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining ijodiy faoliyatida yuzaga keluvchi
qiyinchilik va muammolarning ob’ektiv shart-sharoitlariga quyidagilarni kiritish
mumkin:
a) yetarli metodik ta’minotga ega bo‘lmaslik;
b) faoliyatini baholashdagi yuzakilik;
v) ikkinchi darajali vazifalarga jalb etilishi.
O‘qituvchi faoliyatida yuzaga keladigan qiyinchiliklarni bartaraf etish
quyidagi strategiyalarga asoslanishni talab etadi:
1) kasbiy rivojlanish (konstruktiv strategiya);
2) psixologik muhofaza (himoya strategiyasi);
3) kasbiy deformatsiya (destruktiv strategiya).
Mahoratli pedagoglar uchun qiyinchiliklar innovatsiya to‘siqlarini yengib
o‘tish bilan chambarchas bog‘liq. Pedagogik faoliyatda duch kelinadigan to‘siqlar
ko‘pincha pedagog faoliyatini chegaralab qo‘yish ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Mazkur tipologiya bilan bog‘liqlikda yuzaga keladigan qiyinchiliklarni hal
etishda birdan ortiq strategiyalarni qo‘llash maqsadga muvofiq. Masalan, yosh
o‘qituvchilar faoliyatida yuzaga keladigan qiyinchiliklar, avvalo, kasbiy
rivojlanishini bosqichma-bosqich takomillashtirib borish, kasbiy faoliyat bilan
bog‘liq muammoli vaziyatlarni hal etishda ularni psixologik qo‘llab-quvvatlash,
o‘z-o‘ziga ishonch, mas’uliyat hissini qaror toptirish hamda o‘zgaruvchan
vaziyatlarda muvafaqqiyatli harakatlana olish strategiyalarini talab etadi.
Tadqiqot davomida ijodkor pedagog qanday bo‘lishi kerak degan nuqtai
nazarlar umumlashtirib, pedagogik faoliyat ko‘pgina amaliy muammolarni ijodiy
hal qilish, ya’ni ta’lim jarayonini oldindan ko‘ra bilish, uni loyihalashtirish va
tashkillashtirish, o‘quvchilarga tashxis qo‘ya olish hamda ularning rivojlanishini
yaxshilash talabidir degan xulosaga kelindi. Buning uchun o‘qituvchidan kasbiga
xos mahorat qirralari: mustaqillik, kasbiy sezgirlik va empatiyaga ega bo‘lish,
tanqidiy fikrlay olish, muammoni his qilish, murakkab vaziyatlarni oldindan
taxmin qilish, individual ijodiy uslubini yaratishga intilish va o‘z-o‘zini
rivojlantirish sifatlari talab etiladi. Bir so‘z bilan aytganda, ijodkorlikka
qandaydir sifatli yangilikni vujudga keltiruvchi faoliyat sifatida qaraladi [4].
Ijodiy fikrlash ijodiy faoliyatga yo‘naltiruvchi bosh mezondir. Talabalarda
ijodiy fikrlashni rivojlantirishning asosiy komponentlarini tadqiq qilgan
G.Ergashevaning qayd etishicha, “jamoadagi ma’naviy psixologik iqlim ijodiy
muhit yaratishga yo‘naltirilgan bo‘lishi, ijodga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan
omillarni baratarf etishi lozim. Qulay psixologik muhit quyidagilar bilan
tavsiflanadi: barcha talabalarda ijodiy jarayonning ortishi, stereotiplarning
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
165
erkinligi, muhokamalarning noqulay bo‘lmasligi, tashabbusi va mustaqilligi,
ijodiy kasbiy faoliyatga qiziqish va tayyorligi”. Albatta, bu jihatlarga e’tibor
qaratishda talabalardagi yaqqol ko‘zga tashlanadigan xususiyatlarga asoslanish,
individual imkoniyatlarini ko‘zda tutish va rag‘batlantirish zarur. Bizningcha,
jamoaviy ijodiy faoliyatni tashkil etishga tayyorlashda talabalar o‘rtasida
sog‘lom raqobat muhitini yaratish, musobaqalashish, kuch sinashish
imkoniyatini berish ularda ijodiy g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlashga motivatsiya
uyg‘otadi [5].
Ijodkorlik natijasi faqat qandaydir mahsulotni yaratishda emas, balki
ijodkor sub’ektining o‘zini rivojlantirishida, ya’ni insoniyat faoliyati shakllarida
amalga oshiriladigan taraqqiyotida namoyon bo‘ladi. Ijodiy rivojlanish barcha
taraqqiyot kabi ikki ko‘rinishdagi elementni qamrab oladi: reproduktiv (mavjud
narsani qaytadan tiklash) va ijodiy (ilgariga qarab intilish imkonini beruvchi
yangilik). Ijodiy harakat muammoning yuzaga kelishi, hal qilishga tayyorgarlik,
g‘oyaning paydo bo‘lishi, va nihoyat, uni mujassamlashtirish kabi bir necha
bosqichlarga bo‘linadi.
Xulosa sifatida shuni aytish kerakki, o‘qituvchi ijodkorligining asosi aynan
uning kasbiga nisbatan qiziqishi, manfaatdorligini ifodalovchi ichki
motivatsiyasi, iroda sohasining rivojlanganligi va tubdan o‘zgargan faoliyatga
intilishi hisoblanadi. Demak, bo‘lajak o‘qituvchining jamoaviy ijodiy faoliyatini
tashkillashtirishda uning qiziqishlari yo‘lidagi xatti-harakatlarini qo‘llab-
quvvatlash, talabalar oldiga aniq maqsad va vazifalarni qo‘yish hamda ijodiy
faoliyatga faol jalb etish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Abduqodirov A.A., Pardaev A.X. Masofali o‘qitish nazariyasi va amaliyoti.
Monografiya. – T.: Fan, 2009.
2. Mirziyoyev Sh. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi
bosqichga ko‘taramiz (1-jild). – T.: “O‘zbekiston” NMIU, 2017.
3. Педагогика: педагогические теории, системы, технологии [Текст]: учеб.
для студ. высш. и сред, пед. учеб. заведений / С.А.Смирнов, И.Б.Котова,
Е.П.Шиянов [и др.]; под ред. С.А.Смирнова. – 4-е изд., испр. – М.: Изд. сентр
«Академия», 2000.
4. Ergasheva G. Talabalarda ijodiy fikrlashni rivojlantirishning asosiy
komponentlari // Xalq ta’limi. – T.: 2017.
5. Shonazarov J.U. O‘quv-tarbiya jarayonidagi muammolar va uni bartaraf
etishda o‘qituvchining kasbiy mahorat va pedagogik ijodkorlik uyg‘unligi.
Oriental renaissance: innovative, educational, Natural and social sciences
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
166
Scientific journal. Volume 3, issue 1, №1, 2023 yanvar, 532-536 betlar. Ilmiy
jurnal.