ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
150
O’SMIRLIK DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH VA O’SMIRLIK
MUAMMOSI
D.Ergasheva
Psixologiya kafedrasi o'qituvchisi
D.Tursunova
Talaba
Namangan Davlat Universiteti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15015909
Anotatsiya
:Ushbu maqolada o’smirlik davrida psixik hayot sohasida
bo’ladigan o’zgarishlar,bola psixikasining rivojlanish xususiyatlari,o’smirlik
davrining asosiy muammolari va ushbu davrda bola bilan munosabatlar haqida
ma’lumot berilgan.
O’qituvchi va tarbiyachi uchun bolalarning o’smirlik davri psixologiyasini
bilish psixologik nuqtai nazardan ham pedogogik nuqtai nazardan ham
muhimdir.Bu davr o’tish davri deb ham ataladi o’smirlik davri asosan 11-15
yoshdagi bolalarni o’z ichiga qamrab oladi,ya’ni 5-8 sinf o’quvchilarini.O’smir
o’quvchilarni ta’lim va tarbiya berish ishlarida uchraydigan ayrim qiyinchiliklar
bu yoshdagi bolalarning psixik rivojlanishi va xususiyatlarini ba’zan yetarli
darajada bilmaslikdan yoki inkor qilishdan kelib chiqadi.
Shavkat Mirziyoyev Toshkentda bo’lib o’tgan ,,Ijtimoiy barqarorlikni
ta’minlash,muqaddas dinimizning sofligini asrash-davr talabi’’ mavzuyidagi
anjumanda yosh avlod tarbiyasi haqida alohida to’xtalib o’tgan: ,,Bizni hamisha
o’ylantirib keladigan yana bir muhim masala-bu yoshlarimizning odob-
axloqi,yurish-turishi,bir so’z bilan aytganda,dunyoqarashi bilan bog’liq.Bugun
zamon shiddat bilan o’zgaryapti.Bu o’zgarishlarni hammadan ham ko’p his
etadigan kim-yoshlar.Mayli,yoshlar o’z davrining talablari bilan uyg’un
bo’lsin.Lekin ayni paytda o’zligini ham unutmasin.Biz kimmiz,qanday ulug’
zotlarning avlodimiz,degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado
berib,o’zligiga sodiq qolishga undab tursin.Bunga nimaning hisobidan
erishamiz?Tarbiya,tarbiya va faqat tarbiya hisobidan’’. Kichik va katta yoshdagi
maktab o’quvchilariga qaraganda o’smirlik yoshidagi bolalarni tarbiylashda juda
ko’p qiyinchiliklar bo’ladi. Chunki,kichik bolaning katta odamga aylanishi
jarayoni juda qiyin kechadi. Bu jarayon o’smirlar psixologiyasining odam bilan
bo’lgan munosabat formalarining jiddiy ravishda o’zgarishi, hamda hayot
sharoitining o’zgarishi bilan bog’liqdir.O’smirlik davriga kimningdir xatti-
harakatini initatsiya- qilish xosdir.Ko’pincha ular o’zlariga tanish va yoqadigan
kattalarning xatti harakatlariga initatsiya, taqlid qiladilar.O’smir bu davrda
chekish hamda spirtli ichimliklarga qiziqib qolishlari mumkin.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
151
O’smirlik- bolalikdan kattalikka o’tish davri bo’lib, fiziologik va psixologik
jihatdan o’ziga xos xususiyatlari bilan harakterlanadi.Bu bosqichda bolalarning
jismoniy va psixik taraqqiyoti juda tezlashadi, hayotdagi turli narsalarga
qiziqishi, yangilikka intilish ortadi, xarakteri shakllanadi, ma’naviy dunyosi
boyiydi,ziddiyatlar avj oladi. O’smirlik balog’atga yetish davri bo’lib,yangi hislar,
sezgilar va jinsiy hayotga taalluqli chigal narsalarning paydo bo’lishi bilan ham
harakterlanadi. Bu yoshda o’smir rivojida keskin o’zgarishlar ro’y bera
boshlaydi.Bu o’zgarishlar fiziologik hamda psixologik o’zgarishlardir. O’smirlar
o’zlarini kattalardek tutishga harakat qiladilar.Ular o’zlarining layoqat, qobiliyat
va imkoniyatlarini ma’lum darajada o’rtoqlari va o’qituvchilarga ko’rsatishga
intiladilar. O’smirlik davrida aqliy rivojlanishning umumiy xususiyatlari :
1.Hayotning murakkablashishi.
2.Mustaqillikni tasdiqlaydi.
3.Ichki pozitsiyalarni o’zgartirish,kelajakka munosabatni o’zgartirish.
4.Professional o’zini o’zi aniqlash vazifasi.
5.Mustaqil hayotning ,,ostonasi’’
-hayot rejalarining paydo bo’lishi;
-hayotning barcha sohalariga kirib borish;
YETAKCHI FAOLIYAT:
-o’quv va professional kasb;
-professional o’zini o’zi belgilash;
Shu vaqtgacha odobli, dilkash bo’lgan o’smir kutilmaganda qaysar,
qo’pol,intizomsiz, serzarda bo’lib qoladi.O’smir xulqidagi bunday o’zgarishlar
o’qituvchi yoki ota-onlarni qattiq tashvishga soladi, munosabatlarini
o’zgartiradilar.Natijada kelishmovchiliklar, anglashilmovchiliklar kelib chiqadi.
XULOSA
Ma’lumki,o’smirlik davrida o’smirning ,,men’’i qaytadan shakllana
boradi.Uning atrofdagilari ayniqsa, o’z-o’ziga bo’lgan munosabati, qiziqishlari,
qadriyatlari yo’nalishi keskin o’zgaradi.O’smir yoshidagi bolani birinchi galdagi
intilishi, u o’zini endi kichkina bola emas,balki katta bo’lib qolganligini
atrofdagilarga ishontirishdan iboratdir.Mustaqil ishlar qilishga haqqi borligiga
o’zini-o’zi ishontiradi,chunki men endi ,,katta bo’lib qoldim’’ deb
o’ylaydi.Shuning
uchun
ham
psixologlar
,,katta
bo’lib
qolganlik
tuyg’usini’’shaxsning o’smirlik yoshidagi eng asosiy yangilik sifatida talqin
qilinadi.O’smirlar bilan do’stona munosabatda bo’lish, ularning hayotiga o’z
qiziqishlarini bildirish muhim ahamiyatga ega. Ularning har bir fikrlarini qo’llab
quvvatlash,atrofdagi tengdoshlariga taqqoslamaslik kerak.O’smirlarni o’z
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
152
shaxslari haqidagi fikrlar qiziqtiradi.Bu davrda o’smirni bo’sh vaqtlarini
qoldirmaslik,ya’ni,turli xil mashg’ulotlarga yo’naltirish zarur.Avvalambor,ota-
ona o’z farzandiga vaqt ajratib, ko’proq oilaviy yig’ilishlar o’tkazishi lozim.Uning
mashg’ulotlari, qiziqishlari, atrofdagi do’stlari, nizolari haqida so’rab surishtirish
ayni muddaodir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1.O’zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
O’zbekiston
Respublikasi
Maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini
tasdiqlash to’g’risida qarori PQ-4312 08.05.2019
2.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining alohida ta’lim olish ehtiyojlari bo’lgan
bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to’g’risidagi qarori-4860 13.10.2020
3.Д.З.Ахметова,З.Г.Нигматов,Т.А.Челнокова,Г.В.Юсупова и др. Педагогика и
психология инклюзивного образования:Учобное пособие-Казань,2013