ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
35
TIL VA NUTQ HODISALARINING O‘RGANILISHI O‘ZBEK
TILSHUNOSLIGIDAGI TADQIQI
Rajabova Irodaxon Shokir qizi
Axborot texnologiyalari va menejment
universiteti 1-bosqich magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15036872
Annotatsiya
Til va nutq bir-biriga bog‘liq hodisalardir. Til nutq uchun moddiy material,
bu material asosida nutq tashkil topadi. Tildagi hamma narsa til jamoasi uchun
umumiy bo‘ladi. Tilda ruhiy va moddiy material mavjud bo‘lib, so’zning kishilar
xotirasidagi obrazli ruhiy material, nutq yaratilish jarayonida qo‘llaniladigan
so‘z shakllari, morfemalar, tovushlar moddiy material hisoblanadi. Tilning ruhiy
hodisa ekanligi uning ongda saqlanishi bo‘lsa, moddiy hodisaligi undagi til
vositalari orqali belgilanadi.
Kalit so‘zlar:
til, nutq, o‘zbek tili, tafakkur, Sistema, faoliyat, lison, jamiyat.
Аннотация
Язык и речь-взаимосвязанные явления. Язык является материальным
материалом для речи, на основе этого материала формируется речь. Все в
языке будет общим для языкового сообщества. Язык содержит духовный и
материальный материал, образный духовный материал в памяти людей
слова, словоформы, морфемы, звуки, используемые в процессе создания
речи, являются материальным материалом. В то время как язык-это
психическое явление, его сохранение в сознании, материальная
феноменальность определяется средствами языка в нем.
Ключевые слова:
язык, речь, узбекский язык, мышление, система,
деятельность, язык, общество.
Annotation
Language and speech are interrelated phenomena. Language is the material
material for speech, and speech is formed on the basis of this material.
Everything in the language will be shared by the language community. Language
contains spiritual and material material, figurative spiritual material in people's
memory, words, word forms, morphemes, sounds used in the process of creating
speech are material material. While language is a mental phenomenon, its
preservation in consciousness, material phenomenality is determined by the
means of language in it.
Keywords:
language, speech, Uzbek language, thinking, system, activity,
language, society.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
36
Til va nutq masalasi nafaqat sistem tilshunoslikning, umuman, jahon
tilshunosligi fanining hamma davrlaridagi, ham diaxron, ham sinxron
bosqichlaridagi eng jiddiy nazariy muammosi bo‘lgan va bundan keyin ham
shunday bo‘lib qoladi. Chunki, tilshunoslikning ushbu o‘ta murakkab va o‘ta
dolzarb muammosisiz nafaqat nazariy-umumiy tilshunoslikning, balki xususiy-
amaliy tilshunoslikning ham qator eng muhim, asosiy masalalarini to‘liq,
mukammal va obyektiv hal qilib bo‘lmaydi. Shunga ko‘ra til va nutq, dialektikasi
jahon tilshunosligi fanining doimiy muammolaridan biri sifatida qolaveradi. F.
De Sossyur tomonidan xalqning aloqa qilish, fikr ifodalash vositasining til va
nutq deb berilishi, bularning bir-biridan farqlanishi olimlar o‘rtasida fikrlar
qarama-qarshiligini tug‘dirdi. Bir kator olimlar til va nutq o‘zaro farqlanmaydi,
aslida farqlanmaydigan bitta obyekt mavjuddir, til va nutq bir narsa, desa,
boshqa bir qator olimlar til va nutqni farqlash albatta, kerak bular farqlanadi,
degan fikrlarni bildirishgan. Xullas, hozirda til va nutqni, til va nutq, hodisalarini,
birliklarini farqlash umumtilshunoslikda, shuningdek, o‘zbek tilshunosligida
ham mustahkam o‘rin egalladi.
Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili (Literature review).
Til va nutq,
dialektikasida til o‘ziga xos murakkab tuzilishga (strukturaga) ega bo‘lgan bir
butun sistema sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Demak, F.de Sossyur mutlaqo to‘g‘ri
ta‘kidlaganidek, til sistemadir. Til sistemasining bir-biri bilan uzviy bog‘langan
tovush tomoni, lug‘at tarkibi, grammatik ko‘rilishi mavjud bo‘lib, ular birgalikda
bir butunlikni, sistemani tashkil etadi. Tilning sistem xarakteri aslida qayd
etilgan satrlar, qatlamlar (yaruslar) bilan belgilanadi, asoslanadi. Ayni vaqtda
ushbu satrlarning har biri o‘ziga xos sistema-ichki sistema bo‘lib, til
sistemasining tarkibiga kiradi. Demak, til sistemalar sistemasi-supersistema,
makrosistema sifatida jamiyatga xizmat qiladi, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘ladi,
ijtimoiy - amaliy vazifa bajaradi.
Alisher Navoiy til va nutqni o‘zaro biri ikkinchisiz bo‘lolmaydigan hodisalar
sifatida talqin qiladi.[1] Til nutq uchun ashyodir, imkoniyatdir, nutq esa
voqelikdir, ya’ni nutq til materiali asosida tashkil topishini uqtiradi. Buni quyida
isbotini ko‘rish mumkin. Til – shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir. Agar
nutq nomaqul bo‘lib chiqsa tilning ofatidir. Yugnakiy ham bu masalada juda
o‘rinli fikrlarni qoldirgan. U ham tildan maqsadli foydalanish haqida fikr bildirib,
tildagi bor so‘zni o‘ylab-o‘ylamay tilga chiqarish zarar ekanligini uqtirib buni
quyidagicha izohlaydi.
“Tiling bakta tutg‘il , tishing sinmasun,
Qoli chiqsa bakta tishingni siyur.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
37
Sonip so‘zlagan er so‘zi so‘z sog‘i,
O‘kush yangshagan tiley olmas yog‘i”[2:27].
Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology).
Alisher Navoiy
imkoniyat tarzidagi so‘z (til birligi) so‘zlovchi tomonidan turli xil jilvalantirilishi
(nutq birligi sifatida reallashtirilishi) mumkinligini aytadi.
Uning tushunishicha, til ijtimoiy hodisadir. Til insonni hayvondan ajratib
turadigan “gavhari sharif”dir. U ma’noni birlamchi, shaklni ikkilamchi deb
hisoblaydi, ma’noga “so‘zning joni” deb baho beradi.
Til va nutq masalasi o‘zbek tilshunosligida Sh.Rahmatullayev, A.Hojiyev,
A.Nurmonov, H.Ne’matov, O.Bozorov[3] kabi olimlarning ishlarida keng va
atroflicha tahlil qilingan.
A.Nurmonov lingvistik belgi tahliliga bag‘ishlangan ishida til va nutq
birliklari masalasi haqida ham fikr yuritib, tilshunoslikdagi nazariy qarashlarni
umumlashtiradi hamda til belgisi va til birliklari o‘rtasidagi farqli jihatlarni
ko‘rsatadi, xulosalarini bayon etadi. Uningcha, lingvistik belgining ifodalovchi va
ifodalanmishi o‘rtasida qisman motivatsiya munosabati bolsa ham, umuman
olganda ular o‘rtasidagi munosabat erkindir.
Til va uning mohiyati, nutq va uning mohiyati, til va nutq birliklarining
o‘ziga xos tabiati tavsifidan ayonki, sistemaviy-struktur tilshunoslik lingvistik
tadqiqot obyektini – til va nutq birliklarining tabiatini an’anaviy tilshunoslikka
nisbatan boshqacha tushunadi: sistemaviy-struktur tilshunoslikda til birliklari
deb olinadigan elementlar bevosita kuzatishda berilmagan va faqat aqliy tahlil,
intellektual usul bilan ochilishi mumkin.
Tahlil va natijalar (Analysis аnd results).
Demak, sistemaviy-struktur va
an’anaviy tilshunoslikda til birliklarining tushunilishi, ularning tabiatini
o‘rganuvchi tadqiqot usullari, metodologiyasi o‘zaro farq qiladi. An’anaviy
tilshunoslikda til birliklari deb konkret, moddiy, bizning sezgi a’zolarimizga
ta‘sir etadigan holatda berilgan xususiyliklar tushuniladi va bu tilshunoslik
ushbu xususiyliklarni tasvirlash metodidan, tajriba, kuzatish, jonli mushohada
usullaridan, ya’ni empirik tahlil metodologiyasidan foydalanadigan va shu
metodologiya asosiga qurilgan tilshunoslikdir. Shuning uchun bugungi o‘zbek
tilshunosligida yetakchi yo‘nalish, empirik, nominalistik yo‘nalishdir.
Sistemaviy-struktur tilshunoslikda esa bevosita kuzatishda berilmagan, faqat
nutqqa tayanilgan holda aqliy yo‘l bilan ochiladigan til birliklarining tabiati
dialektik umumiylik, imkoniyat va mohiyat sifatida tushuniladi hamda bu
tilshunoslik dialektik umumiylik, imkoniyat va mohiyatni ochish usullari-
dialektik, radionalistik (aqliy) tahlil metodologiyasiga asoslanadi.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
38
Tilning ijtimoiy mohiyati jamiyatda aloqa-aralashuv quroli bo‘lishida
ko‘rinadi. Shunga ko‘ra prof. S.Usmonov “Insonlar orasidagi munosabat uchun
xizmat qiladigan narsa, albatta, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lishi lozim. Chunki
bunday munosabat, aloqa kollektiv ichida – jamiyatda voqe bo‘ladi”[4:103],
deydi. Tilning material mohiyati haqida fikr yuritilganda, tilni belgilar sistemasi
yoki semiotik sistema deb qarash hozirda tilshunos olimlar tomonidan qabul
qilingan. Masalan, prof. V.M.Solnsev “Til tipik semiotik yoki belgilar
sistemasidir...” desa, tilshunos B.V.Kosovskiy “til o‘zining material mohiyatiga
ko‘ra belgilar sistemasini yoki semiotik sistemani hosil qiladi”, deb alohida qayd
etadi.
Til materialini S.Usmonov ikkiga bo‘ladi:
1. “Psixik material. Bu – so‘z, morfema va fonemalarning xotiradagi obrazi
(qiyofasi).
2. Moddiy material. Bu – nutq yaratish chog‘ida belgili tovush qobig‘iga ega
bo‘lgan, aniq talaffuz qilinayotgan so‘zlar, morfemalar va tovushlar”[4:95].
Xulosa va takliflar (Conclusion/Recommendations).
Til “tashqi”
jihatdan ham moddiy, ham psixik hodisa. Uning moddiyligi – tovush materiyasi
bo‘lsa, psixik hodisaligi xotirada saqlanish xususiyatidir. Tilning ijtimoiy vazifasi
moddiylikda ko‘rinadi. Tildagi moddiylik so‘z, so‘z birikmasi va morfemalarning
tovush materiyasiga o‘ralganligida namoyon bo‘ladi. Xuddi shu xususiyat tildan
ijtimoiy maqsadda foydalanish imkoniyatini beradi. Ma’lum bo‘ldiki, tildan fikr
almashuv – kommunikatsiya maqsadida foydalanish jarayoni nutqdir. Hozirgi
vaqtda nutqning til materiali orqali aloqa qilish jarayoni ekanligi tajriba yo‘li
bilan ham isbotlangan. Masalan, psixolog V.A.Artemov kuyidagicha ta’kidlaydi:
“Eksperimental – fonetik va eksperimental – psixologik tadqiqotlar nutqning til
orqali aloqa qilish jarayoni ekanligiga bizni ishontirmoqda. Hozirda ko‘pchilik ...
psixologlar, metodist va tilshunoslar ushbu fikrga kelishgan”. Demak, til nutq
orqali, nutq esa til materiali orqali amalga oshadi. Til va nutq urtasidagi
bog‘liqlik, o‘zaro aloqadorlik yana quyidagilardan ham ma’lum bo’ladi. Til nutq
asosida tashkil topadi va nutq orqali reallashadi. Til bir vaqtning o‘zida ham
asos, ham nutq mahsuli. Til aloqa uchun material bersa, nutq shu materialdan
fikr shakllantirishdir. Demak, til bizga nutq tushunarli bo‘lishi uchun zarur
bo‘lsa, nutq esa tilning taraqqiyoti, yashashi, shakllanishi uchun zarur.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Алишер Навоий. Муҳокамату-л луғатайн, Тошкент: Академнашр,
2017. – 128 б.
2.
Ahmad Yugnakiy. Hibat ul-haqoyiq, Toshkent: “Sharq”, 2013. – 40 b.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
39
3.
Неъматов Ҳ ., Бозоров О. Тил ва нутқ, – Тошкент: Уқитувчи, 1993. – 32
б.
4.
Усмонов С. Умумий тилшунослик, Тўшкент: “Ўқитувчи”, 1972. – 208 б.