Авторы

  • Kumushoy Turdikulova
    Guliston davlat unversiteti O’zbek tilshunosligi kafedrasi doktaranti.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.73251

Ключевые слова:

lingvopoetika adabiytshunoslik tilshunoslik so’z til nutq badiiy so’z badiiy nutq san’at.

Аннотация

Mazkur maqola O’zbek tilshunosligi va adabiyotshunosligi muommolariga hususan,lingvopoetik masalalariga e’tibor qaratadi. Tadqiqotning maqsadi O’zbek sheriyatidagi lingvopoetikaning paydo bo’lishi va uning rivojlanishiga munosabat bildirishdan iborat.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

127

LINGVOPOETIKANING KELIB CHIQISH TARIXI

Turdikulova Kumushoy Mahmudovna

Guliston davlat unversiteti O’zbek

tilshunosligi kafedrasi doktaranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15075388

Annotasiya.

Mazkur maqola O’zbek tilshunosligi va adabiyotshunosligi

muommolariga

hususan,lingvopoetik

masalalariga

e’tibor

qaratadi.

Tadqiqotning maqsadi O’zbek sheriyatidagi lingvopoetikaning paydo bo’lishi va
uning rivojlanishiga munosabat bildirishdan iborat.

Kalit so’zlar

: lingvopoetika, adabiytshunoslik, tilshunoslik, so’z, til,nutq,

badiiy so’z, badiiy nutq san’at.

Bugungi globallashuv va integratsiya jarayonida ilm-fanni yanada

yuksaltirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’navyatimiz asosi bo‘lgan
adabiy tilimizni yanada rivojlantirish, xalqimizning asrlar davomida
shakllangan milliy-ma’naviy qadriyatlarini tiklash, ajdodlarimiz
tomonidan yaratilgan ma’naviy merosni o‘rganish bugungi kunning eng
dolzarb

vazifalaridan

hisoblanadi.

Prezidentimiz

Shavkat

Mirziyoyevning

“2017-2021-yillarda

O‘zbekiston

Respublikasini

rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar
strategiyasi” ilmiy-uslubiy risolasida “Nafaqat akademik ilm-fanni
balki, oliy o‘quv yurtlaridagi ilm-fanni rivojlantirish zarur” degan
fikrlari tadqiqot ishining zaruriyatini ko‘rsatadi.

Hozirgi paytda tez-tez qulog’imizga chalinadigan so’zlardan biri

lingvopoetika so’zidir. Bu so’z nima ma’noda ishlatiladi va tilshunoslikning
qaysi sohasidan o’rin olgan,qachon va qayerda paydo bo’lgan degan savollariga
mazkur maqolamizdan javoblarini topamiz.

Adabiyotning so’z san’ati ekanligi uning birlmchi unsure til ekanligi

haqidagi haqiqatni hech kim hech bir zamonda inkor etmagan. Bu haqida
Abdurauf Fitrat “Go’zal san’atlarda material tovush, ohang bo’lsa go’zal san’at
musuqiy bo’ladir; bo’yovlar, chiziqlar bo’lsa rasm bo’ladir; tosh va boshqa turli
madanlar bo’lsa haykaltaroshlik bo’ladi; gap, so’z bo’lsa esa adabiyot bo’ladi
deb adabiyotga shunday ta’rif beradi. “Adabiyot-fikr- tuyg’ularimizdagi
to’lqinlarni so’zlar gaplar yordamida tasvir qilib , boshqalarda ham xuddi shu
to’lqinlarni yaratmoq.

Tanqidchi yozuvchi O’zbekiston xalq yozuvchisi Ozod Sharafiddinov

shunday ta’riflaydi. “Rangsiz tasviriy san’at, ohangsiz musiqa bo’lmaganidek,
tilsiz adabiyot ham bo’lmaydi. Adabiyotni insonshunoslik deydilar. Haqiqardan
ham yozuvchi xilma xil insoniy xarekterlarni tadqiq qilib , jamiyat rivojiga


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

128

yordam beradi. Biroq bularning hammasi adabiyotda til orqali yuzaga chiqadi”
deb ta’kidlaydi.

Bu o’rinda adabiyotshunos Pirimqul Qodirovning fikrlari alohida diqqatga

sazovor “Haykallar misdan, marmardan yasaladi, binolar g’ishtdan oynadan,
polatdan quriladi. Adabiy asarlarda mistning , marmar, g’isht, oyna, polatning
o’rniga ham badiiy so’z ishlatiladi. Adabiy asarning muzika, rassomlik va
boshqa ijod sohalaridan farqiuning ohanglar, chiziqlar, bo’yoqlar vositasi bilan
emas, so’zlar bilan yaratilishida ko’rinadi. Demak badiiy til har qanday adabiy
asarlarning mavqeyini belgilaydigan eng asosiy ko’rsatkichlaridan biri
hisoblanadi.

Bunday qarashlar juda ko’p yozuvchilarda uchraydi ammo aniq va

ravshan ifodalagan Jirmuniskiyning 1919-yil nashr qilingan maqolasida
Shunday fikrlarni ko’rish mumkin: “Har qanday san’at tabiat olamiga mansub
bo’lgan materialdan foydalanadi.San’atni o’rganishning vazifasi muayyan
asarning, shoirlarning yoki boshqa unsurlarning badiiy usullarini tavsiflashgan.

Jahon tilshunosligida o‘tgan asrning 60-yillaridan boshlab badiiy

matnning til xususiyatlarini o‘rganishga qiziqish kuchaydi. Buning natijasida
lingvopoetika deb ataluvchi tilshunoslik tarmog‘i shakllanib, istiqbolli
yo‘nalishga aylandi. Milliy tillar doirasida uning o‘rganish ob’ekti,
uslubshunoslik bilan o‘xshash va farqli jihatlari, lisoniy va estetik jihatdan
tahlilga loyiq asarlar va mahoratli adiblarning tili masalasi mazkur soha
tadqiqotchilarining e’tiborida bo‘ldi. Insoniyat nutqiy faoliyatining o‘ziga xos
noѐb turi bu badiiy adabiѐtdir. Uning tilini o‘rganishda, tadqiq etishda
lingvopoetik tahlil muhim o‘rin tutadi.

Dunyo tilshunosligi o‘zining keyingi davr rivojida milliy til va adabiy

tilning o‘ziga xos hodisalarini teran tadqiq qilishga alohida e’tibor qaratmoqda.
Ijtimoiy taraqqiyot, barcha fanlarda bo‘lgani kabi, tilshunoslik oldiga ham yangi
talablarni qo‘ydi. Milliy tillar va ularning individualligi hodisasi global
masalalar sirasida markaziy o‘rinni egallaydi. Keyingi yillarda yaratilgan
badiiy asarlarda milliy mentalitetni bor bo‘yi bilan ko‘rsatib berish
tendentsiyasi kuchayib bormoqda. Zero, badiiy adabiyot va uning tili davr ruhi
ko‘proq aks etgan noyob manbalar bo‘lgani kabi, bu holat, o‘z-o‘zidan
lingvopoetik tadqiqotlar yaratilishiga ham ta’sir qiladi.

Dunyo tilshunosligida faol qo‘llanib kelinayotgan tavsiflash, qiyoslash,

funktsional-semantik, lingvopoetik, tarixiy-tipologik va analitik metodlar
asosida milliy adabiyotimizga mansub adabiy asarlar matnining sintaktik
xususiyatlarini dunyo tilshunosligi kontekstida o‘rganish, ularni lingvopoetik


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

129

nuqtayi nazardan tahlil va tadqiq qilish globallashuv davri tilshunosligining
o‘ziga xos ehtiyojiga aylandi. Bugungi kun ilm-fani global yechimlarni talab
qilmoqda ekan, badiiy matnning til xususiyatlarini teran ilmiy sharhlash,
asar sintaksisining lingvopoetik imkoniyatlarini ochib berish singari
masalalarni har tomonlama keng tadqiq etish dunyo tilshunosligida kun
sayin dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

O‘zbek tilshunosligida lingvopoetikaning oyoqqa turishida va rivojlanishida

X.Doniyorov, S.Mirzaev, Q.Samadov, I.Qo‘chqortoev, X.Abdurahmonov,
N.Mahmudov, B.Umurqulov, I.Mirzaev, M.Yo‘ldoshev kabi olimlarning xizmatlari
katta. Ular badiiy asar tilining stilistik, badiiy-estetik jihatlarini ijodkorning so‘z
tanlashi, uning o‘ziga xos tili, umumxalq tiliga bo‘lgan munosabati, yangi so‘z va
iboralar yaratishi kabi omillar nuqtayi nazaridan tekshirdilar. Individuallik ham
badiiy matn ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lib, lingvopoetik tahlil jarayonida
yozuvchining o‘ziga xos uslubiy mahoratini tadqiq etishda bosh me‘zon
hisoblanadi. V.V.Vinogradov ta‘kidlaganidek, ― individual uslub tushunchasi
badiiy matn tadqiqining asosiy kategoriyalaridan biri sifatida tan olinadi.
Individuallik, yagonalik yozuvchining ijod jarayonida so‘z tanlash san‘ati bilan
belgilanadi.

O‘zbek tili lingvopoetikasi (lingvistik poetikaning qisqargan shakli) badiiy

asarlarda qo‘llanilgan lingvistik birliklarning (fonetik, morfemik, leksik va
boshq.) badiiy-estetik vazifalarini, tilning konnotativ funksiyasini chuqurroq
o‘rganish, shuningdek, til tarixida badiiy asar tili va poetik til atamalari hamda
bu atamalar ifodalangan tushunchalar bir-biriga juda yaqin tursa ham, lekin
o‘zaro ma’lum jihatlari bilan farq qilishini tekshirish mavzuning dolzarb
ekanligini ko‘rsatadi. Ayni shu jihatlar lingvopoetikani tadqiq qilish zaruratini
keltirib chiqaradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Ma'rufjon Yo'ldoshev " Badiiy matn lingvopoetikasi" 1. Karimov I.A. Yuksak
ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent:, Ma’naviyat, 2008. – 160 b.
2.Йўлдошев Б. “Ўзбек ономастикаси масалалари” услубий қўлланма. –
Самарқанд: СамДУ нашри, 2011. 192 - бет.
3. O‘zbekiston Milliy Ensklopediyasi. 12 tomlik. – Toshkent., 2004, 577 - bet.
4. “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” jurnal, 1984 - yil 20 - yanvar. 23 - bet.
5. Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 5 жилдли. “Ўзбекистон миллий
энциклопедияси”. – Тошкент:, 2008. Б.17.
6. Ganieva, M. (2024). POSSIBILITIES OF REFORMING THE LOGICAL AND
METHODOLOGICAL TRAINING OF PRIMARY EDUCATION TEACHERS.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

130

Современные подходы и новые исследования в современной науке, 3(16),
111-114.
7. Mukhtorova, M. (2021). National Flavour in Contemporary Uzbek Cinema
Comedy. American Journal of Social and Humanitarian Research, 2(5), 99-106.

Библиографические ссылки

Ma'rufjon Yo'ldoshev " Badiiy matn lingvopoetikasi" 1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent:, Ma’naviyat, 2008. – 160 b.

Йўлдошев Б. “Ўзбек ономастикаси масалалари” услубий қўлланма. – Самарқанд: СамДУ нашри, 2011. 192 - бет.

O‘zbekiston Milliy Ensklopediyasi. 12 tomlik. – Toshkent., 2004, 577 - bet.

“O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” jurnal, 1984 - yil 20 - yanvar. 23 - bet.

Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 5 жилдли. “Ўзбекистон миллий энциклопедияси”. – Тошкент:, 2008. Б.17.

Ganieva, M. (2024). POSSIBILITIES OF REFORMING THE LOGICAL AND METHODOLOGICAL TRAINING OF PRIMARY EDUCATION TEACHERS. Современные подходы и новые исследования в современной науке, 3(16), 111-114.

Mukhtorova, M. (2021). National Flavour in Contemporary Uzbek Cinema Comedy. American Journal of Social and Humanitarian Research, 2(5), 99-106.