ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
114
MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALARNI
VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHDA AMIR TEMUR
MEROSINING O’RNI
Baratova Yulduz Asadullayevna
JDPU tyutori
Ozodova Odina Olimovna
JDPU maktabgacha ta’lim
yo’nalishi 2-bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15074227
Annotatsiya:
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni milliy g‘urur va
vatanparvarlik ruhida tarbiyalash muhim vazifalardan biridir. Bu jarayonda
Amir Temur shaxsiyati va uning davlat boshqaruvidagi ulkan xizmatlari
bolalarga vatanparvarlik, jasorat va mehnatsevarlik kabi fazilatlarni
singdirishda katta ahamiyatga ega. Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim
yoshidagi bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda Amir Temur
merosining o’rni to’g’risida fikr yuritilgan.
Аннотация:
Воспитание детей дошкольного возраста в духе
национальной гордости и патриотизма-одна из важнейших задач. В этом
процессе личность Амира Тимура и его огромные заслуги в
государственном управлении имеют большое значение для привития
детям таких качеств, как патриотизм, мужество и трудолюбие. В данной
статье рассматривается роль наследия Амира Темура в патриотическом
воспитании детей дошкольного возраста.
Annotation:
Educating preschool children in the spirit of national pride
and patriotism is one of the most important tasks. In this process, the
personality of Amir Timur and his great achievements in public administration
are of great importance for instilling in children qualities such as patriotism,
courage and diligence. This article examines the role of Amir Temur's legacy in
the patriotic education of preschool children.
Kalit so'zlar:
adolat, intizom, milliy g’urur, ma’naviy-axloqiy, urf-odat,
umuminsoniy qadriyar, harbiy-vatanparvarlik, sport-sog’lomlashtirish, tizimli
ishlar
Ключевое слова:
Cправедливость, дисциплина, национальная
гордость, духовно-нравственные, нравственные, общечеловеческие
ценности, военно-патриотическая, спортивно-оздоровительная, системная
работа
Keywords:
Justice, discipline, national pride, spiritual and moral, moral,
universal values, military-patriotic, sports and recreation, systematic work
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
115
Yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash muammosi bugungi
kunning eng dolzarb muammolaridan biridir , chunki bolalik va yoshlik vatanga
muqaddas muhabbat tuyg‘usini singdirish uchun eng qulay davr hisoblanadi.
Bolaning vatanparvarlik tarbiyasi kelajakdagi fuqaroni shakllantirishning
asosidir. O‘z vatanining vatanparvarini tarbiyalash mas'uliyatli va qiyin vazifa
bo‘lib, uni hal qilish maktabgacha yoshdagi bolalikdan boshlanadi. Rejali, tizimli
ishlar, turli ta’lim vositalaridan foydalanish, MTT va oilaning umumiy sa’y-
harakatlari, kattalarning o‘z so‘zi va qilgan ishlari uchun mas’uliyati ijobiy
samaralar berib, vatanparvarlik tarbiyasi borasidagi keyingi ishlarga asos
bo‘lishi mumkin.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida milliy g‘urur va
vatanparvarlik tuyg‘ulari ularning ba’zi harakatlarida aks etib turadi. Lekin
ularda Vatan, milliy g‘urur haqidagi fikrlar cheklangan. Ular Vatan va Vatanni
ulug‘lovchi she’r, hikoya va ertaklarni bilishadi-yu, milliylikning mohiyatini
yaxshi
anglashmaydi.
Demak,
maktabgacha
talim
tashkilotlari
tarbiyalanuvchilarida milliy g‘urur va vatanparvarlik sifatlarini shakllantirish
zarur. Buning uchun:
- milliy g‘urur, urf-odat va an’analarimizni maktabgacha ta’lim tashkilotlari
tarbiyalanuvchilar hayotiga kengroq joriy etish;
- maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg‘ularni
shakllantirish maqsadida xalq pedagogikasidan samarali foydalanish;
- umuminsoniy qadriyatlarimizni va milliy merosimizga oid ma’naviy va ma’rifiy
tadbirlarni ko‘paytirish zarur.
Shu asosda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida milliy g’urur va vatanparvarlik
ruhida tarbiyashni takomillashtirish uchun barcha yosh guruhlarida kunning
barcha qismlarida, ya’ni ertalabki badantarbiyadan tortib nutq o’stirish, badiiy
adabiyot bilan tanishtirish mashg’ulotlarida hamda san’at va sahnalashtirish
markazlarida buyuk alloma va davlat arboblarining boy madaniy va ma’naviy-
axloqiy merosidan foydalanish yaxshi samara beradi. Milliy g’urur ravnaq
topishiga katta hissa qo‘shgan buyuk bobokalonlarimizdan Amir Temur
o‘zlarining axloqiy qarashlari, o‘gitlari, pand-nasihatlari, odob-axloqqa oid
dasturlari bilan haligacha yoshlarda axloqiy tarbiyani kamol toptirishda
xizmat qilib kelmoqda. Amir Temurning mamlakatda san’at va madaniyatni
rivojlantirishga, kutubxonalar barpo qilishga, o‘zga yurtlardan olim-u
fuzalolarni o‘z davlatiga olib kelib ilm-fan ravnaqiga, ma’naviyatni
shakllantirishga qo‘shgan hissalari taqsinga sazovordir.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
116
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni milliy g‘urur va vatanparvarlik ruhida
tarbiyalash muhim vazifalardan biridir. Bu jarayonda buyuk ajdodlarimizning
merosi, ularning qoldirgan boy ma’naviy-axloqiy qadriyatlari asosiy o‘rin tutadi.
Amir Temur shaxsiyati va uning davlat boshqaruvidagi ulkan xizmatlari
bolalarga vatanparvarlik, jasorat va mehnatsevarlik kabi fazilatlarni
singdirishda katta ahamiyatga ega. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari
tarbiyalanuvchilarida vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda Amir Temur
merosining asosiy jihatlari:
Vatanparvarlik va jasorat
- Amir Temur butun hayoti davomida Vatan ravnaqi va xalq farovonligi yo‘lida
xizmat qilgan.
- U yurt mustaqilligini ta’minlash uchun jasorat va mardlik bilan harakat
qilgan.
- Bolalarga Amir Temur siymosi orqali o‘z Vatanini sevish, himoya qilish va
unga xizmat qilish muqaddas burch ekani tushuntiriladi.
Adolat va intizom
- Amir Temur o‘z yurish-turishida, davlat boshqaruvida adolat va intizomga
katta e’tibor bergan.
- Uning "Kuch adolatdadir" degan mashhur shiori har bir inson hayotida
muhim o‘rin tutishi lozim.
- Bolalarda halollik, adolatparvarlik, tartib-intizom kabi fazilatlarni
shakllantirishga yordam beradi.
Mehnatsevarlik va bilimga intilish
- Amir Temur harbiy yurishlari bilan birga ilm-fan, madaniyat va
hunarmandchilik rivojiga ham katta hissa qo‘shgan.
- Ulamolar, shoirlar va san’atkorlarni qo‘llab-quvvatlagan.
- Bolalarda mehnatsevarlik, bilimga chanqoqlik va san’atga qiziqish
uyg‘otishda uning hayoti yaxshi namuna bo‘la oladi.
Sharafli tarixiy o‘tmishga hurmat
- Amir Temur kabi buyuk shaxslarning faoliyatini o‘rganish orqali bolalarda o‘z
xalqining buyuk tarixi va merosiga hurmat hissi shakllanadi.
- Ularning ota-bobolari qanday mashaqqatlar bilan yurtni obod qilgani
tushuntiriladi.
Tarbiya jarayonida foydalanish usullari:
- Erkin suhbat va hikoyalar – Amir Temur hayoti va jasoratlari haqida qiziqarli
hikoyalar bolalar e’tiboriga havola qilinadi.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
117
- Rasm va videolavhalar orqali tushuntirish – Amir Temur hayotini aks
ettiruvchi rasmlar, multfilmlar va maxsus ko‘rsatuvlar yordamida bolalar bilim
oladi.
- O‘yin va rolli sahnalar – Bolalar Amir Temur va uning sarkardalari rollarini
o‘ynab, vatanparvarlikni chuqur his qilishlari mumkin.
- Qo‘shiqlar va she’rlar – Amir Temurga bag‘ishlangan qo‘shiqlar va she’rlar
yodlatish orqali bolalarning qalbida milliy g‘urur uyg‘otish.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni Amir Temur siymosi orqali tarbiyalash ularning
milliy o‘zlikni anglashiga, vatanparvar bo‘lib ulg‘ayishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Buyuk sarkardaning hayoti va merosi yosh avlod uchun ibrat maktabi bo‘lib
xizmat qiladi. Shu bois, bolalar ta’lim-tarbiyasida Amir Temur shaxsiyatini
o‘rganish va uning qadriyatlarini singdirish nihoyatda muhimdir. Maktabgacha
ta’lim yoshidagi bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda Amir Temurning
o‘gitlari muhim o‘rin tutadi. U o‘zining “Temur tuzuklari”da davlatni
mustahkamlash, xalqni himoya qilish, adolat va fidoyilik kabi fazilatlarni targ‘ib
qilgan. Amir Temur o‘gitlarining bolalar tarbiyasidagi o‘rni:
•
Vatanga muhabbat va sadoqat
- Amir Temur: "Har bir ishning ibtidosi - Vatan va xalq manfaati haqida
qayg‘urishdir." Bolalarga tug‘ilgan yurti, ota-bobolari, tabiat va madaniyati
haqida tushuncha berish, uni sevishga o‘rgatish muhimdir.
•
Jasorat va matonat
- Amir Temur: "Har bir ishda shijoat va matonat bilan harakat qil." Bolalarni
qo‘rqmaslikka, qiyinchiliklardan qo‘rqmay harakat qilishga o‘rgatish.
•
Adolat va halollik
- Amir Temur: "Adolat bilan ish ko‘rsang, xalq sen bilan bo‘ladi." Bolalarga
halollik, rostgo‘ylik va adolatli bo‘lish muhimligini tushuntirish.
•
Bilim va hunarga intilish
- Amir Temur: "Ilm o‘rganmagan odam, yo‘qsil va kuchsiz bo‘ladi."Bolalarni
yoshligidan o‘qishga, bilim olishga va kasb-hunar o‘rganishga rag‘batlantirish.
•
Jamoatchilik va birdamlik
- Amir Temur: "Saltanat ishlarida birlik bo‘lsa, dushman yengiladi." Bolalar
orasida do‘stlik, yordam, jamoada ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda
Amir Temur merosidan foydalanish mumkin bo‘lgan mashg‘ulotlar quyidagilar:
1. Nutq o‘stirish mashg‘ulotlari
- Amir Temurning jasorati, adolatliligi, dono rahbarligi haqidagi qisqa hikoya va
rivoyatlar aytib berish,
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
118
- Bolalarga Temur tuzuklaridan oddiy va tushunarli iqtiboslarni tushuntirish
(masalan, “Kuch – adolatda”).
- “Kim shunday bo‘lishni xohlaydi?” mavzusida suhbat o‘tkazish.
2. Tasviriy san’at mashg‘ulotlari
- Amir Temur haykali yoki bayrog‘ini chizish, uni o‘z tasavvurlariga ko‘ra
tasvirlash.
- Amir Temur davridagi jangchilar va otliq sarkardalar tasvirini bo‘yash.
3. Musiqa mashg‘ulotlari
- Amir Temurga bag‘ishlangan qo‘shiqlarni tinglash va ularga hamohang
harakatlar qilish.
- “Temurnoma” kabi tarixiy qo‘shiqlarning bolalar uchun mos qismlarini
o‘rganish.
4. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari
- Amir Temur askarlari qanday chiniqqanligi haqida qisqa hikoya qilish.
- “Bahodirlar bellashuvi” kabi jismoniy harakatlarga asoslangan o‘yinlar
o‘tkazish.
5. Qiziqarli o‘yin mashg‘ulotlari
- “Sarkarda bo‘lishni istaysanmi?” mavzusida rolli o‘yin tashkil qilish.
- “Temuriylar davriga sayohat” nomli fantaziya o‘yini o‘tkazish.
6. Atrof-muhit bilan tanishtirish mashg‘ulotlari
- Amir Temur tug‘ilgan shahar – Shahrisabz haqida oddiy ma’lumotlar berish.
- Temuriylar davrining madaniyati va me’morchiligiga oid suratlarni ko‘rsatish
va tushuntirish.
Bu mashg‘ulotlar bolalarning vatanparvarlik hissini oshirishga, ularda buyuk
ajdodlarga havas uyg‘otishga yordam beradi.
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash joizki, Amir Temur merosi yoshlarni
vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim o'rin tutadi. Uning faoliyati va
qadriyatlari, xususan, milliy va diniy istiqlol, vatan himoyasi, adolat va mehr-
shafqat g'oyalari, hozirgi zamon bolalarini vatanparvar ruhda tarbiyalashda asos
bo'lib xizmat qiladi. Amir Temurning yuksak maqsadlari, jasorati va
mehnatsevarligi, o'z xalqiga bo'lgan sadoqatini yosh avlodga yetkazish, ularga
milliy g'urur, fidoyilik va birlikni singdirish uchun muhimdir. Uning merosi
bugungi kunda yoshlarni har tomonlama barkamol inson sifatida tarbiyalashda
yuksak ahamiyatga ega.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
“Maktabgacha ta’lim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Qonun 16.12.2019 yildagi
OʻRQ-595-son
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
119
2.
“O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha
rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining qarori, 08.05.2019 yildagi PQ-4312-son
3.
Inomova M. Oilada bolalarni ma’naviyaxloqiy tarbiyalashda milliy
qadriyatlardan foydalanish. — T., «Fan», 1995.21-b
4.
Aliyev A. Ma’naviyat, qadriyat va badiiyat. – T.: Ma’naviyat, 2000. 56-b
5.
Temur tuzuklari. Toshkent- 2005 y. Sharq
6.
Aliqulov X. Gumanistik meros va shaxs ma’naviy kamoloti. – Toshkent:
Ma’naviyat,2006. 37-b