Авторы

  • Zulfiya Sobirova
    Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani 20-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.73255

Ключевые слова:

Dual ta’lim tashkilot professional ta’lim texnikum maktabgacha ta’lim shartnoma

Аннотация

Maqolada yurtimizda dual ta’lim shaklining rivojlanish istiqbollari, mazkur yo’nalishda olib borilayotgan ishlar va dual ta’limni rivojlantirish bo’yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar keltirilgan.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

110

TA’LIMDA DUAL YONDASHUVNING BO’LAJAK KADRLARNI

TAYYORLASHDAGIUSTUVOR JIHATLARI

Sobirova Zulfiya Yusupjonovna

Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani 20-sonli davlat maktabgacha

ta’lim tashkiloti direktori

https://doi.org/10.5281/zenodo.15074221

Annotatsiya.

Maqolada yurtimizda dual ta’lim shaklining rivojlanish

istiqbollari, mazkur yo’nalishda olib borilayotgan ishlar va dual ta’limni
rivojlantirish bo’yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar keltirilgan.

Kalit so’zlar

. Dual ta’lim, tashkilot, professional ta’lim, texnikum,

maktabgacha ta’lim, shartnoma

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 29 martdagi

qarori bilan Professional ta’lim tizimida dual ta’limni tashkil etish tartibi
to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Nizom asosida bugun joylarda ushbu ta’lim
tajribasi qo‘llanilib kelinmoqda. Iqtisodiyotni rivojlanishida o‘rta bo‘g‘in
kadrlarining o‘rni alohida hisoblanadi. Ishlab chiqarish, sanoat va xizmat
ko‘rsatish sohalarida ishchi kasb va mutaxassisliklarga bo‘lgan ehtiyoj juda
yuqori ko‘rsatkichlarni tashkil etadi.

An’anaviy ta’lim shaklida o‘quvchi-talaba oliy yoki professional ta’lim

muassasasida nazariy bilimlarni ko‘proq egallab, amaliyot qismini juda oz
soatlarda korxona va tashkilotlarda o‘taydi. Shuning uchun, rivojlangan
mamlakatlarning ta’lim tizimi o‘rganilib, zamonaviy texnologiyalar va
dastgohlarda o‘qish bilan bir vaqtda korxona, tashkilotlarda ish faoliyatini olib
borish imkoniyatini beruvchi dual ta’lim shakli O‘zbekiston ta’lim tizimiga
kiritildi.

“Dual” so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, biror narsaning ikki qismga

taalluqliligi, ikkita narsani ifodalovchi, ikki qismdan iborat, degan ma’nolarni
bildiradi. Dual ta’lim – o‘quvchi/talabaga ta’limni o‘z yo‘nalishiga mos
tashkilotda mehnat qilish bilan birga olib borish imkoniyatini beruvchi tizimdir.
Bunda yoshlar 2-3 kun ta’lim muassasasida nazariy bilimlarni va 3-4 kun
korxona va tashkilotlarda haqiqiy ish jarayonlarida amaliy ko‘nikmalarni
egallaydi.

Dual ta’lim shaklida tahsil olayotgan o‘quvchi/talaba korxona va

tashkilotlarda ishga qabul qilinganda ularga korxona tomonidan ustoz
biriktiriladi va oylik maoshi to‘lanadi. Bugungi kunda ushbu tizim Germaniya,
Avstriya, Shveysariya va Koreya Respublikasi kabi mamlakatlarda iqtisodiyotni
rivojlantirishda juda katta o‘ringa ega.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

111

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni 15-moddasiga

muvofiq, “Dual ta’lim” ta’lim olish shakllaridan biri sifatida kiritildi. Qonunga
dual ta’lim bo‘yicha alohida modda (17-modda) ham kiritilib, dual ta’limni
tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
belgilanishi ko‘rsatib o‘tildi. Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 29 martdagi
qarori bilan “Professional ta’lim tizimida dual ta’limni tashkil etish tartibi
to‘g‘risidagi Nizom” tasdiqlandi. Bugungi kunda dual ta’limni yanada
rivojlantirish bo‘yicha xorij tajribasini o‘rgangan holda, qonunchilik hujjatlariga
o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha tegishli ishlar olib borilmoqda.

Dual ta’limni joriy etishdan ko‘zlangan maqsad – iqtisodiyotning barcha

sohalarida malakali va zamonaviy kasbiy ko‘nikmalarga ega o‘rta bo‘g‘in
kadrlarini tayyorlash hamda yoshlarning kasblar va mutaxassisliklarni
egallashga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash uchun keng imkoniyatlar
yaratishdan iborat.

Aytib o‘tganimdek, yoshlar ta’lim olish bilan birga haqiqiy ish joyida o‘z

kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantiradilar. Dual ta’lim shakli professional ta’lim
tizimida yo‘lga qo‘yildi. 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab, maktabgacha ta’lim,
temir yo‘l va qurilish kabi sohalarda o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlash
maqsadida professional ta’lim muassasalariga dual ta’lim shakli bo‘yicha 3
mingdan ortiq yoshlar o‘qishga qabul qilindi.

2022-2023 o‘quv yilida professional ta’lim muassasalariga 4,5 mingdan

ortiq yoshlar dual ta’lim shaklida o‘qishga qabul qilindi hamda yuqorida aytib
o‘tilgan sohalarga qo‘shimcha ravishda axborot texnologiyalari, yengil sanoat,
qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish kabi sohalarda ham dual ta’lim shaklida
kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Bugungi kunda hududlarning ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishidan kelib chiqib, 7,5 mingdan ortiq yoshlar
respublikamizdagi professional ta’lim muassasalarida dual ta’lim shaklida ta’lim
olib, 1,5 mingga yaqin korxona va tashkilotlarda ish faoliyatini olib bormoqda.

Oliy ta’lim tizimida esa faqat Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat

institutida dual ta’lim asosida o‘qitish yo‘lga qo‘yilgan (3- va 4-bosqich
talabalari uchun). Kelgusi o‘quv yilidan boshlab, bosqichma-bosqich boshqa oliy
ta’lim muassasalarida ham dual ta’lim shakli asosida kadrlar tayyorlashni yo‘lga
qo‘yish rejalashtirilgan.[1]

tashkilot — professional ta’lim muassasasi bilan dual ta’lim asosida kadrlar

tayyorlash bo‘yicha shartnoma tuzgan yuridik shaxs;

dual ta’lim dasturi — professional ta’lim muassasasi va tashkilotda ta’lim

oluvchining muayyan kasb yoki mutaxassislik bo‘yicha kasbiy faoliyatini va


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

112

mehnat vazifalarini bajarishiga qaratilgan davlat ta’lim standarti, o‘quv rejasi,
o‘quv dastur (modul)lari, o‘quv va ishlab chiqarish amaliyoti dasturlaridan
iborat hujjatlar to‘plami;

ish joyi — dual ta’limda ta’lim oluvchiga tashkilotning ichki tartib-qoidalari,

tegishli vazifalari hamda ta’lim dasturlariga muvofiq amaliy ko‘nikma va
malakalarni egallash uchun belgilangan ish o‘rni;

o‘quv-amaliy qism — dual ta’lim dasturiga muvofiq professional ta’lim

muassasasida o‘tkaziladigan amaliy mashg‘ulotlar va o‘quv amaliyoti;

ustoz — ta’lim jarayonining ishlab chiqarish bilan bog‘liq amaliy qismini

o‘tkazish uchun tashkilot tomonidan o‘quvchi(lar)ga biriktirilgan mas’ul shaxs;

shartnoma — tashkilot va professional ta’lim muassasasi hamda tashkilot

va o‘quvchi o‘rtasida dual ta’limni amalga oshirish uchun tuzilgan hujjat.[2]

Hozirda respublika bo‘yicha 57 ta professional ta’lim muassasasida

Germaniya tajribasi asosida ish joyida o‘qitishning dual ta’lim shakli yo‘lga
qo‘yilgan.

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, maktabgacha ta’lim tizimida bu o‘z

natijasini bergani ta’kidlandi — pedagogika kolleji o‘quvchilari 2 kun nazariy
bilimlarni kollejda oladi, qolgan 4 kun esa bog‘chalarda amaliyot o‘taydi va
ishlab, oylik oladi.[3]

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2024 yilda ta’lim, sog‘liqni saqlash,

raqamlashtirish, madaniyat va sport sohalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan
ustuvor

vazifalarga

bag‘ishlab

o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida

mamlakatimizda

ta’lim-tarbiya

tizimini

takomillashtirish,

malakali

mutaxassislar tayyorlash, texnikum va oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari
bandligini ta’minlash, ilm-fan va innovatsiya sohalarini rivojlantirish borasida
oliy o‘quv yurtlari zimmasiga qator vazifalar yuklandi.[4]

Prezidentimiz yig‘ilishda maktabgacha ta’lim, maktab ta’limi va oliy ta’lim

tizimlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda ishlab chiqarish korxonalari
o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, bu malakali va yuqori salohiyatli
mutaxassislar tayyorlashning eng muhim omili ekanligini alohida ta’kidladi.

Ayniqsa, Prezidentimizning yig‘ilishdagi: “Oliy ta’limda qamrov keskin

oshdi, sohaga xususiy sektor kirib keldi. Lekin sifatga yetarli e’tibor
qaratilmayapti. Masalan, talabalarning mustaqil ishlashi uchun muhit barcha
oliygohlarda ham birdek namunali tashkil etilmagan.

Aksariyat kollej va texnikumlar ham, oliygohlar ham ish beruvchilar talabi

bilan hisoblashmaydi. Ayrimlarida darslik va adabiyotlar yetishmaydi, bori ham


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

113

bugungi talablarga javob bermaydi. Ilm-fan va innovatsiyalarga yetti yilda 6
trillion so‘mdan ziyod mablag‘ ajratildi.

Lekin ilm-fanda “xarajat – tadqiqot – mahsulot” degan formula

ishlamayapti” deya aytgan tanqidiy fikrlari oliy ta’lim tizimiga daxldor har bir
kishini jiddiy o‘ylantiradi, bu boradagi ishlarni tubdan ko‘rib chiqishga undaydi.

Mamlakatimizda davlatimiz rahbari tomonidan 50 ming kollej-texnikum

o‘quvchisini dual ta’lim bilan qamrab olishni tashkil qilish bo‘yicha topshiriq
berilgan.

Universitetlar tasarrufidagi texnikumlarda ushbu masalaga alohida e’tibor

qaratilgan. Misol uchun, Andijon davlat universiteti qoshidagi Izboskan
agrosanoat hamda Shahrixon agrosanoat texnikumlarida dual ta’lim
yo‘nalishlari tashkil etilgan.

Bugungi kunda mazkur ta’lim muassasalarida yengil sanoat buyumlari

konstruksiyasi va texnologiyasi, neft va gazni qayta ishlash, buxgalteriya hisobi
va audit, maktabgacha ta’lim tashkiloti uslubchisi mutaxassisliklari bo‘yicha 50
nafardan ortiq o‘quvchi tahsil olmoqda.

O‘quvchilarning amaliyot o‘tash jarayonlarini samarali tashkil etish va

nazariy olgan bilimlarini amaliyot orqali mustahkamlash maqsadida 40 dan
ortiq tashkilot hamda korxona bilan hamkorlik shartnomalari imzolangan.
Umuman, texnikumlarimizda dual ta’lim asosida o‘qitish yanada kengayadi.

Bir so‘z bilan aytganda, prezident tashabbusi bilan maktabgacha va maktab

ta’limi tizimi, texnikum, kollej va oliy o‘quv yurtlarida yechimini topmayotgan
yoki zarur darajada amalga oshirilmayotgan qator masalalarni hal etish va ijobiy
natijalarga erishish yuzasidan aniq vazifalar belgilab borilmoqda va ishonamizki
kelajakda dual ta’lim shakli o’zining ustuvor ahamiyatini oshirib, yangi loyihalar
asosida rivojlanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

https://kknews.uz/oz/125113.html

2.

https://lex.uz/uz/docs/-5346217

3.

https://www.gazeta.uz/oz/2022/06/15/dual-system/

4.

https://uza.uz/oz/posts/dual-talim-yanada-kengayadi_567519

Библиографические ссылки