Авторы

  • Xalima Abdullayeva
    Toshkent maliy fanlar universiteti katta o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.73268

Ключевые слова:

pedagogik texnologiyalar pedagogik kompetensiya o‘qituvchi ta’limi ijtimoiy o‘rganish.

Аннотация

Ushbu maqola talabalarda pedagogik texnologiyalardan foydalanishni takomillashtirishni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan nazariy asoslarni ko‘rib chiqadi. Ushbu tuzilmalar turli sinf ehtiyojlariga tayyor, yuqori sifatli, moslashuvchan o‘qituvchilarni tarbiyalashning asosiy komponentlari sifatida tuzilgan amaliyot, hamkorlik, murabbiylik va mulohaza yuritishni ta’kidlab, o‘qituvchilarni samarali tayyorlashga yo‘naltiriladi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

54

TA’LIM JARAYONIDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN

FOYDALANISHNI TAKOMILLASHTIRISH

Abdullayeva Xalima Agzamovna

Toshkent maliy fanlar universiteti katta o‘qituvchisi

abdullayevahalima66@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15068085

Annotatsiya:

Ushbu maqola talabalarda pedagogik texnologiyalardan

foydalanishni takomillashtirishni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan nazariy
asoslarni ko‘rib chiqadi. Ushbu tuzilmalar turli sinf ehtiyojlariga tayyor, yuqori
sifatli, moslashuvchan o‘qituvchilarni tarbiyalashning asosiy komponentlari
sifatida tuzilgan amaliyot, hamkorlik, murabbiylik va mulohaza yuritishni
ta’kidlab, o‘qituvchilarni samarali tayyorlashga yo‘naltiriladi.

Kalit so‘zlar:

pedagogik texnologiyalar, pedagogik kompetensiya,

o‘qituvchi ta’limi, ijtimoiy o‘rganish.

Mamlakatimizda ijtimoiy sohaga alohida e’tibor berib borilayotgan bir

davrda pedagog kadrlarning, ya’ni boshlangʻich sinf oʻqituvchilarning
metodikasida zamonaviy ta’limni shakllantirish talab etilmoqda. Bugungi kunda
boshlangʻich ta’lim tizimi oldiga yangicha metodik tayyorgarlikka ega boʻlgan
oʻqituvchilarni tayyorlash vazifasi qoʻyildi. Chunki boshlangʻich sinf oʻqituvchisi
bolalarning psixologik, fiziologik oʻziga xosliklarini hisobga olishi, shakllantirish
va rivojlantirish tajribasini egallashi lozim. Ma’lumki, boʻlajak boshlangʻich sinf
oʻqituvchisining ta’lim jarayonidagi metodik tayyorgarligini takomillashtirish
texnologiyalarini ishlab chiqish ustuvor oʻrin egallaydi. Buning uchun pedagog
kadrlardan, boshlangʻich sinf oʻqituvchilaridan zamonaviy talablarga javob
beradigan, mustaqil fikrlaydigan, intellektual salohiyat, chuqur bilim, zamonaviy
dunyoqarashga va puxta metodik tayyorgarlikka ega shaxs boʻlish talab etiladi.

Olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarida olib borilgan fikr

mulohazalarga koʻra, boshlangʻich sinf oʻqituvchilarning metodik tayyorgarlik
darajasiga qoʻyiladigan bir qancha asosiy talablar qoʻyilgan. Xususan,
P.V.Amosova yuritgan fikr-mulohazalarga koʻra:

- oʻz kasbining shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatini xis qilish;

- ilmiy-insonparvar dunyoqarashga ega boʻla olish;

- ilmiy bilishning shakl va metodlarini hamda ularning evolusiyasini bilish,

tevarak olamni bilish va uni oʻzlashtirishning turli metodlariga ega boʻlish;

- jamiyat taraqqiyotida ilm-fan ahamiyatini tushunish;

- axborotlarni qidirish, qayta ishlash va foydalanishning innovasion

metodlaridan xaardor boʻlish, axborot oluvchi uchun ularni moslashtirish va
sharhlash qobiliyatiga ega boʻlish;


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

55

- ilm-fan taraqqiyoti va oʻzgarib borayotgan ijtimoiy amaliyot sharoitida oʻz

nuqtai nazarini qayta koʻrib chiqish, ishlashning innovasion shakl va metodlarini
tanlashga qodir boʻlish;

- turli fanlararo bilim sohalarida ishlashga psixologik va metodik

tayyorlangan boʻlish;

- odam shaxsi rivojlanish davrida oʻziga xos davr sifatida bolalikning

ahamiyatini xis qila olish.

Oliy ta’limda oʻqitish amaliyoti ilmiy metodik adabiyotlarda yoritilgan

mavjud an’naviy pedagogik ta’lim tizimida qator muvoffaqiyatlar qoʻlga kiritlgan
boʻlsada, undagi kamchiliklarni ajratib koʻrsatish mumkin. Bizning fikrimizcha,
unda turli darjalilik, mobillik, moslashuvchanlik, uzluksizlik, uzviylik,
koʻpqirralilik yetishmaydi.

N.V.Amosova soʻnggi yillarda oliy va oʻrta maxsus pedagogik oʻquv

muassassalari “koʻp fanlilik” deb nom olgan illatga duchor boʻlganini qayd etib
oʻtadi, bunda talabalar bir vaqtning oʻzida koʻpincha bir biri bilan yaxshi
bogʻlanmagan, ba’zan esa bir birini takrorlovchi oʻn ikkitagacha mustaqil oʻquv
fanlarini oʻrganishga toʻg‘ri keladi.

Boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilarini metodik tayyorlashning mavjud

tizimini boshlangʻich ta’limda sodir boʻlayotgan innovasion jarayonlarga mos
ravishda isloh qilish, metodik tayyorgarlikni takomillashtirish texnologiyalarini
ishlab chiqish lozim.

Boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilarning psixologik pedagogik va

metodik tayyorgarlik boʻyicha ba'zi tadqiqot ishlarida keltirilgan qarashlarni
koʻrib chiqamiz.

Qator tadqiqot ishlarida boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilarini

tayyorlashning psixologik pedagogik asoslari yoritib berilgan: metodik
tayyorgarlik jarayonida talabalrining bilish faolligini shakllantirish, ijodiy
oʻsishga asos sifatida hayotda oʻz, pedagogika oliy ta’lim sharoitida boshlangʻich
sinf oʻqituvchilarini tayyorlashning oʻziga xos xususiyatlari, oʻqituvchilarni
boshlangʻich sinfdagi iqtidorli oʻquvchilar bilan ishlash faoliyatiga tayyorlash va
hokazolar.

Davlat ta’lim standartiga muvofiq boshlangʻich sinf oʻqituvchilarini metodik

tayyorlashga quyidagi talablar qoʻyiladi:

- mutaxassis boshlangʻich sinf oʻquvchilarni oʻqitish va tarbiyalashda

individual differensial yondashuvni tashkil etish metodlariga ega boʻladi;

- boshlangʻich sinf oʻquvchilariga matematik amallarni bajarish va

masalalarni echish asoslarni oʻrgatish metodlariga ega boʻladi;


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

56

- boshlangʻich sinf oʻqituvchilari tomonidan dastur materiallarini

oʻzlashtirish darajalarini belgilash, ularni individual xususiyatlarini aniqlash,
oʻquvchilarda mustaqil bilim olish boʻyicha birlamchi malakalarni
shakllantirishni amalga oshira oladi;

- ta’lim va tarbiya boʻyicha oʻquvchilarning samarali oʻquv foliyati, faolligi,

mustaqilligi, bilishga qiziqishni ta’minlovchi optimal metodlarni tanlay oladi;

- oʻquvchilarga individual yondashishni, dars va darsdan tashqari ishlarda

boshlangʻich sinf oʻquvchilarining individual, guruhli va jamoaviy faoliyatini
uyg‘unlashtirishni amalga oshira oladi;

- sinov dasturlari va darsliklar mazmunini tahlil qilish, oʻrganilayotgan

material mazmuniga oʻzgartirish kiritish, didaktik materiallarni saralash va
ishlab chiqishni amalga oshira oladi.

Boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilarini metodik tayyorgarligini

rivojlantiruvchi ta’limni amalga oshira olishni ta’minlash maqsadida ularni
oʻqitish mazmuni hamda metodlarini takomillashtirish boʻyicha ilmiy metodik
tadqiqotlar olib borgan pedagog olimlarimiz ishlariga nazar solish maqsadga
muvofiq hisoblanadi. Jumladan:

Ta’lim

jarayonida

pedagogik

texnologiyalardan

foydalanishni

takomillashtirish uchun quyidagi metodlar tavsiya etildi:

1. Pedagogik tahlil metodi. Mazkur metod ta’lim jarayonida talabalarda

matematika va tabiatshunoslik oʻqitish metodikasiga oid bilimlarni
shakllantirishning mavjud holati haqida xulosa chiqarishga imkon berdi.
Fanlarning oʻquv dasturlari hamda darsliklari ularda matematika va
tabiatshunoslikka oʻqitish metodikasiga oid koʻnikma va malakalarning qay
darajada ifodalanganligi yuzasidan har tomonlama tahlil qilindi.

2. Anketa metodi. Mazkur metod talabalarda shakllangan matematika va

tabiiy fanlarga oid bilimlar darajasi, oʻqituvchilar tomonidan ushbu jarayonga
qaratiladigan e’tibor va ta’lim mazmunining mavjud ahvolini baholash,
matematika va tabiiy fanlarga oʻqitish metodikasiga oid bilimlarni
shakllantirishga imkon beradigan omillar hamda xalqaro baxolash dasturlari
topshiriqlarini yechishga oʻrgatishga oid ta’lim mazmuni va hajmini belgilash,
tajriba-sinov jarayonida ulardan oqilona foydalanish chora-tadbirlarini ishlab
chiqish, boyitish va takomillashtirish, uning samaradorligini aniqlash imkonini
berdi.

3. Suhbat metodi. Mazkur metoddan anketa metodining mantiqiy davomi

sifatida foydalanildi. Suhbat metodi amalga oshirilgan tadqiqot boʻyicha
respondentlarning fikr-mulohazalarini oʻrganish, uning mohiyatini har


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

57

tomonlama tahlil etish uchun muayyan sharoit yaratishga xizmat qildi. Tajriba-
sinov ishlarini amalga oshirishda suhbat metodidan boʻlajak boshlangʻich sinf
oʻqituvchilarini TIMSS xalqaro baholash dasturi asosida oʻqitishga metodik
tayyorgarligini takomillashtirish jarayonida uning mohiyatini yoritishga
yoʻnaltirilgan savollardan foydalanildi. Samaradorlikni ta’minlash maqsadida
oldindan savollar tizimi ishlab chiqildi. Suhbatlar davomida respondentlarning
shaxsiy fikr-mulohazalarini erkin bayon etishlariga alohida e'tibor qaratildi.

4. Pedagogik kuzatish metodi. Mazkur metod boʻlajak boshlangʻich sinf

oʻqituvchilarini TIMSS xalqaro baholash dasturi asosida oʻqitishga metodik
tayyorgarligini takomillashtirishga yoʻnaltirilgan oʻquv materiallarining
talabalar tomonidan qanday oʻzlashtirilganligi, talabalarning mazkur materiallar
bilan qanday ishlay olishini aniqlash, ularning tajribalarini oʻrganish va xulosa
chiqarish imkonini berdi. Pedagogik kuzatish metodi yordamida tajriba-sinov
ishlarini tashkil etish jarayonida belgilangan metodika mazmuniga maqsadga
muvofiq oʻzgartirishlar kiritish, uni didaktik jihatdan boyitib borish
imkoniyatiga ega boʻlindi.

5. Maktab ish hujjatlarini oʻrganish metodi. Boʻlajak boshlangʻich sinf

oʻqituvchilarini TIMSS xalqaro baholash dasturi asosida oʻqitishga metodik
tayyorgarligini

takomillashtirishga

yoʻnaltirilgan

tajriba-sinov

ishlari

samaradorligini oʻrganishda maktab amaliyotchi psixologining tashxis daftari,
sinf rahbarining tegishli ish hujjatlari tahlil qilindi va u asosida oʻquvchilarda
matematika va tabiatshunoslik oʻqitish metodikasiga oid bilimlarini
shakllantirish jarayoni takomillashtirib borildi.

Yuqoridagi metodlar yordamida toʻplangan materiallar har tomonlama

chuqur tahlil qilindi, muayyan tartibga solindi va tegishli xulosalar chiqarildi.
Mazkur xulosalar oʻquvchilarda tabiiy fanlarga oid kompetensiyalarni
shakllantirish jarayonini takomillashtirish va samaradorligini oshirish imkonini
beradi.

Boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilarini ta’lim jarayonida pedagogik

texnologiyalardan foydalanishni takomillashtirish asosida oʻqitishga metodik
tayyorgarligini takomillashtirishga oid ilmiy-tadqiqot ishining muhim tarkibiy
qismi hamda uning samaradorlik darajasini belgilab beruvchi tajriba-sinov
ishlarining muvaffaqiyati belgilangan ta’lim mazmuni va metodikasining ishlab
chiqilganligi hamda uning gʻoyalariga muvofiq ish koʻrilganligiga bogʻliq boʻladi.
Uning samaradorlik darajasi yuqori bo‘ladi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

58

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. Sh. Qudratova & D. To‘rabekova (2023) – The role of STEAM education in
shaping the future teacher's personality. Modern Science and Research, 2(9),
Pages 40-44.
2. Qudratov, T. B. (2021). Ta’limda xalqaro tajribalar. Вестник магистратуры,
(1-3 (112)), 66-67.
3. Qizi, S. Q. B., & Akramjanovich, K. A. (2024). STEAM TЕХNОLОGIYALАRI.
Eurasian Journal of Academic Research, 4(7S), 494-497.
4. Qudratova, S., & Tilovboyeva, S. (2024). SYSTEM FOR THE USE OF
INTERNATIONAL EXPERIENCE IN THE ORGANIZATION OF CLASSES FOR
STUDENTS. Академические исследования в современной науке, 3(48), 160-
164.
5. Qudratova, S., & Tilovboyeva, S. (2024). BOSHLANGʻICH TA’LIMDA TAHSIL
OLUVCHI TALABALARGA ZAMONAVIY BILIMLAR BERISH. Modern Science and
Research, 3(12), 378-382.
6. Qudratova, S. (2023). SYSTEM OF USING INTERNATIONAL EXPERIENCES IN
ORGANIZING LESSONS FOR STUDENTS OF PEDAGOGICAL EDUCATIONAL
INSTITUTIONS. Modern Science and Research, 2(6), 706-710.
6. Qudratova, S., & Azizova, D. (2024). BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA
MATEMATIK TASAVVURLARNI SHAKLLANTIRISH. Modern Science and
Research, 3(12), 305-311.

Библиографические ссылки

Sh. Qudratova & D. To‘rabekova (2023) – The role of STEAM education in shaping the future teacher's personality. Modern Science and Research, 2(9), Pages 40-44.

Qudratov, T. B. (2021). Ta’limda xalqaro tajribalar. Вестник магистратуры, (1-3 (112)), 66-67.

Qizi, S. Q. B., & Akramjanovich, K. A. (2024). STEAM TЕХNОLОGIYALАRI. Eurasian Journal of Academic Research, 4(7S), 494-497.

Qudratova, S., & Tilovboyeva, S. (2024). SYSTEM FOR THE USE OF INTERNATIONAL EXPERIENCE IN THE ORGANIZATION OF CLASSES FOR STUDENTS. Академические исследования в современной науке, 3(48), 160-164.

Qudratova, S., & Tilovboyeva, S. (2024). BOSHLANGʻICH TA’LIMDA TAHSIL OLUVCHI TALABALARGA ZAMONAVIY BILIMLAR BERISH. Modern Science and Research, 3(12), 378-382.

Qudratova, S. (2023). SYSTEM OF USING INTERNATIONAL EXPERIENCES IN ORGANIZING LESSONS FOR STUDENTS OF PEDAGOGICAL EDUCATIONAL INSTITUTIONS. Modern Science and Research, 2(6), 706-710.

Qudratova, S., & Azizova, D. (2024). BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA MATEMATIK TASAVVURLARNI SHAKLLANTIRISH. Modern Science and Research, 3(12), 305-311.