ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
47
KO’P YADROLI АРОМАТИК KАRBON KISLOTА SINTEZINI
OʼRGАNISH
L.R Jo’rayeva
Buxoro davlat texnika universiteti
dotsent
Rahimova Mushtariy
Bobonazarova Shaxinabonu
Rahimov Dilshodbek
talaba
https://doi.org/10.5281/zenodo.15067035
Tar-mahsulot tarkibidan olingan ko’p yadroli aromatik uglevodorodlar
asosida polimetilen aromatik sulfo kislota sintez qilib olingan .Uglevodorodlar
piroliz jarayonida asosiy mahsulot bilan bir qatorda ikkilamchi mahsulotlar
(piroliz distillyati, piroliz moyi va tar mahsulot) ham hosil hosil bo’ladi. Piroliz
jarayonida hosil bo’lgan ikkilamchi mahsulotlar o’z navbatida qayta ishlanib
sanoatning turli sohalarida qo’llaniladigan muhim hom ashyolar olinadi.
Ikkilamchi mahsulotlardan olingan materiallardan kimyo sanoati, neft va gazni
qayta ishlash korxonalari, energetika , farmatsevtika, qurilish, qishloq xo’jaligi va
boshqa sohalarda ishlatiladigan reagentlar ishlab chiqariladi. Respublikamizda
ham piroliz jarayoni asosida quyi olefinlar ishlab chiqarish korxonalari faoliyat
yurg’izmoqda va unda olefinlar qatorida ikkilamchi mahsulotlar ham hosil
bo’lishi tabiiy albatta. Shuning uchun bugungi kunda mamlakatimiz xududida
neft, gaz mahsulotlarini chuqur qayta ishlash natijasida olinadigan asosiy,
hamda ikkilamchi mahsulotlarni qayta ishlab import almashinadigan,
ekspotrbop, keng qo’llanilish sohalariga ega qimmatbaho reagentlar ishlab
chiqarish texnologiyasini ishlab chiqish, mavjudlarini takomillashtirish hal
qilinishi kerak bo’lgan muhim muammolardan hisoblanadi.
Respublikamizda so’nggi yillarda kimyo sanoatida mahalliy xom
ashyolardan samarali foydalangan holda import mahsulotlarni bosqichma
bosqich qisqartirish orqali eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish , qayta
ishlash natijasida hosil bo’ladigan ikkilamchi mahsulotlardan to’g’ri foydalanish
dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
Ko’p yadroli aromatik uglevodorodlar karbon kislotasi formalin bilan
polikondensatsiya
jarayonida
kuchsiz
kationit
ya’ni
ko’p
yadroli
polimetilenaromatik karbon kislota olingan va oʼrganilgan.
Tadqiqot obʼekti boʼlgan polimetilenantrasen karbon kislotaning (PMAK)
natriyli va kaltsiyli tuzlari boʼlib tarkibida yuqori molekulyar fraksiyalar miqdori
koʼp boʼlgan yuqori effektivlikga ega suyultiruvchidir. Sintez qilingan
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
48
polikondensat tarkibida ozod formaldegid boʼlib, tayyor mahsulotning ekologik
xarakteristikalariga negativ taʼsir qiladi.
Oksidlash jarayoni haroratiga bogʼliq ravishda turli antrasen kislotalar
aralashmasi hosil boʼladi.
Antrasen karbon kislotalarni formalin bilan polikondensatsiya reaksiyasi
quyidagi sxema orqali boradi:
Polikondensatsiya jarayoni 110
0
C haroratda bir necha sutka davomida olib
boriladi. Qancha koʼp vaqt jarayon davom etsa mahsulot tarkibidagi
polimerlanish darajasi yuqori modda miqdori ortadi va mahsulot tarkibidagi
aktiv modda miqdori ham yuqori boʼladi. Jarayonning tugashini namunalar olib
tekshirish orqali nazorat qilinadi. Sovuganda olingan polikondensat qovushqoq
massaga aylanadi, choʼzilganda ingichka tola boʼlib choʼziladi va suvda eriydi.
Polikondensatsiya jarayoni vaqtini va energoresurslar sarfini kamaytirish
maqsadida jarayon yuqori bosim bilan ishlaydigan qurulmada yuqori haroratda
olib borildi, bunda reaksiya bir necha soat ichida yakunlanadi. Formalin
reaksion aralashmaga bir necha nuqtadan va reaksion massaning ostidan ham
kiritiladi, maqsad formalinni reaktsion massa boʼyicha bir tekis taqsimlanishini
taʼminlashdan iborat. Аgar formalin bir nuqtadan berilsa reaktsion massaning
qovushqoqligini ortishiga, natijada qurulma aralashtirgichi, boshqa qismlarining
ishdan chiqishi kabi noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Uglevodorodlar piroliz jarayoni ikkilamchi maрsuloti tar-mahsulotdan olingan
antrasen asosida polimetilenantrasen karbon kislotalar olindi va bu polimerning
chiziqli oligomerini superplastifikator sifatida beton aralashmalarida, fazoviy
polimeri sulfokationit sifatida foydalanish mumkinligi aniqlandi.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
49
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Каримова З. М. и др. УГЛЕВОДОРОДЛАРНИНГ ПИРОЛИЗ ЖАРАЁНЛАРИ
/ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ. – 2023. – Т. 19.
– №. 6. – С. 6-10.
2 Orifjon K., Zilola K. INVESTIGATION OF THE PROCESS OF OBTAINING
ADDITIVE FOR GYPSUMBOARD BASED ON POLYMETHYLENENAPHTHALINE
CARBOXYLIC ACIDS //Universum: технические науки. – 2023. – №. 4-7 (109).
– С. 55-59.
3.Мухамадиева К. Б., Каримова З. М. Математический аппарат процессов
криообработки растительных материалов //Universum: технические
науки. – 2020. – №. 6-2 (75). – С. 73-75.
4. Sharipov J. et al. Increasing the resistance of the cutting tool during heat
treatment and coating //AIP Conference Proceedings. – AIP Publishing LLC,
2022. – Т. 2432. – №. 1. – С. 050042.
5.Makhmudovna K. Z. Investigation of the Influence of the Nature of the Solvent
on the Properties of Solutions of Grafted Triacetate Copolymers //Texas Journal
of Multidisciplinary Studies. – 2022. – Т. 6. – С. 86-89.
6.Makhmudovna K. Z., Anvarovich O. A. Mathematical apparatus for the
cryoprocessing of plant materials epra International Journal of Multidisciplinary
Research (IJMR)-Peer Reviewed. – 2021. – Т. 7. – №. 4.
7 Каримова З. М. СТРОЕНИЕ КОМПЛЕКСОВ ПЕРЕХОДНЫХ МЕТАЛЛОВ С
АЦИЛ-ТИО-АЦИЛГИДРАЗОНАМИ И ТИОСЕМИКАРБАЗОНАМИ ДИАЦЕТИЛА
//Интернаука. – 2017. – №. 7-2. – С. 5-8.
8.Каримова З. М. СТРОЕНИЕ КОМПЛЕКСОВ НИКЕЛЯ (II) И МЕДИ (II) С
ТИОБЕНЗОИЛ-ГИДРАЗОНАМИ β-ДИКЕТОНОВ //Интернаука. – 2018. – №.
14-2. – С. 37-39.9
9. Zilola K. STUDY OF BY-PRODUCTS COMPOSITION AND SYNTHESIS OF
CARBON ACIDS //Universum: технические науки. – 2024. – Т. 10. – №. 12
(129). – С. 13-16.
10. Makhmudovna K. Z. EFFECTS OF LOCAL ADSORBENTS FOR THE
PURIFICATION OF COTTON OIL AND ITS PROCESSING PRODUCTS //Ethiopian
International Journal of Multidisciplinary Research. – 2024. – Т. 11. – №. 02. – С.
321-324.