ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
5
SHAXSNING KREATIV QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISH
PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA
Xaydarov Xolbek Xaydar o‘g‘li
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
“Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi о‘qituvchisi
+998909191006
https://doi.org/10.5281/zenodo.15055112
Annotatsiya:
Mazkur maqola ta’lim muassasalarida yosh avlodni milliy va
umuminsoniy qadriyatlarni o’zlashtirishda kreativ qobiliyatning о‘rni va
pedagogika-psixologik tavsifi keltirilgan. Kreativlik tushunchasi hamda uning
shakllanishi va rivojlanishiga doir zamonaviy tadqiqotlar va yondashuvlar tahlil
qilinadi.
Kalit sо‘zlar
: kreativlik, ijodkorlik, kreativ qobiliyat, kreativ jarayon,
kreativ faoliyat, kreativ yondashuv.
Ta'lim muassasalarida yosh avlodda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni
o'zlashtirishga bo'lgan qiziqish va ehtiyojni tarkib toptiradigan, tez sur’atlarda
rivojlanib, о‘zgarib borayotgan hayotiy sharoitlarga moslashuvchan, ijodiy faol
va tadbirkor, о‘zining kasbiy faoliyat yо‘nalishini о‘zi belgilay oladigan, mustaqil
qaror qabul qila oladigan hamda о‘z xatti-harakatlariga javob bera oladigan
yoshlarni tarbiyalash zamonaviy ta’limning eng muhim maqsadlaridan biridir.
Bu jarayon yoshlarning ilmiy, ijodiy va axloqiy rivojlanishini ta’minlash, ularda
jamiyatga foyda keltiradigan faol va mas’uliyatli shaxslarni shakllantirishga
qaratilgan. Bugungi kunda jamiyatning zamonaviy talab va ehtiyojlaridan,
hamda ta’lim muassasalarida har tomonlama yetuk va barkamol avlodni
tayyorlash borasidagi ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda kreativ va
ijodkor shaxsni tarbiyalash ustuvor vazifalardan biri bо‘lib qolmoqda.
Uzluksiz ta’lim sharoitida о‘quvchilarni kreativ qobiliyatlarini shakllantirish
va rivojlantirish muammosining nazariyasi va amaliyotini, о‘quv-tarbiyaviy
jarayonlarni tashkil etishning innovatsion yondashuvlarini ishlab chiqish uchun
“kreativlik” tushunchasining tavsifini aniqlab olish lozim.
Zamonaviy tadqiqotlarda ijodkorlik, kreativlik (lotincha creatio – vujudga
keltirish, yaratish) intellektual va boshqa omillarga bog‘liq kо‘p о‘lchovli
(shaxsiy, ijtimoiy) hodisa sifatida baholanadi.
Hozirgi davrda kreativlik muammosiga oid pedagogik va psixologik
tadqiqotlarda
turli
yondashuvlar
tadqiq
etilmoqda.
Xususan
D.B.Bogoyavlenskayaning intellektual tashabbuslarni namoyon bо‘lishi [1,138];
I.P.Koloshinaning faoliyatning о‘ziga xos bо‘lgan alohida strukturasi [2,64];
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
6
A.M.Matyushkinning
ijodiy
jarayonning
yaxlit
strukturasi
[3,43];
A.Y.Ponamaryovning harakatning ichki rejalarini rivojlantirish konsepsiyasi
[4,21] kabi yondashuvlar shular jumlasidandir.
Kreativlik mohiyatini belgilashda turlicha yondashuvlar mavjud.
1.
Ijodkorlikning faoliyat davomida paydo bо‘lishi va rivojlanishi.
Intellektual qobiliyat zaruriyat sifatida namoyon bо‘ladi, biroq shaxsning ijodiy
faolligi yetarli bо‘lmaydi. Ijodiy xatti-harakatlarning determinatsiyasida
motivlar, qadriyatlar, alohida xususiyatlar asosiy rol о‘ynaydi (A.Tannenbaum,
A.Olox, D.B.Bogoyavlenskaya, A.Maslou va b.)
2.
Ijodiy qobiliyat (kreativlilik) intellektga bog‘liq bо‘lmagan mustaqil omil
hisoblanadi (Dj.Gilford, K.Teylor, G.Grubber, Y.A.Ponamarev) – intellektuallik
darajasi bilan kreativlik darajasi о‘rtasida biroz farqlar bо‘ladi.
3.
Intellektni yuqori darajada rivojlanganligi yuqori darajadagi ijodkorlikni
anglatadi, va aksincha. Psixologik faollikning о‘ziga xos shakli sifatida ijodiy
jarayon mavjud bо‘lmaydi (D.Veksler, R.Uayzberg, G.Ayzenk, L.Termen,
R.Shternberg va b.).
G.S.Altshuller,
F.Berron,
L.B.Yermolayeva-Tomina,
V.N.Kozlenko,
M.R.Ginzburg, K.Rodjerslarning tadqiqotlariga kо‘ra kreativ shaxsning quyidagi
xislatlarini alohida ajratib kо‘rsatish mumkin:
1. Tajribalar uchun ochiqlik. Bu kimlardir yoki jamoatchilik tomonidan
yuzaga keltirilgan vaziyatlarda stereotiplardan voz kechishni anglatadi.
2. Anglanmaganlikka ishonch. Aynan anglanmaganlik noan’anaviy
g‘oyalarni yuzaga keltiradi, ong ongsizlikdan kelib chiqadigan g‘oyalarni
qanchalik muvaffaqiyatli idrok etishi va tahrir qila olishi (mantiqiy tafakkur
tiliga о‘girishi) iste’dod me’yori hisoblanadi.
3. Faoliyat jarayonining uning natijasidan ustuvorligi. Faoliyat jarayonidan
zavqlanish natija olishni mо‘ljal qilishdan kо‘ra zavqliroq kechadi. Natija olishni
kо‘zlash muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda depressiyaga sabab bо‘ladi.
Jarayondan zavqlanish esa qimmatliroq hodisa bо‘lib, bevosita natijalarga sabab
bо‘lishi ham mumkin.
4. Maksimal intensivlikdagi hissiyotlarni boshdan kechirish. Ijod qilish
jarayoni yorqin va mutloqo qarama-qarshi hissiyotlar sharoitida kechadi: ixtiro
zavqidan – chorasizlik depressiyasigacha, kо‘tarinki ilhomlanishdan – ma’naviy
tushkunlikkacha.
5. О‘z-о‘ziini namoyon etishining noyobligi. Shaxsning bu sifati о‘zini
individualligini namoyon qilish (zukkoligi, gapga chechanligi, о‘zini о‘ziga xos
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
7
tarzda namoyon etish manerasi, individual odatlari va h.k.) yoki о‘zini ijtimoiy
muvaffaqiyatga erishgan shaxs sifatida kо‘rsatishda kо‘rinishi mumkin.
6. О‘zini dolzarb faoliyatga yо‘naltirishga intilish. Kreativ shaxs о‘z
iqtidorini tо‘la-tо‘kis rо‘yobga chiqarishga intiladi, shuningdek, jamiyatda о‘ziga
hamkorlar bо‘lishi uchun atrofdagilarni iqtidorlarini rivojlantirish borasida
о‘ziga taalluqli bо‘lgan barcha ishlarni bajaradi.
7. Kreativlikni maqsadli tarzda yaratish. Kreativ odamlarning kо‘pchiligi u
yoki bu xususiy vazifalarni hal qilishda qandaydir umumiy masalalarni
yechishga intiladi.
Ta’kidlash joizki, kreativlikni о‘rganishga bag‘ishlangan kо‘pgina xorijiy
tadqiqotlar ijod psixologiyasi hamda shaxsning ijodiy imkoniyatlarini baholash
bilan bog‘liq holda olib borilgan. Bu sohada olingan natijalar hozirgi kunda ham
qо‘llanib kelinmoqda.
Kreativlik sо‘zi etimologik jihatdan lotincha “create” – yaratish ma’nosini
anglatadi. Ingliz tilida kreativlikning ikki xil ma’nodagi shakli qо‘llaniladi:
-
creativity – mohiyat jihatidan ijod ma’nosini anglatadi;
-
creative activity yoki creative work – mohiyatan ijodiy jarayon.
О‘zbek tilida har ikki talqin ijodkorlikni anglatadi. Ularni differensiatsiyasi
qо‘shimcha tushunchalar lozim bо‘lgan taqdirda qо‘llaniladi – faollik, faoliyat,
jarayon va h.k.
Kreativlik bilan ijodkorlikni bir-birini о‘rnini bosuvchi tо‘liq sinonimlar deb
atash notо‘g‘ri bо‘ladi. Kreativlikni ijodkorlik iqtidorining ayrim belgilari yoki
shunga о‘xshash jihatlar tarzida emas, aynan ijodkorlik iqtidori sifatida talqin
qilinishi maqsadga muvofiq bо‘ladi.
Kreativlik yangilikni tajribada amalga oshirish, muammo va ziddiyatlarni
anglash, stereotip fikrlardan voz kechish demakdir. Kreativlik yangi g‘oyalarni
umumiy holatga birlashtirish jarayonlarining sur’ati, favqulotda noyob
mazmundagi g‘oyalarni yaratish, sodda narsalarda murakkab jihatlarni kо‘ra
olishda namoyon bо‘ladi.
Bizningcha, ta’lim oluvchilarda kreativlikni rivojlantirishning asosiy
ijtimoiy-pedagogik sharoitlaridan biri ularning о‘quv faoliyatini tashkil etishda
innovatsion texnologiyalar, kreativlikni rivojlantirishga yо‘naltirilgan dasturlar,
metodlar qо‘llanishi bilan bog‘liq. Mazkur muammoni hal etishga bag'ishlangan
tadqiqotlar turli yo'nalishlarda olib borilmoqda, ulardan biri pedagogik
jarayonda faol va evristik usullarni qo'llashdir. Shuningdek, ta’lim oluvchilarda
kreativlikni rivojlantirishda istiqbolli yо‘nalishlardan biri sifatida о‘yin
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
8
metodlari, ijodiy va evristik masalalarni yechish metodlarini e’tirof etish
mumkin.
Shunday qilib, bir qator tadqiqotchilar ta’kidlaganlaridek, kreativlikni
rivojlantirish va ijodiy imkoniyatlarni faollashtirishni quyidagi omillar
belgilaydi:
-
shaxsning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish va faollashtirishga
yо‘naltirilgan yangi samarali yо‘l va usullarni izlashni nazarda tutish;
-
ta’lim oluvchining huquqlari, erkinligini tan olish, uning professional
qiziqishlarini rо‘yobga chiqarish uchun sharoit yaratish, ijodiy qobiliyatlarini
aniqlash va rivojlantirish, ummuminsoniy va professional madaniyatni
о‘zlashtirish bilan bog‘liq holda ta’lim muassasalarini insonparvarlashtirish;
-
ijodkor shaxs ta’lim muassasasida qulay psixologik muhit, о‘quv
mashg‘ulotlari kasbiy-ijodiy faoliyatga mо‘ljallangan, ta’lim oluvchilarning ijodiy
fikrlashini rivojlantirishga yо‘naltirilgan о‘quv faoliyatida namoyon bо‘ladi va
rivojlanib boradi;
-
ta’lim oluvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish jarayoni ta’lim
mazmuni, shakl va metodlarini muttasil rivojlantirib borish, kreativlik muhitini
yaratish, ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik faoliyatini о‘quvchilarning
ijodiy qobiliyatlarini mustaqil tarzda rivojlantirishga yо‘naltirishni talab etadi.
Shaxsning kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish – jamiyatni rivojlantirishning
eng muhim kо‘rsatkichlaridan biridir. Ta’lim muassasalaridagi о‘quv-tarbiya
jarayonlarida qо‘llaniladigan zamonaviy yondashuvlarning asosiy talablaridan
biri, ta’lim oluvchilarning ijodiy faoliyatga oid qobiliyatini rivojlantirishdir. Bu
esa, о‘z navbatida, jamiyat ehtiyojlari bilan bog‘liq holda amalga oshirilishi
lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxati:
1.
Bogoyavlenskaya D.B. Psixologiya tvorcheskix sposobnostey: uchebnoye
posobiye. M.: Akademiya, 2002. 320 s.
2.
Kaloshina I.P. Psixologiya tvorcheskoy deyatelnosti: uchebnoye posobiye
dlya studentov vuzov /. - M.: YUNITI, 2003. 430 s.
3.
Matyushkin A.M. Razvitiye tvorcheskoy aktivnosti shkolnikov. M.:
Pedagogika, 1991. 155 s.
4.
Ponomarev Y.A. Issledovaniye problem psixologii tvorchestva. Sbornik
statey. M., Nauka, 1983. 132 s.