Авторы

  • Shaxnozaxon Boxodirxonova
    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Buxgalteriya hisobi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.73472

Ключевые слова:

Davlat qarzi davlat qarz olishi fiskal taqchillik qarzning YAIMga nisbati iqtisodiy oqibatlar tashqi qarz ichki qarz qarz boshqaruvi iqtisodiy o‘sish O‘zbekiston davlat qarzi global qarz .

Аннотация

Ushbu maqola davlat qarzi, uning sabablari, iqtisodiyotga ta’siri haqida ma’lumot beradi. Qarz yig‘ilishiga olib keluvchi omillar, byudjet taqchilligi, iqtisodiy inqirozlar, fiskal boshqaruvdagi muammolar, shuningdek, ortiqcha qarzning oqibatlari, inflyatsiya kabi masalalar ko‘rib chiqiladi. Eng katta va kichik davlat qarziga ega davlatlar taqqoslab o‘rganiladi. O‘zbekistonning davlat qarzi bo‘yicha statistik ma’lumotlar tahlil qilinadi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

149

DAVLAT QARZI VA UNING OQIBATLARI

Boxodirxonova Shaxnozaxon Boxodirxonovna

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Buxgalteriya hisobi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15082956

Annotatsiya:

Ushbu maqola davlat qarzi, uning sabablari, iqtisodiyotga

ta’siri haqida ma’lumot beradi. Qarz yig‘ilishiga olib keluvchi omillar, byudjet
taqchilligi, iqtisodiy inqirozlar, fiskal boshqaruvdagi muammolar, shuningdek,
ortiqcha qarzning oqibatlari, inflyatsiya kabi masalalar ko‘rib chiqiladi. Eng katta
va kichik davlat qarziga ega davlatlar taqqoslab o‘rganiladi. O‘zbekistonning
davlat qarzi bo‘yicha statistik ma’lumotlar tahlil qilinadi.

Kalit so‘zlar:

Davlat qarzi, davlat qarz olishi, fiskal taqchillik, qarzning

YAIMga nisbati, iqtisodiy oqibatlar, tashqi qarz, ichki qarz, qarz boshqaruvi,
iqtisodiy o‘sish, O‘zbekiston davlat qarzi, global qarz .

Аннотация:

В этой статье представлена информация о

государственном долге, его причинах, влиянии на экономику.
Рассматриваются такие вопросы, как факторы, способствующие
накоплению долга, бюджетный дефицит, экономические кризисы,
проблемы в фискальном управлении, а также последствия чрезмерного
долга, инфляции. Страны с наибольшим и наименьшим государственным
долгом изучаются сравнительно. Анализируются статистические данные
по государственному долгу Узбекистана.

Ключевые слова:

Государственный долг, государственный заем,

фискальный дефицит, отношение долга к ВВП, экономические
последствия, внешний долг, внутренний долг, управление долгом,
экономический рост, государственный долг Узбекистана, глобальный
долг.

Abstract:

This article provides information about public debt, its causes, its

impact on the economy. Issues such as factors leading to debt accumulation,
budget deficits, economic crises, problems in fiscal management, as well as the
consequences of excessive debt, inflation are considered. Countries with the
largest and smallest public debt are studied by comparison. Statistics on the
state debt of Uzbekistan are analyzed.

Key words:

National debt, government borrowing, fiscal deficit, debt-to-

GDP ratio, economic consequences, external debt, domestic debt, debt
management, public finance, economic growth, financial stability, Uzbekistan’s
national debt, global debt crisis, inflation, monetary policy.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

150

Hozirgi davrda davlat qarzi global iqtisodiyotning ajralmas qismi bo‘lib,

ko‘plab mamlakatlarning moliyaviy barqarorligiga ta’sir ko‘rsatmoqda. Davlatlar
turli sabablarga ko‘ra qarz olishga majbur bo‘lishadi: infratuzilma loyihalarini
moliyalashtirish, ijtimoiy dasturlarni qo‘llab-quvvatlash, byudjet taqchilligini
qoplash va iqtisodiy inqirozlarga qarshi kurash. Biroq, davlat qarzining haddan
tashqari oshib ketishi iqtisodiy xavf-xatarlarni yuzaga keltirishi mumkin.

Davlat qarzining samarali boshqaruvi iqtisodiy o‘sish va moliyaviy

barqarorlikni ta’minlashda muhim omil hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlarda
qarz boshqaruvi strategiyalari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, rivojlanayotgan
davlatlarda bu borada hali ham muammolar mavjud. Shu sababli, davlat
qarzining sabablarini, oqibatlarini va uni boshqarish bo‘yicha samarali
choralarni o‘rganish dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Mamlakatimizda davlat qarzini tog‘ri boshqarish, hajmini kamaytirish

borasida qator ishlar olib borilmoqda. 2023-yil 11-sentyabrda Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidentining «Oʻzbekiston - 2030» strategiyasi toʻgʻrisida»gi 158-
son Farmoni

1

qabul qilindi. Hujjat OʻzA tomonidan chop etildi. Ushbu

strategiyasida davlat qarzini boshqarish va fiskal barqarorlikni ta'minlashga
alohida e'tibor qaratilgan. Strategiyada yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmini
oshirish, aholi jon boshiga daromadlarni ko‘paytirish, inflyatsiyani pasaytirish,
pul-kredit, fiskal va tashqi savdo siyosatlarini muvofiqlashtirish hamda tarkibiy
islohotlarni davom ettirish orqali 2030-yilga borib yillik inflyatsiyani 5-6 foiz
darajasida ushlab turish ko‘zda tutilgan. Ushbu maqsadlarga erishish orqali
davlat qarzini samarali boshqarish va fiskal barqarorlikni ta'minlash
rejalashtirilgan.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, mamlakat iqtisodiyotida faoliyat

yuritayotgan har qanday yirik yoki kichik soha tegishli me’yoriy-huquqiy
hujjatlar bilan qo‘llab-quvvatlanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu
tarmoqning rivojlanishida esa hukumat tomonidan qabul qilinadigan qarorlar,
farmonlar va buyruqlar muhim rol o‘ynab, uning barqaror taraqqiyotini
ta’minlaydi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasida davlat qarzi va uning
boshqaruviga oid munosabatlarni tartibga solish maqsadida 2022-yil 29-mart
kuni Qonunchilik palatasi tomonidan “Davlat qarzi to‘g‘risida”gi qonun qabul
qilinib, 2022-yil 4-avgustda Senat tomonidan tasdiqlandi. Ushbu Qonunning
maqsadi davlat qarzi va uni boshqarish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga
solishdan iborat.

2



background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

151

Mazkur maqolada davlat qarzining kelib chiqish sabablari, uning

iqtisodiyotga ta’siri hamda qarzni kamaytirish bo‘yicha mumkin bo‘lgan
yechimlar tahlil qilinadi. O‘zbekiston misolida davlat qarzining hozirgi holati va
boshqaruv strategiyalari ko‘rib chiqilib, yakuniy xulosalar beriladi.

Tadqiqot metodologiyasi

Ilmiy maqolani yoritishda O‘zbekiston Respublikasining qonunlari,

iqtisodiyot sohasidagi ilmiy asarlar, ularning mazmun, mohiyati o‘rganilib,
mazkur sektorni rivojlantiruvchi mavjud ko‘rsatkichlar statistik tahlil qilindi.
Shuningdek, tadqiqot jarayonida mavzuga oid statistik ma'lumotlar va
nazariyalarni o‘rganishda mantiqiy fikrlash, ilmiy mushohada, tizimli
yondashuv, statistik hamda qiyosiy tahlil, an’anaviy tadqiqot usullaridan, ya’ni
kuzatuv, taqqoslama usullari qo‘llanilgan. Mavzuni yoritishda ilmiy-texnikaviy
axborot manbalari, , o‘quv qo‘llanmalar, davriy nashrlar, ilmiy-amaliy
materiallar hamda internet manbalaridan foydalanildi. Qo’shimcha qilib 2024 yil
holati bo’yicha O’zbekiston Respublikasi davlat iqtisodiyot va moliya vazirligi
ma’lumotlari tahliliy usullar yordamida barcha kreditorlar bo’yicha tahlil qilindi.

Tahlil va natijalar muhokamasi

Davlat qarzi- bu hukumat tomonidan ichki yoki tashqi kreditorlardan qarz

olgan mablag‘lar to‘plami. Davlat qarzi tarkibiga ko‘ra ushbu turlarga bo‘linadi:
ichki va tashqi. To‘lov davriga ko‘ra uzoq va qisqa muddatli turlari bor. Ichki
qarz – mamlakat ichkarisidagi banklar, tashkilotlar yoki aholidan olingan qarz.
Tashqi qarz – xalqaro moliyaviy tashkilotlar (Jahon banki, Xalqaro valyuta
jamg‘armasi), boshqa davlatlar yoki xorijiy investorlar tomonidan berilgan qarz.
Davlat qarz olishi uchun quyidagilar sabab bo’la oladi:

Byudjet taqchilligi

Iqtisodiy inqirozlar va favqullodda vaziyatlar

Investitsiya loyihalari

Fiskal siyosat

Foiz stavkalari

Valyuta kurslari

Davlat oʻz daromadlari bilan harajatlarini qoplay olmay qolganda byudjet

taqchilligi paydo boʻladi va u qarz koʻtarish yoʻli bilan qoplanadi. Davlat qarzni
turli qimmatli qogʻozlar, obligatsiyalar, zayomlar chiqarib sotish, moliya
muassasasi (bank)dan ssuda olish va boshqa usullar bilan oladi. Investiitsiya
davlat qarzi deb hisoblanmaydi.

3

Iqtisodiy inqirozlar, tabiiy ofatlar yoki

pandemiyalar kabi kutilmagan hodisalar davlat xarajatlarini oshiradi. 2020-


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

152

yildagi COVID-19 pandemiyasi davrida davlatlarning qarz darajasi sezilarli
darajada oshgan. Bunday vaziyatlarda davlatlar qo‘shimcha mablag‘ olish uchun
qarz olishga majbur bo‘ladilar.

1-rasm. COVID-19 pandemiyasi butun dunyo bo’ylab davlat qarzining

oshishiga olib kelishi

4

Ba’zi hollarda davlatlar iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish yoki ishsizlikni

kamaytirish maqsadida soliq stavkalarini pasaytiradilar yoki davlat xarajatlarini
oshiradilar, bu esa qarz olishga olib keladi. Xalqaro moliya bozorlaridagi past
foiz stavkalari davlatlarni arzonroq qarz olishga undaydi, chunki bu mablag‘lar
iqtisodiy rivojlanishga yo‘naltirilishi mumkin. Milliy valyutaning qadrsizlanishi
ham tashqi qarzning oshishiga olib kelishi mumkin, chunki tashqi qarzlar odatda
xorijiy valyutada olinadi va milliy valyutaning qadrsizlanishi bilan qarz yukining
oshishiga sabab bo‘ladi. Lekin, har doim ham salbiy omillar tufayli davlat qarz
olmaydi. Davlatlar infratuzilma, ta'lim, sog‘liqni saqlash kabi sohalarda yirik
investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun qarz oladilar. Misol uchun yo‘llar,
ko‘priklar, elektr stansiyalari qurulishi uchun davlat qarz olishi mumkin. Ushbu
loyihalar kelajakda iqtisodiy o‘sishga hissa qo‘shishi kutiladi. Lekin noto’g’ri
boshqarilsa ,inflatsiya va iqtisodiy inqirozga sabab bo’lishi mumkin. Ushbu
omillar davlat qarzining shakllanishiga ta'sir ko‘rsatadi va har bir mamlakatning
iqtisodiy siyosati, ichki va tashqi sharoitlariga bog‘liq ravishda o‘zgarib turadi.

Davlat qarzi qanchalik ko‘p bo‘lsa iqtisodiy ahvol shunchalik yomon

deganimi? Yo‘q, davlat qarzining kam yoki ko‘p bo‘lishi iqtisodiy ahvolning faqat
bitta omili hisoblanadi. Yuqori davlat qarzi har doim ham yomon iqtisodiy


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

153

holatni anglatmaydi, xuddi past davlat qarzi har doim ham yaxshi iqtisodiy
holatni bildiravermaganili kabi. Davlatlarning qarz darajasi ko'pincha yalpi ichki
mahsulotga (YAIM) nisbatan foiz ko‘rsatkichi sifatida o‘lchanadi. Ushbu
koʻrsatkichning eng yuqori chegarasi Maastrixt (1992-yil 7-fevralda
Niderlandiyaning Maastrixt shahrida imzolangan) kelishuvi mezonlariga koʻra,
60 foiz, Xalqaro valyuta jamgʻarmasi va Yevropa Ittifoqining koʻrsatmalariga
muvofiq 50 foizdan ortmasligi tavsiya qilinadi. Agar dunyodagi tashqi qarz
geografiyasiga nazar tashlansa, davlat qarzining nisbiy va absolyut qiymatlariga
koʻra eng yuqori daraja AQSH, Yaponiya, va Yevropa Ittifoqi (YI) mamlakatlariga
toʻgʻri keladi.

5

Quyidagi jadvalda ayni davrda dunyo bo’yicha eng ko’p davlat

qarziga ega davlatlar bilan eng kam davlat qarziga ega davlatlar ko’rsatilgan.

Eng

yuqori

davlat qarzi
darajasiga ega
davlatlar

YAIMga
nisbatan
foizda
ko’rsatkichi

Eng past davlat qarzi
darajasiga

ega

davlatlar

YAIMga
nisbatan
foizda
ko’rsatkichi

1

Yaponiya

216.3

1

Kuvayt

0.3

2

Livan

195.2

2

Afg’oniston

7.4

3

Singapur

173.4

3

Rossiya

14.6

4 Yunoniston

158.2

4

Botsvanna

23.3

5 Venesuella

148.2

5

Estoniya

24

1-jadval. Dunyo davlatlarining qarz darajasi (2023-2024 yillar)

6

Past davlat qarzining quyidagicha ijobiy hamda salbiy tomonlari bor:


.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

154

2-rasm. Past davlat qarzining ijobiy va salbiy tomonlari

Ijobiy tomonlari:
1.

Barqaror iqtisodiyot – agar davlat byudjet taqchilligini

minimallashtirib, daromad va xarajatlarni muvozanatda ushlasa, bu iqtisodiy
barqarorlik belgisidir.

2.

Investorlar uchun qulay va foydali imkoniyat – kam qarzli davlatlar

investorlar uchun xavfsizroq ko‘rinadi, chunki bunday mamlakatlarda to‘lov
qobiliyati yuqori bo‘ladi.

3.

Kam foiz xarajatlari – davlat qarzining past bo‘lishi foiz to‘lovlari

yukini kamaytiradi va byudjet mablag‘lari infratuzilma, ta’lim, sog‘liqni saqlash
kabi sohalarga yo‘naltirilishi mumkin.

Salbiy tomonlari:
1.

Moliyaviy cheklovlar – Davlat past qarz darajasini saqlab qolish

uchun davlat xarajatlarini qisqartirishi mumkin, bu esa iqtisodiy rivojlanishni
sekinlashtirishi mumkin.

2.

Kam investitsiyalar – Ba'zi holatlarda, davlat yetarlicha mablag‘ga

ega bo‘lmagani uchun infratuzilma yoki boshqa muhim sohalarga investitsiya
qilmaydi, bu esa uzoq muddatda iqtisodiy o‘sishni cheklashi mumkin.

3.

Past iqtisodiy faollik – Agar davlat xarajatlarni haddan tashqari

qisqartirsa, bu ichki talabni pasaytirib, iqtisodiy o‘sishni sekinlashtirishi
mumkin.

Yuqori davlat qarzining quyidagicha ijobiy hamda salbiy tomonlari bor:

Past davlat qarzining

ijobiy tomonlari

Barqaror

iqtisodiyot

Sarmoyadorlar

uchun qulay

imkoniyat

Kam foiz

xarajatlari

Past davlat qarzining

salbiy tomonlari

Moliyaviy

cheklovlar

Cheklangan

investitsiyalar

Past iqtisodiy

faollik


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

155

3-rasm. Yuqori davlat qarzining ijobiy va salbiy tomonlari

Ijobiy tomonlari:
1.

Iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish – Agar qarz samarali investitsiya

qilinsa (masalan, infratuzilma, ta’lim, texnologiyalar), bu iqtisodiy o‘sishga ijobiy
ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

2.

Inqirozlardan chiqish imkoniyati – Davlat iqtisodiy inqiroz yoki

pandemiya kabi holatlarda qarz olish orqali iqtisodni qo‘llab-quvvatlashi
mumkin.

3.

Samarali fiskal siyosat – Davlat muayyan sharoitlarda qarz orqali

iqtisodiy faollikni oshirishi va ishsizlikni kamaytirishi mumkin.

Salbiy tomonlari:
1.

Foiz to‘lovlari hajmining ortishi – Yuqori qarz davlat byudjetida

katta foiz to‘lovlari yukini hosil qiladi, bu esa boshqa sohalarga ajratiladigan
mablag‘ni kamaytiradi.

2.

Investorlarga bo‘lgan ishonchning kamayishi – Agar qarz haddan

tashqari oshsa, investorlar mamlakat iqtisodiyotini xavfli deb baholashlari
mumkin, bu esa kredit olish shartlarini qiyinlashtiradi.

3.

Inflyatsiya va valyuta qadrsizlanishi – Davlat qarzini to‘lash uchun

ko‘proq pul bosib chiqarishi inflyatsiyaga va milliy valyutaning qadrsizlanishiga
olib kelishi mumkin.

So'nggi yillarda O'zbekiston energetika sohasiga investitsiyalar, tog ' - kon

sanoati salohiyatini kengaytirish loyihalari va boshqa infratuzilma loyihalari
hamda ijtimoiy xarajatlarni ko'paytirdi. Bu 2020-2023 yillarda sof davlat
qarzining (shu jumladan davlat tomonidan kafolatlangan qarzning) o'sish

Iqtisodiy

o‘sishni
rag‘batlantirish

Inqirozlardan
chiqish
imkoniyati

Samarali fiskal
siyosat

Yuqori davlat

qarzining

ijobiy

tomonlari

Foiz harajatlari
hajmining
o'sishi

Investorlarga
bo‘lgan
ishonchning
kamayishi

Inflyatsiya va
valyuta
qadrsizlanishi

Yuqori davlat

qarzining

salbiy

tomonlari


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

156

sur'atlarining yiliga o'rtacha YaIMning 6,3% ga oshishiga va davlat va umumiy
tashqi qarzning tez o'sishiga olib keldi.

7

Iqtisodiyot va Moliya vazirligi

tomonidan berilgan ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, 2024-yil yakuniga kelib
O‘zbekistonning umumiy qarz xajmi 40199 mlrd dollarni, bunda tashqi qarz
ko‘rsatkichi 33720 mlrd dollarni, ichki qarz ko‘rsatkichi 6479 mlrd dollarni
tashkil etadi, ya’ni YAIM ning 35% ni tashkil qiladi.

4-rasm. O‘zbekiston davlat qarzining choraklar bo’yicha ko‘rsatkichi

8

O‘zbekiston tashqi qarzi uch yo‘nalishdagi kreditorlardan olinadi.

Xalqaro moliya institutlari (XMI)

Xorijiy hukumatlarning moliya tashkilotlari

Investorlar

Jumladan, mamlakat tashqi kreditlarining 57% ulushi xalqaro moliya

institutlariga, 31% ulushi xorijiy hukumatlar moliya tashkilotlariga, qolgan 12%
ulushi xalqaro investorlarga to‘g‘ri keladi. O‘zbekiston qaytarishi kerak bo‘lgan
eng yirik kredit Jahon banki tomonidan ajratilgan — 7,63 mlrd dollar. Bu miqdor
umumiy tashqi qarzning qariyb 23 foiziga teng. Davlat qarzi turli tarmoqlar
bo’yicha taqsimlangan. Qarzning eng katta qismi ya’ni 45 foizi byudjetni qo‘llab
quvvatlash uchun ajratilgan. Kreditlarning 17 foizi yoqilg‘i-energetika sanoatiga
ajratilgan. Xususan, qishloq va suv xo‘jaligiga 3,78 mlrd dollar (umumiy qarzning
9 foizi), transport va transport infratuzilmasi tarmog‘iga 2,86 mlrd dollarlik
kreditlar jalb qilingan.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat qarzi tog‘risidagi qonunchiligida

davlat qarzining eng yuqori miqdori belgilangan. Davlat qarzining miqdori yalpi
ichki mahsulotning yillik prognoz ko‘rsatkichiga nisbatan oltmish foizdan
oshmasligi kerak. Davlat qarzining miqdori yalpi ichki mahsulotga nisbatan ellik


16%

25%

26%

26%

2024-yil davlat qarzi miqdori (mlrd dollarda)

2024-yil 1-chorak - 35349

2024-yil 2-chorak - 37235

2024-yil 3-chorak - 39079

2024-yil 4-chorak - 40199


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

157

foizga yetganda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi davlat qarzi
ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan davlat qarzi miqdoridan
oshmasligini ta’minlovchi chora-tadbirlarni belgilangan tartibda O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga kiritadi.

9

Hozirda O‘zbekiston

Respublikasi davlat qarzini boshqarish bo‘yicha bir qator strategiyalarni amalga
oshirmoqda. Quyida “Uzbekistan-2030” strategiyasining davlat qarzini
boshqarish bo‘yicha asosiy yo‘nalishlari keltirilgan:

1.

Byudjet intizomini mustahkamlash. Davlat byudjeti taqchilligini

kamaytirish orqali davlat qarzini barqaror darajada ushlab turish maqsad
qilingan. Konsolidatsiyalashgan byudjet taqchilligini 2024-yilda yalpi ichki
mahsulotga (YaIM) nisbatan 4 foizdan, keyingi yillarda esa 3 foizdan past
darajada saqlash rejalashtirilgan.

10

2.

Soliq

bazasini

kengaytirish

va

soliq

ma'murchiligini

takomillashtirish. "Yashirin iqtisodiyot"ni qisqartirish orqali soliq bazasini
kengaytirish va soliq ma'murchiligini raqamlashtirish orqali soliq tushumlarini
oshirish ko‘zda tutilgan. Soliq tizimini isloh qilish orqali davlat daromadlarini
barqarorlashtirish mumkin.

3.

Iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish. Makroiqtisodiy barqarorlikni

ta’minlash, pul-kredit, fiskal va tashqi savdo siyosatlarini muvofiqlashtirish,
shuningdek, raqobat muhitini yaxshilash orqali 2030-yilga borib yillik
inflyatsiyani 5-6 foiz darajasida ushlab turish va YaIM hajmini 160 milliard
dollarga yetkazish maqsad qilingan.

11

Ushbu strategiyalar davlatning qarz yukini kamaytirish va barqaror

iqtisodiy siyosat yuritish uzoq muddatli taraqqiyotga zamin yaratadi.

Xulosa va takliflar

Davlat qarzi har qanday mamlakat iqtisodiyotida muhim o‘rin tutuvchi

moliyaviy vosita bo‘lib, u iqtisodiy o‘sish, infratuzilma rivojlanishi va ijtimoiy
dasturlarni moliyalashtirishda katta ahamiyatga ega. Biroq, qarz miqdorining
me’yoridan ortib ketishi iqtisodiy beqarorlik, inflyatsiya va soliq yukining
oshishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun davlatlar qarz boshqaruvini
samarali yuritish va qarz yukini kamaytirish bo‘yicha uzoq muddatli
strategiyalar ishlab chiqishi lozim.

Davlat qarzini boshqarishning asosiy yo‘nalishlari:

Byudjet intizomini mustahkamlash – davlat xarajatlarini optimallashtirish

va byudjet defitsitini kamaytirish.




background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

158

Soliq siyosatini takomillashtirish – soliqlarni to‘plash samaradorligini

oshirish va iqtisodiy faollikni rag‘batlantirish.

Iqtisodiy o‘sishni jadallashtirish – ishlab chiqarish hajmini oshirish,

investitsiyalarni jalb qilish va eksportni rivojlantirish.

Qarz tarkibini diversifikatsiya qilish – ichki va tashqi qarz manbalarini

muvozanatlashtirish, qisqa muddatli qarzlar o‘rniga uzoq muddatli va past foizli
moliyalashtirish manbalarini izlash.

Davlat xarajatlarining samaradorligini oshirish – qarz mablag‘larini

infratuzilma va ishlab chiqarishni rivojlantirishga yo‘naltirish.

Davlat qarzini kamaytirish bo‘yicha takliflar:

Iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish – investitsiyalarni ko‘paytirish, eksportni

rivojlantirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish orqali davlat
daromadlarini oshirish.

Xorijiy sarmoyalarni jalb qilish – bevosita xorijiy investitsiyalarni

ko‘paytirish orqali iqtisodiy rivojlanishga hissa qo‘shish va qarz yuklamasini
kamaytirish.

Davlat mulkini xususiylashtirish – samarasiz davlat korxonalarini

xususiylashtirish orqali davlat byudjetiga qo‘shimcha mablag‘ jalb qilish.

Yuqori samaradorlikka ega investitsion loyihalarni tanlash – davlat kredit

mablag‘lari faqat yuqori daromad keltiruvchi loyihalarga yo‘naltirilishi kerak.

Davlat xarajatlarini qisqartirish – samarali xarajat nazorati orqali byudjet

defitsitini kamaytirish.

Soliq bazasini kengaytirish – soliq tizimini takomillashtirish orqali davlat

daromadlarini oshirish.

Davlat qarzini boshqarishning uzoq muddatli barqaror strategiyasini ishlab

chiqish O‘zbekiston uchun ham dolzarb masala bo‘lib, samarali qarz boshqaruvi
kelajakdagi makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Shu bois,
hukumat fiskal intizomni mustahkamlash, qarzni kamaytirish strategiyalarini
takomillashtirish va iqtisodiy o‘sish sur’atlarini oshirish bo‘yicha tizimli
choralarni amalga oshirishi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

2022-yil 29-martda O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi

tomonidan qabul qilingan, Senat tomonidan 2022-yil 4-avgustda ma’qullangan
O‘zbekiston Respublikasi davlat qarzi to‘g‘risidagi O‘RQ-836-son qarori
2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi PF-

158-son farmoniga muvofiq tasdiqlangan "O‘zbekiston – 2030" strategiyasi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

159

3.

Muhammadjonov Bobirmirzo Botirjon o’g’li (2023) DAVLAT QARZI UNI

BOSHQARISH ZARURLIGI VA DOLZARBLIGI. page 3
4.

Davlat qarzi https://uz.wikipedia.org/

5.

O‘zbekiston respublikasi Prezidenti huzuridagi iqtisodiyot va moliya

vazirligi ma’lumotlari https://www.statista.com/statistics/531701/national-
debt-of-lebanon/
6.

CEIC’s economic database https://www.ceicdata.com/en

7.

TRADING ECONOMICS| 20 million Indicators for 196 Countries

https://tradingeconomics.com/
8.

Lebanon- national debt 2023| Statista https://www.statista.com/

9.

Essential Intelligence | S&P Global https://www.spglobal.com/

10.

‘zbekiston Milliy axbarot agentligi https://uza.uz/uz

Библиографические ссылки

-yil 29-martda O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan, Senat tomonidan 2022-yil 4-avgustda ma’qullangan O‘zbekiston Respublikasi davlat qarzi to‘g‘risidagi O‘RQ-836-son qarori

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi PF-158-son farmoniga muvofiq tasdiqlangan "O‘zbekiston – 2030" strategiyasi.

Muhammadjonov Bobirmirzo Botirjon o’g’li (2023) DAVLAT QARZI UNI BOSHQARISH ZARURLIGI VA DOLZARBLIGI. page 3

O‘zbekiston respublikasi Prezidenti huzuridagi iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lumotlari https://www.statista.com/statistics/531701/national-debt-of-lebanon/

CEIC’s economic database https://www.ceicdata.com/en

TRADING ECONOMICS| 20 million Indicators for 196 Countries https://tradingeconomics.com/

Lebanon- national debt 2023| Statista https://www.statista.com/

Essential Intelligence | S&P Global https://www.spglobal.com/

o‘zbekiston Milliy axbarot agentligi https://uza.uz/uz