Авторы

  • Jahongir Jabborov
    Guliston Davlat umiversiteti o‘qituvchisi
  • Malika Mirzarayimova
    Guliston Davlat universiteti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.73475

Ключевые слова:

Professionalizm fragmentatsiya verbal noverbal professiogrammasi keys-menejment kambag‘allik.

Аннотация

Bu maqolada jamiyatdagi ijtimoiy muammolarni hal qilish va aholining turli qatlamlariga yordam berish jarayonida ijtimoiy ish xodimlarining kasbiy faoliyati muhim o‘rin tutadi. Ijtimoiy ish inson huquqlarini himoya qilish, adolatni qaror toptirish va muhtoj insonlarga yordam ko‘rsatishga qaratilgan. Ushbu jarayonda ijtimoiy ish mutaxassislarining kasbiy etikasi va professional qadriyatlari asosiy tamoyillardan biri hisoblanadi. Chunki aynan kasbiy etika me’yorlariga rioya qilish, insonparvarlik, adolat, hamdardlik va betaraflik kabi qadriyatlarga sodiq qolish ijtimoiy ish faoliyatining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

135

IJTIMOIY ISHDA HALOLLIK VA PROFESSIONAL YONDASHUV

TAMOYILLARI.

Jabborov Jahongir Bahrom o‘g’li

Guliston Davlat umiversiteti o‘qituvchisi

Mirzarayimova Malika Ilhomjon qizi

Guliston Davlat universiteti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15082411

Anotatsiya:

Bu maqolada jamiyatdagi ijtimoiy muammolarni hal qilish va

aholining turli qatlamlariga yordam berish jarayonida ijtimoiy ish xodimlarining
kasbiy faoliyati muhim o‘rin tutadi. Ijtimoiy ish inson huquqlarini himoya qilish,
adolatni qaror toptirish va muhtoj insonlarga yordam ko‘rsatishga qaratilgan.
Ushbu jarayonda ijtimoiy ish mutaxassislarining kasbiy etikasi va professional
qadriyatlari asosiy tamoyillardan biri hisoblanadi. Chunki aynan kasbiy etika
me’yorlariga rioya qilish, insonparvarlik, adolat, hamdardlik va betaraflik kabi
qadriyatlarga sodiq qolish ijtimoiy ish faoliyatining samaradorligini oshirishga
xizmat qiladi.

Kalit so’zlar:

Professionalizm, fragmentatsiya, verbal , noverbal,

professiogrammasi, keys-menejment, kambag‘allik.

Abstract:

This article discusses the professional activities of social workers

in the process of solving social problems in society and helping different
segments of the population. Social work is aimed at protecting human rights,
establishing justice, and providing assistance to people in need. In this process,
the professional ethics and professional values of social work specialists are one
of the main principles. Because it is precisely compliance with the standards of
professional ethics, adherence to values such as humanity, justice, empathy, and
impartiality that serve to increase the effectiveness of social work activities.

Key words:

Professionalism, fragmentation, verbal, nonverbal, professional

identity, case management, poverty.

Аннотация:

В данной статье профессиональная деятельность

социальных работников играет важную роль в процессе решения
социальных проблем в обществе и помощи различным слоям населения.
Социальная работа направлена на защиту прав человека, обретение
справедливости и помощь нуждающимся людям. В этом процессе
профессиональная этика и профессиональные ценности специалистов
социальной работы являются одними из главных принципов. Потому что
именно соблюдение норм профессиональной этики, гуманизма,
справедливости, сопереживания и нейтральности служат повышению
эффективности социальной работы.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

136

Ключевые слова:

Профессионализм, фрагментация, вербальное,

невербальное, професионограмма, кейс-менеджмент, бедность.

Hozirgi vaqtda ijtimoiy ish davlat va jamiyat hayotining ajralmas qismiga

aylangan, ijtimoiy xizmat xodimlari jamiyat va ijtimoiy munosabatlarning
siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy tuzilmalariga kiritilgan bir paytda, ijtimoiy sohada
faoliyatning axloqiy me‘yorlariga hamda aholini ijtimoiy himoya qilish sohasini
tashkillashtirishga ehtiyoj paydo boaldi. Zero, barcha ijtimoiy institutlar singari,
ijtimoiy himoya va ijtimoiy ish instituti ham davlat va jamiyat uchun eng muhim
vazifani

–sotsiumni barqarorlashtirish va saqlash, mavjud ijtimoiy munosabatlarni

qo’llab-quvvatlash va uyg’unlashtirish, uni yanada har tomonlama rivojlantirish
uchun shart-sharoitlarni ta‘minlash vazifasini bajaradi. Demakki, aslida bu
davlat barqarorligi va xavfsizligini ta‘minlashning muhim omillaridan biri
hisoblanadi.

O‘zbekiston — boshqaruvning respublika shakliga ega bo‘lgan suveren,

demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat.

Davlatning “O‘zbekiston Respublikasi” va “O‘zbekiston” degan nomlari bir

ma’noni anglatadi . Ushbu konstitutsion moddamizdan ayon bo‘ladiki, yurtimiz
“ijtimoiy”, ya’ni ko‘pchilik, jamiyat a’zolari manfaati yo‘lida o‘zining siyosatini
yuritishini tamal toshi qilib belgilanligi alohida ahamiyatli. Zero, dunyoda
birinchi bo‘lib Germaniya davlati o‘zini “ijtimoiy” davlat e’lon qilganligini
ta’kidlagan holda, “ijtimoiy” davlat barcha jamiyat a’zolarini, nogironligi bor
shaxslar, keksalar, ayollar, bolalar, risk guruhidagi insonlar, kam
ta’minlanganlar, yetim va ota-ona qaramog’isiz qolgan bolalar kabi aholi
guruhlarini himoyalovchi davlatga aytilishini ta’kidlashimiz o‘rinli bo‘ladi
albatta.

Ijtimoiy ish – bu aholining turli ijtimoiy guruhlariga yordam ko‘rsatish,

ularning hayot sifatini oshirish va ijtimoiy muammolarni hal qilishga qaratilgan
faoliyatdir. Ushbu sohaga oid kasbiy etika va qadriyatlar ijtimoiy falsafa nuqtai
nazaridan insonning jamiyatdagi o‘rni, uning huquq va majburiyatlari,
shuningdek, ijtimoiy adolat tamoyillari bilan bog‘liq masalalarni qamrab oladi.

Ijtimoiy ish har doim murakkab kasb bo’lib kelgan, chunki u turli

sohalardagi ishlarni (davlat, xususiy, mustaqil, ixtiyoriy) qamrab oladi, turli
sohalarda namoyon bo’lishi mumkin (muassasalarda ishlash, ofis xizmati, har
qanday maqsadli guruhlar uchun loyihalarni ishlab chiqish), turli maqsadlarga
ega bo’lgan turli vazifalarni (g’amxo’rlik, nazorat, qo’llab-quvvatlash va har
qanday kampaniyani o’tkazishda vakolat berish, baholash, boshqarish)


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

137

bajaradigan xodimlarga nisbatan amalga oshirilishi mumkin (resurslarni
muhtojlar foydasiga qayta taqsimlash, ijtimoiy nazorat va turli xil og’ishlarni
tiklash, oldini olish va ijtimoiy muammolar xavfini kamaytirish). Ba‘zi mualliflar
"fragmentatsiya" deb ataydigan bu hodisa so’nggi paytlarda ortib bormoqda.

Malakali va samarali ijtimoiy ishni amalga oshirish uchun, tabiiyki ijtimoiy

ish xodimi universal bilimlarga ega boiishi lozim. Bu bilimlar - tabiiy, ijtimoiy-
gumanitar, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va falsafiy fanlar tizimiga kiruvchi bilim va
ko‘nikmalardan iborat boiishi lozim.

O‘zbekistonda ijtimoiy ishni rivojiantirish va targ‘ib qilishga qaratilgan

faoliyat bilan shug‘ullanuvchi hamda Ijtimoiy ish bo‘yicha qayta o‘qitish kurslari
tashabbuskori bo'lgan Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazida
faoliyat ko‘rsatayotgan «Ijtimoiy ish» sektori tomonidan ham shu mazmunda
qator ilmiyuslubiy asoslangan hamda jahon miqyosidagi ijtimoiy ish sohasi
tajribalariga tayangan holda ilmiy-uslubiy, amaliy tavsiyalar taklif etiladi.
Jumladan, «Ijtimoiy ish» sektori faoliyatidagi Ijtimoiy ish bo‘yicha Milliy jamoa
a’zolaridan M.X.Ganiyeva, M.X.Karamyan, L.E.Kim va A.V.Shubina tomonidan
ishlab chiqilgan «Ijtimoiy ishchining professiogrammasi»da ijtimoiy ishchining
kasbiy ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan quyidagi talablar kehiriladi:
Ijtimoiy ishchining kasbiy ko‘nikma va malakalari Ijtimoiy ishchi quyidagilarni
uddalashi kerak: o‘zining kasbiy amaliy faoliyatida kasbiy-axloqiy-axloqiy
me’yorlarga amal qilish;

- shaxslar, oilalar va uyushmalar bilan ishlashni uddalash;
- aholining turli guruhlari (bolalar, yoshlar, ayollar, keksa odamlar,

nogironligi bo‘lgan odamlar va h.k.) xususiyatlarini bilish va ularga yordam
ko‘rsata olish;

-muloqot malakasi (mijozlar, bolalar, hamkasblari va boshqa

mutaxassislar bilan shaxslararo muloqot ko‘nikmalari, verbal va noverbal
muloqot mahorati) ga ega bo'lish;

- baholash va rejalashtirish malakasiga ega bo‘lish (to‘la baholash

uchun axborotlarni yig‘ish va tahlil qilish, mijozlar vaziyatini baholash asosida
aniq rejalar va bitimlar ishlab chiqish, erishilgan natijalarni muntazam tahlil
qilish va baholash);

- intervensiya o'tkazish malakasiga ega boiish (mijozlar bilan

to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlash, hamkasblar va boshqa mutaxassislar bilan hamkorlik,
zarurat bo‘yicha rejalarni o‘zgartirish va tahlil qilish);


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

138

- ishchi qaydlarini olib borish malakasiga ega boiish (ishlar bo‘yicha

qaydlarni olib borish, hisobot va xatlar yozish, tashkilotda o‘matilgan talablarga
mos keluvchi aniq va yaqqol qaydlarni olib borish);

- o‘z-o‘zini boshqarish malakasiga ega boiish (shaxsiy ishi va vaqtini

uyushtira olish, o‘zining kuchli va zaif tomonlarini bilish);

- rahbar yoki ancha tajribali hamkasbining superviziyasi bilan

ishlashga layoqatli boiish va o‘rganishga tayyor turish;

- amaliyotda nazariyani qoilashga qodirlik (ijtimoiy ish nazariyasini

bilish va tushunish, amaliy faoliyat uchun munosib nazariyani tanlay va qoilay
olish;

- maiumotlarni yigish va tahlil qilishning miqdoriy hamda sifatli

usullarini qoilagancha tadqiqotlar oikazish mahoratidan foydalanish;

- zamonaviy tadqiqotlarning maiumotlarini qoilagancha dalillarga

asoslanib, amaliyotni qoilash;

- aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlashning tashkiliyhuquqiy

mexanizmidan foydalanish;

- komandada o‘z hamkasblari va boshqa mutaxassislar bilan ishlay

olish (samarali ishchi munosabatlarini qoilab-quvvatlash va rivojiantirish,
g‘oyalar va axborotlar bilan boiishish qobiliyati); “ o‘z tashkiloti manfaatlarini
tushunish va ifodalash (tashkilotning siyosatini, uning tartibini, maqsad va
vazifalarini bilish va tushunish, tashkilot nomidan vakil b o ia olish);

- o‘zining kasbiy vakolatliligini oshirishga ko‘maklashish.
Ijtimoiy ishda ijtimoiy xodimning fazilatlari juda muhimdir, bular unga

ijtimoiy xizmatlar mijozlari bilan qulay aloqalar o‘rnatishga va ijtimoiy xizmat
iste’molchilari bilan ularning muammolari to‘liq hal etilgunga empatiyali
munosabatlarni tutib turishga, o‘z professional vazifalarini bajarishdan katta
quvonch olishga imkon beradi. Kishilar bilan ishlashga moyillik professional
iste’dodda muhim o‘rin egallaydi. Professional iste’dod komponentlari tizimida
konkret ijtimoiy xodim uchun o‘z qobiliyatini amalga oshirish imkoniyati ham
katta rol o‘ynaydi.

Professionalizmning

shakllanishi

hamisha

mutaxassislarni

professional tayyorlash va tarbiyalashdan, ijtimoiy ish tizimida amaliy
ko‘nikmalar

tizimini

va

professional

mahoratni

bosqichmabosqich

shakllantirishdan boshlanadi. Professional mahoratsiz mijozning hayotidagi
mushkul vaziyatni hal etish maqsadida individual ijtimoiy xizmatlarni tashkil
etish va uning yashashi uchun ijtimoiy psixologik uyg‘unlikni ta’minlash mumkin
emas.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

139

Ijtimoiy ish xodimining faoliyati inson huquqlari va erkinligini uning

obro‘si va qadriyatlari ham o‘z imkoniyatlarini munosib hayot sharoiti va
farovonlikni amalga oshirish qobiliyatini tan olish hamda hurmat qilishga
asoslangan. Shu qadriyatlar bilan bog‘liq ravishda tamoyillar quyidagilarni
anglatadi: Ijtimoiy ish xodimi etikasining ushbu kodeksi asoslanadigan Xalqaro
shartnomalarda e’lon qilingan insonning asosiy huquqlarini hurmat qilish.
Insonning mustaqil tanlov va o‘z-o‘zini aniqlashi huquqini tan olish. Ijtimoiy ish
xodimlari odamga ijtimoiy ko‘maklashgancha uning o‘zi qaror qabul qilish
qobiliyatini rivojlantirishga va boshqa odamlar manfaatiga xavf yo‘qligi
sharoitida o‘z hayotini mustaqil ravishda belgilashiga yordamlashadi. Ijtimoiy
ish xodimining aholini turli konfessional va etnik guruhlariga munosabati
bo‘yicha insonparvarligini ko‘zda tutuvchi polietnik jamiyat konteksida
insonning ijtimoiy-madaniy xususiyatlarini hurmat qiladi. Ijtimoiy ish mijozlari
turli-tuman xislatlarga ega bo‘lgan alohida odamlar yoki shaxslar guruh(lar)i
bo‘lishi mumkin. Inson yoki shaxslar guruhining barcha xususiyatlari yordam
ko‘rsatish va qaror qabul qilishda inobatga olinishi darkor.

• Kamsitishga qarshi amaliyot va insonni uning kelib chiqishi belgilari,

yoshi, irqiy va ijtimoiy mansubligi, jinsi, diniy e’tiqodi, ideologiyasi, millati,
sog‘Iigining holati yoki boshqa har qanday tafovutlandan qati nazar qanday
bo‘lsa shunday ligicha qabul qilshni amalga oshiradi.

Bu borada Forobiy o‘zining “Fazilat, baxt-saodat va kamolot haqida”

kitobida fozil shahar mohiyati va unda fuqarolarning bir-biriga nisbatan
munosabatlarining mazmun-mohiyati haqida shunday deydi: “Fozil shahar
o‘ziga tayangan, tabiati sog‘lom bo‘lgan insonlar guruhidan iboratki, ularning har
biri baxt-saodatga yetkazishi mumkin bo‘lgan tushunchalarni qabul qilib, bu
yo‘lni bir-birlariga hamkorlik qilish ila mushtarak ravishda bosib o‘tadilar.
Bunday shahar aholisi umumiy qondoshlik, yashash makoni, irqi va urf-
odatlarining mushtarakligi asosidagina bir yerga to‘plangan emas. Zero, Fozil
shaharda bu aytilgan omillardan hech biri yo‘q yoki ularning bo‘lishi shaharning
afzalligi yoxud biror imtiyozi borligini belgilamaydi. Fozil shaharda insonlarning
o‘zaro aloqasi uchun vosita va ularni birlashtiruvchi narsa “umumiy ashyolar”
to‘g‘risidagi “umumiy qarash” bo‘lib, mazkur qarashning o‘zi “umumiy
faoliyat”ga aylangan, ya’ni, yagona ashyoga nisbatan ilm va amal shahar
aholisining umumiy xususiyati bo‘lib qolgandir” .

Olib borgan ilmiy izlanishlarimiz natijasi sifatida ijtimoiy soxa va

hodimning etik -professional qadriyatlari yoritib o’tilgan.Hamda O’zbekistondagi


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

140

ijtimoiy muammolarni hal qilish va hodilarning axoli bilan suxbatining ishonchli
,va masulyatli bo’lishi takidlab o’tilgan.

O'zbekistonda ijtimoiy ish sohasida so'nggi yillarda bir qator muhim

o'zgarishlar amalga oshirildi. "Yangi O‘zbekiston – ijtimoiy davlat" tamoyili
asosida aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi takomillashtirildi. Xususan,
"Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlari va mahallalarda ijtimoiy xodimlar faoliyati
yo‘lga qo‘yilib, 12 toifadagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yuzdan ortiq
xizmatlar ko‘rsatilmoqda. Shuningdek, ijtimoiy himoya tizimi orqali har bir
mahalladagi ehtiyojmand aholini to‘liq qamrab olish maqsadida "hudud –
uchastka – mahalla" tamoyili asosida ijtimoiy xodimlar biriktirildi. Bu jarayonda
ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar aniqlanib, ularga professional ijtimoiy
xizmatlar ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi.

Bundan tashqari, og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan oilalarga

kompleks ijtimoiy yordam ko‘rsatish uchun keys-menejment tizimi joriy etildi.
Bu tizim orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga individual dasturlar tuzilib,
zarur xizmatlar taqdim etilmoqda.

Ushbu islohotlar ijtimoiy ish sohasida samaradorlikni oshirishga,

aholining ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga va ularning turmush
sifatini yaxshilashga qaratilgan.

Oxirgi uch-yilda mamlakatimizda “Inson manfaatlari hamma narsadan

ustun” degan tamoyil asosida, xalqimiz hayotini tubdan yaxshilash bo‘yicha keng
ko‘lamli ijtimoiy islohotlar olib borilmoqda. Buning uchun, birinchi navbatda,
aholi farovonligini oshirish va uning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish – asosiy
vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.

Bu borada Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Hududlarda,

ayniqsa, qishloqlarda aholining aksariyat qismi yetarli daromad manbayiga ega
emasligi sir emas. Har qanday mamlakatda bo‘lgani kabi bizda ham kam
ta’minlangan aholi qatlamlari mavjud. Turli hisob-kitoblarga ko‘ra, ular
taxminan 12-15 foizni tashkil etadi. Bu o‘rinda gap kichkina raqamlar emas,
balki aholimizning 4-5 millionlik vakillari haqida bormoqda” .

Kambag‘allikni kamaytirish borasida ham bir qator islohotlar amalga

oshirib kelinmoqda. “Kambag‘allikni kamaytirish – bu aholida tadbirkorlik
ruhini uyg‘otish, insonning ichki kuch-quvvati va salohiyatini to‘liq ro‘yobga
chiqarish, yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha kompleks iqtisodiy va ijtimoiy
siyosatni amalga oshirish, demakdir” . Bunda ijtimoiy ish imkoniyatlaridan
samarali foydalanish maqsadga muvofiqdir.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

141

Foydalangan adabiyotlar ro’yxati:

1.

O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi - (Qonunchilik ma’lumotlari

milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son);
2.

Shavkat Mirziyoyev. Bizning maqsadimiz - farovon hayot. O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining dasturlari. 2020.
3.

Mirziyoev Sh.M. Milliy taraqqiyot yoʼlimizni qatʼiyat bilan davom ettirib,

yangi bosqichga koʼtaramiz. 1 – jild. – Toshkent.: «Oʼzbekiston», 2017.
-592 b.
4.

Ijtimoiy ishga kirish – Kayumov Q., prof. N.Latipova 2022 Toshkent.-

darslik;
5.

Ijtimoiy siyosat – dots.E.Zaitov, dots. Abduxalilov A.A.;

6.

Ijtimoiy ish nazariyasi – Ahmedova D., prof. N.Latipova 2024yil- darslik;

7.

Дубинский В.И. Социальная работа в Германии. —М., 1998.

8.

Козлов А-А. Социальная работа за рубежом: состояние, тенденции,

перспективы. —М., 1998.
9.

8. Справочное пособие по социальной работе. —М., 1997.

Социальная работа. —М., 1992. — Вып. 1—4. Теория и методика
социальной работы. —М., 1994. 9. Основы социальной работы. Учебник. —
М., 1997. Чорбинский С.И. Социальная работа и социальные программы в
США. —М.,1992.
10.

www.ziyonet.uz

11.

www.nuu.uz

12.

www.natlib.uz

13.

www.kutubxona.uz

14.

https://uz.wikipedia.org/wiki/Ijtimoiy_ish

15.

https://edu.utu-ranch.uz/media/files/2024/07/29/Kasbiy_etika.pdf

16.

https://lex.uz/uz/docs/-663628

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi - (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son);

Shavkat Mirziyoyev. Bizning maqsadimiz - farovon hayot. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining dasturlari. 2020.

Mirziyoev Sh.M. Milliy taraqqiyot yoʼlimizni qatʼiyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga koʼtaramiz. 1 – jild. – Toshkent.: «Oʼzbekiston», 2017.

-592 b.

Ijtimoiy ishga kirish – Kayumov Q., prof. N.Latipova 2022 Toshkent.- darslik;

Ijtimoiy siyosat – dots.E.Zaitov, dots. Abduxalilov A.A.;

Ijtimoiy ish nazariyasi – Ahmedova D., prof. N.Latipova 2024yil- darslik;

Дубинский В.И. Социальная работа в Германии. —М., 1998.

Козлов А-А. Социальная работа за рубежом: состояние, тенденции, перспективы. —М., 1998.

Справочное пособие по социальной работе. —М., 1997. Социальная работа. —М., 1992. — Вып. 1—4. Теория и методика социальной работы. —М., 1994. 9. Основы социальной работы. Учебник. —М., 1997. Чорбинский С.И. Социальная работа и социальные программы в США. —М.,1992.

www.ziyonet.uz

www.nuu.uz

www.natlib.uz

www.kutubxona.uz