ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
98
O’QUVCHILARDA IXTIROCHILIK QOBILIYATLARINI
RIVOJLANTIRISHNING O’ZIGA XOS HUSUSIYATLARI
Yangibayeva Qunduzoy
TerDPI mustaqil tadqiqotchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15148328
Dunyo ta’lim tizimidagi Kreativ tendensiyalar axborotlashgan jamiyatda
ta’lim oluvchilarni ixtirochilik qobiliyatlarini shakllantirishning konseptual va
amaliy aspektlarini takomillashtirishda tatbiq etilgan. (YUNESKO)ning “Barcha
uchun ilmiy va texnologik savodxonlik” Xalqaro loyihasi (International project
on scientific and technological literacy for all)1 da ta’limning global vazifalarini
amalga oshirish texnologik dunyoqarash, texnologik savodxonlik, ixtirochilik
qobiliyatlarni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilib, o’quvchilarda ixtirochilik
qobiliyatlarini shakllantirishda kreativ yondashuvlarni amaliyotga samarali
tatbiq etish imkoniyatlarini takomillashtirishga alohida e’tibor berilmoqda.
Jahonda maktab o’quvchilarining mustaqil ijodiy fikrlashi asosida ularda
ixtirochilik qobiliyatlarini shakllantirishda texnologik bilimlarning ahamiyatini
oshirish, ta’lim jarayonida STEAM (science, technology, engineering, art and
mathematics) yondashuvini qo’llash bo’yicha tadqiqot ishlari amalga
oshirilmoqda. Kreativ yondashuv asosida texnologiyani o’qitishda mehnat
ob’yektini tanlash va o’quv jarayonini tashkil etishning faol shakllari, texnologiya
va amaliy ishlar elementlaridan tizimli foydalanish, texnologiya fanidan ta’lim
berish jarayonida milliy dastur hamda o’quv fanining axborot-metodik ta’minotini
takomillashtirish bo’yicha izlanishlar olib borilmoqda.
Respublikamizda ta’lim tizimi tubdan isloh qilinib, uzluksiz ta’lim,
jumladan, maktab va professional ta’lim o’rtasidagi bog’liqlikni mustahkamlash
yo’lida amda ta’lim jarayoni samaradorligi ortishiga zamin yaratildi. O’zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasida “uzluksiz
ta’lim tizimini yanada takomillashtirish yo’lini davom ettirish, sifatli ta’lim xizmatlari
imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq,
yuqori malakali kadrlar tayyorlash” ustuvor vazifa sifatida belgilab berildi. Natijada,
Kreativ yondashuv asosida maktab o’quvchilarida ixtirochilik qobiliyatlarini real
hayotiy sharoitlar va turli mehnat faoliyati muhitida shakllantirish metodikasini
takomillashtirish imkoniyatlari kengaydi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O’zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi
PF-4947-sonli Farmoni, 2017 yil 30 sentyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi Xalq
1
Scientific and Technological literacy for all. Materials from the UNESCO-ICASE-CSEC Delhi Workshops.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
99
ta’limi vazirligining faoliyatini takomillashtirish to’g’risida”gi PQ-3304-sonli,
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi “O’zbekiston
Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini
tasdiqlash to’g’risida”gi PF-5712-son Farmoni hamda boshqa normativ-huquqiy
hujjatlarda belgilangan vazifalarning amalga oshirilishi va hayotga tatbiq etilishiga
mazkur dissertatsiya muayyan darajada xizmat qiladi.
Tadqiqotning maqsad vazifalari:
O’quvchilarda ixtirochilik qobiliyatlarini kriativ yondashuv asosida
rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
Kreativ ta’lim sharoitida o’quvchilarni kompleks qobiliyatlarini
rivojlantirish hamda umumiy va kasbiy ta’lim bilan o’zaro bog’liqligini aniqlash;
o’quvchilarni texnologiya fanidan ta’lim mashg’ulotlari jarayonida o’quv-
mehnat faoliyati mazmuniga qo’yilgan talablar asosida ularning sub’yektiv
mehnat tajribasi komponentlarini aniqlash;
o’quvchilar kompleks qobiliyatlarini rivojlantirishdarajasini sifat va
samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi texnologiya o’quv fanining Kreativ
axborot-metodik tizimini takomillashtirish;
texnologiya darslarida o’quvchilarning o’quv-mehnat faoliyatini tashkil
etish hamda kasb egallashga kompleks qobiliyatlarini rivojlantirishning
mantiqiy-mazmuni anglatuvchi modelini ishlab chiqish va takomillashtirish.
Tadqiqotning ob’yekti
O’quvchilarda ixtirochilik qobiliyatlarini kriativ
yondashuv asosida rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirish jarayoni.
Tadqiqotning predmeti
O’quvchilarda ixtirochilik qobiliyatlarini kriativ
yondashuv asosida rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirish ning
mazmuni, shakl, metod va vositalari.
Tadqiqotning usullari.
Tadqiqotda falsafiy, psixologik va pedagogik
adabiyotlardagi mavzuga doir ma’lumotlarni qiyosiy o’rganish hamda tahlil
qilish; davlat ta’lim standarti, o’quv rejalari va dasturlari, darslik va o’quv-
metodik qo’llanmalarni o’rganish; ijtimoiy-pedagogik (kuzatish, suhbat, anketa,
so’rov, test); pedagogik tajriba-sinov; natijalarni matematik-statistik qayta
ishlash va umumlashtirish metodlaridan foydalanish.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi
quyidagilardan iborat:
o’quvchilarni kompleks texnologik tayyorlashning pedagogik imkoniyatlari
fundamentallik, istiqbollilik, uzluksizlik, integratsiya tamoyillariga ustuvorlik
berish asosida takomillashtirish;
kompleks texnologik tayyorlash tizimi (dasturiy ta’minot va ochiq ta’lim
resurslari)ning mantiqiy-mazmuniy modeli o’quvchilar o’quv-mehnat faoliyatini
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
100
texnologiya faniningko’p bosqichli va ixtisosli uzluksiz amaliy yo’naltirilgan
o’qitishning variativligini ta’minlash asosida takomillashtirish;
o’quv axborotini amaliy-ko’rgazmali, izchil-mantiqiy foydali mexnat tarzida
havola etish metodikasi o’quvchilarni ixtirolik qobiliyatlarini shakllantirishga
tayyorlashdagi vositalar (anketalar, testlar, amaliy vazifalar, nazorat
topshiriqlari)ni buyurtmachining talablari bilan optimallashtirish asosida
takomillashtirish;
texnologiya fanini o’qitishda o’quvchilarning reproduktiv-taqlidiy,
algoritmik, evristik (sub’yektiv-ijodiy) va amaliy tayyorgarlik xamda tanqidiy
fikrlash kompetensiyalarini kreativ fan portalini rivojlantirish asosida kompleks
texnologik tayyorlash jarayonining pedagogik imkoniyatlari kengaytirish.
Tadqiqotning amaliy natijalari
quyidagilardan iborat:
Texnologiya fanidan o’quvchilarini ixtirochilik qobiliyatlarini samarali
shakllantirishning metodik asoslaridan umumiy o’rta ta’lim maktablari dars
jarayonida, amaliy mashg’ulotlarida, texnik ijodkorlik uylarida va boshqa bolalar
ijodiyo markazlarida foydalanish mumkin;
“Umumta’lim
maktab
o’quvchilarida
ixtirochilik
qobiliyatlarini
shakllantirish bo’yicha” metodik tavsiyalar va ko’rsatmalar ishlab chiqilib,
amaliyotga tatbiq etish;
tadqiqotning nazariy g’oyalari va amaliy ishlanmalaridan texnologiya
fanidan ta’lim jarayonlarini axborotlashtirish, mazmunini takomillashtirish,
o’quv rejalari, o’quv dasturlari, darsliklar, metodik qo’llanmalarni yaratish,
texnologiya fani bo’yicha nazariy va amaliy mashg’ulotlarni tashkil etishda
foydalanish bo’yicha ilmiy-metodik tavsiyalar yaratish.
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi
erishilgan natijalarni o’zida aks
ettirganrespublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy-uslubiy va ilmiy amaliy
konferensiya materiallari to’plamlari, OAK ro’yxatidagi jurnallar hamda xorijiy
ilmiy jurnallarda chop etilgan maqolalar, ushbu muammo bo’yicha o’tkazilgan
anketa so’rovlari, xulosalar, taklif hamda tavsiyalar ishning amaliyotda joriy
etilgani va olingan natijalarning vakolatli tashkilotlar tomonidan
tasdiqlanganligi bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati.
Tadqiqotning ilmiy
ahamiyati kreativ yondashuv asosida o’quvchilarida ixtirochilik qobiliyatlarini
shakllantirish metodikasini takomillashtirishga qaratilgan komponentlarning
ishlab chiqilgani hamda o’sish darajasini belgilovchi mezonlar taklif etilganligi
bilan xarakterlanadi.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
101
Tadqiqotning amaliy ahamiyati shundaki, umumiy o’rta ta’lim maktablari
uchun “Texnologiya” fani portali yaratilganligi hamda dasturiy ta’minot va ochiq
ta’lim resurslari bilan takomillashganligi va ulardan umumiy o’rta ta’lim
muassasalarida foydalanish ijobiy ko’rsatkichga olib borishi bilan belgilanadi.
Фойдаланилган адабиётлар:
1.O‘zbekiston Respublikasi VM ning 2022-yil 3–oktyabrdagi 558-sonli Qarori.
https://lex.uz/doss/-6221555
2.Muxliboev M.Q. Developing Studens’ sompetense in Rationalization and
Ingenuity through TRIZ Technologies Ssiense promotion zamonaviy falsafa,
ijtimoiy va gumanitar fanlarni rag‘batlantirish” ssiensepromotion.uz 2024.05.30
3.Muxliboev M.Q. “Iqtidorli talabalarning texnik ijodkorlik qobiliyatlarini
rivojlantirishda texnologiya fanlari kompetensiyalari oʼzviyligini oʼrganishning
ilmiy metodik tahlili”. Fan, texnika va ta’limda innovatsion texnologiyalar:
muammo va yechimlar»mavzusidagi Respublika ilmiy-nazariy anjuman.
4. Muxliboyev M.Q. O‘quvchilarning texnik ijodkorligini rivojlantirishda triz
texnologiyasidan foydalanishning afzalliklari ILIM hám JÁMIYET Ilimiy-
metodikalıq jurnal.Nukus- 2024//6..95-96 bb.
5. Fayziyeva M.M. Maktabgacha ta’limda metodik faoliyatni tashkil etishga
qo’yiladigan
zamonaviy
talablar.
ScienceInnovation.INTERNATIONAL
SCIENTIFIC JOURNAL.2024. 666-668 bet
6. Eshonqulova Ma’suda Xabibovna (PhD), GuldU o‘qituvchisi.1.Bo‘lajak
tarbiyachilarni maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilariga konstruksiyaga
oid ko‘nikmalarni shakllantirish metodikasi