Dunyo ta’lim tizimidagi Kreativ tendensiyalar axborotlashgan jamiyatda ta’lim oluvchilarni ixtirochilik qobiliyatlarini shakllantirishning konseptual va amaliy aspektlarini takomillashtirishda tatbiq etilgan. (YUNESKO)ning “Barcha uchun ilmiy va texnologik savodxonlik” Xalqaro loyihasi (International project on scientific and technological literacy for all)[1] da ta’limning global vazifalarini amalga oshirish texnologik dunyoqarash, texnologik savodxonlik, ixtirochilik qobiliyatlarni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilib, o’quvchilarda ixtirochilik qobiliyatlarini shakllantirishda kreativ yondashuvlarni amaliyotga samarali tatbiq etish imkoniyatlarini takomillashtirishga alohida e’tibor berilmoqda.