Авторы

  • Doniyorbek Boymirzayev
    Toshkent kimyo xalqaro universiteti Magistratura boʻlimi “menejment va marketing” kafedrasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.77967

Аннотация

JST ya’ni Jahon savdo tashkiloti o‘zi nima? WTO (World Trade Organization) bu – mamlakatlararo savdo qoidalarini boshqarib turuvchi yagona xalqaro tashkilot hisoblanadi. Hozirda tashkilotga 166 ta davlat a’zo hisoblanadi. Bu davlatlar jahon savdosining 98% ini tashkil etadi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

92

O‘ZBEKISTONNING JAHON SAVDO TASHKILOTIGA A’ZOLIGIDAGI

ASOSIY MUAMMOLAR

Boymirzayev Doniyorbek Anvarjanovich

Toshkent kimyo xalqaro universiteti Magistratura

boʻlimi “menejment va marketing” kafedrasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15172210

JST ya’ni Jahon savdo tashkiloti o‘zi nima? WTO (World Trade Organization)

bu – mamlakatlararo savdo qoidalarini boshqarib turuvchi yagona xalqaro
tashkilot hisoblanadi. Hozirda tashkilotga 166 ta davlat a’zo hisoblanadi. Bu
davlatlar jahon savdosining 98% ini tashkil etadi.

Asosiy vazifalar

. Avvalo qayd etish lozimki, JSTning asosiy maqsadlaridan

biri oʻzini oʻzi himoya qilishni kuchaytirish va proteksionizm qoʻllanishini bekor
qilishdan iborat. Mazkur tashkilot xalqaro tijorat uchun qulay huquqiy tizimni
taqdim eta oladigan cheksiz imkoniyat eshigi. Oʻzaro qabul qilingan muhim
hujjatlar davlatlarning oʻz savdo siyosatlarini kelishilgan mezonlarda olib
borishlarida masʼuliyat yuklaydi. Bundan koʻzlangan maqsad — jahon bozorida
muvaffaqiyatli faoliyat yuritishda tovarlar va xizmatlarni ishlab chiquvchilar,
eksportyor va importyorlarga koʻmak berishdir.

Xalqaro savdoni liberallashtirish, savdo bitimlarining odilligini taʼminlash,

iqtisodiy oʻsish va xalq farovonligini oshirish JSTning asosiy funksiyalari sirasiga
kiradi. JST unga aʼzo boʻlgan mamlakatlardan ichki bozorni erkinlashtirishni
qatʼiy talab qiladi. Ushbu vazifani bajarish esa unchalik oson kechmaydi. Sababi
arzon va sifatli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi chet el korxonalariga raqobat qila
olmagan milliy korxonalar tanazzulga uchrashi ayni haqiqatdir.

Albatta, har bir ishning samaradorligi oʻsha - davlat, muhitdagi yaratilgan

sharoitlar va tayyorgarlik darajasiga bogʻliq kechadi. Buning uchun:

iqtisodiyotni erkinlashtirish va sanoat tarmoqlari baravar

rivojlanishini tartibga solish;

— narx-navoni tartibga solish va maqbul soliq tizimini vujudga keltirish;
— alohida sektorlar va ishlab chiqarishda subsidiyalarni saqlash;
— tovarlarni standartlash va sertifikatsiya qilish tizimini tartibga solish;
— xorij sarmoyalari jozibadorligini oshirish;
— import va eksport boj toʻlovlari tarifini tartibga solish talab qilinadi.
O‘zbekiston mana 30 yildirki hali hamon JST ga a’zo bo‘lmagan. Buning

yetarlicha sabablari mavjud. Avvalo milliy qonunchilikni JST talablariga
moslashtirish talab etiladi. Bu borada Prezidentning tegishli qaroriga asosan
Adliya vazirligiga milliy qonunchilikni JST bitimlariga muvofiqlashtirish vazifasi
yuklatildi. Bu haqida Preziden Farmoni ham imzolangan.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

93

2017-yildan keyin amalga oshirilayotgan ishlar jadallashdi. A’zo

mamlakatlar bilan muzokaralar o‘tkazilmoqda, Xususan, AQSh, Buyuk Britaniya,
Indoneziya, Xitoy kabi yirik davlatlar tomonidan O‘zbekistonning JSTga a’zoligi
ma’qullandi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev
hamda Prezidentning JST bo‘yicha maxsus vakili, bosh muzokarachi Azizbek
Urunov ishchi guruhning yig‘ilishida JSTga a’zolik 2026-yilgacha yakunlanishi
reja qilingani haqida ta’kidlandi.

Muammolar.

Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi orqali, mahsulot va

xizmatlar narxi jahon bozoridan yuqori bo‘lgan korxonalar bankrotlik e’lon
qilishi mumkin, aksincha bo‘lsa korxonalar mo‘maygina daromad qilishga o‘tadi.
Avval mamlakat mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash borasida
proteksionizm qo‘llab kelardi. Bu esa chet eldan import qilinadigan tovarlarga
tariflar joriy qilish bilan amalga oshirilardi. Endi esa bunday bo‘lmaydi. Aksincha
tariflar, bojxona bojlari pasaytirilib, JST bitimlariga uyg‘unlashtiriladi.

Oʻzbekistonning JSTga aʼzoligi bojxona soliqlarini 8-10 foizgacha

qisqartirishga olib keladi. Bundan esa Davlat byudjeti zarar koʻradi. Biroq, oʻz
navbatida, bojxona tariflarining keskin qisqarishi Oʻzbekiston bozorlarida
mahsulotlarning arzonlashuviga xizmat qiladi. Respublika ichkarisida zamon
talabiga mos bozorbop mahsulot ishlab chiqaruvchilar, xususan, paxta ishlab
chiqarishga ixtisoslashgan oʻzbek fermerlari arzon va sifatli mahsulotlarni ishlab
chiqaruvchi Xitoy, Hindiston, BAA savdo shirkatlariga raqobat qila olmasligi
xavfi tugʻiladi. Oqibatda qishloq xoʻjaligi daromadsiz sohaga aylanib qolishi, bu
esa

49,5 foizi qishloqlarda yashaydigan aholi uchun yangi infratuzilmani

yaratish zaruratini keltirib chiqaradi. Qishloqqa sanoat tarmoqlari kirib kelishi
Gʻarb mamlakatlarida boʻlganidek, fuqaroning tafakkur dunyosi jiddiy
oʻzgarishiga va ijtimoiy faolligiga olib keladi.

Intellektual mulk huquqi tizimi va bozorining shakllanmaganligi, ixtirolarni

amaliyotda qoʻllash, qaroqchi (pirat) mahsulotlar bozorining avj olganligini
bartaraf etish yoʻnalishida ham muammolar toʻplangan.

Xususan, adabiy va badiiy asarlarni himoya qilishga doir Bern konvensiyasi

(1971-yil 24-iyulda qabul qilingan Parij hujjati), “Mualliflik huquqi va turdosh
huquqlar toʻgʻrisida”gi Qonunga zid ravishda respublikamizdagi va chet el
mualliflarining yaratilgan asarlarini noqonuniy takrorlash — litsenziyasiz
(qaroqchi) mahsulotdan foydalanish, kontrafakt mahsulotlarni CD, DVD, VCD,
VHS, mp3 shaklidagi disklarga koʻchirib, qalbaki nusxasini bozorlarda bemalol
sotib, daromad koʻrish holatlari mamlakatimiz miqyosida avj olgan. Savdoga oid


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

94

intellektual mulk huquqlari haqidagi bitim (TRIPS), gʻoya va ixtirolar uchun
adolatli raqobat muhitini yaratish, nohalol raqobat majburiyatlari boʻyicha ham
qator vazifalar hamon yechilmagan.

Xulosa.

JSTga a’zolik orqali xalq manfaatlari muhofaza qilinadi. Bir necha

10 yillikdan buyon davom etayotgan yirik monopoliyalarga barham

beriladi. Albatta bu kishi xursand qiladi. Biroq kichik ishlab chiqaruvchilar
raqobatdan ziyon bilan chiqishlari turgan gap. Ammo, lekin “iqtisodiy mo‘jiza”
ko‘rsatadigan fursat oyog‘imiz oldida turibdi. Prezident Sh. Mirziyoyev
tomonidan JSTga a’zo bo‘lish borasida jiddiy qadam tashlanmoqda, qarorlar,
farmonlar chiqarilmoqda. Zero “har ishda bir hayr bor” deganlaridek, barchasi -
tadbirkorlar, ishbilarmonlar qolaversa, fermerlar uchun ham ijobiy burulish
nuqtasi bo‘ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

https://lex.uz/ru/docs/6949734 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

Farmoni PF-85-son
2.

https://adliya.uz/ru/posts/ozbekistonda-jahon-savdo-tashkilotiga-azo-

bolish-y Adliya vazirligi rasmiy sayti
3.

https://xs.uz/uz/post/zhahon-savdo-tashkilotiga-azolik-ozbekistonga-

nima-beradi Xalq so‘zi gazetasi
4.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/12/11/wto-9-meeting/

Gazeta.uz

elektron jurnal
5.

https://www.wto.org/english/thewto_e/thewto_e.htm JST rasmiy sayti

Библиографические ссылки