Авторы

  • Abdujamol Xolbekov
    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti
  • Ominaxon Abduvaxobova
    ELT - 101, Millat umidi universiteti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.77970

Аннотация

Sharq uyg‘onish davri madaniyati jahon xalqlarining rivojiga katta hissa qo‘shganligi bilan ajralib turadi. Ko‘p asrlik Sharq madaniyatining atoqli vakillari orasida Beruniy, al-Farg‘oniy, al-Xorazmiy, al-Farobiy, Ibn Sino, Umar Xayyom, Mirzo Ulug‘bek, Navoiy kabi buyuk olimlar va ma’rifatparvarlar muhim o‘rin tutadi. Buyuk mutafakkirlar, faylasuflar tomonidan ilgari surilgan ko‘plab fikrlar va g‘oyalarni o‘rganish bugungi zamon ilm-fanining taraqqiyotiga, ilm tarixini boyitishga xizmat qilmoqda. Jahon ilm-fan tarixchilari tomonidan o‘z davrining eng yuksak aql-zakovati sifatida e’tirof etilgan Abu Rayhon Beruniy ilmiy merosining o‘rganilishi, uning qarashlari o‘z davrida ilg‘or tafakkur natijalariga asoslangan holda ilmiy ta’lim va tarbiyaning mustahkam poydevorini yaratganligini ko‘rsatadi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

80

ABU RAYHON BERUNIY ASARLARIDA AXLOQ MASALALARINING

TASNIFI

Xolbekov Abdujamol

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti

Abduvaxobova Ominaxon Murodjon qizi

ELT - 101, Millat umidi universiteti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15172138

Sharq uyg‘onish davri madaniyati jahon xalqlarining rivojiga katta hissa

qo‘shganligi bilan ajralib turadi. Ko‘p asrlik Sharq madaniyatining atoqli vakillari
orasida Beruniy, al-Farg‘oniy, al-Xorazmiy, al-Farobiy, Ibn Sino, Umar Xayyom,
Mirzo Ulug‘bek, Navoiy kabi buyuk olimlar va ma’rifatparvarlar muhim o‘rin
tutadi. Buyuk mutafakkirlar, faylasuflar tomonidan ilgari surilgan ko‘plab fikrlar
va g‘oyalarni o‘rganish bugungi zamon ilm-fanining taraqqiyotiga, ilm tarixini
boyitishga xizmat qilmoqda. Jahon ilm-fan tarixchilari tomonidan o‘z davrining
eng yuksak aql-zakovati sifatida e’tirof etilgan Abu Rayhon Beruniy ilmiy
merosining o‘rganilishi, uning qarashlari o‘z davrida ilg‘or tafakkur natijalariga
asoslangan holda ilmiy ta’lim va tarbiyaning mustahkam poydevorini
yaratganligini ko‘rsatadi.

Abu Rayxon Beruniy samarali ijod qilgan Sharq mutafakkirlarining yorqin

namoyondasi hisoblanadi. Alloma nafaqat Markaziy Osiyo tarixi va ilmiy falsafiy
merosini ob'ektiv tadqiq qilgan olim, balki xorijiy Sharq xalqlari, jumladan hind
xalqining qadimgi madaniyati va falsafiy tafakkuri durdonalalarini o'rganishga
hissa qo'shgan olim sifatida e'tirof etiladi. Beruniyshunos olim P.G. Bulgakovning
“Beruniy hind falsafasi tarixi bilan qanchalik chuqur va keng qamrovli
shug’ullanganiga uning Hindiston asari dalil bo’la oladi”- degan yuksak bahosi
vatandoshimizning ilm-fan taraqqiyotiga qo’shgan hissasini izohlaydi.[1]

Buyuk mutafakkir o'zining didaktik qarashlarida, o'quvchilarni maktabda

o'qitish va tarbiyalash jarayonida birinchidan, turli mavzular yuzasidan
mulohazalar yuritish zarurligini ta'kidlaydi. Olim mamlakatning obodonligi ilm-
fan ravnaqining asosiy omili bilim va ma'rifatda, deb biladi. [2:12b]. Beruniy
mehnat bilan xalqni jaholatdan, qashshoqlikdan xalos qilish mumkin, deb
hisoblab, odamlarni o‘zida yuksak axloqiy fazilatlarni tarbiyalashga chaqiradi. U
bilim olishning o‘zini katta va mashaqqatli mehnat, kuch, vaqt va sabr-toqat
talab qiladi, deb biladi. U bilim va aqlning ahamiyatini ulug'lar ekan, uni mol-
dunyodan ham yuqori qo'yadi va olimning fikricha «bilimning sofligidan
tashqari» hech narsa yo‘q. Beruniy tabiat va inson go'zalligi, xulq atvor va
an'analar, ijodiy erkinlik, ma'rifat singari nafosat olamiga o'ziga xos ta'rif bergan.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

81

U inson “axloqiy mukammallikka komillik va axloq haqidagi kitoblarda
ko'rsatilgan kamchiliklarni yo'qotish yo'li bilan erishishi mumkin,” deb
yozadi.[3;17b]

Abu Rayhon Beruniyning “Mineralogiya”, “Qadimgi xalqlardan qolgan

yodgorliklar”, “Munajjimlik san'atidan boshlang'ich tushunchalar”, “Hindiston”
va boshqa asarlarida pedagogika, ta'lim-tarbiya, odob-axloq masalalariga oid
qimmatli fikr-mulohazalari mavjuddir. Bu asarlarda insonning qiyofasi uning
hayot tarzi, ta'lim-tarbiyasi bilan aniqlanadi, deydi. [2.1; 15 b.] U o'z asarlarida
bolalarni kichik yoshidan mehnat qilishga o'rgatib borish, kattalar mehnatini
e’zozlaydigan qilib tarbiyalash, bolani ilm va kasbga yo'naltirish oilaning diqqat
markazida bo'lishi kerakligi to'g'risida fikrlar bildirgan. Albatta, mehnat bilan
ulg'aygan farzand axloqiy jihatdan odobli va yaxshi xulqli bo'lib o'sadi. U oilada
boshlangan mehnat tarbiyasini maktabda ta'lim bilan birga hunar o'rgatishga
bog'lab davom ettirish lozimligini alohida ta'kidlagan.

Beruniy hayotni, baxtni

mehnatsiz tasavvur qilmagan, mehnat orqali tarbiyani inson hayotining asosi
deb hisoblagan. Beruniy insonni mehnat bilan tarbiyalash haqida gapirar ekan,
irodaning katta ahamiyatini qayd etadi.

Abu Rayhon Beruniy o'zining Geodeziya kitobida “Har bir kuzatuvchi (olim)

diqqat bilan o'lchasin, hamisha o'z ishlari bilan qoniqmasin, o'z ishlarini qayta-
qayta tekshirib tursin, mumkin qadar kamroq g'ururlansin, tobora tirishqoqlik
bilan ishlasin va mehnatda hech mahal zerikmasin” degan fikrlarida ilm yo'lida
izlanayotgan inson har doim izlanishda bo'lishi kerakligi tinmay izlanishlar olib
borishi kerakligi haqida tushuntirib o'tadi.[5]

Beruniy «hayotning eng aziz ne'mati» deb bilgan do'stlik, o'rtoqlik

masalalariga ham katta e'tibor qaratgan. Do'stlikning o'ziga xos xususiyatlarini
ochib bergan mutafakkir o'quvchilarni do'stlik, o'zaro yordam ruhida
tarbiyalash zarurligini ta’kidlaydi. Beruniy tarbiyada eng katta muvaffaqiyatga
erishish uchun ishontirish, rag‘batlantirish, axloqiy va estetik mavzularda turli
suhbatlar o‘tkazish usullarini tavsiya qiladi. Uning bilish va tafakkur, vizual idrok
va yodlash jarayonlari haqidagi fikrlari ham katta ilmiy qiziqish uyg‘otadi. Olim
nutq, sezgi va aqlga katta ahamiyat bergan. Olimning fikricha, psixologiya
masalalarini bilish pedagog, o’qituvchi, ota-ona uchun zarurdir. Shuningdek, or-
nomus, qadr-qimmat, do‘stlik va o‘rtoqlik, ezgulik, adolat va vijdon kabi
masalalarga katta ahamiyat bergan. Xususan, “Qadimgi xalqlardan qolgan
yodgorliklar”, “Mineralogiya” kabi asarlarida keltirilgan she’r, hikoya, rivoyatlar
mohiyatida insonning axloqiy yuksak xislatlariga to’xtalib, insonnig yaxshiligi
doim yaxshilik bilan mukofotlanishini badiiy obrazlar yordamida ifodalaydi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

82

Beruniy fikricha, tarbiya qat’iy ilmiy asosga tayanishi kerak. Olimning buyuk
xizmatlaridan biri tabiatni o'rganishda ishlab chiqqan ilmiy metodologiyasi,
unda kuzatuv va tajriba metodlarining beruniyshunos olimlar tomonidan
o’rganilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Olim o‘zining “Ma’sud qonunlari” va
“Geodeziya” asarlarida shaxsning ekologik duyoqarashiga keng e’tibor qaratib,
inson va tabiat munosabatlarining uzviy bog’liqligini ifodalaydi.

Xulosa qilib aytganda, buyuk olim Abu Rayhon Beruniy ilmiy merosini

o‘rganish, uning g‘oyalarini chuqur tahlil qilish, boy ma’naviy merosini o‘rganish,
o‘rganish va unga adolatli baho berishdek vazifa, ayniqsa ta’lim va tarbiya
sohasida katta ma’rifiy va g‘oyaviy ahamiyatga ega. Biz ushbu maqolada atoqli
olimning boy ilmiy merosining faqat bir jihatini o‘rganib chiqdik va
umumlashtirdik. Kelgusida, Beruniy asarlarini yanada chuqurroq tahlil qilish va
ularning ilm-fan, falsafa va madaniyatga qo‘shgan ulkan hissasini yanada
kengroq yoritish muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Bu, nafaqat o‘z zamonasida,
balki bugungi kunda ham zamonaviy ilm-fan va ta’lim tizimining rivojiga xizmat
qilishi mumkin. Shuningdek, uning asarlarini o‘rganish, yosh avlodga ilmiy
tafakkur, axloqiy qadriyatlar va ma’rifatni singdirishda muhim vosita bo‘lib
xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Bulgakov P.G. Beruniyning ijtimoiy fanlar sohasidagi ilmiy merosi. –

Toshkent: Fan, 1973. -49 b.
2.

Abu Rayhon Beruniy. Javohirot kitobi. –Т.: Мерос, 1991. 12b.

3.

Muminov I.M. Абу Райхан Беруни –выдающийся ученый

энциклопедист Беруни и гуманитарные науки. -Ташкент: Фан, 1972. - С.17
4.

Abu Rayhon Beruniy. Танланган асарлар, II том. Ҳиндистон. –Тошкент.

1973.
5.

Abu Rayhon Beruniy. Танланган асарлар, III том. Геодезия. –Тошкент:

Фан 1963.

Библиографические ссылки

Bulgakov P.G. Beruniyning ijtimoiy fanlar sohasidagi ilmiy merosi. –Toshkent: Fan, 1973. -49 b.

Abu Rayhon Beruniy. Javohirot kitobi. –Т.: Мерос, 1991. 12b.

Muminov I.M. Абу Райхан Беруни –выдающийся ученый энциклопедист Беруни и гуманитарные науки. -Ташкент: Фан, 1972. - С.17

Abu Rayhon Beruniy. Танланган асарлар, II том. Ҳиндистон. –Тошкент. 1973.

Abu Rayhon Beruniy. Танланган асарлар, III том. Геодезия. –Тошкент: Фан 1963.