ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
72
AEROFLOT TARIXI
To‘xtabayev A’zamjon Sharipxo‘jayevich
Namangan davlat universiteti Tarix kafedrasi dotsenti, PhD.,
toxtabayev09051981@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15171997
Annotatsiya:
Mazkur maqolada aeroflot tashkilotining tashkil etilishi,
faoliyati, amalga oshirigan ishlari, havo qatnovlari va statistik ma’lumotlar
yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
Aeroflot, “Havo kodeksi”, Fuqarolik havo floti, havo
transporti, Aerodrom, ICAO.
1932-yil 25-fevralda SSSR Xalq Komissarlari Kengashi (XKK) huzuridagi
Fuqarolik havo flotining Bosh boshqarmasi yoki Fuqarolik Havo flotining
Aeroflot Bosh boshqarmasi – Sovet Ittifoqi fuqaro aviatsiyasi faoliyati tartibga
soluvchi mas’ul organ hisoblanib, u “Aeroflot” Bosh boshqarmasi deb atala
boshlandi. “Aeroflot” tashkil etilganda, uning uchta asosiy - havo transporti
tizimini boshqarish; havodan suratga olish, o‘rmonda o‘t o‘chirish va qishloq
xo‘jaligida purkash kabi turli xil xizmatlarni ko‘rsatish; jamoat uchun ta’lim,
ko‘ngil ochish va sport tadbirlarini targ‘ib qilish vazifalari qo‘yilgan. “Aeroflot”
aslida mamlakatda harbiy bo‘lmagan barcha aviatsiya faoliyatlari bilan
shug‘ullangan, ammo fuqarolik aviatsiyasi harbiylar bilan chambarchas bog‘liq
bo‘lib qolgan edi. Masalan, “Aeroflot” Harbiy-havo kuchlari harbiy transport
aviatsiyasi uchun zaxira hisoblanib, ayrim vaqtlarda tashkilotga harbiy zobit
rahbarlik qilgan edi.
SSSR Markaziy Ijroiya qo‘mitasi va Xalq Komissarlari Kengashi 1935-yil 7-
avgustdagi Qarori bilan “Havo kodeksi”ni tasdiqlandi. Bu sovet havo transporti
qonunchiligi asoslarini mustahkamladi, milliy iqtisodiyotning barcha sohalarida
fuqarolik havo kemalarini rivojlantirish va keng qo‘llash uchun zarur huquqiy
sharoitlarni ta’minladi.
1937-yilda Fuqaro Havo Floti yo‘llarida jami 211 787 yo‘lovchi, 9188 tonna
pochta va 36385 tonna yuk tashidi. Bu esa, 1928 yilga nisbatan yo‘lovchi tashish
7,7 barobar, pochta – 21 barobar, yuk tashish – 82 barobarga oshdi.
Aviatransport faoliyatining umumiy hajmi 15,5 barobar oshdi. Solishtirish
natijasida raqamlardan ko‘rinib turibdiki, faoliyat ichida yuk tashish muhim
o‘rinni egallagan.
Sovet Ittifoqi davrida transport tuzilmasi 3 ta yirik mintaqa – Trans-Sibir,
Trans-Atlantika va Trans-Osiyo havo yo‘liga bo‘lingan. Havo yo‘li (aviatrassa) –
samolyot va vertolyotlar muntazam ravishda qatnaydigan aviatrassa bo‘lib, unda
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
73
aerodrom, yo‘l chiroqlari, tanish belgilar va aviatsiya mayoqlari bilan
jihozlangan.
Ikkinchi jahon urushi(1939-1945 yy.)ga aviatorlar ham keng jalb etildi.
1941- yil 23-iyun kuni SSSR Xalq Komissarlari Kengashi “Urush davridagi fuqaro
havo floti boshqarmasi bosh boshqarmasi to‘g‘risida Nizom”ni tasdiqladi.
Fuqarolik havo floti Mudofaa Xalq komissarligi ixtiyoriga o‘tkazildi. 1941-yil 9-
iyuldan SSSR Mudofaa Xalq Komissarlari Kengashini buyrug‘i bilan “Fuqaro havo
flotining maxsus havo guruhlarida bevosita ro‘yxatga olingan fuqarolik havo
flotining shaxsiy tarkibi Qizil Armiya safiga chaqirilgan” deb hisoblandi. Urush
mobaynida ko‘plab aviatorlar jasorat ko‘rsatib, yuksak orden va medallar bilan
taqdirlangan.
Ikkinchi jahon urushidan so‘ng, murakkab meteorologik sharoitlarda va
tungi vaqtda muntazam parvozlar uchun eng muhim havo liniyalarini qayta
jihozlash boshlandi. 1945-yilda havo transportining umumiy hajmi 1940-yilga
nisbatan 3 baravar, jumladan, yo‘lovchilar soni 1,5 baravar, yuk va pochta
jo‘natmalari 1,2 martaga ko‘paydi. Fuqaro Havo Floti rahbarining buyrug‘i bilan
1946-yil 1- fevralgacha Moskva-Irkutsk, Moskva-Toshkent-Olma-Ota, Moskva-
Boku-Ashxobod, Moskva-Kiyev-Odessa, Moskva-Minsk va Moskva-Leningard
yo‘nalishlaridagi aeroportlarni qayta jihozlandi. Natijada, samolyotlarning
yuqoridagi yo‘nalishlar tungi vaqtlardagi parvozlar soni oshib bordi.
1964-yil 27-iyuldagi SSSR Oliy Kengashi Rayosatining Farmoni muvofiq,
Sovet Ittifoqi havo parkini boshqarishni takomillashtirish va aviatsiya
vazifalarini kuchaytirishni hisobga olgan holda, Sovet Ittifoqidagi Fuqarolik
Havo Floti Bosh boshqarmasi “Fuqaro Aviatsiyasi umumittifoq Minstrligi etib
qayta tashkil etildi. Bu esa, Fuqaro aviatsiyasi flotining O‘zbekiston hududiy
boshqarmasi O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi deb o‘zgartirilishi
Sovet Ittifoqi fuqarolik aviatsiyasi Minstriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ysundi va
hisobot berdi.
1964–1991-yillarda O‘zbekistonda fuqaro aviatsiyasi parki zamonaviy tez
uchar, tovushdan tez, keng fyuzelyajli samolyotlar bilan to‘ldirildi, aviatsiya
texnikasining yer usti uskunalari zamonaviy jihozlanib, aeroportlar zamonaviy
ko‘rinishga keltirildi. Ayni vaqtda fuqarolik aerodromlariga texnik va tijorat
xizmatlarini ko‘rsatish sifati oshirilishi, tashish xarajatlari kamaytirilishi,
aviatsiya ishlari bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish imkonini yaratadi.
Bu hol ularning rentabelligi, yo‘lovchi, yuk jo‘natuvchi va qabul qiluvchilar
uchun yuqori xizmatlar tashkilini hosil qildi. Aeroportlarda ishlab chiqarish
jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishning so‘nggi vositalari,
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
74
transport vositalari hamda fuqarolik aviatsiyasiga xizmat ko‘rsatishning boshqa
texnik vositalari joriy etildi. Demak, havo transporti boshqa transportlardan
ko‘ra kengroq qo‘llaniladigan fuqarolik aviatsiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Fuqarolik aviatsiya faoliyatining huquqiy-meyoriy mexanizmi esa Xalqaro
fuqaro aviatsiyasi tashkiloti tomonidan tartibga solindi.
1970-yildan SSSR xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti ICAO a’zosiga aylandi
va uning vakillari boshqaruv organi – Kengashning tarkibiga kiritildi. 1971-yil
yanvarda Xalqaro havo qatnovi boshqarmasi tarkibida Xalqaro havo qatnovi
bo‘yicha “Aeroflot” Markaziy ma’muriyati tashkil etildi, xalqaro parvozlarni
amalga oshirishga vakolatli ushbu sohaning yagona korxonasi maqomiga ega
bo‘ldi. Mazkur aviakompaniya xorijda “Aeroflot Soviet Airlines” nomi bilan
tanildi. 1976-yilda “Aeroflot” bir yilda 100 milliondan ortiq yo‘lovchiga xizmat
ko‘rsatgan dunyodagi birinchi aviakompaniyaga aylandi.
Shuningdek, havo transportidan qishloq xo‘jaligida ham keng qo‘llanildi.
1970-1985-yillar oralig‘ida havo transporti orqali qishloq va o‘rmon
xo‘jaliklaridagi aviakimyo ishlarida katta o‘sish kuzatilgan. Jumladan, Sovet
Ittifoq bo‘yicha 1970- yil 83,28 mln. ga, 1980-yilda – 100,30 mln. ga., 1985-yilda
– 108,7 mln.ga. maydonlarda aviakimyo ishlari bajarilgan. Eng katta ishlar hajmi
RSFSR, Ukraina, Qozog‘iston va O‘zbekiston SSR hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Xalqaro miqyosda yuk tashish bo‘yicha aviatransport transport turlari
orasidagi ulushi kam bo‘lgan. Chunki 1970-yilda dengiz transportida – 89,5 mln.
t., avtomobil transportida – 0,19 mln. t., aviatransportda – 0,03 mln. t. yuk
tashilgan bo‘lsa, 1980-yilda dengiz transportida – 150,6 mln. t., avtomobil
transportida – 1,29 mln. t., aviatransportda – 0,08 mln. t., 1985-yilda dengiz
transportida – 155,3 mln. t., avtomobil transportida – 1,74 mln. t.,
aviatransportda – 0,09 mln. t. yuk aylanmasi bilan taqqoslash mumkin. Ushbu
yuklarning asosiy qismini sifati tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlari va
pochta jo‘natmalari tashkil etgan.
1991-yilda Sovet Ittifoqining parchalanishi tufayli respublikalar o‘z milliy
aviakompaniyalarni tashkil qila boshladi. Rossiya Federatsiyasi sovet
aviatashuvchisining “Aeroflot” nomi va ramziy belgi vorisi bo‘lib qolishi, 1992-
yil iyunda “Aeroflot Soviet Airlines” tijorat ishlab chiqarish alyansi tuzilgan. U
o‘sha yilning 28-iyulida “Aeroflot Russian International Airlines” ochiq
aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi.
SSSR Oliy Kengashining 1991-yil 14-noyabrdagi “SSSR Minstrliklari va
boshqa Markaziy boshqaruv organlarini bekor qilish to‘g‘risida”gi 13-sonli
Qaroriga muvofiq, mazkur Minstrlik faoliyati o‘tish davrida saqlanib qoldi.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
75
RSFSR Prezidentining 1991-yil 28-noyabrdagi “RSFSR Markaziy boshqaruv
organlarini qayta tashkil etish to‘g‘risida”gi 242-sonli Farmoniga ko‘ra, Fuqaro
Aviatsiyasi minstrligining funksiyalari RSFSR transport minstrligiga yuklatildi.
1992-yil 10- aprelda SSSR fuqaro aviatsiyasi vazirligini tugatish to‘g‘risidagi
qonun imzolandi. 1992-yilda Rossiya Federatsiyasi Transport vazirligi tarkibida
Rossiya fuqaro aviatsiyasining organi – Havo transporti departamenti tashkil
etildi. Lekin Sovet Ittifoqi parchalanishi bilan Rossiya barcha kelishuvlarni qayta
ko‘rib chiqish muammosiga duch keldi. Shunday bo‘lsa, SSSR davridagi
shartnomalarga muvofiq, xorijiy davlatlar bilan havo qatnovini davom ettirdi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Гражданская авиация России. 80 лет. —М.: “Воздушный транспорт”,
2003.
2.
Гражданская авиация СССР. 1917-1967 гг. – Москва.: “Транспорт”,
1967.
3.
История гражданской авиация СССР. – Москва: Воздушный
транспорт, 1983.
4.
Транспорт и связь СССР. Статистический сборник. – Москва.:
Финансы и статистика, 1990.
5.
Ўзбекистон Миллий Энциклопедия. 1-жилд. – Тошкент: “Ўзбекистон
миллий энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти, 2000.
6.
“Uzbekistan Airways” AJ joriy arxiv materiallari
7.
The
Beginnings
of
Soviet
Civil
Aviation
//
https://www.centennialofflight.net/essay/Commercial_Aviation/
soviet_air/Tran17.htm
8.
Tukhtabaev AS. Air transport: Structure, activity, shape. Article.
Academicia: An International Multidisciplinary Research Journal. 2020, Volume:
10, Issue: 6 pp. 288-291. DOI: 10.5958/2249-7137.2020.00590.X.
9.
Tukhtabaev AS. Issues of studying the History of Aviatransport in
Uzbekistan. Theoretical & Applied Science. 2020. Vol. 85 Issue 05, pp. 844-846.
DOI: 10.15863/TAS.2020.05.85.155