ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
70
TASVIRIY SANʼAT TAʼLIMIDA MUSTAQIL ISHLASH FAOLIYATINI
TASHKIL ETISHNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI.
Bazarova Feruza G’ayrat qizi
O’zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti assistent o’qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15171987
Annotatsiya
. Mazkur maqolada tasviriy sanʼat taʼlimi jarayonida mustaqil
ishlash faoliyatini tashkil etishning pedagogik va metodik asoslari, uning
o‘quvchilarning ijodiy qobiliyati va estetik dunyoqarashini rivojlantirishdagi
ahamiyati, hamda mazkur jarayonni samarali yo‘lga qo‘yishdagi uslubiy
yondashuvlar tahlil etilgan.
Kalit so‘zlar:
tasviriy sanʼat, mustaqil ish, ijodiy faoliyat, metodika, taʼlim
jarayoni, pedagogik texnologiyalar.
Аннотация.
В данной статье рассматриваются педагогические и
методические основы организации самостоятельной деятельности в
процессе обучения изобразительному искусству, её роль в развитии
творческих способностей и эстетического мировоззрения обучающихся, а
также подходы к эффективной реализации этой деятельности.
Ключевые слова:
изобразительное искусство, самостоятельная
работа,
творческая
деятельность,
методика,
учебный
процесс,
педагогические технологии.
Bugungi kunda taʼlim sohasidagi islohotlar va yangilangan taʼlim
standartlari talabiga ko‘ra, mustaqil faoliyatga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonlari
muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, tasviriy sanʼat taʼlimida mustaqil
ishlash faoliyati ijodiy salohiyatini ochish, ularda sanʼatga bo‘lgan qiziqish va
estetik ongni shakllantirishda muhim o‘rin tutadi.
Mustaqil ish — mustaqil ravishda belgilangan vazifalarni bajarish bo‘lib,
ijodiy izlanish, tahlil qilish, yangilik yaratish kabi faoliyat turlarini qamrab oladi.
Tasviriy sanʼat sohasida bunday ishlarga etyudlar ishlash, kompozitsiya yaratish,
ranglar bilan tajriba qilish, turli texnika va materiallardan foydalanish kiradi.
Tasviriy sanʼat taʼlimida mustaqil ishlashning ahamiyati
Tasviriy sanʼat taʼlimida mustaqil ishlar:
-
estetik taʼlimni rivojlantiradi;
-
shaxsiy qarash va didni shakllantiradi;
-
ijodiy mustaqillikni oshiradi;
-
manbalar bilan ishlash, tahlil qilish ko‘nikmalarini mustahkamlaydi
Shuningdek, bu jarayon orqali kompozitsiya, proporsiya, nur va soya kabi
tasviriy vositalar yaxshi o‘zlashtiriladi.
Mustaqil ish faoliyatini tashkil etish usullar
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
71
Ushbu faoliyatni samarali tashkil etishda quyidagi metodik yondashuvlar
tavsiya etiladi:
Mavzuli topshiriqlar berish;
Muammoli topshiriqlar asosida ish yuritish;
Ko‘rgazmali materiallar va real obyektlardan foydalanish;
Baholash mezonlarini aniqlashtirish orqali o‘z-o‘zini nazorat qilishni
shakllantirish;
Ijodiy portfolio yuritish.
Mustaqil ish faoliyatini tashkil etishda quyidagi muammolar uchrashi
mumkin:
-
mustaqil ishlash ko‘nikmalarining yetarli emasligi;
-
motivatsiyaning pastligi;
-
metodik qo‘llanmalar yetishmasligi.
Bunday muammolarni bartaraf etish uchun interfaol usullar, axborot
texnologiyalaridan foydalanish, individual yondashuvlar samarali hisoblanadi.
Tasviriy sanʼat taʼlimida mustaqil ish faoliyatini tashkil etish ijodiy
rivojlanishni va mustaqil fikrlay olish qobiliyatini shakllantirishda muhim
ahamiyat kasb etadi. Bunday faoliyatni samarali yoʻlga qoʻyish uchun ilgʻor
pedagogik texnologiyalardan foydalanish, metodik yondashuvlarni toʻgʻri
tanlash lozim.
Adabiyotlar ro'yxati:
1. Abdirasilov S., Boymetov B., Tolipov N. Tasviriy san'at. T.: Cho'lpon, 2006.
2. Abdirasilov S.F. “Tasviriy san’at o‘qitish metodikasi” – T.: “Fan va texnologiya”
2012
3. Азимов С.С., Абдуллаев C.Ф., Авезов Ш.Н. Тасвирий санъат ва
муҳандислик графикасини ўқитиш методикаси. Ўқув қўлланма. – Тошкент:
ILM-ZIYO, 2020.