ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
11
ZAMONAVIY BOLALAR ADABIYOTI VA TEXNOLOGIYALAR
Berdimuratov Jetkerbay Abatbaevich
Nukus branch of Uzbekistan state institute of arts and culture
https://doi.org/10.5281/zenodo.15171671
Abstract:
Maqolada zamonaviy bolalar adabiyoti yangi texnologiyalar
asosida bolalarning o‘qish va idrok qilish qobiliyatlarini rivojlantirish haqida
so’z boradi. Elektron kitoblarning qulay imkoniyatlar yaratishi, shuningdek
zamonaviy bolalar adabiyotining yoshga, tafakkurga, ruhiy va axloqiy
tarbiyasiga tasiri haqida aytiladi.
Keywords:
bolalar ádabiyoti, texnologiya, electron kitoblar, interaktiv
Zamonaviy bolalar adabiyoti – bu bolalar uchun mo‘ljallangan, ularning
yoshiga, tafakkuriga, ruhiy va axloqiy tarbiyasiga mos tarzda yozilgan
zamonaviy davr adabiyotidir. U XX asrning oxiri va XXI-asr boshlaridan boshlab
rivojlanib kelmoqda. Qoraqalpoq bolalar adabiyoti — qoraqalpoq tilida bolalar
uchun yaratilgan she’r, ertak, hikoya, qissa, doston va boshqa janrlardagi asarlar
majmuasidir. Bu adabiyot qoraqalpoq xalq og‘zaki ijodi asosida shakllanib,
yozma adabiyotda XX-asr boshlaridan boshlab faol rivojlandi.
Qoraqalpoq bolalar adabiyotining ildizi xalq og‘zaki ijodiga — ertaklar,
maqollar, topishmoqlar, bolalar o‘yin qo‘shiqlariga borib taqaladi. Bu janrlar
bolalarning aql-zakovati, til boyligi va dunyoqarashini shakllantirishda muhim
rol o‘ynagan. XX asrning 30–40-yillaridan boshlab qoraqalpoq yozuvchilari
bolalar uchun maxsus asarlar yaratishga kirishdi. Bu davrda bolalar adabiyotida
tarbiyaviy, vatanparvarlik, mehnatga hurmat, do‘stlik, tinchlik kabi mavzular
yetakchi bo‘ldi. Bugungi kunda qoraqalpoq bolalar adabiyoti yangicha
shakllanmoqda. Bolalar hayotiga yaqin, sodda, tushunarli til bilan yozilgan.
Ekologiya, tabiat, do‘stlik, texnika, maktab hayoti kabi mavzular keng
yoritilmoqda. Multimediali (audio va video shakllar), interaktiv adabiyot
shakllari paydo bo‘lmoqda. Zamonaviy bolalar adabiyoti an’anaviy shakldan
tashqari yangi texnologiyalar bilan boyitilib, bolalarning o‘qish va idrok qilish
qobiliyatlarini rivojlantirishga katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Zamonaviy bolalar
adabiyotida axloqiy, estetik va ijtimoiy tarbiya muhim o‘rin tutadi. Ammo bu
tarbiya didaktik yo‘l bilan emas, hayotiy syujet va qiziqarli obrazlar orqali
beriladi. Bolalar adabiyotida janrlar xilma-xilligi haqida aytganimizda ular
she’riy va nasriy ertaklar, sarguzasht asarlar, fantastik hikoyalar, qiziqarli
topshiriqlar va interaktiv matnlar, bolalar uchun detektivlar, biografik hikoyalar
(mashhur shaxslar hayoti haqida) bo’lishi mumkin. Zamonaviy asarlarda real
voqealar fantastik unsurlar bilan uyg‘unlashtiriladi. Masalan, sehrli olamlar,
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
12
noodatiy qahramonlar, robotlar,
boshqa sayyoraliklar ishtirokidagi
sarguzashtlar bolalarga manzur bo‘ladi.
Qahramonlar obrazlari asosan bolalar yoki yoshlar o‘zi asosiy qahramon
sifatida tasvirlanadi. Ular mustaqil fikrlaydigan, faol, zukko va qiziqqon bo‘ladi,
raqamli texnologiyalar bolalar uchun adabiyotni yanada qiziqarli va interaktiv
shaklga aylantirish imkonini bermoqda. Bolalar adabiyotida elektron va audio
kitoblarning roli haqida aytganimizda bugungi kunda elektron kitoblar bolalar
orasida keng tarqalgan. Ular quyidagi afzalliklarga ega:
-Elektron kitoblarni osongina yuklab olish va istalgan joyda o‘qish mumkin.
-Illyustratsiyalar va ovozli effektlar bolalarning qiziqishini oshiradi.
Ba’zi elektron kitoblar interaktiv xususiyatga ega bo‘lib, bolalarga qiziqarli
topshiriqlar bajarish imkoniyatini beradi. Audio kitoblar ham bolalar orasida
ommalashib bormoqda. Ular bolalarning eshitish qobiliyatini rivojlantirish bilan
birga, tasavvurini kengaytirishga ham yordam beradi. Multfilmlar va bolalar
adabiyoti o‘zaro bog‘liqligi haqida aytsak zamonaviy bolalar adabiyoti bilan
multfilmlar o‘rtasida yaqin aloqa mavjud. Ko‘plab bolalar asarlari asosida
yaratilgan multfilmlar bolalar orasida mashhurlikka erishmoqda. Shu jumladan
Qoraqalpoq bolalar adabiyotidagi ertaklarga songi uslubdagi animatsiya orqali
yaratilgan masalan, “Anqov mergan” xaliq ertagi asosida zamonaviy multfilim
yoritilib berildi. Bunday multfilmlar: Bolalarning tasviriy idrok qilish
qobiliyatini oshiradi.Adabiy asarlarga qiziqishni orttiradi. Tarbiyaviy g‘oyalarni
yanada samarali yetkazishga yordam beradi. Zamonaviy bolalar adabiyotida
interaktiv kitoblar va mobil ilovalar muhim o‘rin egallaydi. Animatsiya, ovoz va
interaktiv elementlar yordamida o‘qish jarayonini qiziqarli qiladi.Yangi
bilimlarni o‘zlashtirishni osonlashtiradi. Zamonaviy bolalar adabiyotining asosiy
afzalliklarini aytib o‘tsak, yoshga mos va qiziqarli uslubda yoziladi, zamonaviy
asarlar bolalarning yoshiga mos, o‘qishga qulay, oddiy va ravon tilda yoziladi.
Qiziqarli syujetlar va jonli obrazlar orqali bolalar e’tiborini tortadi. Tarbiyaviy
ta’siri kuchli ular orqali bolalarda, ezgulik, mehnatsevarlik, do‘stlik, mehr-
oqibat,vatanparvarlik kabi fazilatlar shakllanadi. Zamonaviy bolalar adabiyotida
ekologiya, texnologiya, ijtimoiy muammolar, sog‘lom turmush tarzi, maktab
hayoti, internet xavfsizligi kabi dolzarb mavzular aks ettiriladi. Fantaziya va
tafakkurni rivojlantiradi, fantastik hikoyalar, sarguzasht janridagi asarlar orqali
bolalarning tasavvuri, tafakkuri va ijodiy fikrlashi rivojlanadi. Multimedia va
interaktivlik imkoniyati juda keng, ko‘plab zamonaviy asarlar, audio-kitob,
video-ertak, animatsion shaklda ham mavjud, hatto interaktiv dasturlar (o‘qib
o‘rganish, topishmoqlar yechish) tarzida taqdim etiladi. Oila va jamiyatdagi
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
13
munosabatlarni yoritadi, bola uchun tanish bo‘lgan muhit – oila, maktab, do‘stlar
– tasvirlanadi. Bu orqali bola o‘zini asardagi holatlar bilan solishtira oladi. Har xil
janr va shakllarning mavjudligi, zamonaviy bolalar adabiyotida ertak, hikoya,
sarguzasht, komiks, poeziya, she’riy topshiriqlar kabi turli janrlar mavjud bo‘lib,
bu xilma-xillik bolalarda o‘qishga qiziqishni oshiradi.
Elektron va audio kitoblar, interaktiv ilovalar va multfilmlar bolalar uchun
o‘qish jarayonini osonlashtirib, ularning ma’naviy va intellektual rivojlanishiga
katta hissa qo‘shmoqda. Shu sababli, zamonaviy bolalar adabiyoti yangi
texnologiyalar bilan uyg‘unlashib, yosh avlod tarbiyasida muhim vosita bo‘lib
qolmoqda.
References:
1.
Qosimov, B. O‘zbek bolalar adabiyoti tarixi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2007.
2.
Hayitboyev, A. Zamonaviy bolalar adabiyoti: janr, mazmun va shakl. –
Toshkent, 2015.
3.
I.Kurbanbaev Qaraqalpaq balalar ádebiyati Nókis Qaraqalpaqstan 1992
4.
N.Dáwqaraev Shiǵarmalariniń toliq jiynaǵi No`kis-1977-jil