ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
61
ME’ROJ VOQEASINING OYATI KARIMALARDA BAYON ETILISHI
Rasulov Boboravshan
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili
va adabiyoti universiteti tayanch doktoranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15167809
Annotatsiya
Ushbu maqolada gʻazal mulkining sultoni Alisher Navoiy hazratlarining
komil inson tarbiyasidagi qarashlari, “Xamsa” dostonlari muqaddimasidagi
naʼtlar, Me’roj va Isro voqealarining Alisher Navoiy “Xamsa”sidagi talqinlariga
e’tibor qaratiladi. Jumladan, Meʼroj kechasi taʼrifi Qurʼoni karim oyatlari, hadisi
shariflar hamda tarixiy voqealar vositasida bayon etiladi va mumtoz
adabiyotdagi oʻrni alohida urgʻu qaratilgan.
Kalit soʻzlar:
Meʼroj, isro, xamsa, doston, oyat, hadis, basmala, hamd,
munojot, komil inson, naʼt, farishta, Buroq.
Istiqlol davrida Alisher Navoiy hazratlarining ijodiga yondashuvlar
ahamiyati yanada ortdi. Alisher Navoiy hazratlarining dunyoqarashi, fikri,
nuqtayi nazari, olam va odam, dunyo va oxirat haqidagi asarlaridagi baytlari
bugungi kunda ham qadrini yo‘qotmagan. Milliy maʼnaviyatimizni ushbu ulugʻ
mutafakkir asarlarisiz tasavvur qilishimiz mumkin emas.
Navoiy o‘z davrining farzandi bo‘lib, uning tafakkuri ham o‘sha davrning
mahsuli. XV asr musulmon xalqlari esa islom taʼlimoti sifatida unga suyanar edi.
Shoirning dunyoqarashini ham islom va tasavvuf falsafasidan ayri tasavvur
qilish mumkin emas. Binobarin: “Tasavvuf Sharq xalqlar falsafasi va
madaniyatining buyuk yutuqlaridan biri bo‘lib, u gʻoyat chuqur ilmiy-amaliy,
diniy-falsafiy, ijtimoiy-siyosiy va axloqiy-maʼnaviy taʼlimot ekanligi bilan
bashariyat tarixida yuksak mavqe egallaydi” .
Jahon matnshunosligida qo‘lyozma manbalar, matn tarixi va talqini, matn
tabdili kabi masalalar dolzarb muammolardan biri sifatida tadqiq etib
kelinmoqda. Chunki qo‘lyozma manbalarni o‘rganish har bir davr va turli xalqlar
adabiyotshunosligi uchun yangidan-yangi ilmiy xulosalarga kelish imkonini
beradi. Qo‘lyozma asarlarni o‘rganmasdan turib badiiy adabiyot materialining
adabiy-estetik va ilmiy qimmatini haqqoniy baholab bo‘lmasligi qo‘lyozma
manbalarni, matn tarixi va talqinini tadqiq qilish zaruratini kun tartibiga qo‘yadi.
Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi buyuk ajdodlarimiz merosini
ana shu jihatdan o‘rganish ishimizni belgilovchi dolzarb xususiyatlar
hisoblanadi.
Nafaqat turkiy adabiyot balki jahon abiyotining eng sara gultojlaridan biri
bo‘lgan “Xamsa” dostoni badiiy jilosi bilan necha asrki o‘quvchilarni o‘ziga
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
62
shaydo qilib keladi. Asar muallifi, mumtoz sharq adabiyotining yirik vakili
Alisher Navoiy hazratlari o‘zining bu dostini bilan turkiy olam manaviyatini
ko‘tarishga mislsiz xizmat qildi. Mustamlaka asoratidan qutulib, jahon
hamjamiyatida mustaqil davlat sifatida o’z o’rniga ega bo’layotgan xalqimiz,
avvalo, Alisher Navoiy va uning singari buyuk mutafakkirlarning beqiyos badiiy
va ma’naviy merosiga tayanishi, uning mazmun-mohiyatini chuqur anglab, keng
targ‘ib etishi zarur. Ushbu vazifani xalqaro poetik mezonlar asosida
muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun Navoiy ijodini ijtimoiy-falsafiy, diniy-
ma’rifiy, adabiy-estetik va ilmiy-nazariy jihatdan keng ko‘lamda tadqiq qilish
talab etiladi Xususan, Alisher Navoiyning “Xamsa” asarini xronotop poetikasi
nuqtayi nazaridan hamda umumbashariy badiiy tafakkur kontekstida tahlil
qilish zamonaviy ilmiy tadqiqotlar uchun dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Mumtoz adabiyotimizda paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam
hayoti va faoliyati bilan bogʻliq hodisalar katta oʻrinni egallaydi. Xususan, u
kishiga moʻjiza tarzida ikrom qilingan Isro va Meʼroj hodisasi Sharq musulmon
adabiyotida alohida ahamiyat kasb etadi. Mumtoz adabiyotimizda
paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam hayoti va faoliyati bilan
bogʻliq hodisalar katta oʻrinni egallaydi. Xususan, u kishiga moʻjiza tarzida ikrom
qilingan Isro va Meʼroj hodisasi Sharq musulmon adabiyotida alohida ahamiyat
kasb etadi
Ma’lumki, mumtoz sharq adabiyotini Qur’oni karim va hadisi shariflarsiz
tasavvur qilish qiyin. Boshqa ko‘plab asarlar singari bu dostonning ham nat
qismida payg‘ambarimiz Muhammad sollohu alayhi va sallam vasflari xususan,
meroj xodisalari keng va juda yuksak badiiyat bilan bayon qilingan. Meroj
voqeasi diniy xodisa bo‘lganligi sababli avvalo Quroni karim va Hadisi
shariflarda uning yoritilishiga biroz to’xtalib o’tsak. Ulamolar quron karimda
Meroj voqeasiga doir oyatlar ikki o‘rinda zikr qilishgan deyishadi. bular: Isro
surasining birinchi oyati hamda Najm surasining yettinchi- o‘n sakkinchi
oyatlari
isro va meroj voqealarining qurani karim oyatlarida yoritilishi va u
oyatlarida kelgan ma’lumotlar
Quroni Karimning o‘n yettinchi surasi Isro deb nomlanadi. Isro va meroj
voqealari doimi birga zikr qilinishi va bir vaqtda bo’lganligi jihatidan ahamiyatli.
Pok parvardigor bir kecha, o‘z bandasi (Muhammad alayhis-salom)ni –
unga oyat –mo‘jialarimizdan ko’rsatish uchun (Makkadagi) Masjid-al-Haromdan
biz atrofini barokotli qilib qo‘ygan( Quddusdagi) Masjid- al- Aqsoga sayr qildirdi.
Darxaqiqat, u eshituvchi va ko‘ruvchidir .
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
63
Ma’lumki musulmonlar avval boshda namozlarini quddusdagi masjidul
aqsoga qarab o’qirdilar.bu Xolat Payg’ambarimiz sollollohu alayhi vasallam
madinaga ko’chganlaridan keyin ham biro davom etgan keyinchalik favalli
vajhaka shatrol masjudul harom oyati bilan baytul haromga qarab o’qishni
boshladilar demak qudusdagi masjidul aqso musulmonlarning ilk qiblasai
bo’lganlik jihatidan ham o’ta etiborli.bu Borada Islom tarixiga doir mashxur
Tarixi muhammadiya deb Nomlangan kitob yogan bobomiz Alixonto’ra sog’uniy
shunday keltiradilar:
Endi bilmak kerakkim Payg’ambarimining bir kechada masjidi Haromdan
chiqib masjidi Aqsoga kelganlari Quron oyati bilan sobitdur. Bunga iymon
keltirmak mo’minlarga farzdur. payg’ambarimiz ham makkada turgan
paytlaridaMakkada turgan vaqtlarida o’qigan Namozlarini Masjidi Aqsoga qarab
o’qir edilar Qachon madinaga hijrat qilib borib o’n sakkiz oy otgandan songra
qibla yo’rtaldi(o’rin almashtirildi.mana bu oyat ochiq mazmunicha
Payg”ambarimiz kechaning bir qismida makka shaxridagi masjidi haromdan
chiqib
quddus shaxridagi Masjidi aqsoga kelganlari anlanadi. Endi bu oyat
shu masalada qatiy dalil bo’lganlikdan isroga inkor yani masjidi aqsoga kelish
inkori imonga muxolifdur.Ammo meroj deb masjidi aqsodin Osmon olamiga
chiqqanlariga aytilur bu esa hadis bilan sobit bo’lgan masaladur. Bu haqdagi
hadislar mutavotir, yani shaksiz hadislar. aytilur mazmunicha shuningek Najm
surasining yettinchi o‘n sakkizinchi oyatlarida ham me’roj voqealari bayoni
keltiriladi.
7. Bas, u (avval) yuksak ufqda (ko‘rinib), tik turdi.
8. So‘ngra yaqinlashib, pastladi.
9. Bas, (Muhammad alayhis-salomga) ikki kamon oralig‘ida yo (undan-da)
yaqinroq bo‘lib;
10. (Alloh) o‘z bandasiga (Muhammad alayhis-salomga)ga tushurgan
vahiyni keltirdi.
11. (Payg‘ambarning) ko‘ngli ko‘rgan narsasini inkor etmadi.
12. Endi sizlar (ey mushriklar, payg‘ambar o‘z ko‘zi bilan) ko‘rib turgan
narsani ustida u bilan tortishashurmisizlar?!
13-14. Darvoqe, (Muhammad alayhis-salom Jabroil farishtani o‘zining asliy
suratida) ikkinchi bor jannat chetidagi Nilufar oldida ko‘rdi
Bu ko‘rish Payg‘ambar alayhis-salom Jabroil farishta bilan birga me’rojda
ko‘tarilganlarida ro‘y bergan edi.Endi quyidagi oyatlarda Rosullulloh alayhis-
salomning o’sha me’rojda ko‘rgan guvoh bo‘lgan manzaralari tasvirlanadi.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
64
15. (Taqvodor zotlarga va’da qilingan ) Jannati ma’vo ham o‘sha (
Nilufar)ning Oldidadir.
16. O‘shanda Nilufarni o‘ragan narsa (ya’ni,Olloh taoloning Fayzi ilohiysi)
o‘rab olgan edi.
17-18 (Payg‘ambarning) ko‘zi (ong so‘lga) og‘gani ham yo‘q, o‘z haddidan
oshgani ham yo‘q. Darhaqiqat, u (o‘sha soatda) Parvardigorining buyuk
oyatlarini (ya’ni U zotning qudrati Ilohiysiga dalolat qiladigan juda ko‘p
alomatlarni), ko‘rdi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Alouddin Mansur. “Qurʼoni Karim maʼnolari va uning tarjimasi”. – T.: Choʻlpon,
1992. – 195 b.
2. Abu Ali ibn Sino. «Ar-risolatul meʼrojiyya» (arab tilida). 129-b.
3. Alisher Navoiy. «Hayrat ul-abror». – T.: Fan, 1991. – 390 b.
4. Vohidov R. “Alisher Navoiy va Ilohiyat”. – Buxoro, 1994. – 91 b.
5. Navoiy Alisher. «Mukammal asarlar toʻplami». 20 tomlik. 7-tom. «Hayratul
abror». – T.: Fan, 1991. 48-b.
6. “Hidoyat” jurnali. 2012-yil. 1-son. 18-bet.
7. Alixonto’ra Sog’uniy «Tarixi Muhammadiy» Movarounnahr 2017-712-b