ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
43
TIJORAT BANKLARIDA NAQD PULSIZ OPERATSIYALARNI
AMALGA OSHIRISHNING AHAMIYATI
Fayzullaeva Saida Asatullaevna
(Bank-moliya akademiyasi,Toshkent)
X.U.Raximova
Ilmiy rahbar dotsent
https://doi.org/10.5281/zenodo.15167371
Zamonaviy iqtisodiyotda raqamli moliya tizimining rivojlanishi va
innovatsion texnologiyalarning tezkor integratsiyasi, ayniqsa, tijorat banklarida
naqd pulsiz operatsiyalarning ahamiyatini sezilarli darajada oshirmoqda. Naqd
pulsiz operatsiyalar bu — banklar va ularning mijozlari o‘rtasida amalga
oshiriladigan moliyaviy operatsiyalardir, va bu operatsiyalar pul muomilasini
soddalashtirish, xarajatlarni kamaytirish, hamda moliyaviy ko‘rsatkichlarning
shaffofligini ta’minlash maqsadida ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Bugungi kunda tez su’ratlar bilan rivojlanayotgan iqtisodiyotini yanada
rivojlantirishning eng muxim omillaridan biri - pul aylanishini to‘g‘ri va aniq
tashkil qilishdan iborat, chunki bozor iqtisodiyoti tovar-pul munosabatlarining
holati va taraqqiyoti bilan chambarchas bog‘liqdir. Korxona va tashkilotlar
o‘zlarining xo‘jalik faoliyatlari jarayonida doimo bir-birlari bilan aloqada
bo‘ladilar. Ular o‘rtasida tovar ayirboshlash xizmatlar ko‘rsatish jarayoni
uzluksiz ravishda davom etadi.
Ushbu tovar ayirboshlash va xizmat ko‘rsatish jarayonlari pul va pulli
hisob-kitoblar yordamida amalga oshiriladi. Tovar ayirboshlashning o‘zi esa pul
aylanishining moddiy asosi bo‘lib hisoblanadi, uning asosida boshka pulli
munosabatlar vujudga keladi.
Iqtisodiyotda yuzaga keladigan pulli munosabatlarda pul shakllaridan
foydalanish xususiyatlari va to‘lov usullariga ko‘ra pul aylanishi naqd pulsiz
aylanishga va naqd pulli aylanishga bo‘linadi. Chakana savdo va aholiga pullik
xizmat uchun to‘lovlar, kommunal va maishiy xizmatlar uchun to‘lovlar, ish haqi
va shunga tenglashtirilgan to‘lovlar, sug‘urta tashkilotlariga badallar, aholi
tomonidan mulk va boshqa soliqlari, aholi tomonidan olingan kreditni va uning
foizini naqd pulda qaytarish kabi to‘lovlar va boshqa to‘lovlarning to‘lanishi
naqd pulli aylanishga kiradi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi tovarlar va xizmatlar, shuningdek,
moliyaviy majburiyatlar bo‘yicha barcha hisob-kitoblar faqat naqdsiz
ko‘rinishda amalga oshiriladi. Hisob-kitoblarning naqdsiz ko‘rinishi respublika
amaliyotida naqd pulsiz hisob-kitoblar deb yuritiladi va uning hisobini yuritilishi
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
44
esa hozirda dasturiy ta’minot yordamida avtomatlashgan tartibga amalga
oshirilmoqda.
Masofaviy
bank
xizmatlaridan
foydalanish
ko‘lamining
oshib
borayotganligi, o‘z navbatida, bank kartalariga bo‘lgan talabning ortib borishiga
xizmat qilmoqda. Xususan, 2023 yilda muomalaga chiqarilgan bank kartalari
soni 46,2 mln donaga yetib, 2022 yilga nisbatan 35 foizga o‘sdi. Aholiga
respublika va xorijiy to‘lov tizimlari infratuzilmasida bir karta orqali hisob-
kitoblarini amalga oshirish imkoniyatini beruvchi kobeydjing bank kartalari soni
2022 yilga nisbatan 1,7 barobarga oshib, 3,1 mln donaga yetdi. 2023 yilda 429
mingta to‘lov terminallari orqali qabul qilingan to‘lovlar hajmi 2022 yilga
nisbatan 1,4 barobarga oshib, 254,7 trln so‘mni tashkil etdi
1
.
O‘zbekistonda naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibini
Markaziy bank belgilaydi va ushbu tartibning bajarilishi bo‘yicha nazorat olib
boradi, chunki O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risidagi qonunda
Markaziy bankning asosiy vazifalaridan biri sifatida “O‘zbekiston Respublikasida
hisob-kitoblarning samarali tizimini tashkil etish va ta’minlash” vazifasi
ko‘rsatilgan. Amaliyotda markaziy bank tomonidan belgilab berilgan tartibning
joriy etilishi va amaliyotda to‘g‘ri qo‘llanilishi butun respublika miqiyosida
hisob-kitoblarning uzluksizligini ta’minlash imkoniyatini yaratadi.
Oxirgi 15-20 yil ichida ko‘p davlatlar, asosan bozor iqtisodi rivojlangan
davlatlar iqtisodiyotida quyidagi holatlarni kuzatish mumkin:
Birinchidan, yagona vakillik hisobvaraqlari orqali bank o‘tkazmalarining
soni va o‘tkazilayotgan mablag‘larning hajmi ortib borishi natijasida to‘lov tizimi
oborotining beqiyos darajada o‘sishi. Bu esa, birinchi navbatdabutun dunyoda
moliyaviy bozor aktivligining o‘sishiga va to‘lovlarning tezlashuviga yordam
berdi.
Ikkinchidan, yagona vakillik hisobvaraqlari orqali pul mablag‘larining bir
joydan ikkinchi joyga tez o‘tishini ta’minlovchi texnika va texnologiya tizimidagi
katta muvaffaqiyatlarning qo‘lga kiritilishi. To‘lov tizimidagi yangi
texnologiyalarning yaratilishi va ularning amaliyotga tadbiq etilishi to‘lovlarning
bir necha daqiqada bir hududdan ikkinchi hududga o‘tkazib berishi uchun
sharoit yaratdi.
Bu esa, hozirgi to‘lov tizimining bozor iqtisodiyotini rivojlantirishdagi
rolining beqiyos ekanligini ko‘rsatadi.Umumiy qilib aytganda, to‘lov tizimi
iqtisodiyot moliyaviy infratuzilmasining hayotiy muhim elementi, iqtisodiyot
samaradorligiga ta’sir etuvchi omil bo‘lib hisoblanadi. Shu bilan birga pul-kredit
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
45
siyosati orqali iqtisodiyotni samarali boshqarishi ta’minlovchi zaruriy vosita
bo‘lib hisoblanadi.
Naqd pulsiz hisob-kitob tizimini takomillashtirilish yuzasidan
takliflar.
1. Bank xizmatlarining raqamlashtirilishini kuchaytirish.
Raqamli xizmatlarni joriy etish banklar uchun mijozlar bilan aloqalarni
mustahkamlash va yangi xizmatlarni ko‘rsatish imkonini beradi. Platformalar
orqali mijozlar bilan muloqot qilish imkonini berish, bankning
raqobatbardoshligini oshiradi. Keyingi yillarda banklar ham raqamli xizmatlarni
yanada kengaytirish maqsadida ko‘plab tashabbuslarni yo‘lga qo‘ydi.
2. Elektron to‘lov tizimlarini rivojlantirish.
Internet va mobil to‘lov tizimlari orqali operatsiyalarning jadal rivojlanishi,
butun mamlakatning iqtisodiy rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
3. Kiberxavfsizlik choralarini mustahkamlash
Kiberxavfsizlik bugungi kunda bank tizimining muhim va dolzarb
masalalaridan biri bo‘lib, moliyaviy tranzaksiyalar xavfsizligini ta’minlashda
asosiy omil hisoblanadi. Bir necha yil davomida kiberhujumlar orqali banklar
orqali o‘tkazilayotgan operatsiyalarga ta’sir o‘tkazilishi mumkin, bu esa moliya
tizimining ishonchliligini kamaytiradi.
4. Banklararo hisob-kitob tizimini takomillashtirish
Tijorat banklari orasidagi hisob-kitoblarni avtomatlashtirish va
raqamlashtirish, nafaqat operatsiyalarning tezkorligini, balki operatsiyalarning
samaradorligini ham oshiradi. Agar tizimlarni integratsiya qilish bo‘yicha
ishlarni amalga oshirish zarur bo‘lsa, banklar o‘z resurslarini qayta ishlash, yangi
vositalarni joriy etish va xavfsizlikni mustahkamlashda ahamiyatli qadamlarni
qo‘yishlari zarur.
Xulosa
o‘rnida qayd etish joizki, naqd pulsiz operatsiyalar zamonaviy bank
tizimining asosiy tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Ularning rivojlanishi,
banking xizmatlarining samaradorligini oshirish, moliyaviy shaxslar uchun
qulaylikni ta’minlash va iqtisodiyotning shaffofligini oshirishda muhim
ahamiyatga ega.
Naqd pulsiz hisob-kitoblarning takomillashuvi va rivojlanishi natijasida
banklarda hisob-kitoblarni tashkil etish samaradorligining yanada oshishiga,
operatsion xarajatlarning kamayishiga hamda pul mablag‘lari aylanishining
tezlashishiga erishiladi. Umuman olganda, ishlab chiqilgan Nizom
respublikamizda naqd pulsiz hisob-kitoblar tartibini belgilovchi huquqiy asos
bo‘lib xizmat qiladi.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
46
Hisob-kitob tizimining takomillashtirilishi, raqamli platformalarni
kengaytirish va xavfsizlik choralarini mustahkamlash orqali banklar nafaqat o‘z
mijozlari uchun qulaylik yaratadi, balki butun iqtisodiyotning shaffofligini
ta’minlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Sh.M. Mirziyoev. “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi
sari” tamoyiliga asosan yettita ustuvor yo‘nalishdan iborat 2022–2026-yillarga
mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” 2022-yil
28- yanvardagi PF-60-son Farmoni.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi –
stat.uz
3.
Ablyazov T., Asaul V. On competitive potential of organization under
conditions of new industrial base formation // SHS Web of Conferences. 2018.
Vol. 44. 00003.
4.
Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy bank maʼlumotlari. www.cbu.uz