ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
135
HUQUQ NORMALARINI SHARHLASH
Farhodova Shohida
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti
Ijtimoiy –iqtisodiy fanla fakulteti,Yurisprudensiya yo’nalishi
1-bosqich talabasi
+998886595152
Xadjiyev Azizbek Kadamboyevich
Ilmiy rahbar:
“Huquq” kafedrasi o’qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15259596
Annotatsiya
Mazkur maqolada huquq normalarini sharhlashning nazariy va amaliy
jihatlari yoritilgan. Huquq normalarining mazmun-mohiyatini to‘g‘ri tushunish
va ularni amaliyotda to‘g‘ri qo‘llashda sharhlash jarayonining ahamiyati alohida
ta’kidlanadi. Maqolada sharhlash turlari — grammatik, sistematik, mantiqiy va
funksional sharhlar haqida batafsil ma’lumot beriladi. Shuningdek, sud, idoraviy
va rasmiy sharhlarning o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. Maqola huquqni
qo‘llash jarayonida sharhlashning dolzarbligini asoslab beradi va ushbu
sohadagi muammoli masalalarga ilmiy yondashuvni taklif qiladi.
Аннотация
В данной статье рассматриваются теоретические и практические
аспекты толкования норм права. Особое внимание уделяется значению
процесса толкования для правильного понимания содержания правовых
норм и их применения на практике. Подробно анализируются виды
толкования — грамматическое, систематическое, логическое и
функциональное. Также рассматриваются особенности судебного,
ведомственного и официального толкования. Статья обосновывает
актуальность толкования в процессе правоприменения и предлагает
научный подход к решению проблемных вопросов в данной области.
Annotation
This article explores the theoretical and practical aspects of interpreting
legal norms. Special emphasis is placed on the importance of interpretation for
the correct understanding and practical application of legal provisions. The
article provides a detailed analysis of the types of interpretation — grammatical,
systematic, logical, and functional. It also examines the specific features of
judicial, departmental, and official interpretations. The paper highlights the
relevance of interpretation in the law enforcement process and offers a scholarly
approach to addressing key issues in this field.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
136
Kalit so‘zlar:
huquq normalari, sharhlash, huquqni qo‘llash, grammatik
sharh, sistematik sharh, mantiqiy sharh, funksional sharh, sud sharhi, idoraviy
sharh, rasmiy sharh, huquqiy tafsir, normativ hujjatlar
Keywords:
legal norms, interpretation, law enforcement, grammatical
interpretation, systematic interpretation, logical interpretation, functional
interpretation, judicial interpretation, departmental interpretation, official
interpretation, legal reasoning, normative acts
Ключевые слова:
нормы права, толкование, правоприменение,
грамматическое толкование, систематическое толкование, логическое
толкование,
функциональное
толкование,
судебное
толкование,
ведомственное
толкование,
официальное
толкование,
правовая
интерпретация, нормативные акты
Huquq normalari jamiyatda ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga
xizmat qiluvchi muhim vosita hisoblanadi. Ularning to‘g‘ri va aniq qo‘llanilishi
esa bevosita ularning mazmunini chuqur tushunishga bog‘liqdir. Biroq har doim
ham huquq normalarining matni o‘z-o‘zidan ravshan va tushunarli bo‘lmaydi.
Shu sababli huquq normalarini sharhlash zarurati yuzaga keladi. Sharhlash
orqali norma mohiyatiga aniqlik kiritiladi, uni amalda qanday qo‘llash kerakligi
tushuntiriladi. Mazkur maqolada huquq normalarini sharhlashning zarurati,
uning turlari hamda amaliy ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, sharhlash
jarayonida uchraydigan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari haqida ham
fikr yuritiladi.
Huquqni sharhlash maxsus yuridik kategoriya sifatida o’zining alohida
mazmun va mohiyatiga ega. Amaliyotda huquq normalarining to’g’ri tatbiq
etilishi uchun ularni sharhlash zarur bo’ladi. Shu asosda huquq normalarining
matndagi ifodasi bilan qo’llanilayotgan ijtimoiy munosabat mazmun-
mohiyatining bir-biriga mos kelishi aniqlanadi.
Huquqni sharhlash jarayonidagi muhim jihat bu muayyan normaning matni
hisoblanadi. Chunki aynan unda nafaqat qonun chiqaruvchining, balki
davlatning ob’ektiv ravishda normativ-huquqiy hujjatlarda mustahkamlangan
irodasi ifodalanadi.
Normativ-huquqiy hujjatlarda aks etgan huquq normalarining ruhi bilan
uni ifoda etish usuli va shakli o’rtasida to’la uyg’unlikka doimo ham erishib
bo’lmaydi. Bunday holatlarda yuzaga kelgan tafovutlarni hal etish asosan
sharhlash usuli orqali amalga oshiriladi. Tushuntirish natijasida kelib chiqadigan
yuridik oqibatlarga ko’ra sharhlashni rasmiy va norasmiy turlarga ajratish
mumkin.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
137
Rasmiy sharhlash
vakolatli sub’ektlar, ya’ni davlat organlari va mansabdor
shaxslar tomonidan amalga oshiriladi, u maxsus hujjatlar bilan
mustahkamlanadi va huquq sub’ektlari uchun majburiy xarakterga ega bo’ladi.
Sharhlashning bunday turi yuridik ahmiyatga ega bo’ladi va tegishli huquqiy
oqibatlar keltirib chiqaradi. Mazkur sharhlash, o’z navbatida, huquqni amalga
oshiruvchilarni huquq normalarini bir xil ma’noda tushunish va aynan
qo’llashga yo’naltiradi.
O’zbekiston Respublikasining
“Normativ-huquqiy hujjatlar to’g’risida”gi
Qonuni
43-moddasiga ko’ra
normativ-huquqiy hujjatlarni rasmiy sharhlash
normativ-huquqiy hujjatda noaniqliklar topilgan, u amaliyotda noto’g’ri yoki
ziddiyatli tarzda qo’llanilgan taqdirda amalga oshiriladi. O’zbekiston
Respublikasining Konstitustiyasi va qonunlari normalariga rasmiy sharhni
O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyaviy sudi beradi. Qonun osti hujjatlari
normalariga rasmiy sharhni ularni qabul qilgan organlar beradi. Normativ-
huquqiy hujjatlarni rasmiy sharhlash jarayonida ularga normalarni
aniqlashtirishga qaratilgan tuzatishlar, o’zgartirishlar, qo’shimchalar kiritilishiga
yo’l qo’yilmaydi.
Huquq normasini sharhlash usullari
– bu huquq normasining mazmuni
va mohiyati hamda unda aks etgan huquq ijodkorining irodasini anglash
imkonini beradigan usul va vositalar majmuidir.
Grammatik usul
– bu normativ-huquqiy hujjatlarning mazmuni va
matnini til qoidalariga asosan tahlil qilib berishdir. Sharhlashning bunday usuli
orqali qo’llaniladiganalohida iboralarning ahamiyati hamda tushunchalar
mazmuni aniqlanadi. Bunda, eng avvalo, qonunshunos ushbu tushunchalarga
qanday mazmun baxsh etganligini aniqlash muhimdir.
Tizimli sharhlash
usulida muayyan ijtimoiy munosabatni tartibga soluvchi
huquq normasi aniq bir hujjat doirasi bilan cheklanilmaydi. Bunda tegishli
munosabatni tartibga soluvchi barcha normativ-huquqiy hujjatlar doirasi
mazmunan sharhlanadi.
Normativ-huquqiy hujjat, eng avvalo, mantiqiy muntazamlikka asoslangan
holda bir-biriga bog’liq va har biri oldingi normaning mazmunidan kelib
chiqadigan normalar tizimidan iborat bo’lishi lozim. Boshqacha qilib aytganda,
har bir norma qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat – yaxlit bir tizimning
mustaqil, biroq o’zigacha va o’zidan keyingi normalarga mazmunan bog’liq
birligi sifatida joylashishi zarur.
Tizimli sharhlash usulida huquq normasining ma’no va mazmuni uning
normativ-huquqiy hujjatdagi, huquq normasi, huquq instituti, huquq sohasi va
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
138
butun huquq tizimidagi o’rni va roli, o’zaro nisbati orqali aniqlanadi. Tizimli
sharhlash yordamida normalar va hujjatlar o’rtasida mavjud bo’lgan tafovut,
ziddiyat, nomuvofiqlik va qarama-qarshiliklar, bo’shliqlar aniqlanadi. Bunday
sharhlash natijasida rasman bekor qilinmagan, biroq amalda boshqalari bilan
almashtirilganligi sababli ahamiyatsiz, foydalanilmay qolgan huquq normalari
ham aniqlanadi.
Tizimli sharhlash jarayonida ayrim qonunlarda uchraydigan “qonunchilikka
asosan”, “qonun hujjatlarida belgilangan tartibda”, “qonun hujjatlariga muvofiq”
degan jumlalarning mazmun-mohiyati ham ochib berilishi lozim. Chunki
bularning mavjudligi muayyan ijtimoiy munosabatlarning huquqiy tartibga
solinishi oxirigacha tugallanmaganligidan va ushbu havolaki normalarning
huquqiy ahamiyatga ega emasligidan dalolat beradi. Bu esa huquq normasini
ijtimoiy munosabatga to’g’ri tatbiq etish va sharhlashda qiyinchiliklar keltirib
chiqaradi. Shu bois qonun hujjatlarida huquqiy munosabatlar yuzasidan xulq-
atvorning qanday bo’lishi to’g’risidagi qoidalar aniq, qat’iy va to’liq berilishi
maqsadga muvofiq.
Mantiqiy usul
– bu normativ-huquqiy hujjatlarni mantiq fanining qoidalari
asosida sharhlashdir. Mantiqiy sharhlash qonun va normadagi so’zlarning tom
ma’nosini aniqlashga emas, balki qonunshunos ifodalab bermoqchi bo’lgan va
aniq so’z shaklida ko’rsatib qo’yilmagan qoidaning mohiyatini aniqlashga xizmat
qiladi. Mantiqiy sharhlash orqali qonunning ikki xil talqin qilinishi kelib chiqishi
mumkin. Ularning birinchisi qonunning asl mohiyati bo’lsa, ikkinchisi esa
mantiqiy sharhlash orqali aniqlangan mohiyat. Mantiqiy sharhlash usulini faqat
bitta qonunni sharhlash uchungina emas, balki qonunlar tizimini sharhlash va u
orqali ma’lum bir xulosaga kelish uchun ham qo’llash mumkin.
Tarixiy-siyosiy usul
– huquq normasini qabul qilish jarayonidagi muayyan
tarixiy va siyosiy shart-sharoitlarni tahlil qilish yordamida sharhlash. Bu
normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish maqsadini, uning vujudga kelishiga
sabab bo’lgan ijtimoiy-siyosiy vaziyat, joyi, vaqti va normativ-huquqiy hujjatni
qo’llash amaliyotini aniqlab olishni taqozo etadi.
Tarixiy-siyosiy sharhlash davlat manfaatlari va ularni himoya qilish bilan
uzviy bog’liq. Qonunchilikning siyosiy maqsadini tushunish, uning tarixini bilish
ishning sifatli va bir maqsadga qaratilgan bo’lishiga yordam beradi.
Funksional usul
– huquq normasi tatbiq etiladigan shart-sharoit va
omillarga asoslanib qilinadigan sharhlash. Muayyan holatlarda huquq normasi
mazmunini aniqlash uchun faqat uning rasmiy tahlili va uni amalga oshirishning
umumiy shartlarini e’tiborga olishning o’zi etarli emas. Bunda sharhlashni
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
139
amalga oshiruvchi sub’ekt norma amalga oshiriladigan shart-sharoitlar va
omillarni ham hisobga olishi lozim. Eng avvalo, bu baho beruvchi deb
nomlanadigan atamalar (“uzrli sabablar”, “jiddiy zarar”, “katta ziyon”, “oxirgi
zarurat”)ga taalluqli. Joyi, vaqti va boshqa omillarni hisobga olib, bir xil holatlar
uzrli yoki uzrsiz deb, jiddiy yoki engil deb e’tirof etilishi mumkin va hokazo. Ba’zi
holatlarda huquq ijodkori muayyan sharoitlarni hisobga olish vazifasini
yuklaydi, ya’ni funkstional sharhlashga murojaat etishga majbur qiladi.
Jumladan, ma’naviy zarar hajmini belgilashda adolat va oqillik talablari,
shuningdek ma’naviy zarar keltirgan daliliy holatlar e’tiborga olinishi lozim.
Maxsus-yuridik usul
– maxsus yuridik bilimlar asosida qonunchilikda
qo’llanilgan yuridik terminlarning mazmunini tushuntirib berish.
HUQUQ NORMALARINI HAJMIGA KO’RA SHARHLASH
Huquqni amalga oshirish jarayonida shunday holatlar uchraydiki, bunda
huquq normasini sharhlovchi sub’ekt bir qarashda qonun matnidan kelib
chiqadigan normaning haqiqiy mazmunini mumkin bo’lganidan yo torroq, yoki
aksincha kengroq tushunish lozim bo’ladigan vaziyat bilan to’qnashadi. Shu bois
huquq normalarini aynan, kengaytirilgan va cheklangan
sharhlash zarurati
tug’iladi.
Huquq normalarini aynan sharhlash
sharhlanayotgan huquq normasi
ma’nosini tushunish huquq manbai matniga to’liq mos kelishida o’z ifodasini
topadi. Bunday sharhlashning natijasi huquqiy ko’rsatmaning so’zlardagi
ifodasiga to’liq mos keladi. Ya’ni qonun shakli bilan uning mazmuni bir-biriga
to’g’ri kelganligi yaqqol namoyon bo’ladi.
Kengaytirilgan sharhlash
huquq normasi ma’nosi uning matndagi
ifodasidan kengroq bo’lgan holatlarda amalga oshiriladi. Kengaytirilgan
sharhlashni talab qiluvchi holatlar ro’yxatida ko’pincha “va hokazo”, “va
boshqalar” degan so’zlar uchraydi.
Cheklangan sharhlashda
huquq normasining so’zda ifodalangan va
rasmiylashtirilgan ma’nosi uning mantiqiy ma’nosi va mazmunidan keng bo’lgan
hollarda qo’llaniladi. Ayrim hollarda huquq normasining mazmuni uning
matndagi ifodasidan torroq bo’lishi mumkin.
Sharhlash (izohlash) – bu huquq normalarining mazmuni, maqsadi va
qo‘llanilish tartibini aniqlashtirishga qaratilgan faoliyat.
Sharhlashning asosiy maqsadi – huquq normalarining to‘g‘ri tushunilishi va
amalda bir xil qo‘llanilishini ta’minlash.
Sharhlash orqali turlicha talqinlarning oldi olinadi va qonunning ruhiga
mos qo‘llanilishi kafolatlanadi.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
140
Huquqiy norma buyrug‘i qanchalik aniq bo‘lmasin, uni amalda tatbiq etish
uchun ko‘pincha izoh (sharh) zarur bo‘ladi.
Sharhlash turlari:
Avtentiq sharhlash – qonunni qabul qilgan organ tomonidan beriladi.
Rasmiy sharhlash – vakolatli davlat organlari (masalan, Konstitutsiyaviy
sud, Oliy sud) tomonidan beriladi.
Norasmiy sharhlash – olimlar, yuristlar, amaliyotchilar tomonidan beriladi.
U ilmiy yoki amaliy bo‘lishi mumkin.
Xudoyorov Q.H. – Huquq normalarining izohlanishi: nazariy va amaliy
masalalar
Sharhlash jarayoni mantiqiy tahlil, tilshunoslik, tarixiy kontekst va
qonunning maqsadini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Sharhlash usullari
:
Grammatik (tilshunoslik) usul – so‘z va iboralarning til jihatidan tahlili.
Tizimli usul – norma boshqa normalar bilan bog‘liq holda ko‘riladi.
Tarixiy usul – norma qabul qilingan paytdagi ijtimoiy-siyosiy holat hisobga
olinadi.
Ma’naviy (teleologik) usul – norma maqsadi va g‘oyasi aniqlanadi.
Har qanday norma to‘g‘ridan-to‘g‘ri hayotga tadbiq etilishi uchun uning
mazmuni ochilishi kerak.
Sharhlash natijasida:
Normaning aniq chegaralari belgilanadi,
Uning boshqa normalar bilan aloqasi tushuntiriladi,
Xulosa
Mazkur tadqiqotda huquq normalarini sharhlashning nazariy va amaliy
jihatlari tahlil qilindi. Tadqiqot davomida huquqiy sharhlarning turli metodlari,
jumladan, grammatik, sistematik, funksional va mantiqiy sharhlarning ahamiyati
va qo‘llanilish sohalari yoritildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, huquqiy normalarni
to‘g‘ri va aniq sharhlash huquq tizimining samarali ishlashini ta’minlashda
muhim rol o‘ynaydi.
Biroq, huquqiy sharh jarayonida yuzaga keladigan qarama-qarshiliklar va
noaniqliklar huquqiy tizimda muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Shu
sababli, huquqiy sharhlarni takomillashtirish va shu sohada ishlovchi
mutaxassislarning bilim va malakasini oshirish zarur. Sharhlash jarayonini
yanada soddalashtirish va standartlashtirish, shuningdek, zamonaviy huquqiy
tizimda ishlatiladigan metodlarni yangilash bu muammoni hal qilishda muhim
ahamiyatga ega.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
141
Tadqiqot yakunida, huquqiy sharhlarning rivojlanishi va ularning
amaliyotga to‘liq integratsiyasi huquq normalarining to‘g‘ri va adolatli
qo‘llanilishiga xizmat qiladi. Kelgusi tadqiqotlar, ayniqsa, yangi yondashuvlar va
usullarni ishlab chiqishga qaratilgan bo‘lishi lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Abdullayev M.H. – Huquq nazariyasi
2.
Jo‘raev M.M. – Davlat va huquq nazariyasi
3.
Xudoyorov Q.H. – Huquq normalarining
4.
Saidov A.X. – Huquqshunoslik asoslari
5.
Sadullayev.SH.A _Davlat huquq nazar