ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
114
BO‘LAJAK TARBIYACHI-PEDAGOGLARDA TA’LIM-TARBIYA
JARAYONIDA FASILITATSION YONDASHUVNI
RIVOJLANTIRISHNING DOLZARBLIGI.
Ochilova Nigora Mallayevna
Axborot texnologiyalari va menejment universiteti p.f.n. dotsenti
.
Eshmatova Go‘zaloy Ziyoyidin qizi
Axborot texnologiyalari va menejment universiteti o‘qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15259076
Annotatsiya.
Maktabgacha ta’lim tizimi yangi ilmiy izlanishlar olib borish
va shu asosida yangi istiqbolli loyihalarni tizimga tadbiq etilishini nazarda
tutuvchi ta’limning muhim bo‘g‘inlaridan biriga aylanmoqda. Pedagog fasilitator
sifatida bolalarga ta’lim va tarbiya berishda o‘z bilimi, ko‘nikma va resurslaridan
foydalanadi. Pedagog ta’lim va tarbiya jarayonini rejalashtiradi, bolaning har
tomonlama rivojlanishiga va uning salohiyatini ochishga hissa qo‘shadigan
rivojlantiruvchi muhitni yarata olishi kerak.
Kalit so’zlar
: fasilitatsiya, ta’lim, tarbiya, pedagog, xulq-atvor, yo‘nalish,
rivojlantirish.
Keyingi yillarda tizimda tobora samarali va interaktiv loyihalar ko’lami
kengayib, ularning erta yoshdagi bolalar rivojlanishidagi ahamiyati o’sib
bormoqda. Jahon miqyosida bolalarni erta yosh bosqichlarida ta’lim jarayoniga
tayyorlash, ularni maktab ta’limiga muvaffaqiyatli moslashuvini (soft skills),
texnik taraqqiyot, raqamli informatsiyalar tarmog’i kengayayotgan kelajak
uchun kreativ texnikalarni o’zlashtirib borish imkoniyatlarini yaratadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda atrof-olamni anglay olish, ularni o’rab turgan
olam haqida keng tasavvurlarni hosil qila olish asosida o’zining iqtidorini
mustaqil rivojlantira bilish ko’nikmalarini shakllantirish yana bir bir muhim
vazifa bo’lib sanalmoqda. “O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha
yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari”da bolalarda bilish
jarayonlarini shakllanishida refleksiv faoliyat – bolada o‘z tushunchalari va xatti-
harakatlarini anglash va mustaqil tahlil qilishi asosida xulosalar shakllanishi
jarayoni sifatida belgilab berilgan. Bolalarda mustaqil fikrlay olish asosida o’z
hatti-harakatlarini baholay olish, tadqiqiy faoliyatlar jarayonida dunyoqarashini
kengaytirib borish, ularda komil inson sifatlarini shakllantirib boradi. Erta yosh
bosqichlaridan boshlab alohida yondashuvlar asosida ta’limni sifatli tashkil
qilish orqali ta’lim tizimining keyingi bo’g’inlariga bolani tayyorlab borish
hamda unda bilishga, o’rganishga nisbatan qiziquvchanlikni rivojlantirib borish
mumkin. Bolalarni rivojlanayotgan zamon talablari asosida voyaga yetkazish,
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
115
ularni globallashayotgan yangi raqamli dunyo atmosferasiga moslashtirib
borishni taqozo etadi.
Yurtboshimiz Sh.Mirziyoyev rahnamoligida ta’lim tizimining barcha
bo’g’inlarida, jumladan, maktabgacha ta’lim tizimida ham qator islohotlar
amalga oshirilmoqda. Bunga misol sifatida Toshkent shahrida 2022 yil 15
noyabrda “Kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish”
masalalari bo‘yicha jahon konferensiyasida qatnashib, quyidagi fikrlarni bildirib
o’tgan edi: «Bu borada, avvalambor, yoshlar va bolalarga e’tibor va amaliy
g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularni jismoniy va ma’naviy barkamol etib tarbiyalashga
alohida ahamiyat qaratmoqdamiz. Bolalarni kichik yoshdan boshlab
rivojlantirish orqali kelajakda ularning o‘zligini to‘la namoyon etishiga
mustahkam zamin yaratayapmiz. Zero, bu ezgu maqsadimiz yo‘lida sarflangan
investitsiyalar ertaga bir necha barobar ortig‘i bilan qaytishiga shubha yo‘q», –
dedi Shavkat Mirziyoyev.
Darhaqiqat, maktabgacha ta’lim tizimida keyingi besh yillik davrda juda
ko’p yangi islohotlar amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 16
dekabrdagi O’RQ-595-son “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to’g’risida”gi Qonuni,
2020-yil 23-sentyabrdagi O‘RQ-637-son “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, Vazirlar
Mahkamasining 2020 yil 22 dekabrdagi 802-sonli “Maktabgacha ta’lim va
tarbiyaning davlat standarti”, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil
28-yanvardagi
PF-60-son
“2022-2026
yillarga
mo‘ljallangan
Yangi
O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” hamda O‘zbekiston
Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining Muvofiqlashtiruvchi kengashining
2022 yil, 4 fevraldagi 1-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan va nashr etishga
tavsiya etilgan takomillashtirilgan “Ilk qadam” davlat o’quv dasturi va bir qator
maktabgacha ta’lim tizimi bilan bog’liq me’yoriy-huquqiy hujjatlarda bolaning
har tomonlama rivojlanishi, ta’lim va tarbiya olishi uchun zarur shart-
sharoitlarni ta’minlashi shartligi belgilab qo‘yilgan.
Pedagog fasilitator sifatida bolalarga ta’lim va tarbiya berishda o‘z bilimi,
ko‘nikma va resurslaridan foydalanadi. Pedagog ta’lim va tarbiya jarayonini
rejalashtiradi, bolaning har tomonlama rivojlanishiga va uning salohiyatini
ochishga hissa qo‘shadigan rivojlantiruvchi muhitni yaratadi. Buning uchun
pedagog bolaning rivojlanish xususiyatlarini biladi, uning his-tuyg‘ularini
tushunadi, har bir bolaning ehtiyojlari va qiziqishlarini aniqlaydi va hisobga
oladi.
Pedagog guruhda shunday inklyuziv muhit yaratadiki, unda har bir bola
o‘zini ardoqli, qobiliyatli va ta'lim jarayoniga jalb qilingandek his qilishi kerak.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
116
Pedagog bolaning mustaqil harakat qilish, natijalarga erishish va yutuqlarni
amalga oshirish hamda ulardan zavqlanish qobiliyatini rivojlantirishga hissa
qo‘shadi. Pedagog, shuningdek, bolalarda zarurat bo‘lganida, har bir bola
tarbiyachidan yordam va dalda olishi mumkinligiga ishonch hissining paydo
bo‘lishiga yordam beradi. Pedagog doimiy ravishda kasbiy kompetentligini
takomillashtirish uchun o‘z kasbiy faoliyatini hujjatlashtiradi, tahlil qiladi va
baholaydi. Pedagog bolaning, ota-onalarning va mahalliy jamoatchilik
vakillarining fikri va tajribasini hurmat qiladi va o‘z ishini teng sheriklik asosida
quradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi
qonuni/16.12.2019.
2. "ILK QADAM" davlat o‘quv dasturi /takomillashtirilgan ikkinchi nashr. 2022
yil
3.Qodirova F. va boshqalar. Maktabgacha pedagogika. Darslik. -T.: “Tafakkur”,
2019,685 b.
3.O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun "ILK QADAM"
davlat o‘quv dasturi /takomillashtirilgan ikkinchi nashr. 2022 yil
4.N.X.Avliyoqulov, N.N.Musayeva, Pedagogik texnologiya, Toshkent – 2012, 27
bet
5.N.M.O‘rinova, M.O.Uralova, Ta’lim-tarbiya jarayoniga innovatsion yondashuv,
Farg‘ona – 2011.