Авторы

  • Sayyora Iskandarova
    Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti talabasi
  • Setora Tolliboyeva
    Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.80359

Ключевые слова:

rоzmarin (Rosmarinum officinalis L.) ildiz efir moyi dubil moddalar kislotalar gulida flavonoid glyukozalar.

Аннотация

О‘zbekiston farmatsevtika sanoatini dorivor о‘simliklar xom ashyosiga  bо‘lgan talabi kun sayin ortib bormoqda. Bunday obyektlarga- Dorivor rоzmarin, Dorivor rоzmarin, dorivor tirnokgul, dorivor moychechak, namatak, valeriana,dо‘lana, zirk va boshqalar kiradi. Bular orasida Dorivor rоzmarinfarmatsevtika, parfyumeriya, oziq-ovqat va meditsina sanotida о‘zining keng qamrovda ishlatilishi bilan alohida  ajralib turadi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

71

SAMARQAND VILOYATI SHAROITIDA ROZMARIN (ROSMARINUM

OFFICINALIS L.)NI KOʻPAYTIRISH TEXNOLOGIYASINI ISHLAB

CHIQARISH VA XOM ASHYOSINI TAYYORLASH

Iskandarova Sayyora

Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti talabasi

Tolliboyeva Setora

Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15255074

Annotatsiya:

О‘zbekiston farmatsevtika sanoatini dorivor о‘simliklar xom

ashyosiga bо‘lgan talabi kun sayin ortib bormoqda. Bunday obyektlarga-
Dorivor rоzmarin, Dorivor rоzmarin, dorivor tirnokgul, dorivor moychechak,
namatak, valeriana,dо‘lana, zirk va boshqalar kiradi. Bular orasida Dorivor
rоzmarinfarmatsevtika, parfyumeriya, oziq-ovqat va meditsina sanotida о‘zining
keng qamrovda ishlatilishi bilan alohida ajralib turadi.

Kalit so‘zlar.

rоzmarin

(Rosmarinum officinalis L.),

ildiz, efir moyi, dubil

moddalar, kislotalar, gulida flavonoid, glyukozalar.

Ilmiy tabobatda ishlatiladigan dorivor о‘simliklarning aksariyati asrlar

davomida xalq ishlatib kelgan о‘simliklardan olingan. Xalq meditsinasida
qо‘llanib kelinadigan dorivor о‘simliklarni ilmiy tabobatda ishlatib bо‘lmaydi.
О‘zbekistonda dorivor о‘simliklardan kо‘proq anor, achchiqmiya, bodom,
dorivor gulxayri, yong‘oq, jag‘-jag‘, zubturum, isiriq, itsigek, omonqora, pista
daraxti, sachratqi, choyо‘t, shildirbosh, shirinmiya, shuvoq, yantoq, qizilcha,
qoqiо‘t va boshqalar tarqalgan. Achchiqmiyadan — paxikarnin, isiriqdan garmin,
itsigekdan anabazin, omonqoradan galantamin, shildirboshdan sferofizin
alkoloidlari olinadi. Anor pо‘stidan gijja haydovchi pelterin tanat va ekstrakt
tayyorlanadi. Dorivor gulxayri preparatlari balg‘am kо‘chiruvchi va
yumshatuvchi, jag‘-jag‘ va lagoxilus dorilari qon ketishni tо‘xtatuvchi, pista
bujg‘uni va choyо‘tdan tayyorlangan dorilar meda-ichak kasalliklarini
davolovchi sifatida ishlatiladi.

Dorivor о‘simliklarni 2 xil tavsiflash qabul qilingan:

1. Ta’sir qiluvchi moddalarning tarkibiga qarab — alkoloidli, glikozidli,

efir moyli, vitaminli va boshqalar;

2. Farmokologik kо‘rsatkichlariga qarab — tinchlantiruvchi, og‘riq

qoldiruvchi, uxlatuvchi, shuningdek, yurak-tomir tizimiga ta’sir qiluvchi,
markaziy nerv tizimini qо‘zg‘atuvchi, qon bosimini pasaytiruvchi va boshqa
dorivor о‘simliklar.

Dorivor rоzmarin –

Rosmarinun officinalis L.

о‘simligi – Labguldoshlar

(Lamiaceae)

oilasiga mansub. О‘tkir hidli, kо‘p yillik, bо‘yi 80sm.dan toki 2m.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

72

gacha о‘sadigan, doimiy yashil chala buta о‘simlik. Ildizi о‘q ildiz, poyasining
asosiy qismi yog‘ochlangan, shoxlangan 4 qirrali. Barglari qmarama-qarshi
joylashgan, bandsiz yoki kalta bandli lansentsimon yoki chiziqsimon, chetlari bir
oz pastga qayrilgan. Aprel-may oylari gullaydi. Uning gullari siyoh rang, pushti
rang, barglari oralarida 3–7 tadan xalqa hosil qilib tо‘plangan. Xalqadagi gullar
boshoqsimon, uzunligi 20–22 santimetrga yetadigan soyabonlarni tashkil qiladi.
Urug‘lari avgust oylaridan yetiladi. Ular uch kirrali-tuxumsimon yong‘oqchadan
iborat. Uzunligi 2,5–3 mm bо‘lib, yong‘oqchalarining usti notekis uch kirrali,
rangi tuq jigarrangda yoki qо‘ng‘ir qora rangda bо‘lib, 1000 dona urug‘ og‘irligi
0.9-1.2gr.ni tashkil etadi (1-rasm).

Dorivor rоzmarin о‘simligini tabiiy tarqalgan xududlari Yevropada (Italiya,

Fransiya va Ispaniya, shukingdek, Shimoliy Afrika xududlarida, Amerika, Osiyo.
Qirim, Kavkaz, Moldava, hamda О‘rta Osiyo mamlakatlarida manzarali va
dorivor о‘simlik sifatida yetishtiriladi.

1-rasm. Dorivor rоzmarin, о‘simlikning umumiy kо‘rinishi

Bargida 0,90–1,98 foiz efir moyi, dubil moddalar, kislotalar va gulida

flavonoid – diosimin C

34

N

44

O

6

, razmarini va glyukozalar mavjud. Efir moyi

tarkibida a va b pinyanlar, 1–pinokamfon, 1–pinokamfeola va uning uksus
efirlari, aldegin, kamfen, seniol, uksus kislotasi, spirt aralashmalari va
seskviterpenlar tutadi. Dorivor rоzmarin ning efir moyi farmatsevtika sanoatida
asosan surtmalar sifatida ishlatiladi, bundan tashqari boshqa dorilarning hidini
yaxshilashda qо‘llaniladi. Efir moyi antiseptik xususiyatga ega bо‘lganligi uchun
kuygan joylarni tuzatuvchi va qolgan dog‘larni yо‘qotishda surtma vositasi
sifatida foydalaniladi. Tibbiyotda kо‘krak organlari, nafas siqilishi, bronxit va
bronxial astma kasalliklarini tuzatishda ishlatiladi. Razmarin moyi oziq-ovqat
sanoatida ham keng foydalanib kelinmoqda.

Samarqand viloyati Samarqand tumanining tajriba yer maydoni

sharoiti.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

73

Iqlimi keskin kontinental. Tuprog‘i madaniy sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproq

hisoblanadi. Iqlim va tuproq sharoitlarini o‘rganishda Samarqand
gidrometeostansiya ma’lumotlaridan foydalaniladi.

Iqlimi. Samarqand viloyati Samarqand tumanining tajriba yer maydoni

joylashgan hudud iqlimi sharoiti bo‘yicha B.A. Alisova va boshqalar [1952]
shimoliy yarim sharning subtropik o‘lkasi va keskin kontinental iqlim
sharoitlariga kiritgan. Ushbu mintaqada havo haroratining oylar bo‘yicha
o‘rtacha ko‘rsatkichi 15,3

0

C, shundan eng yuqori yozgi harorati +44,2

0

C va eng

past harorat esa -33,5

0

C dan iborat bo‘ladi.

Samarqand tuproqlari bo‘z tuproqdir. Samarqand viloyati Samarqand

tumanining tajriba yer maydoni tuproq sharoiti bo‘z tuproq. Ushbu hududning
tuprog‘i asosan tipik bo‘z tuproqdan, Ohalik soy atroflarida ba’zan qumoq va
toshli tuproqlarni ham uchratish mumkin. Sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar
o‘zining biologik faolligi ya’ni o‘simliklari, mikroflorasi va tuproq faunasi bilan
sug‘orilmaydigan bo‘z tuproqlardan keskin farq qiladi.

Dorivor rоzmarin о‘simligi urug‘lari uch kirrali-tuxumsimon yong‘oqchadan

iborat. Uzunligi 2,5–3 mm bо‘lib, yong‘oqchalarining usti notekis uch kirrali,
rangi tuq jigarrangda yoki qо‘ng‘ir qora rangda bо‘lib, 1000 dona urug‘ og‘irligi
0.9-1.2gr.ni tashkil etadi.

Urug‘larni labaratoriya sharoitlarida unuvchanligini о‘rganish maqsadida,

tajribalar Petri likobchasiga filtr qog‘oz tо‘shalib, 100 tadan urug‘ ekilib, 4
qaytarilish asosida olib borildi va sinab kо‘rildi. Sinov uchun Petri likobchasiga
ekilgan urug‘larda unuvchanlik 6-10 kundan sо‘ng kо‘zatila boshlaydi va 35-40
kun davom etdi. Tajribalarning

kо‘rsatilishicha,

razmarin

о‘simligining

urug‘ining unuvchanligi qoniqarli bо‘lib, laboratoriya sharoitda [18-20

o

C ]

о‘rtacha 60-65% ni tashkil etadi. Shunday qilib, laboratoriya sharoitida о‘simlik
urug‘larining unuvchanligi yuqori bulib, bu kо‘rsatkichlar barcha variantlarda
60-65% gacha qayd etildi.

Dala sharoitlarida о‘simlik urug‘larining optimal ekish muddatini aniqlash

maqsadida, tajribalar laboratoriya sharoitida urug‘ unuvchanligini e’tiborga
olgan holda ekish mavsumlari [bahor va kuz] oylarida olib borildi.

Aniq ma’lumotlarga ega bо‘lish uchun urug‘lar yilning mart -aprel va

noyabr-dekabr oylari e kib sinab kо‘rildi.

Tajribalarning kо‘rsatishicha, barcha ekilgan variantlarda ham ekilgan

urug‘lar unuvchanligi 60-65% atrofida kuzatildi. Ammo, kuzdaoktabr oyining
oxiri va noyabr oyining dastlabki kunlarida ekilgan urug‘larda unuvchanlik


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

74

nisbatan yuqori bо‘lib, bu kо‘rsatkichlar laboratoriya sharoitlarida kuzutilgan
unuchanlik miqdori nisbatan biroz baland darajada [65-70%] qayd etildi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Shernazarov, S., Davronova, S., Tashpulatov, Y., Rakhmonov, V., Muminov,

S., & Nurniyozov, A. (2024). The importance of Azolla aquatic plants in creating a
natural sustainable nutrient environment in the fisheries industry. In E3S Web
of Conferences (Vol. 539, p. 02009). EDP Sciences.
2.

Dustov, B., Aitbayeva, K., Rakhmonov, V., Tashpulatov, Y., & Shernazarov, S.

(2024). Floristic and ecological characteristics of algoflora of different types of
reservoirs of the West Zarafshan Ridge (Uzbekistan). In E3S Web of Conferences
(Vol. 510, p. 03003). EDP Sciences.
3.

Mahammadiyev, J. N., Raxmonov, V. N., Amonov, B. S., Abduqahhorov, J. M.,

& Maxammadiyev, M. N. (2021). MICROCAPSULATION COATING MATERIALS
AND ITS APPLICATION IN FOOD TECHNOLOGY. In Archive of Conferences (pp.
58-60).
4.

Рахмонов, В. Н. (2023). МАИШИЙ ВА САНОАТ ОҚОВА СУВЛАРИНИ

БИОЛОГИК ТОЗАЛАШДА КАРОЛИНА АЗОЛЛАСИ (AZOLLA CAROLINIANA
WILLD.) ВА КИЧИК РЯСКА (LEMNA MINOR L.) ЎСИМЛИКЛАРИДАН
ФОЙДАЛАНИШ. Academic research in educational sciences, 4(SamTSAU
Conference 1), 897-900.
5.

Raxmonov, V., & Xamroyev, A. (2023). O ‘TXO ‘R BALIQLAR UCHUN

RYASKA (LIMNA) O ‘SIMLIGIDAN EKOLOGIK TOZA, ARZON VA TO ‘YIMLI
OZUQA TAYYORLASH. Science and innovation in the education system, 2(12),
167-171.
6.

Mahammadiyev, J. N. O. G. L., & O’G’Li, M. N. J. (2022). KAPSULLASH

USULLARI VA ULARNING OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARINI SAQLASHDAGI
AHAMIYATI. Academic research in educational sciences, (Conference), 460-464.
7.

Mahammadiyev, J., Abdivoitova, S., Erkinova, Z., & Toshqulov, T. (2025).

ARTISHOK (CYNARA L.) TURLARINING BIOLOGIK FAOLLIGI VA KLINIK
TADQIQOTLAR. Естественные науки в современном мире: теоретические и
практические исследования, 4(4), 74-77.
8.

Raxmonov, V. N. (2022). AZOLLA (Azolla) VA RYASKA (Lemna)

O’SIMLIGIDAN BALIQCHILIKNI RIVOJLANTIRISHDA FOYDALANISH. Academic
research in educational sciences, (Conference), 638-640.
9.

Nurmanova, I., & Mahammadiyev, J. (2023). APPLICATION OF

MICROENCAPSULATION TECHNOLOGY IN THE FIELD OF TEXTILES.
International Bulletin of Applied Science and Technology, 3(6), 712-715.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

75

10.

Мухаммадиев, Ж. Н., Абдусаломов, Ж. Т., Насимов, Х. М., Курбонова, Д.

А., & Холмурзаев, Ф. Ф. (2021). Важность Микрокапсул Для Скрытия Вкусов
И Запахов Веществ. Central Asian Journal of Medical and Natural Science, 2(6),
336-338.

Библиографические ссылки

Shernazarov, S., Davronova, S., Tashpulatov, Y., Rakhmonov, V., Muminov, S., & Nurniyozov, A. (2024). The importance of Azolla aquatic plants in creating a natural sustainable nutrient environment in the fisheries industry. In E3S Web of Conferences (Vol. 539, p. 02009). EDP Sciences.

Dustov, B., Aitbayeva, K., Rakhmonov, V., Tashpulatov, Y., & Shernazarov, S. (2024). Floristic and ecological characteristics of algoflora of different types of reservoirs of the West Zarafshan Ridge (Uzbekistan). In E3S Web of Conferences (Vol. 510, p. 03003). EDP Sciences.

Mahammadiyev, J. N., Raxmonov, V. N., Amonov, B. S., Abduqahhorov, J. M., & Maxammadiyev, M. N. (2021). MICROCAPSULATION COATING MATERIALS AND ITS APPLICATION IN FOOD TECHNOLOGY. In Archive of Conferences (pp. 58-60).

Рахмонов, В. Н. (2023). МАИШИЙ ВА САНОАТ ОҚОВА СУВЛАРИНИ БИОЛОГИК ТОЗАЛАШДА КАРОЛИНА АЗОЛЛАСИ (AZOLLA CAROLINIANA WILLD.) ВА КИЧИК РЯСКА (LEMNA MINOR L.) ЎСИМЛИКЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШ. Academic research in educational sciences, 4(SamTSAU Conference 1), 897-900.

Raxmonov, V., & Xamroyev, A. (2023). O ‘TXO ‘R BALIQLAR UCHUN RYASKA (LIMNA) O ‘SIMLIGIDAN EKOLOGIK TOZA, ARZON VA TO ‘YIMLI OZUQA TAYYORLASH. Science and innovation in the education system, 2(12), 167-171.

Mahammadiyev, J. N. O. G. L., & O’G’Li, M. N. J. (2022). KAPSULLASH USULLARI VA ULARNING OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARINI SAQLASHDAGI AHAMIYATI. Academic research in educational sciences, (Conference), 460-464.

Mahammadiyev, J., Abdivoitova, S., Erkinova, Z., & Toshqulov, T. (2025). ARTISHOK (CYNARA L.) TURLARINING BIOLOGIK FAOLLIGI VA KLINIK TADQIQOTLAR. Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования, 4(4), 74-77.

Raxmonov, V. N. (2022). AZOLLA (Azolla) VA RYASKA (Lemna) O’SIMLIGIDAN BALIQCHILIKNI RIVOJLANTIRISHDA FOYDALANISH. Academic research in educational sciences, (Conference), 638-640.

Nurmanova, I., & Mahammadiyev, J. (2023). APPLICATION OF MICROENCAPSULATION TECHNOLOGY IN THE FIELD OF TEXTILES. International Bulletin of Applied Science and Technology, 3(6), 712-715.

Мухаммадиев, Ж. Н., Абдусаломов, Ж. Т., Насимов, Х. М., Курбонова, Д. А., & Холмурзаев, Ф. Ф. (2021). Важность Микрокапсул Для Скрытия Вкусов И Запахов Веществ. Central Asian Journal of Medical and Natural Science, 2(6), 336-338.