ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
27
O’ZBEK TILI LEKSIKASINING BOYISH MANBASI BO’LGAN
NEOLOGIZMLAR VA ULARNING TAHLILI
Xudoynazarova Nasibaxon
Qo’qon davlat universiteti filologiya fakulteti
oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi 2-bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15347221
Annotatsiya
: Mazkur maqoladan ko’zlangan maqsad o’zbek tili
leksikasining boyish manbasi bo’lgan neologizmlar va ularning tahlili haqida gap
boradi.Bir qancha tilshunosh olimlarimiz tomonidan leksikologiyani tadbiq etish
borasida bir qancha vazfalar belgilangan bo’lib, keying vazifa o’zbek tilining
sistemaviy lug’atini tuzish etib belgilandi.Maqolada o’rganish obyekti etib o’zbek
tili leksikasidagi o’zlashma so’zlar- neologizmlar olindi. Materiallar ,asosan ,eski
va yangi nashrdagi “O’zbek tilining izohli lug’ati” dan hamda bir qancha
lug’atlardan to’plandi.Ishga nazariy manba sifatida tilshunosligimizda bajarilgan
monografiya va ilmiy maqolalardan foydalanildi.
Kalit so’zlar:
Leksikologiya, leksika, leksema, o’zlashma so’zlar,
neologizmlar, terminlar, lug’at, individual neologizm, ichki manbalar, tashqi
manbalar
Til -millatning koʻzgusi, uning haqiqiy sarchashmasidir. Til bor ekan, millat
barhayotdir. Tilni onaga qiyoslanishi bejiz emas, inson oʻz onasini koʻrmasdan,
uning sof muhabbatini, mehrini tuymasdan yashay olishi mumkin emas. Bu
fikrimizning isboti sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoyev tomonidan Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligi
munosabati bilan soʻzlagan nutqini keltirishimiz mumkin: “Kimda-kim oʻzbek
tilining bor latofatini, jozibasi va taʼsir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his
qilmoqchi boʻlsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni,
oʻlmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va hofizlarimizning sehrli qoʻshiqlariga
quloq tutsin”.Tilning jamiyat bilan hamnafas yuradigan,undagi o’zgarishlarni
o’zida aks ettiradini talab etadigan muhim bo’limi leksika hisoblanadi.Leksika
tildagi o’zgarishlarni o’zidan boshqa doiralarga kengroq aks ettiradi.
Fan hamisha rivojlanishda va taraqqiyotda. Bugungi kunda u misli
ko’rilmagan darajada jadal tus oldi. Agarda hozirgi zaminga nazar soladigan
bo’lsak, bizni o’rab turgan kurrai zamin zamonaviy texnologiyalar qurshovida
ekanligini guvohi bo’lamiz.Texnologiya tobora rivojlangani sari nutqimizda
yangi so‘zlar ham ko‘payib bormoqda. Neologizmlarning yaralishi va tarqalishi
asosan fan-texnikaning rivojlanishi bilan bog‘liq.Ayni damda jamiyat taraqqiyoti,
axborot texnologiyalarining rivojlanishi va davlatlarning siyosiy,iqtisodiy va
madaniy aloqalarning kengayishi natijasida tillararo so’zlarning biridan
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
28
boshqasiga o’tishi jadallashmoqda.Hozirgi kunda nafaqat fan-texnika, balki
ilmiy, rasmiy, publitsistik, so‘zlashuv uslublarida va barcha sohalarda,
shuningdek
iqtisodiy
sohada
ham
bir
qancha
neologizmlarni
uchratmoqdamiz.Bu jarayon ha bevosita o’zbek tiliga ta’sir qilmoqda va o’zbek
tili leksikasi o’zlashma so’zlar-neologizmlar hisobiga boyishiga xizmat qilmoqda.
S.I.Ojegovning e’tirof etishicha, leksika tilning boshqa sathlariga qaraganda
murakkab va ko‘p qirralidir. . Uning vazifasi, bir tomondan,jamiyat nafas
olayotgan borliqni barcha murakkabliklari bilan in’ikos etish bo‘lsa, ikkinchi
tomondan, leksik, semantik, uslubiy-sinonimik so‘z yasash va shuning kabi bir
qator hodisalarning murakkab lisoniy munosabatlarini ifoda etishdan iboratdir.
Bir tildan boshqa tilga so‘z o‘zlashishi tillarning aralashuvi sifatida yuqori
baholanadi. Mashhur tilshunos L.V.Shcherba bunday jarayonni tilshunoslikning
muhim muammolari sirasiga kiritadi.
1
Adabiyotlar tahlili va metodologiyasi
Neologizm'''
( qadimgi yunon tilidan - néo- , "yangi" va lógos , "so'z, nutq")
nisbatan yangi va kam qoʻllanadigan atama, so'z yoki ibora bo'lib, umumiy
foydalanish jarayonida bo'lishi mumkin, lekin hali ham mavjud emas. to'liq
qabul qilingan. umumiy tilga. Neologizm ko'pincha madaniy va texnologik
o'zgarishlar bilan bog'liq. Tilning shakllanish jarayonida neologizmlar
protologizmlarga qaraganda ancha etukroqdir . Rivojlanish bosqichi protologiya
(yangi yaratilgan) va neologizm (yangi so'z) o'rtasida bo'lgan so'z prelogizm
deyiladi . O‘zbek tili leksikasi turmushimiz uchun keraksiz bo‘lib qolgan
tushunchalarni bildiruvchi so‘zlarning iste’moldan chiqib ketishi, yangi paydo
bo‘lgan tushunchalarni ifodalovchi so‘zlarning esa kirib kelish hisobiga o‘zgarib,
rivojlanib boradi. O‘zbek tili leksikasi bir qancha manbalar asosida boyib
rivojlanib boradi. Ularni, eng avvalo, ikki katta guruhga ajratish mumkin:
1)
o‘z ichki imkoniyatlari asosida;
2)
boshqa tillardan so‘z olish asosida.
Ularning birinchisi
ichki manbalar
, ikkinchisi esa
tashqi manbalar
sanaladi.
O‘zbek tilining birinchi yo‘l bilan boyib borishi imkoniyatlari juda kengdir.
Masalan: ilgari qo‘llanilib, keyin iste’moldan chiqib ketgan so‘zlardan yangi
tushunchalarni ifodalash uchun foydalanish:
vazir, hokim, viloyat, shirkat, noib,
tuman
kabi; yasovchi qo‘shimchalar yordamida yangi so‘z yasash:
uyali telefon,
omonatchi, pudratchi, bojxona, auditchi (auditor)
va boshqalar; dialektal
(shevadagi)
so‘zlarni faollashtirish:
mengzamoq (Xorazm)
1
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
29
“o‘xshatmoq”, “tenglashtirmoq”, “qiyoslamoq”
ma’nosida. O‘zbek
tili
leksikasi
tashqi manbalar
asosida ham boyib bormoqda. Dunyoda boshqa
tillardan so‘z olmasdan faqat o‘z ichki imkoniyatlari asosidagina rivojlanadigan
birorta ham til yo‘q. Bundan o‘zbek tili ham mustasno emas. Faqat ma’lum
zarurat tufayli yangi tushunchani ifodalovchi o‘z tilimizning ichki imkoniyatlari
asosida ifodalab bo‘lmagandagina tashqi manbalarga murojaat qilish foydalidir.
Yangilik bo‘yog‘iga ega bo‘lgan so‘zlar tilshunoslikda
neologizmlar
(yunoncha
neos
– yangi)
deb ataladi. Neologizm tilga umuman mansub bo‘lishi yoki yakka
shaxs nutqiga xos bo‘lishi mumkin. Birinchisi umumtil neologizmi deb,
ikkinchisi individual nutq neologizmi deb yuritiladi. Leksemikada asosan
umumtil neologizmi o‘rganiladi. Individual nutq neologizmi uslubga xos hodisa
deb qaraladi
.
2
Har qanday neologizm dastlab individual nutqda yuzaga keladi.
Bunday neologizm ko‘pchilik tomonidan tan olinsa, tilning taraqqiyot
qonunlariga mos holda hosil qilingan bo‘lsa va tilda ma'lum ma'noni anglatish
uchun zarur deb qaralsa, shunda-gina umumtil neologizmiga aylanadi, yakka
nutq doirasidan chiqadi. Agar bunday talablarga javob bermasa, individual nutq
doirasida qolib ketadi. Umumtil neologizmi tilda ma'lum vaqt ishlatilganidan
keyin yangilik bo‘yog‘ini yo‘qotadi va ko‘pincha odatdagi, zamonaviy leksemaga
aylanib ketadi.
Muhokama va natijalar
O‘zlashma neologizmlar davriy xususiyatga ega sanaladi.Masalan, bir
paytlari yangi atamalar sifatida tilga kirib kelgan avtobus,trolleybus, metro kabi
so‘zlar bugungi kunda yangilik bo‘yog‘ini yo‘qotib, zamonaviyqatlamga oid
leksik birliklarga aylangan. 80-yillarning o‘rtalaridan boshlangan ijtimoiy
hayotdagi keskin o‘zgarishlar barcha sohalarda bo‘lganisingaritilshunoslik
sohasida ham tub o‘zgarishlarning sodir bo‘lishiga olib keldi.Ayniqsa, bu holat
o’zbek tili leksikasida kuchli bo’ldi.
3
O‘zlashma so‘zlarning aksariyati bu tarjima
qilingan so‘zlardir. Bunday so‘zlarning ikki asosiy turlari mavjud bo‘lib, ular
quyidagilardir:
Semantik
, ya’ni ma’no jihatdan tarjima qilingan so‘zlardir. Chet tilidan
kirib kelgan so‘zning ma’nosi va shakli jihatdan o‘zbek tiliga tog‘ri kelishi va
qo‘llanilishida ko‘rishimiz mumkin. Masalan
confort
(uy xizmatlari) ingliz tilida
comforts
kabi ifodalanadi. Yoki o‘zbek tilidagi
autoritar
so‘zi bir necha yil oldin
“rendere autorevole”,
ya’ni ‘mustaqil ishlamoq’ ma’nosini anglatadi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima
–
kalka usulida o‘zbek tiliga chet tilidan tarjima
qilingan so‘zlar guruhi: ingliz tilidagi
sky-scraper
; nemis tilidagi
klassen kampf
.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
30
O‘zlashma so‘zlar tillar orasidagi bog‘liqlikni namoyon etuvchi muhim
jarayondir. Neologizmlarning ikki tillilik (bilinguizm) bilan munosabati,
so‘zlovchilar tomonidan holat va joyga qarab ikki tildan foydalanish davomida
ko‘rinadi. O‘zlashma so‘zlarning kelib chiqishi xalq tili yoki boshqa tillarning
ta’sirida ham yaqqol ko‘rinadi, bundan tashqari ikki tilning bir-birini
qadrlashida ham namoyon bo‘l`adi. Bunday holat nemis va roman tillarida
kuzatiladi. O‘zlashma so‘zlarni muhimlilik va boylik tomonidan farqlashimiz
mumkin. Birinchidan so‘z qachonki referent (ya’ni obyekt va g‘oya, fikr) bilan
birga bo‘l`sa, masalan patata gaytan so‘zi bo‘l`ib italyan tiliga ispan tili orqali
kirib kelgan yoki caffe so‘zi turk tilidan, zero arab tilidan (roman sonlarida zero,
ya’ni nol mavjud bo‘lmagan) tram, transistor, juke-box kabi so‘zlar ingliz tilidan
kirib kelgan.
Leksemaning yangi bo‘lishi boshqa-yu, yangilik bo‘yog‘iga ega bo‘lishi
boshqa. Har qanday yangi leksema neologizm bo‘lavermaydi. Masalan,
kompyuter-, ksereks-, birja-
kabilar – o‘zbek tiliga yaqin vaqtlarda kirib kelgan
leksemalar, lekin bu leksemalarni neologizm deb bo‘lmaydi, chunki bu
leksemalar hozirgi o‘zbek tilida yangilik bo‘yog‘ini yo‘qotib, odatdagi leksemaga
aylangan.
4
Demak, neologizm – o‘ta nisbiy tushuncha. Avvalo, til taraqqiyotining har
bir bosqichi o‘z neologizmiga ega bo‘ladi, bir bosqichda neologizm deb qaralgan
hodisa ikkinchi bosqichda ham neologizm bo‘lishi shart emas. Masalan, 30-
yillar nuqtayi nazaridan
shpal-, seyalka-
kabi leksemalar neologizm deb
baholansa, hozirgi o‘zbek tilida bular odatdagi, zamonaviy leksemaga aylangan;
20- yillar nuqtayi nazaridan neologizm deb qaralgan
aeroplan-, yo‘qsil-
(proletariy) kabi leksemalar esa arxaizmga aylangan.
Ikkinchidan, neologizmni belgilashda shu hodisaning tilda (individual
neologizmning esa nutqda) qancha vaqt mavjudligi ham ahamiyatsiz. Leksema
juda qisqa vaqt ichida neologizmlikdan chiqib ketishi ham, uzoq vaqt
neologizmligicha qolib ketishi ham mumkin. Umumtil neologizmi odatdagi,
zamonaviy leksemaga tez aylanadi; individual nutq neologizmi esa, qancha vaqt
o‘tmasin, o‘z yangilik bo‘yog‘ini yo‘qotmasligi, umuman neologizmligicha qolib
ketishi mumkin. Masalan,
tuzum-
leksemasi 20--30- yillarda neologizm edi,
hozir odatdagi leksemaga aylangan; G‘afur G‘ulomning ilk poeziyasida
uchraydigan
mozollan-
(
mozollangan qo‘llar -
«Olqish», «Тagdo‘zi»),
fashistlan-
(
fashistlanaroq
- «Тo‘qinish»),
qo‘ng‘irla-
(
Qo‘zichoqning barrasiday mayda
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
31
qo‘ng‘irlab
– «Non») kabilar o‘zi ishlatilgan asar doirasida individual nutq
neologizmligicha qolib ketgan.
Tilshunoslikda yangi so‘z yasalishining o‘rni haqida V.V.Vinogradov
tomonidan aytilgan fikr ibratlidir. Unga ko‘ra, atama yasalishi tilshunoslik
fanida salmoqli ahamiyat kasb etar ekan, u leksikologiya - tilning lug‘at tarkibi
haqidagi fan bilan, o‘z o‘rnida grammatika bilan yaqinlashar ekan - shakl yasash
ta’limoti hamda so‘z birikmasi sintaksisi bilan ham bo‘g‘liqdir. Bunday nuqtai
nazarni qo‘llab-quvvalovchilar soni kun sayin ortib bormoqda.
Yangi so‘z yasalishini ko‘rib chiqish davomida, bu sohada tillarning
tipologik o‘xshashligi yaqqol ko‘zga tashlanganidek, ularning farqlari ham
shunchalik aniq-ravshan ko‘rinib turishining guvohi bo‘lish mumkin. Bu fikrning
tasdig‘i sifatida beshta slavyan tillari ustida (V.A.Nikonov 1962, c. 103-116) va
uchta german tillari ustida olib borilgan (V.V.Gurevich, 1970) tadqiqot
natijalarini keltirish mumkin. Yangi so‘z yasashda asosan morfologik,
morfologik-sintaktik, leksiksemantik va leksik-sintaktik usullar mavjud. Hozirgi
zamon tillar leksikasini boyituvchi eng mahsuldor usullardan biri – bu so‘z
yasashning morfologik usulidir. Bu usul affikslar va so‘z qo‘shish yordamida
amalga oshiriladi.
Affiksatsiya – bu o‘zakka u yoki bu so‘z yasovchi vositalarni qo‘shish orqali
so‘z yasashdir. Affikslar yordamida so‘z yasashning uch turi mavjud: suffikslar
yordamida, prefikslar yordamida va suffiks-prefikslar yordamida. Shunungdek,
affikslarsiz va so‘z qo‘shish orqali ham so‘z yasash mumkin.
1. Suffikslar yordamida atama yasalishi: Iqtisodiyot sohasida, umuman
olganda kasb-hunarga oid neologizmlar yasalishishda -er, -r, -ment, -ist
suffikslari unumli hisoblanadi:
Masalan: Import + er = Importer - Import qiluvchi, Импортер
Insure + r = Insurer – Sug‘urtachi
Rent + er = Renter – Ijarachi
Pay + ment = Payment – To‘lov
Special + ist = Specialist – Mutaxassis
Bu
usulda
yasalgan
ayrim
kasb-hunarga
oid
neologizmlar
baynalminallashib bormoqda:
Masalan: Auditor – Auditor, Banker – Banker
Broker – Broker (dallol), Dealer – Diler (sotuvchi),
Investor (pul bilan ta'minlovchi shaxs), Manager – Menejer
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
32
2. Prefikslar yordamida atama yasalishi : Old qo‘shimchalarni qo‘shish
orqali atama yasash bo‘lib, bu usulda neologizmlar yasalishi unchalik keng
tarqalmagan:
Ensure – Kafolat berish
Income – Daromad
Inloading – Yuk tushirish
Prepayment – Muddatdan oldingi to‘lov
3. Suffiks-prefikslar yordamida yangi so‘z yasalishi: yangi so‘z yasashning
bu turida o‘zak-negizga bir vaqtning o‘zida ham prefiks, ham suffiks qo‘shish
orqali yangi so‘z yasaydi:
Incorporated – Uyushma, birlashma sifatida ro‘yxatga olingan,tasdiqlangan
Indebtedness – Qarzdorlik, qarz summasi
Inloading – Yuk tushirish
O‘zbek tiliga chet tillaridan o‘zlashgan yangi so‘zlar hozircha
mamlakatimizda maxsus tadqiq etilganicha yo‘q. O.Jumaniyozovning “O‘zbek
tilidagi german tillari o‘zlashmalari” nomli monografiyasida (1987) ingliz tilidan
o‘zbek tiliga o‘zlashgan so‘zlar miqdori 150 ta deb ko‘rsatiladi. Agar bu
kitobning yaratilganiga qariyb yigirma yil bo‘lganini, mustaqillikdan keyin
mamlakatimizning xalqaro nufuzi yanada ortganini inobatga oladigan bo‘lsak,
o‘zbek tiliga ingliz tilidan o‘zlashgan so‘zlar miqdori uch yuzdan ko‘proq, deb
taxmin qilish mumkin. Chunki biz prof. N.G.Komlevning lug‘ati (2)ga tayangan
holda tilimizga o‘zlashayotgan inglizcha so‘zlarni oddiy hisob-kitob
qilganimizda bu miqdor hozircha uch yuzga yaqinlashib qoldi.
Xulosa
Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, bugungi kundagi neologizmlarning tilimiz
leksikonida vaqtlar o‘tib muqobil sifatida qolib ketishining oldini olish va
tilimizni sofligicha saqlash uchun chet el leksikonidagi so‘zlarning ishlatilishini
cheklash lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Raxmatullayev Sh. O‘zbek tilining etimologik lug‘ati. –T.:2000
2. Xojayev A, Nurmonov A, Zaynobitdinov S. Hozirgi o‘zbek tili faol so‘zlarining
izohli lug‘ati.
3.Rahmatullayev Sh.Hozirgi o’zbek adabiy tili.Darslik.T.: “Universitet”.2006
4. Suvonova R.So’z o’zlashtirish va metonimiya. “O’zbek tili va adabiyoti ”
jurnali.Toshkent.2006/6
5. Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent, 2010
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
33
6. Ozodov Sunnatilloning “Hozirgi o‘zbek tili neologizmlari”yozilgan bitiruv
malakaviy ishi
7. H. Dadaboyev. O‘zbek terminalogiyasi. Yoshlar nashriyoti uyi. Toshkent. 2019.