ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
14
BOSHLANG‘ICH SINF MATEMAΤΙΚΑ DARSLIKLARIDA XORIJIY
TAJRIBALARDAN FOYDALANISHNI TAKOMILLASHTIRISH
Mamatqulova Irodaxon Yashinovna
“Ziyo-zukko umumta’lim maktabi ’’ o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15347177
Annotatsiya:
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf matematika darsliklarini
takomillashtirishda xorijiy ilg‘or tajribalarni o‘rganish va ularni milliy ta’lim
tizimiga moslashtirish masalalari yoritilgan. Shuningdek, maktab darsliklarining
tahlili orqali o‘quvchilarda mustahkam matematik bilim va amaliy ko‘nikmalarni
shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
boshlang‘ich ta’lim, matematika, darslik, xorijiy tajriba,
o‘qitish metodikasi, ta’lim sifatini oshirish.
Respublikamizda ta’lim tizimini yanada isloh qilish va uni rivojlantirish
uchun jahon hamjamiyati namunalarini tahlil qilish va uni milliy ta’lim tizimiga
integratsiya qilish muhim rol o’ynaydi. Bugungi kunda milliy o’quv dasturi yosh
avlodga uzluksiz ta’lim berish va uni tarbiyalash jarayonini yaxlit qamrab
oladigan yagona ta’lim tizimi hisoblanadi. Ta’lim tizimining har bir bo‘g‘ini
alohida o‘ringa ega. Ayniqsa, boshlang’ich ta’lim mazkur tizimning muhim
poydevori hisoblanadi.
Metodik masalalar har bir darsda yuzaga keladi. Shu bilan birga , odatda,
ular bir qiymatli yechimga ega emas. O‘qituvchi darsda yuzaga kelgan
masalaning mazkur o‘quv vaziyati uchun eng samarali yechimini tez topa olishi
uchun bu sohada yetarlicha ilmiy va metodik tayyorgarlikka ega bo‘lishi talab
etiladi.
Boshlang‘ich ta’lim metodikasi o‘qitish vositasi sifatida mavjud didaktik
o‘yinlar, mantiqiy va matematik nuqtai nazaridan mazmunan yetarli emasligi
tufayli didaktik o‘yinlardan foydalaniladi va o‘rganilgan materialni faqat
mustahkamlash vositasi sifatida foydalaniladi.
Zamonaviy ta’lim tizimida boshlang‘ich sinflarda matematika fanini
samarali o‘qitish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki bu bosqich o‘quvchining
tafakkuri, mantiqiy fikrlash qobiliyati va asosiy ilmiy ko‘nikmalarining
shakllanish davridir. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, rivojlangan davlatlar
boshlang‘ich ta’limda matematikani o‘qitishga katta e’tibor qaratib, darsliklar
mazmunini ilmiylik, soddalik va amaliylik prinsiplari asosida ishlab chiqadilar.
Shu bois, O‘zbekiston ta’lim tizimida xorijiy tajribalarni o‘rganish va milliy
darsliklarga integratsiya qilish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
ASOSIY QISM
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
15
Boshlang‘ich sinflarda matematika darslarida dars sifatini yaxshilash,
jahon standartlariga javob bera oladigan bilimli, raqobatlasha oladigan
o‘quvchilarni tarbiyalash bugungi kunning yetakchi vazifalaridan biri
hisoblanadi. Bu borada xorij tajribasiga murojaat qilish asosiy omillardan biri
boʻlib xizmat qiladi. Shunday ekan yoshlarning ijodiy gʻoyalari va ijodiy
faoliyatini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning bilim, koʻnikma hamda
malakalarni shakllantirish, shu bilan birgalikda innovatsion taʼlim tizimini
ilgʻor xorijiy mamlakatlar qatoriga yetkazish, yoshlar bilimini xorijiy
mezonlar, xorijiy tajriba hamda xorijiy talablar asosida baholash, shu yoʻlda
xorijiy tajribalarni oʻrganish va shu asosida xorijiy mamlakatlarda mavjud
boʻlgan tizimni oʻrganish, ularda mavjud boʻlgan taʼlim muassasalari bilan
tanishish va ular bilan yaqindan hamkorlik qilish muhim ahamiyatga
ega.Oʻzbekiston Respublikasida ham „Xalq ta’lim tizimida ta’lim sifatini
baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari
toʻgʻrisida” gi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi 997-sonli qarori
imzolanib, uni amalaga oshirish borasida chora-tadbirlar koʻrish kuchayib
bormoqda.
Xalqaro tadqiqotlar quyidagi xalqaro baholash dasturlari boʻyicha olib
boriladi:
1. Trends in International Mathematics and Science Study (TIMSS) –4
va 8-sinf oʻquvchilarining matematika va tabiiy yoʻnalishdagi fanlardan
oʻzlashtirish darajasini baholash uchun.
2. The Programme for International Student Assessment (PISA) –15
yoshli oʻquvchilarning oʻqish, matematika va tabiiy yoʻnalishdagi fanlardan
savodxonlik darajasini baholash uchun.
3. The Teaching and Learning International Survey (TALIS) –rahbar va
pedagog kadrlarning umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida oʻqitish va ta’lim
olish muhitini hamda oʻqituvchilarning ish sharoitlarini oʻrganish uchun.
Matematika sohasida ham xorij tajribalarini tadqiq etish ishlari jadal
ravishda olib borilmoqda. Oʻquvchilardagi matematik savodxonlikni oshirish va
uni xalqaro tadqiqotlar yordamida baholash dolzarb masalalardan biri
hisoblanadi. EGRA va EGMA esa boshlang‘ich sinflarda o‘qish hamda
matematika bo‘yicha ko‘nikmalariga baho beradi. Bu xalqaro baholash
dasturlari hamda ular orasidagi tadqiqotlar Iqtisodiy hamkorlik va
taraqqiyot tashkiloti (OECD) taʼlim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro
assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan muayyan davriyligi asosida dunyo
mamlakatlari bilan hamkorlikda tashkil etildi. STEM tabiiy fanlar, matematika,
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
16
muxandislik, texnalogiya kabi fanlarni oʻz ichiga olsa, TIMSS matematika va
tabiiy fanlarni oʻz ichiga oladi. Matematik savodxonlikni baholash uchun TIMSS
xalqaro baholash dasturini keltirishimiz mumkin. Ushbu tadqiqot turli
davlatlardagi 1va 4-sinf oʻquvchilarining matematika va tabiiy fanlar boʻyicha
egallagan bilim darajasi va sifatini solishtirish hamda milliy ta’lim tizimidagi
farqlarni aniqlashga yordam beradi. Qoʻshimcha ravishda maktablarda
matematika va tabiiy fanlar boʻyicha berilayotgan ta’lim mazmuni, oʻquv
jarayoni, oʻquv muassasi imkoniyati oʻqituvchilar salohiyati, oʻquvchilarning
oilalari bilan bogʻliq omillar oʻrganiladi.
1. Xorijiy tajribalarni o‘rganishning ahamiyati.
Boshlang‘ich sinf matematika darsliklarini takomillashtirish uchun
Finlandiya, Singapur, Yaponiya, Janubiy Koreya va Estoniya kabi ilg‘or ta’lim
tizimiga ega davlatlar tajribasini o‘rganish foydalidir. Ushbu mamlakatlarda:
• Darsliklar vizual materiallarga boy;
• Amaliy mashg‘ulotlarga alohida e’tibor qaratiladi;
• Real hayotiy vaziyatlarga asoslangan masalalar keng qo‘llaniladi;
• O‘quvchilarni izlanishga undovchi topshiriqlar beriladi.
Masalan, Singapur darsliklarida "matematik model" konsepsiyasi asosida
mavzular bayon qilinadi. Bu esa o’quvchilarning faqatgina masala yechish emas
, balki fikr yuritish, tahlil qilish va xulosa chiqarish kabi ko‘nikmalarini ham
rivojlantiradi.
2. O‘zbekiston darsliklarining mavjud holati.
Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda foydalanilayotgan 1-4-sinf matematika
darsliklari zamonaviy yondashuvlar asosida ishlab chiqilmoqda. Biroq, ayrim
jihatlar, jumladan:
• Masalalarning hayotiyligi yetarli darajada ta’minlanmagan;
• Mustaqil fikrlashga undaydigan topshiriqlar kam;
O‘quvchilarning differensial yondashuvga asoslangan rivojlanishi
e’tibordan chetda qolgan.
Bu muammolarni bartaraf etishda xorijiy tajribalar asosida metodik
tavsiyalar ishlab chiqish muhim hisoblanadi.
3. Taklif va tavsiyalar
Boshlang‘ich sinf matematika darsliklarini takomillashtirish uchun quyidagi
choralarni ko‘rish maqsadga muvofiq:
• Tahliliy moslashtirish: Xorijiy darsliklar mazmunini milliy kontekstga
moslashtirish orqali foydali usullarni qamrab olish.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
17
• Hayotiylikni oshirish: Masalalar real hayotiy vaziyatlar asosida tuzilishi
kerak (bozor, uy-ro‘zg‘or, transport, tabiat holatlari va boshqalar).
• O‘yinli yondashuv: O‘yinlar, mavzuli krossvordlar va mantiqiy mashqlar
orqali darslar qiziqarli va samarali bo‘lishi ta’minlanadi.
• Texnologik integratsiya: Darsliklarga QR-kodlar orqali interaktiv
topshiriqlar, animatsiyalar va video-darslar havolalarini kiritish.
Rivojlangan davlatlar (Finlandiya, Yaponiya, Singapur, Janubiy Koreya)
boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning amaliy fikrlashi, ijodkorligi va mustaqil
yechim topish qobiliyatlarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratadi.
Xorijiy tajribalar dars jarayonini interaktiv, qiziqarli va samarali tashkil
etishga xizmat qiladi.
a) O‘quv dasturini boyitish.
Xorijiy o‘quv dasturlaridan muvaffaqiyatli metod va mashqlarni tanlab olib,
milliy dasturga moslashtirish.
Masalan, Singapur metodikasidagi "visual-model method" (ko‘rgazmali
model asosida yechim topish)ni joriy etish.
b) O‘qituvchilarning malakasini oshirish.
O‘qituvchilar uchun xorijiy tajribalarni o‘rganishga qaratilgan malaka
oshirish kurslari va vebinarlar tashkil etish.
Onlayn platformalar orqali xalqaro treninglar, ochiq darslar va master-
klasslarda ishtirokni yo‘lga qo‘yish.
c) Texnologiyalardan foydalanish.
Xorijiy darsliklarda keng qo‘llaniladigan raqamli ilovalar (Khan Academy
Kids, Prodigy Math, Mathletics)ni milliy dars jarayoniga integratsiya qilish.
Multimediali darslar, animatsiyalar, o‘yin elementlaridan foydalanish orqali
bolalarning motivatsiyasini oshirish.
d) O‘quvchilarni faol ishtirok ettirish
Yevropa tajribasiga ko‘ra, guruhlarda ishlash, loyiha asosidagi yondashuv,
real hayotiy masalalar yechimini topishga qaratilgan topshiriqlar samarali natija
beradi.
Shuningdek, baholash tizimida formative (rivojlantiruvchi) yondashuvni
kengroq tatbiq etish mumkin.
XULOSA
Shuni unutmaslik kerakki, matematika faqat hisob-kitob uchun
o‘rganilmaydi. Matematika- yechimlarni mantiqiy hal qilish, tahlil qilish, asosli
fikrlash, xulosa chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirish uchun o‘rgatiladi. U
chuqur tahliliy mashqlarni, masalalarni yechishga o‘rgatadi. Bu esa faqat darslik
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
18
orqali emas, balki ularning sifatli va zamon talablariga mos tuzilgan bo‘lishi
orqali amalga oshadi.
Xulosa qilib aytganda, xorijiy tajribalarni boshlang‘ich sinf matematika
darsliklariga integratsiya qilish orqali o‘quvchilarda mustahkam bilim, amaliy
ko‘nikma va ijodiy fikrlashni shakllantirish mumkin. Bu esa, o‘z navbatida, ta’lim
sifatini oshirish va raqobatbardosh avlodni tarbiyalashda muhim omil bo‘lib
xizmat qiladi. Taklif etilgan yondashuvlar asosida ishlab chiqilgan darsliklar
orqali o‘quvchilarning fanlarga qiziqishini oshirish va ularni mustaqil
o‘rganishga undash mumkin. Shuningdek, Ilg‘or xorijiy davlatlarda ta’lim-
tarbiya tizimida qo‘llanilib, yaxshi natijalar olish imkoniyatini bergan zamonaviy
ta’lim berish majburiyatlaridan unumli foydalanish metodlarini ishlab chiqish va
o‘quvchilar bilan olib boriladigan o‘quv jarayoniga uni joriy etishda qanday
natijalarga erishamiz?
Ushbu yechimni topishga qo‘yilgan maqsadlar, uzluksiz ta’limda faoliyat
olib borayotgan har bir ta’lim tarbiya nazariyasi va amaliyoti bilan
shug‘ullanadigan tarbiyachi, fan o‘qituvchiari va pedagog olimlar oldidagi eng
dolzarb vazifadir. Bu dolzarb vazifalarning yechimini topish va so‘zsiz uzluksiz
ta’lim tizimida farzandlarimizni aql-zakovat va ilm ziyosi bilan ta’minlab ularni
bilimli va ma’naviyatli kadrlar sifatida shakllantirayotgan pedagog, o‘qituvchilar
va tarbiyachilarning kompetentligiga bevosita bog‘liq. Bu vazifani o‘z sohasi
bo‘yicha bilimdon va tajribali, to‘g‘ri mulohaza yurita oladigan, o‘zi dars
beradigan sohasi bo‘yicha yuqori saviyali, o‘ziga va o‘qitadigan jarayoniga ta’lim-
tarbiya berayotgan talabalariga , o‘quvchilariga nisbatan talabchan, ta’lim sifati
hamda samaradorligiga , zamon talabiga asosan amalga oshiradigan layoqatli
pedagoglar, o‘qituvchilar va tarbiyachilar amalga oshira oladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Бабанский.Ю.К “Хозирги замон умумий таълим мактабида укитиш
методлари” Т-Укитувчи 1990 й 227 бет
2.
Jumayev.M. va b.q. “Boshlangich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi”
T-2005 y 312 b
3.
Abdullayeva B.S., Saidova M.J., Dilova N.G. Matematika oʻqitish metodikasi.
Darslik.2021, – 300-b.
4.
Saidova M.J. Boshlangʻich sinf matematika darslarida axborot
texnologiyalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish: Pedagogika
fanlari boʻyicha falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan
dissertatsiya. Toshkent, 2020, 142-b.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
19
5.
Saidova M. Educate students by solving textual problems //European
Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol. – 2019.– Т. 7. –
№. 12.